Mavzu: kompyuter tarmoqlari. Tarmoq turlari



Download 375,96 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana25.02.2022
Hajmi375,96 Kb.
#462795
  1   2   3   4
Bog'liq
1.2 AMALIY ISH



AMALIY ISH №1. 
MAVZU: KOMPYUTER TARMOQLARI. TARMOQ TURLARI 
Ishning maqsadi: Talabalarda kompyuter tarmoqlari va turlari haqida umumiy malaka va 
ko’nikma hosil qilish
 
Nazariy qism 
Internet (ingl. Internet) — axborotlarni saqlash, uzatish va foydalanish uchun 
mo`ljallangan jahon bo`yicha umumlashtirilgan kompyuter tarmoqlari majmuasidir. 
Tarmoq – kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilmalarning ma’lumot almashishni 
ta`minlaydigan, aloqa kanallari bilan o`zaro bog`langan majmui. Kompyuterlararo 
ma’lumotlarnihg almashishni ta`minlab beruvchi bunday tarmoqlar kompyuter tarmoqlari deb 
ataladi. 
Kompyuterlarning tarmoqqa birlashishi qimmatbaho asbob-uskunalar - katta hajmli disk, 
printerlar, asosiy xotiradan birgalikda foydalanish, umumiy dasturli vositaga va ma’lumotga ega 
bo`lish imkonini beradi. Tarmoqning asosiy vazifasi foydalanuvchining taqsimlangan 
umumtarmoq resurslariga oddiy, qulay va ishonchli himoyalangan holda axborotdan jamoa bo`lib 
foydalanishni tashkil etish. Shuningdek, foydalanuvchilar o`rtasida ma’lumotlarni uzatishning 
qulay va ishonchli vositasini ta`minlashdir. 
Tarmoq orqali axborotlarni uzoq masofalarga uzatish imkoniyati vujudga keldi. 
Axborotlarni uzatish, alohida foydalanilayotgan kompyuterlarni birgalikda ishlashini tashkil 
qilish, bitta masalani bir nechta kompyuter yordamida yechish imkoniyatlarini beradi. Bundan 
tashqari, har bir kompyuterni ma’lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlarning 
resurslaridan (ma’lumotlari, xotirasi) birgalikda foydalanish hamda butun dunyo kompyuterlarini 
o`zida birlashtirgan Internet tarmog`iga bog`lanish mumkin. 
1957- yilda sobiq Sovet Ittifoqi Yerning birinchi sun’iy yo`ldoshini fazoga chiqargandan 
so`ng AQSH mudofaa Vazirligi axborot uzatishning ishonchli tizimi zarurligini sezdi. Mashhur 
RAND Corparation Amerika ilmiy markazi mamlakatni boshqarishning strategik muammosi 
ustida ishlay boshladi. Axborotlarni qanday qilib talofatlarsiz uzatish asosiy masala bo`lib qoldi. 
1964 yil firma axborotlarni uzatishning yangi sistemasini yaratish bo`yicha quyidagi takliflarni 
berdi: 
1.
Bu sistema markazlashgan boshqaruv asosida bo`lishi kerak. 
2.
Sistema alohida segmentlardan iborat va xar bir tugun bir-biriga bog`lik bo`lmagan 
holda mustaqil qabul qilish va uzatish qobiliyatiga ega bo`lishi kerak. 
Mazkur tarmoq asosida paketlar kommutatsiyasi prinsipi yotadi. Bunda xar qanday xabar 
manzil bilan ta`minlangan bo`laklardan iborat bo`ladi. Paketlar tarmoqlar orqali manzil tugunida 
uzatiladi va yig`iladi xamda boshlang`ich ma’lumotlar shakllanadi. Paketlarning manzilga bormay 
qolish vaziyatlari ham bo`lishi mumkin, lekin xabar uni topish imkoniyatiga ega. Tarmoqdagi 
xabarni turli aloqa vositalari - radio, telefon va boshka turli kanallar orqali uzatish mumkin. 
Su’niy yo`ldoshning uchirilishi AQSH Prezidenti Duayt Eyzenxauerning mudofaa 
yo`nalishida ilmiy-tekshirish istiqbolli ishlanmalar ustida ish olib boruvchi ARPA agentligi 
haqidagi hujjatga imzo chekishiga sabab bo`ldi. Bu agentlikka AQSH xukumati tomonidan 
axborot almashinish imkonini beruvchi tarmoq ishlab chiqish vazifasi topshirildi. Shuningdek 
bunday vazifa Kaliforniya universitetiga (Los-Andjeles), Stenford ilmiy tekshirish markaziga, 
Yuta Universitetiga, Kaliforniya shtatidagi Santa-Barbara Universitetlariga ham yuklatildi. 


1962 yil avgustida Massachusets texnologik institutdan Dj. Liklayder o`zaro bog`langan 
kompyuterlarning global tarmog`i haqidagi konsepsiyasini nashr ettirdi. U tarmoq yordamida 
istalgan kompyuterning axborot va dasturlaridan tezlik bilan foydalanish mumkinligini oldindan 
ko`ra bildi. 1962 yilo oktabrida Liklayder bu kompyuter loyihasining birinchi raxbari etib 
tayinlandi. U izdoshlari bo`lgan Ivan Sazerlend, Bob Taylor va Lourens Robertsga tarmoq 
konsepsiyasining barcha imkoniyatlari va zaruriyatlarini isbot qilib berdi. 
Massachusets texnologik institutidan Leonard Kleynrok paketli kommutatsiya nazariyasi 
haqidagi birinchi maqolasini 1961 yil avgustida nashr ettirgan bo`lsa, birinchi kitobini esa, 1964 
yilda chiqardi. U hamkasblarini paketli kommutatsiya nazariyasining xususiyatlariga ishontira oldi 
va bu kompyuter tarmoqlarini yaratishga bo`lgan asosiy qadamlardan birinchisi bo`ldi. 
Ikkinchi asosiy qadam mavjud kompyuterlararo aloqani tashkil etish masalasi edi. Bu 
masalani urganish uchun Lourens Roberts Tomas Merrill bilan birgalikda 1965 yili 
Massachusetsda joylashgan TX-2 kompyuterini Kaliforniyadagi Q-32 EHMlari bilan bog`ladi. 
Bog`lanish telefon yo`llari orqali amalga oshirilib, dunyo tarixida birinchi kompyuter 
tarmog`i bo`ldi. Bu texnologiya bilan AQSH Mudofaa Vazirligining „ARPA“ – Ilg`or mudofaa 
tadqiqot loyihalari agentligi qiziqib, ularga harbiy qo`shinlarni bir tarmoqqa birlashtirish g`oyasini 
takif qildi. 
Lourens Roberts o`zining tarmoqlar haqidagi maqolasini e`lon qilgan bo`lsa, xuddi shu 
konferensiyada paketli kommutatsiya konsepsiyasi haqidagi maqola ham berildi. Uning avtorlari 
Milliy fizika laboratoriyasidan ingliz olimlari Donald Devis va Rodjer Skentlebur edi. Shuningdek 
RAND Corporation – strategik ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarishlar bilan shug`ullanuvchi 
amerikaning notijorat tashkiloti xodimi bo`lgan Pol Beren ham bu sohada ishlar olib bordi. 
1964 yilda RAND kompaniyasi bir gurux xodimlari harbiy tizimlardagi tarmoqlar bo`yicha 
ishonchli ovozli kommunikatsiya uchun paketli kommutatsiya haqidagi maqolasini yozishdi. MIT 
(1961-1967), RAND (1962-1965) va NPL (1964-1967) bir biridan bexabar holda parallel ravishda 
ish olib borishganligi aniqlanadi. 
Paketli kommutatsiyaning qo`llanilishi loyihalanayotgan ARPANET tarmog`i kanallarida 
ma’lumot uzatish tezligini 2,4 Kb/s dan 50 Kb/s gacha oshirish imkonini berdi. 
BBN komandasi xabarlarning interfeys protsessor (server)lari ustida ish olib borishdi va 
Bob Kan ARPANET arxitekturasini ishlab chiqishda faol ishtirok etdi. Roberts Xovard Frenk 
Network Analysis Corporation dagi guruhi bilan birgalikda tarmoq topologiyasini loyihalash va 
optimallashtirish ustida ishladi, Kleynrokning Los-Andjeles Kaliforniya universitetdagi (UCLA) 
guruhi tarmoq xarakteristikasi o`zgarish tizimini tayyorlashdi. 
Loyihaning boshqa faol ishtirokchilaridan Vint Serf, Stiv Kroker va John Postel bo`lsa, 
keyinroq ularga Devid Kroker qo`shildi. Elektron pochta protokollarini hujjatlashtirishda uning 
ishtiroki ahamiyatli bo`lgan. Robert Breyden esa IBM meynfreymlari uchun NCP va TCP 
protokollarini ishlab chiqdi. 
Kleynrok paketli kommutatsiya avtori bo`lganligi uchun uning UCLA dagi tarmoq markazi 
ARPANETning birinchi tuguni sifatida olingan. 
1969 yil 2 sentabrida, BBN kompaniyasi Kaliforniya universitetida (Los-Andjeles) birinchi 
xabarlarning interfeys protsessorini (serverni) o`rnatdi va unga birinchi kompyuterni uladi. 
Honeywell DP-516 deb nomlangan kompyuterning operativ xotirasi 24 Kb edi. 
Ikkinchi tugun Stenford ilmiy tadqiqot institutidagi Duga Engelbertning «Inson intellektini 
rivojlantirish»loyihasi bazasida tashkil etildi. Bu erda Stenford ilmiy tadqiqot institutida tarmoq 
axborot markazini tashkil etishdi va uni Elizabet [Jake] Feinler boshqardi. Kompyuterlar manzili 


va nomlarining mos kelish jadvalini qo`llash, taklif va izohlarga so`rovlar katalogiga xizmat 
ko`rsatish markazning vazifalariga kirardi. 
Bir oydan keyin SRI ARPANETga ulangach, Kleynrok laboratoriyasidan birinchi 
kompyuterlararo xabar uzatildi. 
1969 yilning 29 oktabrida soat 21:00 ARPANET tarmog`ining ikki bo`g`ini – bir biridan 
640 km masofada joylashgan Los-Andjelesdagi Kaliforniya universiteti (UCLA) va Stenford ilmiy 
tekshirish instituti (SRI) o`rtasida aloqa seansi o`tkazildi. Charli Klayn (Charley Kline) Los-
Andjelesdan turib uzoq masofadagi, ya`ni Stenforddagi kompyuterga ulanmoqchi bo`ldi. Uning 
hamkasbi Bill Dyuvall Stenforddan telefon orqali har bir kiritilgan belgini tasdiqlab bordi. 
Aloqa past tezlikdagi telefon liniyalari oriali amalga oshirildi. Birinchi urinishda faqatgina 
uchta belgi «LOG» jo`natildi. Shundan keyin aloqa tarmog`i ishlamay qoldi. LOG so`zi aslida 
LOGIN bo`lishi kerak edi (sistemaga kirishga ruxsat beruvchi buyruq). 
Soat 22:30 sistema qaytadan ishga tushirildi va keyingi urinish muvaffaqiyatli yakunlandi. 
Mana shu kun Internetning tug`ilgan kuni hisoblanadi. 
Shu tahlit kichkina bo`lsa ham birinchi lokal bo`lmagan kompyuter tarmog`i yaratildi. Bu 
tadqiqotning natijasida kopyuterlar vaqt bo`yicha ajratilsa ham birgalikda muvaffaqiyatli ishlashi 
mumkinligi isbotlandi va shu bilan birga kommutatsiyali telefon tarmog`i kompyuter tarmoqlari 
uchun qulaymasligi bilindi. Kleynrokning paketli kommutatsiya haqidagi fikrlari yana bir bor 
isbotini topdi. 
ARPANETning keyingi tugunlari Kaliforniya universiteti, Santa-Barbara (UCSB) 
shahridagi va Yuta shtati universiteti (UTAN) bo`ldi. 
Bu universitetlarda amaliy vizualizatsiyalash bo`yicha loyihalar rivojlantirildi. UCSBdan 
Glen Galler va Burton Fried tarmoq bo`yicha tasvirlarning qayta ifodalanishi muammolarini 
bartaraf etishga imkon beruvchi matematik funksiyalarning xotiradan displeyeylar yordamida 
tasvirlanishlari usullari usti ishlashdi. issleддаовали методы отображения математических 
функций с использованием дисплеев с памятью, позволяющих справиться с проблемой 
перерисовки изображения по сети. 
Yutada Robert Teylor va Ivan Sazerlend tarmoqda uch o`lchovli ko`rinishlarni chizish 
usullari bilan ishlashdi. 
Shu taxlit 1969 yil oxirida ARPANET ning birinchi boshlang`ich konfiguratsiyasi, to`rtta 
kompyuter birlashtirildi. 


1969 yilning dekabrida mana shu 4 ta tugundan iborat birinchi kompyuter tarmog`i 
yaratildi. 
Barcha ishlar AQSH Mudofaa Vazirligi tomonidan moliyalashtirildi. 
Ilk bor bu tarmoq 1971 yilda namoyish etildi. U 40 ta kompyuterdan iborat bo`lib, asosiy 
tuzilish prinsipi tarmoqdagi barcha kompyuterlarning teng huquqli bo`lishi edi. 
Bu tarmoq yordamida vazirlikning bo`limlari bir birlari bilan ma’lumotlarni almashishlari 
mumkin edi. Unix operasion sistemasida ishlar edi. 
Internetning paydo bo`lishini turli xalqlarning yozuvchilari va olimlari asrlar davomida o`z 
asarlarida bashorat qilib kelishgan edi. Masalan XIX asr rus yozuvchisi, faylasuf, jamoat arbobi 
Vladimir Odoyevskiy «4338-yil» (1837), Nikola Tesla 1908 yilda, ingliz yozuvchisi Edvard 
Morgan Forster «Mashina to`xtamoqda» (1909), Myurrey Leynster «Djo ismli mantiqshunos» 
(1946), Andrey Saxarov «Jahon yarim asrdan so`ng» (1974) asarlarida internetning qanday 
bo`lishi xaqidagi tasavvurlarini yozib qoldirganlar. Bu ro`yxatni uzoq davom ettirish mumkin. 
ARPANET tarmog`i rivojlanib kengayib bordi. Bora-bora undan fanning turli sohalarida 
faoliyat yurituvchi olimlar foydalanishni boshladilar. 
Advanced Research Projects Agency (ARPA) o`z nomini 1971 yilda Defence Advanced 
Research Projects Agency (DARPA) ga o`zgartirdi va 1993 yilda yana ARPA nomini oldi, va 
nihoyat 1996 yilda DARPA deb nomlandi. 
1970 yilning dekabrida S.Kroker boshchiligidagi Tarmoq ishchi guruhi (Network Working 
Group, NWG) tarmoqni boshqaruvchi protokol (Network Control Protocol, NCP) ning birinchi 
versiyasi ustida ishlarini tugatishdi. 1971-1972 yillarda NCPni ARPANET tarmog`ida 
qo`llanilishi bo`yicha ishlar yakunlangach, ilovalar ishlab chiqarila boshlandi. 


1971 yilda birinchi qaynoq ilova – elektron pochta paydo bo`ldi. Martda Ray Tomlinson, 
BBN xodimi, ARPANET tarmog`i ishlab chiqaruvchilari uchun elektron xabarlarni uzatish va 
o`qish uchun mshljallangan dastur yozdi. Bu dastur tez orada mashhur bo`lib ketdi.Keyinroi 
Roberts bu dasturga xabarlar rshyxatini berish, tanlab shiish, fayllarda saqlash, javoblarni 
tayyorlash va jshnatish imkoniyatlarini ishshdi. Elektron pochta xizmati boshlan-ich shn yillar 
davomida eng asosiy tarmoi ilovalaridan bshlib ioldi. 1970 – yillarda tarmoq orqali asosan elektron 
pochta jo`natilar edi. Turli texnik tuzilishga ega bo`lgan boshqa tarmoqlar bilan aloqa 
o`rnatishning imkoniyati yo`q edi. 1970 yillarning ohiriga kelib axborot uzatishning yangi 
protokollari rivojlana boshladi. Bu masalada Djon Postelning xizmati katta bo`ldi. 
1973 yilda aloqa tarmog`iga Atlantika okeanining tubidan o`tgan telefon kabeli orqali 
Buyukbritaniya va Norvegiya tashkilotlari ham qo`shildi va u xalqaro tarmoq maqomini oldi. 
1974 – yili tarmoq rivojlanish tarixida TCP/IP (Transmission Control Protokol/Internet 
Protokol) tarmoqlararo protokol ishlab chiqarilishi natijasida keskin yuksalish sodir bo`ldi. Bu 
kashfiyotning mualliflari – Robert Kan va Stenford universitetining professori Vinton Serf edi. 
Leonard Kleynrok, Robert Kan va Vinton Serfni to`g`risida gap borganda, ularni 
internetning otasi deb atashadi. 
1975 yil 

Download 375,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish