Esda saqlash uchun qoidalar
bet 9/12 Sana 31.12.2021 Hajmi 30,54 Kb. #264010
Bog'liq
matematika kop xonali natural sonlarni ko'paytirish (2)
Esda saqlash uchun qoidalar:
1. Ixtiyoriy sonning 1 ga ko‘paytmasi o‘sha sonning o‘ziga teng.
Masalan 7*1=7; 1*789=789 umuman a*1= a
2. Ko‘paytuvchilarning biri 0 ga teng bo‘lsa ko‘paytmaning o‘zi ham 0 ga teng bo‘ladi.
Masalan 7*0=0; 0*789=0 umuman a*0= 0
3. Agar ko‘paytma 0 ga teng bo‘lsa xech bo‘lmaganda bir ko‘paytuvchi 0 ga teng
O‘qituvchi : Ko‘paytirish amalini bajarishda ko‘paytuvchilar o‘rnini o‘zgartirishdan ko‘paytma o‘zgarmaydi,
Masalan 2*3=3*2=6 bu tenglik umumiy holda m*n=n*m ko‘rinishida ifodalanib ko‘paytirishning o‘rin almashtirish qonuni deyiladi.
Ko‘paytmada 3 yoki undan ortiq ko‘paytuvchi qatnashsa ularni o‘zimizga qulay holatda yozib olish uchun ko‘paytirishning o‘rin almashtirish qonunidan foydalanib ko‘paytuvchilar o‘rnini almashtirgan holda guruhlarga ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: