Mavzu: kirish


-Dars.XIV asrning ikkinchi yarmi XVII asrgacha bo’lgan adabiyot. Atoiy



Download 0,82 Mb.
bet48/55
Sana30.12.2021
Hajmi0,82 Mb.
#197596
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55
Bog'liq
Reja Adabiyot-so’z san’ati

17-Dars.XIV asrning ikkinchi yarmi XVII asrgacha bo’lgan adabiyot. Atoiy

Reja:

1. XIV asrning ikkinchi yarmida ijtimoiy-adabiy muhit

2. Atoiy g’azallari badiyati

Amir Temur yaratgan ulkan va qudratli davlat XV asrda o'zining yuksak cho'qqisiga erishgan edi. Bu markazlashgan, kuchli, bepoyon hududlarni birlashtirgan davlat bo'lib, Sohibqiron zamonida buyuk allomalar, aziz avliyolar, ma'naviyat pirlari yig'ilgan, ilm-fan, san'atning barcha sohalari gullabyashnagan edi.

Bunday rivojlanish tasodifiy bo'lmagan. Temuriylar orasida ijodkorlar ko'p edi. Amir Temurning farzandlari, nevara, chevaralari orasida Xalil Sulton, Said Ahmad, Sulton Ahmad, Shoh G'arib, Sulton Mahmud, Mas'ud Mirzo, Husayn Boyqaro, Zahiriddin Muhammad Boburlar devon tuzgan adiblar sifatida ma'lum va mashhur bo'lishgan.

Bu davrdagi ilm-fan ahliga bo'lgan e'tibor va ularga yaratilgan shart-sharoitlarni Shayx Ahmad Taroziyning «Funun ul-balog'a» (1436-1437) asari ham tasdiqlaydi. U o'sha davrdagi she'riy janrlar, aruz va qofiya, ilmi bade', shuningdek, muammo janriga oid qiziqarli kuzatishlarni jamlagan.

Temur davrida ham iqtisodiy, ham madaniy yuksalish ko'zga tashlanadi.

Temur vafotidan so'ng (1405-yil 18-fevral) Xuroson va Eronning shimoliy qismi katta o'g'li Shohruh, Samarqand esa qisqa muddat nabirasi Xalil Sulton qo'lida qoladi. 1414-yildan Samarqandda Shohruhning o'g'li Ulug'bek hukmronlik qila boshlaydi.

Ulug'bek o'z atrofiga ko'plab iste'dod egalarini, olim va fozil kishilarni yig'gan edi. U Qozizoda Rumiy, G'iyosiddin Jamshid, Ali Qushchi singari yirik astronom olimlar bilan birgalikda yirik rasadxona (1424-yil) yaratdi, astronomik jadval tuzdi.

Ulug'bek — Muhammad Tarag'ay 1394-yil 22-martda tug'ilgan, uning otasi Shohruh nihoyatda boy kutubxona egasi edi. Bu yerga Sharq va G'arb olimlarining eng nodir kitoblari jamlangandi. Ulug'bek mamlakat obodonligiga ham alohida ahamiyat beradi. Temur davrida qurilishi boshlangan «Bibixonim»

masjidi, «Go'ri Amir» maqbarasi va «Shohizinda» binolari ansamblini oxiriga yetkazadi. Bir necha bogiar barpo etadi, ko'plab madrasalar qurdiradi. U 1449-yil 27-oktabrda 56 yoshida fojiali ravishda halok bo'ldi.

Samarqand va Hirot yirik madaniy markaz edi. Toshkent, Termiz, Urganch, Buxoro, Mashhad va Balx ham adib va yozuvchilar, ilm ahllari to'planadigan katta shaharlar bo'lgan. Bu shaharlarda turli fanlar rivojlangan. Samarqandda aniq fanlar, xususan matematika, geometriya, astronomiya misli ko'rilmagan darajada shuhrat qozongan. Ulug'bekning astronomiya maktabi jahon olimlarining e'tiboriga tushdi.

-129-
Hirot Alisher Navoiydek buyuk bir siymoni yetishtirgan ulkan madaniyat markazi edi.

Xoja Abdulvafo Xorazmiy, Mavlono Husayn Xorazmiy, Nur Saidbek, Mavlono Luqaiy, Mavlono Xayriylarni Alisher Navoiy «Majolis ul-nafois» tazkirasida xorazmlik shoirlar sifatida tilga oladi.

Bu davrda o'zbek tili va adabiyotining mavqeyi mustahkamlandi.

Adabiyotda tasavvuf ta'limotining ta'siri kuchli bo'lsada, dunyoviy yo'nalish ham yetakchi mavqeni egallagan edi.

Shoir va yozuvchilar ijodida realistik tasviriy bo'yoqlarning ustuvorligi ko'zga tashlanadi. Atoiy, Haydar Xorazmiy, Sakkokiy, Gadoiy, Lutfiy singari shoirlar ijodida xuddi shu holatni kuzatish mumkin. Lutfiyning:

Qani bu shakl-u shamoyil falakning oyinda,

Dag'i bu husn-u malohat gunash chiroyinda?

bayti bilan boshlanadigan g'azali buning yorqin misolidir. G'azalda real insonning aniq qiyofasi chiziladi, insoniy tuyg'ularning tiniq tasviri beriladi. Atoiyning:

Jamoling vasfini qildim chamanda,

Qizardi gul uyottin anjumanda, —

misralari bilan boshlanadigan g'azali ham dunyoviy muhabbatni ulugiovchi sara asarlar turkumiga kiradi.

Ayni paytda tasavvuf adabiyotining ham shu davrda yanada rivojlanib borganini ko'rish mumkin. Ayrim san'atkorlar ijodida majoziy va haqiqiy ishqning yaxlitlashgan tasviri uyg'un holda ko'zga tashlanadi. Hech shubhasizki, bu an'analarni keyinchalik Alisher Navoiy nihoyatda yuksak darajaga ko'targan edi.

XALQ OG'ZAKI IJODI

Bu davrda xalq og'zaki ijodi ham ancha rivojlangan edi. Xalq orasida «Vomiq va Uzro», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», « Yusufva Zulayho» singari dostonlar keng yoyilgan. Shu davr adiblari bu qahramonlarga tez-tez murojaat etib turishgan.

Xalq orasida Amir Temur, Xoja Ahror, Ulug'bek, Navoiy, Husayn Boyqaro singari tarixiy shaxslarning badiiy obrazi yaratilgan. Shu o'rinda Amir Temur bilan bog'liq bir rivoyatni eslash joiz:

Ming oltindan ham qimmat

Bir kuni padari buzrukvorimiz - Amir Tarag'ay bahodir ko'p qo'ylarni menga berib, Samarqand bozoriga savdoga yo'lladilar. Qo'ylarning hammasini ming

oltinga sotib, pullarni belga bog'lab sayr qilib yurur edim. Bir yerda xushovoz qalandar odamlarga so'zlab turgan ekan, qo'lidagi qog'ozda she'r bitilgan ekan, u der edi:

—Shul yozuvning qadriga yetib, kim ming oltunga olsa, dunyoning oxiriga yetadi...

Himmatim jo'shib, ming oltunni qalandarga tutqazdim. U menga tikilib turdi-da, so'ng nasl-nasabimni so'radi. Ayttim. So'ng tayin qildi:

—Otang oldig'a borg'il, buni otang oldida o'qi, borg'uncha ochma...

-130-
Qog'ozni keltirib padari buzrukvorga berdim. Ochib o'qidilar. Forscha ruboiy ekan, ma'nosi quyidagicha: zulm bilan dunyoda nom qoldirib bo'lmaydi. Jamshid, Sulaymon, Iskandarlar o'tib ketdi, navbat senga ham yetishi tayin. Dunyoga keldingmi, yaxshilik bilan nom qoldir...

Ruboiyning muallifi o'sha qalandar alloma-shoir Kamol Xo'jandiy ekan. Ul zotni padari buzrukvorimiz ko'p hurmat qilar ekanlar.

—Borakallo, o'g'lim, ko'p dono ishga oltunlarni sarf etibsan. Endi, ming oltunga olg'on ushbu hikmatga qat'iy rioya qilmoq lozimdur...

Padari buzrukvorning aytqonlarini bosh ustiga tutdim.

Ma'lumki, xalq og'zaki ijodi bilan yozma adabiyot doim o'zaro aloqada bo'lib, bir-biriga ta'sir etib keladi. Bu davrdagi yozma adabiyotning taraqqiyotida ham xalq og'zaki ijodi boy bir manba, ijodkorlik maktabi bo'lib xizmat qildi. Yozma adabiyot namoyandalari xalq asarlarining mavzu va g'oyaviy mazmunlaridan, sujeti va obrazlaridan ijodiy foydalandilar, uning tajribalaridan ta'lim va ilhom oldilar, xalq maqollari va ta'birlari bilan o'z asarlariga sayqal berdilar. Bu hol yozma adabiyotning taraqqiyparvar namoyandalari ijodining hayotga, xalqqa va jamiyat taraqqiyoti talablariga yaqinlashuviga samarali ta'sir etgan edi (N. M. Mallayev).

BADIIY JANRLAR

XV asr birinchi yarmi yozma adabiyotdagi janrlar xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bu davrda ham epik, ham lirik asarlar ko'plab ijod etildi.

Shuningdek, bir qator tarixiy shaxslarga bag'ishlovlar yuzaga keldi. Adabiyotda qasida janri rivojlandi. Jumladan, Sakkokiyning Xalil Sulton, Mirzo Ulug'bek singari hukmdorlar, Xoja Muhammad Porso va Arslon Xoja Tarxon singari nufuzli ruhoniy va amaldorlarga bag'ishlab yozgan qasidalari mavjud.

Qasidada, odatda, tasvirga olinayotgan shaxs ulugianadi, uning eng yaxshi sifatlari alohida ta'kidlanadi, boshqalarga namuna boiadigan jihatlari ta'rif etiladi.

Sakkokiy bir necha qasidalarini Ulug'bekka bag'ishlagan. Ularning birida yozadi:

Salotin dunyoda ko'p keldi-yu kechti, seningdek bir,

Falakning gar tili bo'lsa, ayitsunkim, qachon keldi?

Ayni paytda, Sakkokiy podsholarni odil va zolim deb ikkiga ajratadi. Ulug'bekni birinchi turkumga kiritadi:

Raiyat qo'y erur, sulton anga cho'pon yo bo'ri,

Bo'ri o'lga-yu qo'y ting'ay, chu Musoteg shubon keldi.

Bu baytga hukmdor xalq hayotidan doim xabardor bo'lishi, unga adolat bilan qarashi darkor degan ezgu o'git mahorat bilan singdirilgan.

XV asrda o'zbek g'azalchiligi o'zining yuksak pog'onalariga ko'tarila boshladi. Ayniqsa, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Hofiz Xorazmiy, Gadoiy singari adiblar bu janr takomilida alohida mahorat ko'rsatishdi.

G'azallarda dunyoviy va ilohiy ishqning omuxta holdagi tasviri keng o'rin egallaydi. Muhimi, bu davr g'azalchiligida til soddaligi, uslub ravonligi juda ochiq ko'rinadi. Shoirlar xalq tilining nozik ohanglaridan unumli foydalanishgan. Birgina misol. Lutfiy quyidagi g'azalining har bir baytida xalqning nozik qochirim, matal, maqollarini ishga soladi:

-131-
Ayoqingg'a tushar har lazha gesu,

Masaldurkim: «Charog' tubi qorong'u».

Tutarmen ko'zki, ko'rsam orazingni

Ki derlar: «Oqqon oriqqa oqar suv».

Yuzingni tuttim ortiq oy kundin,

«Kishining ko'zidur ore tarozu».

Ko'zung qonimdin iymonmas, ajabdur,

Ki «Qo'rqar qaydakim qon ko'rsa hindu».

Tilar vaslingni Lutfiy, qil ijobat,

Ki ayturlar: «Tilaganni tilagu».

Bu davrda qit'a, tuyuq janri ham ancha keng yoyilgani kuzatiladi. Tuyuq — so'z o'yiniga tayanadigan janr. Uning misralaridagi qofiya so'zlari har safar yangicha ma'no bilan jilvalanishi darkor:

Ko'z yoshim tuproq ila gar qotila,

Kelmagayman javridin, haqqo, tila.

G'amzasi o'ltirdi-yu, ul bexabar,

Men agar o'lsam, ne g'am ul qotila.

Lutfiyning ushbu tuyug'ida birinchi misrada «qotila» so'zi qotilmoq, aralashmoq ma'nosini beradi. Ikkinchi misrada u «xaqqo» so'zining ikkinchi bo'g'ini va «tila» («tilga») so'zlarining qo'shilmasidan birinchi misradagi «qotila»ga tajnis bo'lyapti. Bu misrada shoir, Xudoyo, uning javridan til ocholmayman demoqchi. Oxirgi misradagi so'z esa «qotilga», ya'ni «birovni qasddan o'ldirgan kishiga» degan ma'noni beradi.

Ma'lumki, XIV asrda Xorazmiyning «Muhabbatnoma» asari bilan o'zbek adabiyotida noma janri maydonga kelgan edi.

Shoir Xo'jandiy «Latofatnoma», Amiriy «Dahnoma», Said Ahmad «Taashshuqnoma» kabi asarlari bilan bu janr rivojiga munosib hissa qo'shdilar.

O'zbek adabiyotida Mahmud Koshg'ariyning «Devon-u lug'otit-turk» asari orqali ma'lum bo'lgan munozara («Qish va Yoz») turi ham keyingi asrlarda yanada rivojlanib bordi. Yusuf Amiriyning «Chog'ir va Bang», Yaqiniyning «O'q va Yoy» munozarasi shu davrda yaratilgan.

Ma'lumki, «Qish va Yoz» munozarasi she'riy shaklda bitilgan edi. Bu davr munozaralarida ham nasriy, ham she'riy shakllarning aralash qo'llanganini ko'ramiz. Muhimi, ularda mayxo'rlik, nashavandlik, o'zaro nizo va adovat kabi salbiy xislatlar qoralanib, to'g'rilik, hamjihatlik, sog'lom turmush tarzi ulug’lanadi. Bu asarlarda zullisonaynlik an'analari ham mavjud.

Epik janrlardan yana biri — dostonlar ham bu davrda o'ziga xos tarzda

rivojlandi.

Haydar Xorazmiyning «Gul va Navro'z», «Gulshan ul-Asror», Durbekning «Yusuf va Zulayho» dostonlari o'zbek dostonchiligining yaxshi namunalaridir.

Bu davrda adabiy aloqalarning birmuncha kengayganligi ham ochiq ko'rinadi. Ayniqsa, Firdavsiy, Nizomiy, Xusrav Dehlaviy asarlariga bo'lgan qiziqish ortadi.

Haydar Xorazmiy:

Chunki eshittim bu buzurgona so'z,

-132-
Tushti vujudimg'a bir o't o'zdin-o'z,—

deb yozadi.

Menki pishurdim bu laziz oshni,

Shayx Nizomiydin olib choshni.

Yuqoridagi baytdan ko'rinib turibdiki, Xorazmiy bu dostonni yaratishda Shayx Nizomiydan bahra olgan. Shoiro'z asarini tarjima degan boisa-da, unga bir qator yangi hikoyat va baytlarni ham kiritgan.

Dostonda adolatli shoh, markazlashgan davlat tuzish g'oyasi yetakchilik qiladi. Ayni paytda u didaktik doston boiganligi uchun axloq-odob masalalarini ham qamrab olgan.

Yuqorida aytilganidek, bu davrda ikki tilda ijod qilish an'anasi keng yoyilgan edi. O'zbek adiblari fors-tojik tilida ham ijod qilaverishgan. Biz Lutfiy ijodida ham shunday holni ko'rishimiz mumkin. Adib fors-tojik tilida ham asarlarini yuksak mahorat bilan yozgan. Navoiy uni «turkiy va forsiyda naziri yo'q» shoir ekanini, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlik qilganini ko'rsatib o'tgan.

Lutfiyning «oftob» radifli qasidasi juda mashhur bo'lib, ko'pchilik unga javob-tatabbu yozishadi. Navoiyning aytishicha, «hech qaysi shoir matla'ni oncha ayta olmadilar va ul matla' bu dururkim:

E, zi zulfi shab misolat soyaparvar oftob,

Shomi zulfatro bajoyi moh darbar oftob».

(Zulfing tunga o 'xshash bo 'lib, go 'yo quyosh (yuzing) uning soyasidaparvarish topadi. Qizig'i shundaki, tunda oy bo'ladi, zulfing tuni bag'rida quyosh.)

Shuningdek, Lutfiy vafoti oldidan bir bayt yaratadi, ammo uni g'azal shaklida tugata olmaydi. Uni tugatishni Jomiyga vasiyat qiladi. Jomiy uni g'azal shaklida tugatib, o'z devoniga kiritadi.

Bu quyidagi matla' edi:

Gar kori dili oshiq ba kofiri Chin aftad,

Behz-onki ba badxo'y bemehri chunin aftad.

(Oshiqlar dilining ishi shu singari bemehr, Badfe'lga tushgandan ko'ra Chin kofiriga

tushgani yaxshiroq.)

Zullisonaynli'k an'anasini Lutfiydan keyin Navoiy yanada yuksak darajaga olib chiqqan edi.

XV asr birinchi yarmida yashab ijod etgan adiblarning asarlari faqat badiiy yuksakligi bilan emas, ijtimoiy ahamiyati bilan ham alohida e'tiborga molik.

Ular inson hayotidagi ko'tarinkilik, yaxshi va baland kayfiyat, pokiza axloq

haqidagina asarlar yozish bilan cheklanmay, jamiyatdagi ziddiyatlar, qiyinchilik va noqulayliklar haqida ham oshkor fikr bildirishgan.

Yo'q turur yolg'uz bu Lutfiy jonig'a javri raqib,

Qayda bir dono durur, ul javri nodon tortadur, —

deb yozadi Lutfiy. Bu bilan u zamonasidagi bir illat-ijtimoiy adolat mavjud emasligini ko'rsatib beradi. Bugina emas, adolatsizlik, bag'ritoshlik, zulm va sitam odatiy tusga kirib qolganini ham adib ustalik bilan chizadi:

Ayittimki: «Bu Lutfiyg'a jafo qilma, vafo qil»,


-133-
Ayturki: «Bizning davrda u] rasm qoiibtur».

Ayni paytda bular muhabbat mavzusidagi lirik asarlarning yangi ijtimoiy ohanglar bilan boyishiga ham omil bo'ladi. Bunday ohanglar Gadoiy she'riyatida ham tez-tez uchraydi:

Kun azaldin g'ussa-yu g'amdur nasibing, ey ko'ngil,

Ne ishing bordur jahonda shodi-yu lazzat bila?

Sakkokiy ham bu borada chetda qolmagan:

Jonim ko'rgan jafoning mingdan birin,

Bo'lur gar ko'rsa sandon pora-pora.

Yoki:

Bo'lsa qiyomat barchadin qilg'on ishni so'rg'usidir,



Oz qil jafo-yu javrni muncha farovon aylama.

Adabiyotdagi ijtimoiy ohanglar haqida gapirganda Yusuf Amiriy ijodini eslamaslik mumkin emas. U inson hayoti, jamiyatdagi ziddiyatlar haqidagi fikrlarini teran misralarda ifodalaydi, hayotdagi ayrim illatlarni fosh etadi.

Bu asarlarda o'zbek tilining qudrati, latofat va jozibasi atroflicha ko'rsatib berilgan. Adiblar o'zbek tilining barcha mavzu va janrlarda betakror mo'jizalar yaratishini amaliy jihatdan isbotlab berishdi.

Atoiy, Sakkokiy, Hofiz Xorazmiy, Gadoiy, Haydar Xorazmiy, Lutfiy singari ko'plab ijodkorlar o'zbek tilining latofati, nafosati va qudratini har tomonlama namoyish etdilar.


Haydar Xorazmiy:

Men tag'i mastona chog'im chog'ladim,

So'z yuzun ochdimu belim bogiadim, —

deb bejiz yozmagan edi. U turkiy tilda ijod qilishdan iftixor qiladi:

Turk zuhuridur ochunda bu kun,

Boshla ulug' yir bila turkona un!

Bugina emas, u «turk surudi»ni keng yoyishga ham astoydil urinadi:

Turk surudini tuzuk birla tuz,

Yaxshi ayolg'u bila ko'kla qo'buz.

Bularning barchasi o'zbek tili mavqeyini oshirish uchun o'sha davr ijodkorlari ko'p kurashganini, bu kurashlarda o'zbek tili, adabiyotining tobora chiniqib, jahon maydoniga tobora kengroq tanilib borganini ko'rsatadi.




Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish