Mavzu: kompyuter tarmoqlari. Tarmoq turlari



Download 375,96 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana25.02.2022
Hajmi375,96 Kb.
#462795
1   2   3   4
Bog'liq
1.2 AMALIY ISH

ARPANet 
tajriba tarmog`i maqomini harakatdagi (amaliy) tarmoq maqomiga 
o`zgartirdi. Uning afzalligi – tarkibida turli turdagi kompyuterlari bor tarmoq bilan ishlash 
qobiliyatiga egaligidir. Keyinchalik boshqa kompyuter tarmoqlari bilan birlashtirilib, 
Internet
ning qismi sifatida ishlatila boshlandi. 
1977 – yil tarmoqlar tarixida yana bir muhim voqea sodir boldi. Chiqagolik ikki student 
Uord Kristensen va Rendi Syuess modem qurilmasi yordamida, telefon orqali bir – biriga 
ma’lumot jo`natish tizimini joriy qilishdi. Bu jasoratning asosiy sababi Chiqagoning sovuq qishi 
edi. Shaharning bir joyidan boshqa joyiga dasturlarni olib borish ularning jonlariga tegdi. Natijada, 
butun dunyoga ajoyib ixtironi sovg`a qilishdi. 1979 – yil XModem – protoqoli yaratilib, fayllarni 
to`g`ridan to`g`ri host tizimisiz kompyuterlarga uzatish imkoniyati paydo bo`ldi. 
80-yillarda kompyuter tarmoqlari keng tarqala boshladi. Xar xil AQSh universitetlari ham 
o`z kompyuter tarmoqlarini yarata boshladilar. 
1983 yildan boshlab ARPANET tarmog`i INTERNET ( ichki tarmoq) deb nomlana 
boshlandi va kompyuter xamda tarmoqlar to`plami sistemasiga aylandi.
 
ARPANET aloqa tarmog`i NCP protokolidan TCP/IP protokoliga 1983 yilning 1 
yanvarida o`tkazildi va shu kungacha muvaffaqiyatli ishlatib kelinyapti. Aynan 1983 yildan 
boshlab «Internet» atamasi ARPANET aloqa tarmog`igiga aloqador bo`lib qoldi. 
Domen nomlarini o`z ichiga olgan sistema 1984 yilda ishlab chiqildi (ingl. Domain Name 
System, DNS). 
1984 yilda ARPANET tarmog`ining jiddiy raqibi paydo bo`ldi: AQSH Milliy ilmiy fondi 
(NSF) yangi keng universitetlararo tarmoq- NSFNetni (angl. National Science Foundation 
Network) tashkil etdi . Bu tarmoq kattaroq o`tkazuvchanlik qobiliyatiga ega bo`lib, bir nechta 
mayda tarmoqlarni birlashtirar edi (Usenet va Bitnet). Bir yil davomida yangi tarmoqqa 10 
mingdan ortiq kompyuterlar ulandi va "internet” so`zi asta-sekin NSFNet deb atala boshladi. 
1988 yilda Internet Relay Chat (IRC) protokoli ishlab chiqildi va uning yordamida 
internetda bir vaqtda bir necha nuqtadan muloqot o`rnatish ishlari ancha osonlashdi. 
1989 yilda Yevropada yadroviy izlanish Yevropa ittifoqi (SERN) tomonidan ajoyib g`oya 
– Butunjaxon o`rgimchak to`rini tashkil etish g`oyasi taklif etildi. Uni Britaniyalik mashxur olim 
Tim Berners-Li taklif etdi va o`zi ikki yil davomida HTTP protokolini, HTML tilini va URL 
identifikatorini ishlab chiqdi. 


Tim Berners-Lining yordamchisi va kasbdoshi, World Wide Web loyihasining maqsad va 
vazifalarini tushuntirib shunday degan: Barcha buyuk kashfiyotlarning tarixi ulardan oldin shu 
sohada olib borilgan tadqiqotlarga asoslanadi. Butunjaxon o`rgimchak to`ri misolida (WWW) 
muvaffaqiyatga erishish omili bo`lgan ikki narsaga to`xtalib o`tish joizdir 
1.
gipermatnlarga o`xshash sistemalarning rivojlanish tarixi. 
2.
butun jaxon kompyuterlari tarmog`ini xaqiqatga aylantirgan Internet-protokol. 
1990 yilda ARPANET aloqa tarmog`i NSFNetga yo`l berib o`z faoliyaini butunlay 
to`xtatdi. Xuddi shu yili telefon liniyasi orqali internetga ulanishning birinchi xolati qayd etildi. 
1991 yilda Butunjaxon o`rgimchak to`riga Internet orqali chiqish xamma uchun mumkin 
bo`lib qoldi. 1993 yilga kelib mashxur Mosaic deb nomlangan veb- brauzer paydo bo`ldi. 
Butunjaxon o`rgimchak to`ri ommalashib ketdi. Umuman aytganda, Web tarihida ikkita davrni 
ko`rsatish mumkin: birinchisi Mark Andrissenning Mosaic brauzeridan oldingi davr va u paydo 
bo`lgandan keyingi davr. 
Aynan Tim Berners-Lining veb- protokoli va Mark Andrissenning Mosaic brauzeri 
birgalikda Veb ga bo`lgan qiziqishni kuchaytirdi va portlash effektini berdi. 24 oy davomida hech 
kim tanimaydigan Web olimlar va soha mutaxassislari doirasidan chiqib butun jahonga tarqaldi. 
1995 yilda NSFNet yana avvalgi ilmiy izlanishlar vazifasiga qaytarildi, Internet trafigining 
marshrutlanishi bilan esa avvalgidek Milliy ilmiy fondning superkompyuterlari emas, balki aloqa 
provayderlari shug`ullana boshladilar. 
Xuddi shu 1995 yildan boshlab Butunjaxon o`rgimchak to`ri Internetga axborot yetkazib 
beruvchi asosiy manbaga aylandi va fayllarni uzatib beruvchi FTP protokoloni trafik bo`yicha 
quvib o`tdi. Butunjaxon o`rgimchak to`rining (W3C) Konsorsiumi tashkil etildi. 
1990-yillarda Internet barcha aloqa tarmoqlarini birlashtirdi (faqatgina Fidonet dan 
tashqari). Birlashma rahbariyat yo`qligi va texnik standartlarning ochiqligi tufayli jalb etuvchi 
kuchga ega bo`ldi. U biznesdan va turli hildagi kompaniyalarning ta`siridan xoli bo`lib, 10 
milliondan ortiq kompyuterlarni birlashtirdi. 1997 yilga kelib 1 million domen nomlari ro`yxatga 
olindi. Internet aloqa almashinishning mashhur va qulay vositasiga aylandi. 
2011 yilning 3 iyunida BMT tomonidan rezolyutsiya qabul qilinib, unda internetdan 
foydalanish insonning asosiy huquqlaridan biri deb qayd etildi. Shunday qilib jahonning qaysidir 
hududlarida internetning o`chirib qo`yilishi inson huquqlarining buzilish holati hisoblanadi. 
2010 yilning 22 yanvaridan boshlab Xalqaro kosmik stansiyasi ekipaji ham Internetga 
ulanish imkoniyatiga ega bo`ldi. 
Internetning eng ommabop va mashhur hizmatlarini eslatib o`tamiz: Butunjaxon 
o`rgimchak to`ri, Veb-forum, Bloglar, Viki-loyihalari (masalan Vikipediya), Internet-magazinlar, 
Internet-auksionlari (kim oshdi savdosi), Ijtimoiy tarmoqlar, elektron manzillari va jo`natish 
ro`yxati, yangiliklar guruhi (Usenet), faylalmashinuvchi tarmoqlar, elektron to`lovlar xizmati 
sistemalari, Internet-radio, internet-televideniyesi IPTV, IP-telefoniya, messendjerlar, FTP-
serverlari, IRC (web-chatlar), izlash sistemalari, internet-reklama, masofadagi terminallar, 
masofadan boshqarish, o`yinlar. 
Kompyuter tarmog`i – alohida joylashgan kompyuterlar o`rtasida ma’lumotlar almashuvini 
tashkil etuvchi jixozlar va dasturiy ta`minotlar majmuasi (o`rtadagi masofa bir necha metrdan 
minglab kilometrgacha bo`lishi mumkin). 
Kompyuter tarmoqlari server (yoki xizmatchi kompyuter), konsentrator (HUB), axborot 
uzatish kabellari va modemdan tashkil topadi. 
Markazlashgan boshqaruvli tarmoqda bir yoki undan ortiq ajratilgan kompyuterlar 
(serverlar) bo`lib, ular tarmoq bo`yicha ma’lumotlar almashuvini boshqaradi (qolgan 


kompyuterlarni ishchi statsiyalari deb ataladi). Bir xil rangli tarmoqda esa ajratilgan kompyuter 
bo`lmaydi (bunda boshqarish funksiyasini ishchi stansiyalarlarda biri yoki ular navbati bilan 
bajaradi). 
Kompyuter tarmog`ining dasturiy ta`minoti – alohida joylashgan kompyuterlar o`rtasida 
ma’lumotlar almashuv funksiyasini bajaruvchi dasturiy majmua. Xozirgi vaqtda kompyuter 
tarmog`ining dasturiy ta`minoti operatsion sistemaning tarkibi qismi sifatida kiritilgan (ular 
alohida o`rnatilishi ham mumkin).

Download 375,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish