Мавзу: Кириш



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/42
Sana11.07.2022
Hajmi0,87 Mb.
#777824
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42
Bog'liq
fayl 1845 20210917

Nazorat savollari

1.1. Irq bitigining mohiyati haqida so‘zlang. 
1.2. Nima uchun Irq bitigini didaktik asar sifatida baholaymiz? 
1.3. Shomonlik oqimining Irq bitigiga qanday ta’siri bor?
1.4. Irq bitigida mifologik obrazlarning uchrashi sabablarini izohlang. 
2-asosiy masala bo‘yicha darsning maqsadi
: Moniy yozuvida yaratilgan 
Fol kitobining mohiyati haqida tasavvur uyg‘otish.
 
Identiv o‘quv maqsadlari

2.1. Fol kitobining mohiyati haqida gapiradi.
2.2. O‘rxun yozuvidagi Irq bitigi bilan moniy yozuvidagi Fol kitobining 
farqli va o‘xshash jihatlarini qiyoslaydi.
2.3. Fol kitobidagi ta’birlarni tahlil qiladi.
2-asosiy savolning bayoni: 


37 
 
Fol kitoblari aslida shomonlikning mahsulidir. Moniy yozuvidagi Fol kitobi 
ham inson faoliyati bilan bog‘liq tushda zohir bo‘lgan hodisalarni ta’birlaydi, 
hayot, kundalik turmush bilan bog‘liq voqealarni tahlil qiladi.
Tushda zohir bo‘lgan hodisalarni ta’birlash Fol kitobining mohiyatini to‘liq 
ochib bera oladi. Fol kitobida ikki g‘oya bosh o‘rin tutadi:
1.Vujudni saqlamoq va ruhni ozod etmoq.
2.Tahlikadan uzoq turmoq va sevinch ichida yashamoq. 
Bu Fol kitobida 13 ta hodisa va buyum ta’bir qilingan. Undagi tush ta’biri 
ostida ham mifologik motiv yotadi. Mifologiyaning Fol kitobidagi vazifasi 
udumlarni va hayotiy tushuncha tassavurlarini yuzaga chiqarishdan iboratdir. Tush 
ta’biri va udumlar Fol kitobida o‘zaro zich bog‘liqdir. Undagi har bir buyum yoki 
voqea-hodisa ostida shaxsiyat yotadi. Zohiriy va botiniy mavjudlik hamda uning 
ostidagi shaxsiyat ramziylikdan dalolat beradi.
Fol kitobidagi ta’birni semantik xususiyatiga ko‘ra, ikki guruhga bo‘lib 
talqin qilish mumkin: 
1. Inson faoliyati va ruhiy holatiga aloqador ta’bir. Unga uchrashmoq, jang 
qilmoq, kamaymoq, yuz o‘girmoq, sevinmoq, qarshi kelmoq, huzur-halovat 
topmoq, bola tarbiyalamoq, tarbiya qilmoq tush ta’birlari kiradi.
2. Biror jism, joy, tabiiy hodisalarning tushdagi ta’biri. Unga quyosh, tog‘, 
chuqur quduq, quyosh nuri, insonlarning uchrashuvi ta’biri kiradi.
Fol kitobining birinchi qismi quyosh ta’biri bilan boshlanadi. Odam tushida 
quyoshni ko‘rsa, er yuzida shodu xurramlik hukm suradi, tush ko‘rgan odam ulug‘ 
mansablarga ko‘tariladi. Ko‘rinib turibdiki, quyosh ezgulik ramzi sifatida talqin 
qilingan.
To‘qnashuv hodisasi va uning ta’biri yuqoridagining aksidir. Agar to‘qnashuv 
tushga kirsa bunday paytda
“Qiyin, qo‘pol so‘z huzuringa keladi oldingda 
Shamol ustiga shamol qutirib esadi uyingda”.
Bu parcha odamlarning hayotda boshdan kechirishi mumkin bo‘lgan voqeaga 
ishoradir. Odam tushda noma’qul narsalarni ko‘rsa, ko‘ngli vayron bo‘lishi turgan 


38 
gap. “Qiyin va qo‘pol so‘zlar” - bir–biri bilan dushmanlashishi mumkin bo‘lgan 
odamlarga ishoradir. “Shamolning quturib esishi” - yuz berishi mumkin bo‘lgan 
ko‘ngilsizliklardan xabardir.
Muallif ta’birni bayon qilish jarayonida so‘z orqali inson ruhiy holatiga ta’sir 
o‘tkazishni maqsad qilib qo‘yadi. Ta’birning davomida esa insondagi ruhiy 
og‘riqlar o‘rnini jismoniy og‘riq egallaydi. “Xastalik, og‘riqlar ko‘rarsan” deydi 
muallif va uning boshiga kelishi mumkin bo‘lgan boshqa kulfatlarni ham odam 
ko‘z o‘ngida gavdalantiradi: 
Seni yaralamoq uchun g‘amga g‘arq qiladi,
Azob bermoq uchun atrofingni xastalik o‘raydi. 
Shubhasiz, tushda g‘animga yoki boshqa ko‘ngilsiz hodisaga duch kelgan odam 
g‘amgin bo‘ladi. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, ta’birchi odamlar ishonishi 
mumkin bo‘lgan g‘oyani ilgari suradi, shu tariqa u asosiy maqsadiga – moniylik 
oqimidagi yovuz kuch iblisning qilmishlariga ishora qiladi. To‘qnashuv ta’biri 
okkultizmning mahsulidir. Okkultizmga ko‘ra, g‘ayritabiiy kuch va g‘ayritabiiy 
voqea-hodisalar tush ta’biriga mos keladi. Ruhiy va moddiy elementlarning o‘zaro 
mos kelishi to‘qnashuv ta’biridagi singari harakat bilan bog‘liq ta’bir uchun 
xarakterlidir. Ruhiy va moddiy olamni bir-biriga uyg‘unlashtirish, moddiy 
olamdagi real voqelikni gavdalantirish ushbu ta’birning muhim jihatlaridandir. 
Ta’birning davomida shu hodisa yanada yaqqolroq kuzatiladi: 
Tanangga xastalik kiradi, 
Azob bor tanangda, qayg‘u keltirar, 
Vujudingga bir otash tushadi
Joningni sug‘urib oladigan qayg‘u-alam bor. 
Tanada xastalik va azob paydo bo‘lishiga sabab – ruhiy va moddiy unsurlarning 
to‘qnashuvidir. Jon tanadan ajralmas ekan, qiyomatgacha poklanish bo‘lmaydi. 
Ta’birning xulosasida shunday yakun yasaladi: 
Bunday tahlikali ahvoldan xalos bo‘lajak, 
Yo‘l, imkon senga ko‘rinmaydi. 
Huzur-halovat topolmaysan. 


39 
Shu lahzadan boshlab ta’birchi ruh hokimligiga intiladi, ruhni bosh mavzuga 
aylantiradi. Ruh ham moddiyat singari harakatga keladi, inson ruhini harakatga 
keltiruvchi kuch – fazoviy jismlar paydo bo‘ladi. Har qanday jism bir-biriga 
bog‘liq bo‘lib, bir-birini tebrantirganiday, ruh va fazoviy jismlar ham 
aloqadorlikda faoliyat ko‘rsatadi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Fol kitobining yuzaga kelishida faqat 
ta’birchining shaxsiy qarashlarigina ahamiyatli bo‘lib qolmay, qadimgi turkiy 
muhitdagi udumlar, urf-odatlar ham muhim rol o‘ynagan. Udum va urf-odatlar esa
o‘z navbatida mifologik mazmunga ega.

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish