dostonlarni va adabiy-tarixiy risolalarni xam shu yozuvda bitish qulay ko‘ringandir? Har holda
dastlabki vaqtlarda qo‘lyozmalarning qaysi tilda bitilishi muhim bo‘lgandir.
Tarixshunoslik - tarix fanining tarixini oʻrganuvchi fan. Tarixshunoslik tarixiy bilimlar
taraqqiyotini, muayyan tarixiy bosqichda yaratilgan ilmiy mahsulotlarni yoki maʼlum bir
muammoga bagʻishlangan tarixiy tadqiqotlarni o‘rganadi va taxlil qiladi. Tarixshunoslik nafaqat
tarix, balki maxsus tarix fanlari (masalan sharqshunoslik, etnologiya, arxeologiya va boshqalar)
tarixi bilan ham shug‘ullanadi. Tarixshunoslik tarix fanlari tizimida o‘ziga xos mustaqil o‘ringa
ega. Uning o‘zining manbalari, tadqiqot usullari mavjud. Tarixshunoslikning ob’ekti tarixiy
jarayonning o‘zi bo‘lmay, balki tarixiy tafakkur, uni o‘rganish, tarix haqidagi fan hisoblanadi.
Masalan O‘rta Osiyo hududida ilk o‘rta asrlarda mavjud davlatlar, arablar istilosi, islom dinining
yoyilishi, markazlashgan davlatlarning paydo bo‘lishi va hokazolarlarni o‘rganadi.
Tarixshunoslik ijtimoiy‒tarixiy tafakkur tarixi haqidagi fan bo‘lib, u yoki bu davrning
g‘oyalarini o‘zida aks ettiradi.
Tarixshunoslik tarix fanlaridan manbashunoslik bilan juda yaqin aloqada bo‘lib, har bir
davr manbalarning ko‘pligi, ularga tanqidiy yondashuv va foydalanish, tarixiy tafakkurning,
bilimning darajasi, saviyasini belgilaydi.
Tarixshunoslikning rivojlanishida manbalar doirasining kengligi va o‘sha davrdagi tarixiy
tadqiqot usuli asosiy omil hisoblanadi. Tarixiy tadqiqot usullarining takomillashishi (masalan:
tanqidiy yondashuv, tarixiy taqqoslash va boshqalar), yangi (epigrafik, arxeologik, numizmatik)
manbalarning paydo bo‘lishi tarix fanining saviyasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Tarixshunoslik
tarixning manbashunoslik, arxeologiya, etnografiya, numizmatika va lingvistika fanlari bilan
chambarchas bog‘liq.
Jahon tarixi tarixshunosligi insoniyat sivilizatsiyasi va tarixiy tafakkur darajasi harakteriga
qarab bir necha bo‘limlarga bo‘linadi. Bular qadimgi, o‘rta asrlar (medievistika), yangi va eng
yangi davr tarixi tarixshunosligidir.
Tarixiy asarlar mafkuradan holi, ob’ektiv, haqqoniy yozilishi kerak. Ammo har doim ham
bunday bo‘lmagan. Tarixiy asrlarni tarixshunoslik nuqtai nazardan tadqiq etish, tarixni
o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yurtimiz tarixiga oid juda ko‘p tadqiqot va asarlar
mavjud bo‘lib, ularning o‘rganish yozilish uslubi, ilgari surilgan muammolari, harakterli
xususiyatlaridan xabardor bo‘lish foydadan holi emas.
Tarixshunoslikni o‘rganish orqali yoshlarda tarixga muhabbat, tarixni bilish, o‘zlikni bilish
ekanligini anglash, moddiy va ma’naviy madaniyatni ko‘z qorachig‘iday asrash hissi uyg‘onadi.
Tarixshunoslik Vatan tarixini o‘rganishda, tarixiy muammolar ustida bahs yuritishga,
ijodkorlikka ilhomlantiradi. Tarix-ajdodlar o‘giti, tajribasi, bir qilingan xatoni takrorlamaslik
haqidagi saboq, kelajak so‘qmoqlarini yorituvchi chiroq vazifasini o‘taydi.
O‘zbekiston tarixi tarixshunosligi ham shartli ravishda davrlar va tarixiy tafakkur hamda
tadqiqot usullaridan kelib chiqib davrlarga bo‘lish mukin. Bular O‘zbekistonning qadimgi, o‘rta
asrlar, Rossiya mustamlakachiligi, sovetlar davri va mustaqillik davri tarixshunosligidir.
O‘rta Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosligi deganimizda, O‘rta Osiyo xalqlarining eng
qadimgi zamonlardan hozirgacha bo‘lgan tarixiga manba bo‘lib xizmat qiluvchi tarixiy tadqiqot,
ya’ni tarixshunoslik asarlarini tushunamiz.
Tarixshunoslikning asosiy
Do'stlaringiz bilan baham: