DARSNING BORISHI: I-bosqich.Darsning tashkil qilish jarayoni va ajratilgan vaqti 5 minut.Tashkiliy qism. Navbatchi axboroti.
II-bosqich. O‘tilgan va uyga berilgan mavzuni so‘rash va takrorlash jarayoni va ajratilgan vaqti 10 minut Asosiy qism.Tabiatshunoslik fani asosida savol-javoblar o’tkazish.
III-bosqich.Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni va ajratilgan vaqti 20 minut.
Yangi mavzu bayoni.
Tunlari ba’zida xira «yulduz»ning boshqa yulduz lar orasida siljiyotganini, ya’ni sayr qilib yurganini payqash mumkin. Bunday osmon jismi aslida yulduz emas, balki sayyoradir.
Sayyoralar o‘zidan nur chiqarmaydi. Biz sayyora-lardan qaytayotgan Quyosh nurlarini ko‘ramiz, xolos.
Har bir sayyora o‘z orbitasiga ega. Sayyora orbitasi, bu - Quyosh atrofida sayyoraning harakat yo‘li bolib, 6-rasmda aylana chiziqlar bilan ko‘rsatilgan. Sayyoralar katta-kichikligi, Quyoshdan uzoq-yaqin-ligi bilan bir-biridan farq qiladi.
Merkuriy Sayyoralarning eng kichigi Merkuriydir. Uning diametri Yernikidan deyarli 3 marta kichik. Merkuriy Quyosh atro-fini 88 sutkada bir marta aylanib chiqadi. Sirtida tuproq yo‘q. Sirti tosh va qumliklardan iborat. Mayda osmon jismlarining tushaverishidan sirti o‘nqir-cho‘nqir bo‘lib ketgan. Merkuriy sirtida havo va suv yo‘q. Unda hayot borligi haqida hech qanday belgi mavjud emas. Merkuriy sirtida harorat kunduzi +480 °C, kechasi esa -180 °C atrofida bo‘ladi.
IV-bosqich.Yangi mavzuni mustaxkamalsh, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni va ajratilgan . Kartochkalar orqali savol-javob o’yini o’tkaziladi
Venera Venera sayyorasi Yerdan biroz kichik. Quyosh atro-fini 225 sutkada bir marta aylanib chiqadi. Sayyorani qoplagan gazlar va bulutlar Quyosh nurlarini yaxshi qaytarishi natijasida tunlari bizga u yulduz kabi cha-raqlab ko‘rinadi. Hatto erta tongda yulduzlar ko‘rinmay qolganda ham Venera sayyorasi porlab turadi. lShuninguchunqadimdaVenerasayyorasini «Zuhro yulduzi», «Tong yulduzi» deb atashgan. Arabchada
«zuhro» so‘zi «tong» degan ma’noni bildiradi. Sayyorada vulqonlar otilishidan tog‘lar vujudga kelgan. Sayyora sirtida harorat kunduzi +470 °C gacha, kechasi +20 °C gacha bo‘ladi. Venerada hayot yo‘q.
Yer Biz yashaydigan Yer ham Quyosh atrofida aylanib yuruvchi sayyoralardan biridir. Sayyoramiz Quyosh atrofini 365 sutka 6 soatda bir marta aylanib chiqadi. Quyosh sistemasidagi mavjud 8 ta sayyoradan faqat Yerda hayot bor. Faqat bizning sayyoramizdagina hayot uchun sharoit mavjud.
Yer va boshqa sayyoralarning atrofida osmon jismlari aylanib yuradi.