Mavzu Kirish. Tarixshunoslik fani va uning vazifasi. Reja



Download 221,51 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana13.06.2022
Hajmi221,51 Kb.
#664370
  1   2   3
Bog'liq
1-мавзу (1)



Mavzu-1. Kirish. Tarixshunoslik fani va uning vazifasi. 
Reja: 
1.
Tarixshunoslik haqida tushuncha. 
2.
Tarixshunoslik fani predmeti, uning maqsad va vazifalari. 
Tayanch so‘z va iboralar: 
Tarixshunoslik, epik asarlar, tarixni o‘rganishning ahamiyati.
Tarixshunoslik haqida tushuncha. 
Tarixshunoslik tarix fanlari tizimida o‘ziga xos mustaqil o‘ringa ega. Uning o‘zining 
manbalari, tadqiqot usullari mavjud. Tarixshunoslikning ob'ekti tarixiy jarayonning o‘zi 
bo‘lmay, balki tarixiy tafakkur, uni o‘rganish, tarix haqidagi fan hisoblanadi. Masalan O‘rta 
Osiyoning ilk o‘rta asrlar tarixi, O‘rta Osiyo xududida ilk o‘rta asrlar tarixi, O‘rta Osiyo 
xududida ilk o‘rta asrlarda mavjud davlatlar, arablar istilosi, islom dinining yoyilishi, 
markazlashgan davlatlarning paydo bo‘lishi va h.k.larni o‘rganadi. Ilk o‘rta asrlar O‘rta Osiyo 
tarixshunosligi esa bu davr tarixi o‘rta asrlarda, yangi davrda va bizning kunlarda qanday tadqiq 
etilganligini o‘rganadi. 
Tarixshunoslik ijtimoiy-tarixiy tafakkur tarixi haqidagi fan bo‘lib, u yoki bu davrning 
g‘oyalarini o‘zida aks ettiradi. 
Tarixshunoslik tarix fanlaridan manbashunoslik bilan juda yaqin aloqada bo‘lib, har bir 
davr manbalarning ko‘pligi, ularga tanqidiy yondashuv va foydalanish, tarixiy tafakkurning, 
bilimning darajasi, saviyasini belgilaydi. 
Tarixshunoslikning rivojlanishida manbalar doirasining kengligi va o‘sha davrdagi tarixiy 
tadqiqot usuli asosiy omil hisoblanadi. Tarixiy tadqiqot usullarining takomillashishi(masalan: 
tanqidiy yondashuv, tarixiy taqqoslash va boshqalar), yangi (epigrafik, arxeologik, numizmatik) 
manbalarning paydo bo‘lishi tarix fanining saviyasiga sezilarli ta'sir ko‘rsatdi. Tarixshunoslik 
tarixning manbashunoslik, arxeologiya, etnografiya, numizmatika va lingvistika fanlari bilan 
chambarchas bog‘liq.
Jahon tarixi tarixshunosligi insoniyat sivilizatsiyasi va tarixiy tafakkur darajasi harakteriga 
qarab bir necha bo‘limlarga bo‘linadi. Bular qadimgi, o‘rta asrlar (medievistika), yangi va eng 
yangi davr tarixi tarixshunosligidir. 
Xususan O‘zbekiston tarixi tarixshunosligi ham shartli ravishda davrlar va tarixiy tafakkur 
hamda tadqiqot usullaridan kelib chiqib davrlarga bo‘lish mukin. Bular O‘zbekistonning 
qadimgi, o‘rta asrlar, Rossiya mustamlakachiligi, sovetlar davri va mustaqillik davri 
tarixshunosligidir. 
Tarixshunoslik tushunchasi ikki ma'noda qo‘llaniladi: 
1. Tarixiy bilimlar taraqqiyoti va tarixiy tadqiqot usullariga doir fan ma'nosida. 
2. Muayyan tarixiy davrga yoki muammoga bag‘ishlangan tarixiy tadqiqotlar majmuasi 
ma'nosida(masalan hozirgi davr tarixshunosligi) 
O‘rta Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosligi deganimizda, O‘rta Osiyo xalqlarining eng 
qadimgi zamonlardan xozirgacha bo‘lgan tarixiga manba bo‘lib xizmat qiluvchi tarixiy tadqiqot 
,ya'ni tarixshunoslik asarlarini tushunamiz. 
Tarix fan sifatida qachon va qanday paydo bo‘lgan? Bu savolga javob olish uchun antik, 
ya'ni qadimgi tarixshunoslik manbalariga murojat qilamiz. 
Yozuvlar vujudga kelgunga qadar epik asarlar (epos-grekcha so‘z bo‘lib, doston, rivoyat, 
afsona asarlarini anglatadi)tarixni o‘rganish uchun yagona manba edi(masalan, yunon shoiri 
Xomerning «Iliada», «Odisseya» dostonlari, O‘rta Osiyo xalqlarining «Alpomish», «Manas», 


«Go‘ro‘g‘li» dostonlari, Vladimir, Muromli Ilya, Dobrinya Nikitich, Alyosha Popovich kabi rus 
bahodirlari xaqidagi dostonlar yoki «Igor polki jangnomasi qo‘shig‘i») 
Yozuvlar ixtiro qilingandan so‘ng esa toshlar yoki binolardagi bitiklar va yilnomalar–eng 
qadimgi yozma tarix manbalari xisoblanadi.O‘sha davrlardagi voqyealarning guvohlari yoki 
zamondoshlari yozib qoldirgan manbalar keyinchalik xattotlar, shoirlar tomonidan qayta-qayta 
ko‘chirilgan yoki og‘izdan-og‘izga ko‘chib bizgacha yetib kelgan manbalar qadimiy manba 
hisoblanadi. Chamasi, yozuvi bo‘lgan barcha xalqlarda bitiklar va yilnomalar uchraydi. Yunon 
olimi Gerodotning mashhur «Tarix» kitobi bizgacha yetib kelgan eng qadimgi tarixiy manbadir. 
Gerodot Kichik Osiyo (hozirgi Turkiya xududida) sohilidagi Galikarnas shahrida tug‘ilgani 
uchun, unga Sharq ta'siri o‘tganligi tabiiydir. Sitseron zamondoshlariyoq Geradotni «Tarix otasi» 
deb atashgan. Aslida Geradodning bu asari oxiriga yetkazilmagan (miloddan avvalgi 470-
yilgacha bo‘lgan voqyealar bilan tugallanadi) va uni hozirgi ma'noda ilmiy-tadqiqot deb 
bo‘lmaydi. Shunga qaramay, uning kitobi voqyealar va dalillar ko‘lami jihatidan va badiiy 
qimmati jihatidan o‘zidan avvalgi safdoshlaridan anchagina baland turadi. Masalan, Geradot o‘z 
kitobida Kaspiy dengizgacha chegaradosh yerlargacha bo‘lgan xalqlarni tasvirlaydi. Shundan 
so‘ng Kaspiy ortida yastangan vohalar, ularda yashagan masoxatlar (massagetlar) haqida yozadi. 
Geradod birinchi bo‘lib Kaspiy dengizni Kaspiy xalqlari nomidan olganligini aytadi. 
Muarrixning buyuk shaxs ekanligini uning quyidagi xolis fikrlaridan ham bilish mumkin: «Men 
o‘zim eshitgan narsalarni hikoya qilayapman, ammo ularning hammasiga ishonishim shart emas. 
Mayli bu xulosa mening yangi asarimga ham taaluqli bo‘lsin» Miloddan avvalgi V-IV asrlarda 
yashagan Fukididning Pelopennes urushlari haqidagi asarlarini dunyoda birinchi ilmiy tarix deb 
e'tirof etishadi. Bu asar o‘sha davr tarixiy voqyealarining ishonchli va haqqoniy tasvirlangani 
bilan ajralib turadi. Gerodot asariga nisbatan Fukidid asari olg‘a tashlangan qadam edi. Fukidid 
kitobida hayot voqyealariga Olimp xudolarining aralashuvini ko‘rmaymiz. Fukidid asarida 
tarixiy taxlilning asosiy talablari-voqyealar guvohlarining aytganlarini taqqoslash va bevosita 
o‘sha voqyealar qatnashchilarining hikoyalaridan foydalanish kabi fazilatlarni ko‘ramiz. To‘g‘ri, 
Fukidid ham asotirlar, miflardan foydalanadi va bunda asosiy etiborni tarixiy taraqqiyotga
iqtisodiy omillarning tasiriga qaratadi. Tarixiy dalillarni aniq bayon qilish va xaqiqatni 
aniqlashga intilish Fukidid asarining asosiy fazilatidir. 
Tarixiy voqyealarni haqiqatga yaqin qilib ilmiy bayon etgan, muarrixlardan yana biri, 
miloddan avvalgi XI asrda yashagan Polibiydir. U o‘zining «Umumjahon tarixi» asarida 
miloddan avvalgi 220-146 yilllardagi voqyealarni ellinlar nuqtai nazaridan tasvirlaydi. 
Bu O‘rta yer dengizi atrofidagi barcha eng muhim davlatlarning tarixini o‘zaro 
bog‘liqlikda tasvirlagan birinchi asardir. Muarrix xulosasiga ko‘ra har bir davlat tirik vujud kabi 
tabiat qonuniyatiga asosan o‘sadi, rivojlanadi va inqirozga uchraydi. Polibiyda birinchi marta 
«pragmatik tarix» degan ibora uchraydi. O‘z asarining 2-qismini muarrix pragmatik usulda 
quradi: u voqyealar nima sababdan, qanday maqsada yuz berganligini aniqlaydi, ya'ni muayyan 
voqyealarning kelib chiqish sabablarini birin-ketinligini va oqibatlarini bayon qiladi.
Fukidid va Polibiy asarlari – antik, ya'ni qadimgi davr tarixshunosligining cho‘qqisini 
tashkil etadi. Keyingi yunon muarrixlarining deyarli barchasi ularning izidan bordilar. 

Download 221,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish