Kurs ishi mavzusining ob’ekti: Konsentrlangan meva sharbatlar tayyorlash texnologiyasi.
Kurs ishi mavzusining predmeti – Konsentrlangan meva sharbatlar tayyorlash texnologiyasidagi muammolar.
Kurs ishi mavzusining ilmiy va amaliy ahamiyati: Ushbu mustaqil ishni tayyorlash uchun, bir qator maqolalar, elektron manbalar, darsliklar va monografiyalar, masalan, mualliflar, Dodaye. Q.O, Eshmatov F.X., Xasanov X.T., va boshqalarning hamda O‘zbekiston respublikasi huquqiy va me’yoriy-huquqiy bazasi (Konstitutsiya, qonunlar va boshqalar) va boshqalardan axborot bazasi sifatida foydalanildi.
Kurs ishning tuzilishi va hajmi. Kurs ish kirish, Asosiy qism, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
Xulosa va takliflar qismida mustaqil ishi bo‘yicha asosiy natijalar umumlashtirib, asoslangan bir qator xulosa va takliflar berilgan.
I. Asosiy qism
Xom-ashyoga qo’yiladigan talablar
Konservalangan meva va rezavorlar sharbati ichimlik sifatida keng ishlatiladi. Ulardan sirop, likyor, alkogolsiz gazlangan ichimliklar, jele va b. ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Sharbat dietik, qator holatlarda shifobaxsh ahamiyatga ega. Ular ovqatni hazm qilish va organizmda modda almashinuvini yaxshilashga xizmat qiladi.
Uzum sharbati glyukozaga boy, unda uzum kislotasining tuzlari mavjud, R-vitaminli aktivlikka ega.
Olma sharbatida qanddan (asosan fruktoza) va organik kislotalardan tashqari pektin va oshlovchi moddalar mavjud.
Sitrus mevalar va qora qorag‘atning sharbati askorbin kislotasiga boy. sitrus mevalar va o‘rik sharbati tarkibida karotin miqdori ko‘p.
Konservalangan sharbatlar tasnifi. Konservalangan meva va rezavorlar sharbatining bir necha turi mavjud.
Tabiiy sharbatlar. Tabiiy sharbatlar biror turdagi xom ashyodan ishlab chiqariladi. Unga qand, qand siropi, kislota, ranglovchi va xushbo‘y qiluvchi, konservalovchi komponentlar qo‘shilmaydi. Bu sharbatlardan ichimlik sifatida (olma sharbati, uzum sharbati va hokazo.) yoki alkogolsiz va likyor-aroq sanoatida (olcha sharbati, qora qorag‘at sharbati va hokazo.) YaTM sifatida foydalaniladi. Yuqori kislotali mahsulot sharbatlari faqat chuchuklashtirilgandan so‘ng ichish uchun yaroqli hisoblanadi.
Tabiiy sharbatlarning turlari – markali sharbatlar, xom ashyoning birgina tanlangan navidan ishlab chiqariladi (masalan olmaning Rannaya roza navidan). Ushbu sharbatlar yuqori ozuqaviy qimmati, ayniqsa yaxshi ta’m va xushbo‘yligi bilan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |