Mavzu: Kirish. O‘lkamiz tabiati


O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi



Download 2,21 Mb.
bet9/10
Sana19.04.2022
Hajmi2,21 Mb.
#563024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4 sinf tabiatshunoslik yillik dars ishlanma pechat yangi

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
fan to‘garagida mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish, sportning yoshiga mos turi bilan shug‘ullanish, o‘zini tuta olish, to‘g‘riso‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunish, atrofidagi tabiat manzaralarini estetik his etish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
farzandlik, o‘quvchilik burchini bilish, unga rioya qilish, sinfdagi jihozlar, o‘quv qurollarini asrash.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
o‘zi yashaydigan joyning maftunkor tabiati, tarixiy obidalarini, dam olish maskanlarini asrash va qadriga yetish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
xarita, globus bilan ishlashda hisoblashning qulay usullarini qo‘llay olish, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik faoliyatda zarur bo‘lgan dastlabki rejalarni tuza olish, suvni isrof qilmaslik va tejamkorlikning ma’nosini tushunish, unga amal qilish.
Dars turi: Yangi materialni o’rganish
Dars jihozi: rasmlar,bukletlar
DARSNING BORISHI:
I-bosqich.Darsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti 5 minut.Tashkiliy qism. Navbatchi axboroti.
II-bosqich. O‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti 10 minut Asosiy qism.Tabiatshunoslik fani asosida savol-javoblar o’tkazish.
III-bosqich.Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti 20 minut.
Yangi mavzu bayoni.
Biz yashayotgan sayyoraning tabiiy yo'ldoshi bo‘lgan Oy Yer atrofida doimiy ravishda aylanib yuradi. Oy Yer atrofini 27 sutka 8 soatda bir marta aylanib chiqadi. Uning Yerdan uzoqligi 384 000 kilometrdan ortiq masofada joylashgan. Oy Quyoshga qaraganda bizga 390 marta yaqin. Shuning uchun Quyoshdan katta bo‘lib ko‘rinadi. Oy ham Yer kabi shar shaklidadir. Uning diametri 3 500 kilometr, ya’ni Yernikidan 4 marta ki-chik. Massasi esa Yer massasidan 81 marta kam. Oy sirti Yernikiga o‘xshamaydi. Oyda o‘simliklar ham, hayvonlar ham yo‘q. Uning sirtida jonsiz tabiat hukm suradi. Chunki Oyda hayot uchun zarur bo‘lgan havo ham, suv ham mavjud emas.
Oyda havo yo‘q. Shuning uchun uning sirtiga ko‘plab m eteoritlar tushib turadi. Son-sanoqsiz meteoritlarning urilishidan Oyning sirtida ko‘plab chuqurliklar hosil bo‘lgan. Yerdan qaraganda Oyning ko‘rinishi turli holatda bo‘ladi. Ba’zida kechasi Oy ko‘rinmay qoladi. Bir necha kun o‘tib, ingichka ko‘rinishdagi hilol oy ko‘rinadi. Kunlar o‘tishi bilan hilol oy kattalashib, yarim oyga aylana boradi. Yarim oy kundan kunga to‘lishib, bir haftadan keyin to‘lin oyga aylanadi (12-rasm). Bir necha kundan keyin to‘lin oyning yana kichrayib borayotganini kuzatish mumkin. Shu tarzda to‘lin oy yana yarim oyga, so‘ngra hilol oy ko‘rinishiga kelib qoladi.
Yana bir necha kundan keyin Oy umuman ko‘rinmay qoladi. Yana bir necha kun o‘tishi bilan tunda osmon gumbazida hilol oy paydo bo‘ladi. Oy shu tariqa o‘z ko‘rinishini o‘zgartirib turadi.

Download 2,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish