Mavzu: kirish. O'Zbekistonning madaniyati va san'ati tarixi fanining maqsadi va vazifalari



Download 25,69 Kb.
bet1/2
Sana23.06.2022
Hajmi25,69 Kb.
#694753
  1   2
Bog'liq
1-MAVZU (1)


MAVZU: KIRISH. O'ZBEKISTONNING MADANIYATI VA SAN'ATI TARIXI FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI.



  1. Fanning maqsad va vazifalari.Madaniyat va san’at tushunchalari

  2. Madaniyat va san’atning inson va jamiyat hayotidagi o’rni va roli

  3. Moddiy va va ma’naviy madaniyat ularning o’zaro aloqadorligi. Moddiy va va ma’naviy madaniyatning asosiy belgilari

  4. Madaniyatning sohalar bo’yicha tasnifi va yning turlari

  5. Madaniyatning ko’rinishlar bo’yicha tasnifi Madaniyat va san’atning umumiy xususiyatlari. Madaniyat va san’atning jamiyat hayotidagi funksuyasi



Tayanch tushuncha va iboralar: Madaniyat, san'at, turlari, maqsad va vazifalari, mustaqillik, qadriyatlar, tiklanish, madaniyat funktsiyalari, uning ahamiyati.


Darsning maqsadi: O'zbekiston madaniyati va san'ati tarixi fanining predmeti va uning ahamiyatini, hamda madaniyatning turlari va san'at taraqqiyotidagi tarixiy bosqichlarini o'rganish, madaniyatning asosiy funktsiyalari orqali yosh avlodni tarbiyalash masalalari ilgari suriladi.O'zbekiston madaniyati va san'ati fanining tadqiqot ob'ekti xalqimiz tomonidan eng qadimgi davrlardan hozirgi kunga qadar yaratilgan moddiy va ma'naviy madaniyat namunalari hisoblanadi. O'zbekiston madaniyati o'rganishda arslar osha to'planib kelgan moddiy va ma'naviy boyliklar asosiy o'rin egallaydi. Madaniyatning har ikki turdagi ashyoviy artefaktlari fanning tadqiqot ob'ektini tashkil etadi.
Bugungi kunda O’zbekistonda san’at va madaniyatga e’tibor –ijtimoyiy islohotlarning bosh mezoni sifatida ko’rilayotgani hech kimga sir emas.So’nggi yillarda O’zbekiston respulikasi hukumati tomonidan chiqarilatotgan farmon va qarorlar bevosita san’at va madaniyat sohasini yanada taraqqiy toptirishga xizmat qiladi.tarixdan ma’lumki har bir jamiyatning rivoji o’sha jamiyatda san’at va madaniyatning rivojlanishi bilan belgilangan.
Xalqimizning ming yillik tarixiy qadriyatlari, an'analari va moddiy madaniyatini nafaqat o'rganish, balki ularni ulg'ayib kelayotgan yosh avlodlarga yetkazib berish, ularni avaylab asrash uchun muzeylashtirish, ilmiy asarlar yaratish va nihoyat komil inson tarbiyalash zamonaviy fanlar oldidagi muhim va dolzarb vazifa hisoblanadi.
Xalqimizning madaniyati va san'ati tarixi ham moddiy va ma'naviy manbalar orqali
o'rganiladi. Shunday ekan biz avvalo madaniyat va san'atning insoniyat jamiyati oldidagi funktsiya(vazifa)lari haqida ma'lumotga ega bo'lishimiz lozim.
O'zbekiston jahon sivilizatsiyasi taraqqitotiga qo’shgan hissasini o’rganish, targ’ib etish, ta’lim –tarbiya sohasida undan keng foydalanish yosh avlodni tarbiyalashda o’ta muhim vazifadir.
Mustaqillik tufayli O’zbekistonda tarix va madaniy merosga munosabat davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.
O'zbekiston madaniyati va san'ati tarixi fanining maqsadi O'zbekiston madaniyati va san'ati tarixining asosiy bosqichlari tarixiy xodisalar jahon tarixida maqsadi O'zbekiston madaniyati va san'atining tutgan o’rnini o’rganishdan iborat.
O'zbekiston madaniyati va san'ati tarixi fanining vazifalarini quyidagicha belgilash mumkin:

  • O'zbekiston madaniyati va san'ati tarixining dolzarb muamolarini o’rganish;

  • O'zbekiston madaniyati va san'ati tarixining turli davrlaridagi tarixiy jarayonlarning o’ziga xosligini qiyosiy tahlil qilish

  • Zamon talablaridan kelib chiqib fanga innovatsiyalarni doyimiy jalb etish

  • Tarixiy davrlardagi madaniyat va san’at taraqqiyotining turg’unlik va inqiroz va taraqqiyot bosqichlari sabablarini ochib berish

  • Fandagi ilmiy asoslangan yangi nazariyalarni tahlil qilish va o’quv jarayoniga joriy etish

  • Milliy g’urur va o’zlikni anglash

  • Milli va tarixiy madaniy mtrosni e’zozlash asrab-avaylash ruhini singdirish

Madaniyatning bilish funktsiyasi bilan axborot (informatsiya) funktsiyasi uzviy bog'liqdir. Madaniyatning axborot funktsiyasini mazmuni to'plangan ijtimoiy tajriba, bilim malakani uzatishda ko'rinadi. Bu tajribada, bilim ma'lum bir rivoyatlar, fan, adabiyot, san'at asarlari orqali ya'ni avlod tomonidan qabul qilib olinadi, o'zlashtiriladi. Bunday o'zlatish «vertikal ya'ni o'tmish avlodlardan Yangi avlodlarga va gorizontal, ya'ni bir tarixiy davrda kishilardan-kishilarga, bir xalqdan ikkinchi xalqqa o'tish ko'rinishida ham bo'lishi mumkin.»


Go'zal hayotga qadam qo'yar ekan, avvalo o'zini bevosita o'rab turgan kishilar ota-ona, aka-opalari yordamida insoniyat tomonidan to'plangan tajribani o'rganib boradi. Keyinchalik bu doira kengayib borib unga ma'orif, Oliy o'quv yurtlari tizimi, fan, adabiyot, san'at asarlari kelib qo'shiladi va inson endi ular yordamida o'tmishda to'plangan tajribalarni o'rganib boradi. Bu tajriba bilim esa unga har bir kuzatilayotgan xodisani o'z tanasida his qilish, sinab ko'rish, tekshirish zaruriyatidan xolos qilishdan oldin erishilgan natijalarni faoliyat dasturi sifatida qabul qilishga olib keladi.
Madaniyatning axborot funktsiyasining mazmuni to'plangan tajribani «gorizontal shaklda uzatishning moxiyati» tushunib olinganda yanada yaqinroq ochiladi. Agar tajribaning o'zgarishning shunday shakli bo'lmaganda edi, har bir xalq aytaylik velosipedni, muzlatkich va boshqa narsalarni o'zicha yangitdan yaratgan bo'laverar edi. Hayotda esa bunday emas. Bir xalq madaniyatida erishilgan ahamiyatli natijalar boshqa xalqlar tomonidan tayyor holda qabul qilinadi va milliy madaniy hayotining tarkibiy qismiga aylantiriladi. Hozirgi davrda bozor iqtisodiyotiga demokratik tuzumni barpo etishga xarakat qilayotgan mamlakatlarning o'zlarining milliy tarixiy, iqtisodiy, geografik xususityalaridan kelib chiqqan holda bozor iqtisodiyotini rivojlantirishda kata yutuqlarga erishilgan, ijtimoiy hayotning barcha sohalariga demokratik qadriyatlarning ustivorligini ta'minlagan mamlakatlar tajribasini o'rganayotganligi, tayyor holda qabul qilayotganliklari ham fikrimizni isbotidir.
Ko'rinib turibdiki, madaniyatning axborot funktsiyasi muhim ahamiyatga ega. Agar madaniyatning bu funktsiyasi bo'lmaganda edi har bir avlod o'z hayotini «noldan boshlashga majbur bo'lar, insoniyat taraqqiyoti madaniyatining boyishi» haqida gap ham bo'lishi mumkin emas edi.
Madaniyatning axborot funktsiyasi kishilar ustida muomala, muloqat, o'zaro ta'sir
bo'lganida yuzaga chiqadi. Shuning uchun madaniyatning axborot (informativ) funktsiyasi uning aloqa (komunikativ) funktsiyasi bilan uzviy bog'liqdir.
Madaniyat muloqat orqali mavjuddir. Yangi paytda madaniyat inson muloqati sohasining kengayishiga xizmat qiladi, kishilar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri muloqat o'tish avlodlariga mansub kishilar, shuningdek, bizga tanish bo'lmagan zamondoshlarimiz bilan bevosita muloqat bilan to'ldiriladi. Biz Farobiy, Beruniy, Ibn Sino meroslarini Lutfiy, Navoiy g'azallarini va xakozalarni asarlardan o'qib ularni dunyoqarashlari bilan tanishamiz, oshno bo'lamiz.
Shuni ta'kidlash lozimki, bevosita va bilvosita muloqat ham shaxs rivojlanishiga hamma vaqt ham birday ta'sir ko'rsatavermaydi. Ayrim muloqat shaxs rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatib, unda zararli odatlar, xarakterli xususiyatlarni keltirib chiqarsa, boshqa xollarda shaxsning ma'naviy kamolati uchsun xizmat qiladi. Ayni paytda muloqat shaxs rivojlanishida hech qanday iz qoldirmasligi ham mumkin. Hozirgi ilmiy texnika inqilobi asrida ommaviy axborot vositalari-matbuot, radio, televidiniya ta'sirida bilvosita muloqatning doirasi nihoyatda kengayib borayapti. Shuning uchun ommaviy axborot vositalaridan faoliyati doimo jamiyat nazorati ostida bo'lmog'i lozim.
Bu demokratik o'zgarishlarni o'z boshidan kechirayotgan respublikamiz hayoti uchun juda muhim va zarurdir. Chunki demokratiya, so'z erkinligi bayrog'i ostida ko'pgina davlatlarda, ayniqsa g'arb mamlakatlarida chuqur ildiz otgan faxm, zo'ravonlik, giyohvandlikni targ'ib qiluvchi san'at, adabiyot, kino asarlari, teleko'rsatuvlarni kirib kelishiga aslo yo'l qo'yib bo'lmaydi. Bunday milliy qadriyatlarimizga, xayot tarzimizga zid bo'lgan asarlardan kirib kelishi jamiyatning ma'naviy negiziga bolta urgan bo'lar edi.
Madaniyat bir tomondan kishilar ustidagi bevosita va bilvosita muloqatni tartibga
solsa, boshqa tomondan muloqatning o'zi madaniy xodisa sifatida baholanadi va biz bunday xillarda «muloqat madaniyati» degan tushunchani ishlatamiz.
Kishilar o'rtasida muloqat turli vositalar yordamida amalga oshiriladi. Har bir
millatning o'z tili bor. Ayni paytda har bir millat muloqatning rangbarangligi, mazmundorligini ta'minlaydigan o'ziga xos imo-ishoralar, raqs, musiqa xulq-odob normalari tiliga xam ega. Shosh maqomini «Munojotni», «Tannavorni» tinglab, tomosha qilib, jafokash xalqimiz tarixi, xis tuyg'ulari, kechinmalari, dardi, umidlarini dil-dildan xis qilamiz, xalqimiz odob ahloq normalariga quloq tutar ekanmiz, undagi noziklik, insonning mehr-muxabbati, xurmat va ulug'vorlikni qalbdan yozamiz.
Milliy tarixiy va psixologiyani aks ettiruvchi milliy til bilan bir qatorda hamma
uchun barii bir va tushunarli bo'lgan, millatlararo muloqatda va ilm Fan yutuqlarining tez tarqalishiga muhim rol uynaydigan internatsional til, Fan-tili, uning tushunchalar va
formulalar tili ham borligini unutmaslik kerak. Ayni paytda XX asrda tor bo'lsada,
«fortrani» kabi tillari yaratilgan. Маданият” дейилганда инсонни табиатга кўрсатадиган мақсадга мувофиқ таъсири, шунингдек инсонга таълим-тарбия бериш тушунилган (лотинга “Cultura” – ерни ишлаш, парваришлаш; русчадаги «культура» сўзи ҳам шундан олинган). Қадимги эллинлар «пайдей», яъни «тарбияланганлик»лари билан ўзларини «маданиятсиз» варварлардан юқори қўйганлар. Қадимги Римнинг сўнгги даврларида «маданият» тушунчаси ижтимоий ҳаётнинг шаҳар турмуш тарзини ифодаловчи мазмун билан бойиган ва у ўрта асрларга келиб кенг тарқалган. Бу тушунча кейинчалик келиб чиққан цивилизация (ижтимой тараққиёт, моддий ва маънавий маданият даражаси, босқичи) тушунчасига яқин туради.
Ўрта аср маданиятининг буюк намоёндалари Абу Наср Форобий, Абу Али ибн Сино, Абу Райҳон Беруний ва бошқалар шаҳар турмуш тарзини жамиятнинг етуклик шакли сифатида талқин қилганлар. Масалан, Форобийнинг таъкидлашича, «маданий жамият ва маданий шаҳар (ёки мамлакат) шундай бўладики, бу мамлакатда ҳар бир одам касб-ҳунарда озод, ҳамма баб-баравардир, кишилар ўртасида фарқ бўлмайди, ҳар ким ўзи истаган ёки танлаган касб-ҳунар билан шуғулланади. Одамлар ҳақиқий маънода озод яшайдилар». Масалан, 18 аср француз маърифатпарварлари (Вольтер, П. Тюрго, Ж. А. Коидорсе) маданий тарихий жараённинг мазмунини инсоният «тафаккури»нинг тараққиётидан иборат деб билганлар.
Хулоса қилиб айтганда, ҳар бир ижтимоий-иқтисодий давр ўз маданият типига эга. Ижтимоий-иқтисодий даврларнинг алмашиниши билан маданият типи ҳам ўзгаради, лекин бу ҳол маданият тараққиёти узилиб қолганлигини ёки эски маданият йўқ бўлиб, маданий мерос ва анъаналардан воз кечилганлигини англатмайди. Маънавий маданиятнинг асосий белгиларидан бири – бу санъатдир. Театр, мусиқа, рассомлик, кулолчилик, халқ ҳунармандчилиги ва бошқалар санъатнинг турли кўринишлари ҳисобланади. Улар бир-бири билан чамбарчас боғланган бўлиб, мамлакатда сиёсий, маънавий ва ижтимоий жараёнларнинг ривожланишида катта аҳамиятга эга.
“Madaniyat” atamasi hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarida rang-barang ma’nolarda ifodalangan. O’zbek tilida keng ishlatiladigan “Madaniyat” atamasi arabcha madaniy –shaharlik degan ma’noni bildiradi.
San’at juda qadim zamonlarda mehnat jarayonining taraqqiyoti natijasida paydo bo’ldi.Mehnat jarayonida inson tafakkuri kamol topdi.
Moddiy va ma’naviy madaniyatlarning o’zaro bog’liqligi kishilarning ehtiyojlari qobiliyatlari maqsadlarning moddiy ko’rinishiga aylanishida yaqqol ko’zga tashlanadi.
Ilmiy adabiyotlarda madaniyatni moddiy va ma’naviy madaniyatga bo‘lish rasm bo‘lgan. Madaniyatni moddiy va ma’naviy madaniyatga bo‘lish inson faoliyatining ikki asosiy sohasi – moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liqdir. Moddiy madaniyat moddiy faoliyatning barcha sohalarini va natijalarini o‘z ichiga oladi. Moddiy madaniyatning muhim elementlari ishlab chiqarish, transport, aloqa vositalaridir. Moddiy madaniyatga uy-joy, kiyim-bosh, uy-ro‘zg‘or buyumlari, iste’mol vositalari deb ataladigan hodisalar ham kiradi. Bularsiz muayyan xalq madaniyati, uning tarixiy taraqqiyotining turli bosqichlaridagi o‘ziga xosliklari haqida to‘g‘ri fikr yuritish mumkin emas. Albatta, moddiy madaniyatni faqat ishlab chiqarish va iste’mol vositalariga taqab qo‘yish to‘g‘ri bo‘lmaydi. 
Umuman olganda, ijtimoiy hayotda moddiy ishlab chiqarish sohasi bilan birga, ijtimoiy soha, siyosiy soha, ma’naviy soha faoliyatlari ham mavjud. Kishining bu sohadagi faoliyatlari madaniyatni tasniflashga asos sifatida qabul qilinadi. Bunday tasniflash tizimining birinchi bosqichiga bir qarashda mustaqil ko‘ringan, lekin bir-biri bilan chambarchas bog‘langan quyidagi madaniyat sohalari kiradi:

Download 25,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish