Mavzu: Kompozitor Hadim Norxo’jayev ijodida bolalar musiqasi


I - BOB.KOMPOZITOR A. MANSUROV HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT



Download 3,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana27.01.2022
Hajmi3,58 Mb.
#413946
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2 5199750445219713950

I
-
BOB.KOMPOZITOR A. MANSUROV HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT 
1.1. Avaz Mansurovning hayoti va ijodi haqida tushuncha 
O‘zbekiston Yoshlar mukofoti sovrindori
Toshkent Davlat konservatoriyasi kompozitsiya 
va 
cholg‘ulashtirish 
kafedrasi 
professori, 
kompozitor Avaz Mansurov o‘zining uslubi bilan 
alohida ajralib turadi. Kompozitor turli janrlarda, 
ayniqsa, qo‘shiqchilikda barakali ijod qilib 
kelmoqda. Avaz Mansurov 1957-yil 2-noyabrda 
Qo‘qon shahrida tug‘ildi. Avazning bolalik 
yillari teatr sahnasida hamda mashhur xonanda 
va sozandalarning musiqa va she’riyat davralarida o‘tdi. Dastlab musiqa 
maktabida, so‘ngra Qo‘qondagi musiqa bilim yurtining “Musiqa nazariyasi”
bo‘limida a’lo baholar bilan o‘qidi. 1982-yilda M. Ashrafiy nomidagi Toshkent 
Davlat konservatoriyasining “kompozitsiya va cholg‘lashtirish” kafed- rasini 
Boris Zeydman sinfida, 1986-yili asisstenturani professor Feliks Yanov-
Yanovskiy rahbarligida bitirdi. 
Kompozitor A. Mansurov ish faoliyatini 1973-yilda Farg‘ona viloyati 
musiqali drama teatri- ning orkestrida sozandalikdan boshladi. 1981- 1983-
yillarda o‘qish bilan bir qatorda Respublika o‘quvchilar saroyi qoshidagi bolalar 
musiqa maktabida ishladi. 1982-yili konservatoriyada o‘qishni bitirgach, 
kompozitsiya va cholg‘ulashtirish kafedrasida pedagog lavozimida asisstenturada 
qoldirildi. Mazkur kafedrada katta o‘qituvchi, dotsent, “Sharq fakulteti” dekani, 
“Kompozitsiya va cholg‘ulashtirish kafedra”si mudiri va 2000-yildan boshlab 
konservatoriya o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida ishlamoqda. A. 
Mansurov birinchi ijodiy qalamini fortepiano uchun “Qizcha va tulki”, 
“Qo‘rqinchli tush” ertaklariga musiqa bastalashdan boshladi. Skripkachilar 
ansambli uchun “So‘zsiz qo‘shiq”, fortepiano uchun “Tokkata-preludiya” va bir 
necha qo‘shiqlar yaratdi. A. Mansurovning ijodiy faoliyatida kamer vokal janrlar 
ustunlik qiladi. Uning ovoz skripka va fortepiano uchun yozgan “Muhabbat” lirik 



turkumi, 10 dan ortiq romanslari musiqiy jamoatchilik tomonidan yuqori 
baholandi. Ayniqsa, bolalar qo‘shiqlarini yaratishda A. Mansurov yuqori 
natijalarga erishdi. O‘zteleradiokompaniyasi qoshidagi “Bulbulcha” bolalar xor 
jamoasi ijrosida yangragan “Quyosh bilan suhbat”, “Kel, baxt kuyin kuylaylik”, 
“Oq kabutar parvozi”, “Hur respublikam”, “Muz-qaymoq”, “Tomchilar 
qo‘shig‘i”, “Dakan xo‘roz”, “Quvnoq bolalar”, “Qo‘shig‘im”, “Jon qo‘shig‘im”, 
“Oczbekiston onajon” kabi 100 dan ortiq qo‘shiqlari mashhur bo‘lib, 
kompozitorga shuhrat keltirdi. Kompozitor estrada janrida ham unumli ijod qilib 
kelmoqda. “Navro‘z”, “Chimyon”, “Chaman-chamanim”, “Talabalar qo‘shig‘i”, 
“Oydin yo‘l” kabi estrada qo‘shiqlari shular jumlasidandir. Kompozitor A. 
Mansurovning ijodiy faoliyatida teatr sahna asarlariga musiqa bastalash ham 
ustivor turadi. Jumladan: “Hayvonlar sultoni”, “Sharq afsonasi”, “Qo‘ng‘iroq 
yolg‘onchi”, “Xo‘ja Nasriddinning 41- pashshasi”, “Ur, to‘qmoq” musiqali 
komediyalarni yaratdi. 
Simfonik orkestr uchun ikkita simfoniya, o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri 
uchun uvertura, damli cholg‘ular orkestri uchun “Karnay sadosi” va “Askarlar 
marshi”, “Sug‘diyona”, kamer cholg‘u asarlari, fortepiano uchun “Hayvonot 
bog‘ida sayr” kabi musiqali asarlami yaratdi. Avaz Mansurov O‘zbekiston 
Yoshlar mukofoti sovrindori, O‘zbekiston Respublikasi faxriy yorlig‘i, Xalq 
ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklarining faxriy yorliqlari bilan 
taqdirlangan. 
Kompozitor Avaz Mansurov 1957 yil 2 noyabrda Qo‘qon shahrida 
tug‘ilgan. 1982 yilda Toshkent davlat konservatoriyasining bastakorlik bo‘limini 
prof. B.I.Zeydman sinfida, 1986 yil assistent-stajyorlikni prof. F.M.Yanov-
Yanovskiy sinfida tamomladi. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi bastakorlik 
kafedrasi mudiri, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor, O‘zbekiston 
Bastakorlar uyushmasi kotibi. 
Avaz Mansurov O‘zbekiston musiqa san’atining rivojiga o‘zining munosib 
hissasini qo‘shib kelayotgan ijodkorlardan. Kompozitor turli janrlarda sermahsul 
ijod qilib, “O‘zbekiston qo‘shiq bayrami” Respublika tanlovlarida “O‘zbekiston - 



do‘stlik diyori” (1998 yil 1-mukofot), “Sog‘inib uyg‘onar tonglar” (1999 yil 2-
mukofot), “Barkamol avlod qo‘shig‘i” (2001 yil 1-mukofot) kabilarni yoshlar 
jo‘shib kuylashdi. “O‘zbekiston-ona onajon”, “Biz hur Vatan chechaklarimiz”, 
“Bu chamanzor kimniki”, “Xayr maktab”, “Kim epchilu kim chaqqon” kabi 100 
dan ortiq qo‘shiqlari bolajonlar orasida keng tanilgan. Mustaqillik va Navro‘zga 
bag‘ishlangan katta bayram tadbirlarida bir necha bor asarlari yangradi. 
Respublika teatrlarida o‘nlab musiqali asarlari sahnalashtirilgan va minglab 
tomoshabinlarga manzur bo‘lgan. Uning “Sug‘diyona” orkestri uchun yangicha 
uslubda yezilgan “Moziydan sado” asari asosida musiqiy film ishlandi va 
televideniye orqali tomoshabinlarga e’tiboriga havola etildi. 
A.Mansurovning “O‘zga sayyoralik robot”, “Hayvonlar sultoni” bolalar 
operalari, “Sharq afsonasi” baleti, “Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi”, “Kachal Polvon va 
Garmsel”, “Ur to‘qmoq” kabi 11 ta musiqali spektakl, “Uchar kovush”, “SHo‘x 
xo‘tikcha”, “Kashmir qo‘shig‘i” musiqali ertaklari, “Bir soatlik xalifa” musiqali 
drama, 2 ta simfoniya, simfonik poema, “Bayram uvertyurasi”, “Navro‘z” kabi 5 
ta uvertyura, “Mustaqillikka bag‘ishlov”, “Shodiyona” madhiyalari, fortepiano va 
orkestr uchun konsert asarlarini alohida aytib o‘tish lozim. A.Mansurov 
O‘zbekiston Yoshlar mukofoti sovrindori (1986), “O‘zbekiston - Vatanim 
menim” qo‘shiq tanlovining g‘olibi (1998). U O‘zbekiston Fahriy Yorlig‘i bilan 
tag‘dirlangan, Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari faxriy 
yorliqlari hamda mukofotlariga sazovor bo‘lgan. 
“Kim epchilu, kim chaqqon”, “To`pkinamga dam soldim sakrab, sakrab”, 
“Kel, baxt kuyin kuylaylik” kabi qo`shiqlar nafaqat bugun o`sib-ulg`ayayotgan 
bolajonlarga, balki ularning ota-onalariga ham kichkintoylik davridan tanish. Bu 
kuylarning yaralganiga 40 yildan oshgan bo`lsa-da, hamon o`quvchilar sevib 
xirgoyi qiladilar. Katta avlod vakillari esa bu qo`shiqlarni eshitganda beixtiyor 
yuzlariga tabassum yuguradi. Bu ajoyib asarlarni yaratishda ardoqli bastakor, 
O`zbekiston Davlat Konservatoriyasi professori Avaz Mansurov bevosita 
ishtirok etgan. Mingdan ziyod qo`shiqlar muallifi "Bolalar dunyosi"ning bu galgi 
mehmoni. 


10 
- Sizni Motsartga qiyoslaymiz... 
- Bu bolaligimdan musiqa yozganim bois bo`lsa kerak. Asli oilamizda san'atni 
juda ardoqlashgan. Otam Maxsut Alimahsumovning ijodiy ishlari, ilk ustozim 
sifatida bergan o`gitlari meni shu nafis olam sari chorlagan. 10 yoshimda ilk 
asarimni - "Qizcha va tulki" kuyini bastalaganman. Keyinchalik o`z ustimda 
ishladim, izlandim. Ustozlarimning har bir so`zi, ko`rsatmasini qalbimga 
joyladim.
- Hozirda barcha janrlarda ijod qilyapsiz. Qo`shiq-laringiz, kuylaringiz barchaga 
tanish. Ularni yara-tishda nimalarga e'tibor berasiz? 
- Bolalar uchun asar yaratayotganda avvallari bolalarimga eshittirsam, endilikda 
esa dastlab nabiralarimga chalib beraman. Agarda ular e'tibor bilan tinglay 
boshlasa, demak, bolalarga manzur bo`ladi. Kuy ijro etayotganimda biror 
yumushga chalg`isa, demak asar hali puxta emas, deb baholayman. Shu zaylda 
asarlarim nabiralarim imtiho-nidan o`tadi. Zafar, Muxlisa, Sabina ismli 
nabiralarim Glier nomidagi Respublika ixtisoslashgan musiqa akademik litseyi 
o`quvchilari. Sabina endi 1-sinf, Muslima 2 yoshda bo`lishiga qaramay hozirdan 
kuy-qo`shiqlarga e'tibor bera olyapti. 
- Ustoz, suratingizni bolajonlar 5-sinf musiqa darsliklari yoki bolalar musiqa va 
san'at maktablarida ko`p uchratishgan. Shu bois ko`cha-ko`yda ham savollar berib 
murojaat qilishsa kerak? 
- Qiziq voqea bo`ldi. Zafar ilk bor kutubxonadan nota daftarini olib chiqish uchun 
kirganida portretimni ko`rib hayratda qolganini hozir ham gapirib beradi. 
Bolajonlar bilan esa suhbat qurish jonu dilim. Ular fikrini o`rganishga, qiziq 
bo`lgan mavzularda asar yaratishga urinaman. Bolalar bilan doimo birga 
ekanimdan baxtiyorman. Musiqa darsliklari yaratdik va 7 ta tilda chop etdik.
O`quvchilar bu darsliklar yordamida bilimlarini boyitib borishayotgani 
mening baxtim. Namanganlik o`quvchilar orasida ham iqtidorlilar juda ko`p. Ular 


11 
turli tanlovlarda g`olib va sovrindor bo`lishayotganini eshitib, quvonaman. 
Ko`proq izlansalar, vaqtni doimo behuda o`tkazmay, o`qishga, ijodga, sportga 
sarflasalar juda yaxshi bo`ladi. Qo`shiqlar esa ularni doimo hayotdan zavq olib 
yashashga undaydi. Yutuqlari biz bastakorlarni ilhomlantiradi. "Ilonshoh va uning 
amaldori ari haqida", "Kachal polvon va Garmsel", "Ur to`qmoq", "Uchar 
kovush", "Sho`x shaytonchalar" kabi myuzkllar, "Galatepalik avliyo" kinofilmi 
uchun musiqalar yozganda, avvalo, bolajonlarning tasavvuri, orzu-intilishlari, 
qiziqishlarini aks ettirishga harakat qilaman.

Download 3,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish