Mavzu: Kirish. Istiqlol darsi



Download 297,39 Kb.
bet1/36
Sana06.09.2021
Hajmi297,39 Kb.
#166725
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
8 sinf adabiyot fanidan konspekt


Aim.Uz

I CHORAk-(18 SOAT)

Sana:_____________________________________(1 soat)



Mavzu:Kirish. Istiqlol darsi.

Darsning maqsadi:

Ta`limiy:8-sinf adabiyot darsining maqsad va vazifalari haqida suhbat;

Tarbiyaviy:o`quvchilar qalbida ozodlikka muhabbat tuyg`usini tarbiyalash;

Rivojlantiruvchi:og`zaki va yozma nutqni o`tirish;

Dars tipi:Yangi bilim beruvchi

Dars usuli: Induktiv

Dars metodi :Savol-javob

Dars jihozi:Mavjud ko`rgazmalar

Darsning borishi

Tashkiliy qism

Asosiy qism

Insoniyat bosib o`tgan tarixiy yo`l shu qadar chigal ,murakkab hodisalarga boyki,uni dabdurustdan baholashning hech iloji yo`q. Shu tufayli ham o`tmish hayot to`g`risida har bir ilm sohasi o`z imkomiyatlaridan kelib chiqib xulosalar yasaydi. Bu rang –baranglik san`at sohalariga ham birdek tegishlidir.

Deylik,ushbu mavzuni o`rganayotganimizda sinf derazalaridan Sizni o`ziga chorlayotgan kuz faslining tarovatini musavvir mo`yqalami orqali turfa bo`yoqlarga tasvirlasa, bastakor ushbu fasl nafasini ohang yordamida ko`nglingizga olib kiradi. Xuddi shu kabi agar tarix ilmi voqea-hodisalarning qachon,qayerda, nima sababdan

Yuz bergani,bu qanday natijalarga olib kelganini chuqur o`rgansa` adabiyot uchun ushbu hodisalarga ishtirok etgan kishilarning qalbidan o`tgan kechinmalar muhimroq hisoblanadi.Rus adibi Maksim Gorkiy IXasr oxiri va XXasr boshlarida Rossiyani qamrab olgan adolatsizlik, xunrezliklar o`ziga qanday ta`sir etganini xotirlab, shunday yozgan edi.

“Hayotda ko`rayotganlarim go`yo yuragimning ustini shilib tashlagandek bo`ldi. Shundan buyon mening qalbim har bir nohaqlikdan,adolatsizlikdan ta`sirlanib`achishadigan bo`lib qoldi”.

Har bir zamonning o`z qahramonlari har bir avlodning o`xshashga intiladigan badiiy timsollari bo`ladi. Agar o`tgan asr kishilari ‘Tohir va Zuhro’ ‘Romeo va Julyetta, Farhod va Shirin munosabatlaridan qattiq ta`sirlangan bo`lsalar,20-asr boshlaridagi o`zbek kitobxoni “O`tkan kunlar “ romanini o`qib yig`lagan.Yigitlarga Otabekning mardligi,tantiligi,

millatsevarligi,qizlarga esa Kumushbibining iffati,jasu ligi,go`zal odobi ideal jihatlar hisoblangan.Shu nuqtai nazardan qaraganda , bugungi kun yigit qizlari ham o`z qahramonlarini kashf eishlari , ularga o`xshab yashashga intilishlari, ulardan o`rnak olishlari qanchalar muhimligini his etamiz.

Ijodkor zamonaning o`tkinchi epkinlariga berilmay, hayotda yuz berayotgan voqealarning tub zamiriga nazar tashlashi , mana shu chuqurlikda yotgan asl sabab mohiyatni ko`rish va uni mukammal obrazlar hamda vositalar orqali badiiy hodisaga aylantira bila olishi lozim. Zero, adabiyotshunoslik fanida “adabiy muammolar”degan tushuncha mavjud. Bu shunday muammolarki, zamonlar o`tishi , bir-ikki davr kishilarining sa`y-harakatlari bilan ular yechilib yo`q bo`lib ketmaydi.To odamzod bor ekan, bu muammolar unga doimiy va ajralmas hamroh bo`lib qolaveradi.Odamzodni qiziqtiraveradi,o`ylantiraveradi,qiynayveradi.

Muhabbat va nafrat , adolat va adolatsizlik, iymonlilik va nafsga qullik, haqiqat va yolg`on , mardlik va qo`rqoqlik , sadoqat va sotqinlik, vatanparvarlik va yurtfurushlik singari tuyg`ularni o`z ichiga qamragan adabiy muammolarni yoritgan asarlargina umrboqiylik kasb etadi.

Mustahkamlash

1.Mustaqillik bizga nima berdi?

2.Mustaqillik yillarida yurtimizda ro`y bergan o`zgarishlar haqida gapiring

3.Sizningcha nega inson ozodlikka intiladi?

4.Adabiyot va mustaqillik haqida nima deya olasiz?

5.Mustaqillik yillarida yaratilgan asarlar haqida gapiring

6.Mustaqillikni ulug`lovchi she`rlardan yod bilasizmi?

Uyga vazifa; 4-9 betlarni o`qib-o`zlashtirib kelish.

Sana:______________________

Mavzu: Xalq og`zakiijodi. “Kuntug`mish” dostoni(4/1-soat)

Darsning maqsadi:

a)ta`limiy: xalq og`zaki ijodi, “Kuntug`mish” dostoni haqida bkmlar hosil qilish;

b)tarbiyaviy:o`quvchilar qalbida asriy an`analarga hurmat tuyg`usini tarbiyalash;

d)rivojlantiruvchi: og`zaki va yozma nutqni o`stirish.

Dars tipi :Yangi bilim beruvchi

Dars turi:Odatdagi

Dars usuli:Induktiv

Dars metodi:Savol-javob

Dars jihozi :Mavjud ko`rgazmalar

Darsning borishi

1.Tashkiliy qism

2.Asosiy qism

Xalq dostonlari har bir millatning ma`naviy qiyofasi , uning tarixi , qadriyatlarini aks ettiruvchi bamisoli oynadir.Ularda har bir xalqning urf-odatlari , milliy o`ziga xosligi yaqqol ko`rinib turadi.Dostonchilik xalq og`zaki ijodida qadimiy epik an`ana hisoblanadi.dostonlar asosan do`mbira jo`rligida aytiladi va ijrochidan ham badihada ham ijroda juda katta ijodiy mahorat talab qiladi.Dostonning yana bir xususiyati og`izdan og`izga o`tib avloddan avlodgacha yetib kelganidir.Bu o`z navbatida ustoz shogirdlik an`analarining vujudga kelishiga , oqibatda yirik dostonchilik maktablarining paydo bo`lishiga sabab bo`ldi.Folklorshunos olim To`ra Mirzayevning ma`lumotlariga ko`ra ,XV-XVI asrlarda yirik dostonchilik maktablari paydo bo`lgan,XIX-XX asrlar esa dostonchilik taraqqiyotida juda rivojlangan davr bo`lgan. XX asr boshlariga kelib baxshilarimiz ijodiy bisotida 150 dan ortiq xalq dostonlari bo`lgan.Bu dostonlarni Tilla kampir, Sulton kampir, Jolmon baxshi, Bo`ron shoir, Suyar shoir kabi mashhur baxshilar kuylaganlar.

Keyinchalik ularning an`analari Ergash Jumanbulbul o`g`li,Fozil

Yo`ldosh o`g`li,Po`lkan ,Islom shoir, Saidmurod Panoh o`g`li, Berdi baxshi, Umir baxshi shoir, Bola baxshi ijodida davom ettirildi.

Yurtimizda dostonchilikni rivojlantirishga va uning ijrochilari –baxshilar faoliyatini rag`batlantirishga katta e`tibor berilmoqda.2000-yilda “Alpomish” dostonining ming yilligini jahon miqyosida nishonlanishi va hatto “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan xalq baxshisi ” unvoning ta`sis etilishi (2000-yil 14-mart) buning isbotidir

“Kuntug`mish” dostoni o`zbek xalq dostonlari orasida g`oyaviy-badiiy jihatdan yetuk asarlardan biridir. Uning xilma-xil ko`rinishidagi variantlari ko`pligining boisi shundaki , ilgari baxshilarning iste`dodiga , ushbu dostonni qanday aytishiga qarab baho berilgan, natijada barcha baxshilarimiz “Kuntug`mish”dostonini to`la o`zlashtirishga intilganlar.Dostonning Ergash Jumanbulbul o`g`li,Bekmurod Jo`raboy o`g`li, Nurmon Abduvoy o`g`li,Egamberdi Ollamuroddan Yozib olingan variantlari mavjud .8-sinf darsligida esa ergash Jumanbulbul o`g`lidan yozib olingan varianti keltirilgan.

“Kuntug`mish”dostoni badiiy jihatdan nihoyatda yetuk asar.U yaxlit kompozitsiyaga ega, asarda kishini asosiy voqealardan chalg`itadigan o`rinlarni uchramaydi, aksincha, har bir voqea , har bir epizod dostonni to`ldiradi.

Darslikda berilgan “Kuntug`mish” dostonidan parcha o`qish

Mustahkamlash

1.Xalq og`zaki ijodiga qanday asarlar kiradi?

2. Adabiyot tarixida xalq og`zaki ijodining o`rni qanday?

3. “Kuntug`mish” dostoni nima sababdan barcha baxshilar

repertuarida uchraydi.

4. “Kuntug`mish” dostonini qaysi baxshilar kuylagan?

Uyga vazifa :

14-21-betlar

Sana:________________________(2-soat)

Mavzu: “Kuntug`mish” dostoni

Darsning maqsadi:

a)ta`limiy: “Kuntug`mish ”dostonini o`qib –o`zlashtirish;

b)tarbiyaviy:o`quvchilar qalbida asriy an`analarga hurmat tuyg`usini tarbiyalash;

d)rivojlantiruvchi:og`zaki va yozma nutqni o`stirish;

Dars tipi :Yangi bilim beruvchi

Dars turi: Odatdagi

Dars usuli:Induktiv

Dars metodi:Savol-javob

Dars jihozi :Mavjud ko`rgazma

Darsning borishi

1.Tashkiliy qism

2.Asosiy qism

Takrorlash

1. 8-sinf adabiyot darsining maqsad va vazifalari haqida gapiring

2.Xalq og`zaki ijodi deb nimaga aytiladi?

3. Xalq og`zaki ijodiga qanday janrlar kiradi?

4 Adabiyot tarixida xalq og`zaki ijodining o`rni qanday?

5. “Kuntug`mish” dostoni nima sababdan barcha baxshilar

repertuarida uchraydi.

6. “Kuntug`mish” dostonini qaysi baxshilar kuylagan?

7. Dostonning bosh qahramoni kim?

8.Doston muqaddimasidagi tugun nima?

“Kuntug`mish ” dostoni qahramonlari:

Avliyoyi Qoraxon-No`gay podshosi lqablari:Qilichxon, Avliyoyi

Qoraxon


Buvraxon – Shahri Zangar yurtining shohi

Shoir vazir -Buvraxonning vaziri Xolbekaning otasi

Tohir vazir -Buvraxonning vaziri Xolmo`minning otasi

Xolbeka –Shoir vazirning qizi

Xolmo`min –Tohir vazirning o`g`li

Nard o`yinini Xolbeka kelgan sovchilarga shart qilib qo`yadi.

Bahragul –Xolbekaning kanizi

Sandiq –Xolbeka ko`rgan tusidan keyin o`z rasmini chizdirib, sandiqqa solib,daryoga oqizib yuboradi.

Sandiq Kuntug`mish ov qilib yurgan daryo qirg`og`iga oqib boradi.

Kuntug`mish qirq yigitni olib , xachirlarga mol –dunyo ortib Zangar yurtiga keladi.Bir bazzoz qiyofasiga kirib, ko`shk yonida mato sotib o`tirganida Xolbeka o`z kanizlariga bu yigitni saroyga olib kirishlarini buyurdi. Kuntugmish saroyga kirgach, shartga binoan nard o`ynatadi va Xolbeka yengiladi. Ikkalasi bazm-u suhbat bilan ovora bo`lib,Xolbeka ko`shkiga chiqmay qo`yganini ko`rgan Zangar podshosi Buvraxon undan xabar olgani o`z jallodlari-yu mirg`azablarini jo`natadi. Kuntug`mish va Xolbeka qochib yashirinishadi.Biroq ayg`oqchilar ular yashiringan joyni aytib berishgach , har ikkalasini ham ushlab,Buvraxon huzuriga bandi qilib olib borishadi. Buvraxon o`z saroy a`yonlariga bu ikkisi qanday jazoga loyiqligi borasida maslahat soladi.

Uyga vazifa:

20-28-betlar

Sana:____________________________(3-soat)

Mavzu: “Kuntug`mish”dostoni

Darsning maqsadi:

a)ta`limiy: “Kuntug`mish”dostonini o`qib –o`zlashtirish;

b)tarbiyaviy:o`quvchilar qalbida ezgulik qaror topishini ta`minlash;

d)rivojlantiruvchi:og`zaki va yozma nutqni o`stirish;

Dars tipi :Yangi bilim beruvchi

Dars turi:Odatdagi

Dars usuli:Induktiv

Dars metodi:Savol-javob

Dars jihozi :Mavjud ko`rgazma

Darsning borishi

1.Tashkiliy qism

2.Asosiy qism

Takrorlash

1. “Kuntug`mish” dostoni nima sababdan barcha baxshilar

repertuarida uchraydi.

2. “Kuntug`mish” dostonini qaysi baxshilar kuylagan?

3. Dostonning bosh qahramoni kim?

4.Doston muqaddimasidagi tugun nima?

5.Nima uchun Buvraxon Xolbekaning nomini tilga olishni man qildi?

6.Xolbeka uyiga kelgan sovchilarga qanday shart qo`yardi?

7.Zangar shohi Xolbeka bilan nard o`ynadimi?

8.Kuntug`mish bilan Xolbeka qanday bir –biri haqida xabar topishdi?

9.Xolbeka o`zi haqida Kuntug`mishga qanday xabar yubordi?

10.Xolbekaning kanizining ismi nima?

11. Daryoga oqizilgan sandiqqa Xolbeka nimalarni soldi?

12.Kuntug`mish Zangar yurtiga qanday qiyofada kirib keldi?

13.Kuntug`mish bilan Xolbeka o`rtasida nard o`yini bo`lib o`tdimi?

14.Xolbeka bilan Kuntug`mishni ushlab olgan Buvraxon uarga nisbatan qanday jazo qo`lladi?

Buvraxon saroy amaldorlarining fikriga ko`ra ikki “gunohkorni” bir

Biyani so`yib,uning terisini tulub qilib , ichiga ularni solib asov baytalning dumiga bog’lab sahroga haydab yubordi. Olti kun deganda tulub , uzilib bir yerga tushib qoldi. Oftobda teri tortishib ,chunonam qisqardiki, ichidagilar o`lguday ahvolga kelishdi.Xudoning amri bilan bir quzg’un kelib terini cho`qidi va bular ochiq havoga chiqdilar.ou kuni yetib Xolbeka egizak-ikki o`g’il farzand ko`rdi. Er-xotin yurib-yurib ,Mug`ol tog’iga yetdilar

Bir kuni Kuntug`mish uzoqdan kelayotgan bir karvonni ko`rib qoldi.Karvonboshi Azbarxo`ja bilan tanishib , boshidan kechirganlarini aytib berdi. U kuntug`mishga bir kosa suv va bir non evaziga buloqni egallab yotgan ajdarhoni o`ldirish shartini qo`yadi?U Qur’oni karimni o`rtaga qo’yib,Kuntug’mish bilan do’st tutinadi. Xolbekaning kimligini anglagach u do`stiga xiyonat qilib,Xolbekani Buvraxonga topshirib ,evaziga ko`p muofot olmoqchi bo`ladi. Kuntug`mishni mast qilib, oyoq –qo`lini bog`lab tosh ostiga bostirib ketadi.Ikki go`dakni ham sahroga qoldirib ketadi.Qosim ismli yigit Kuntug`mish o`ziga kelsa, deb har bir kunlik yo`lda suv non qoldirib ketadi.

Xolbekani ko`rgan Buvraxon uning ahvoliga achinadi. Ikkala go`dagining sahroda qolganini eshitgach ularni qidirishga odam jo`natadi. Xolbekani Xolmo`minning ixtiyoriga beradi.Azbarxo`jani esa zindonband qiladi.

Kuntug`mish ikki go`dagini olb Xolbekani izlab yo`lga chiqdi Taqdir taqozosi bilan har ikkala go`dagidan ham ajrab , es-hushini yo`qotib , qalandar darvesh bo`lib har joyda dardini aytib yuraverdi.

Qalandarxon

Olim sayyod Mohiboy

Cho`pon Gurkiboy

“Kuntug`mish”dostonidagi joy nomlari

1.Zangar yurti 4.No’g’ay yurti

2.Mug’ol tog`i 5.Zarchman cho`li

3.Olatog` 6.Tajan daryosi

Uyga vazifa: Dostonni oxiriga o`qib chiqish

Sana: ____________________________(4-soat)

Mavz u: Nazariy ma`lumot.Ishqiy-qahramonlik dostoni

Darsning maqsadi:

a)ta`limiy:ishqiy-qahramonlik dostonlari haqida bkmlar hosil qilish;

b)tarbiyaviy:o`quvchilar qalbida ona-Vatanga muhabbat tuyg`usini ta`minlash;

d)rivojlantiruvchi:og`zaki va yozma nutqni o`stirish;

Dars tipi :Yangi bilim beruvchi

Dars turi:Odatdagi

Dars usuli:Induktiv

Dars metodi:Savol-javob

Dars jihozi :Mavjud ko`rgazmalar

Darsning borishi

1.Tashkiliy qism

2.Asosiy qism

Xalq dostonlari mavzusiga ko`ra beshga bo`linadi:

1.Qahramonli dostonlari

2. Jangnoma dostonlar

3.Romantik(ishqiy-qahramonlik) dostonlari

4.Tarixiy dostonlar

5.Kitobiy dostonlar

Ishqiy –qahramonlik dostonlariga “Murodxon”, “Rustamxon”, “Kuntug`mish”, “Malika ayyor”, “Ravshan”, “ Go`ro`g`li ”turkum dostonlari kiradi

Doston xalq og`zaki ijodi vamumtoz adabiyotida keng foydalanilib kelinayotgan epik shakllardan biridir. “Doston” so`zi xilma-xil ma`noni bildirib kelgan. Masalan, “doston” forschada epik asar nomini anglatadigan so`z bo`lib, u hatto qissa romandek katta nasriy asarlarga ham nisbat beriladi.Biz o`rganayotgan dostonlar esa xalq og`zaki ijodida yaratilgan va yaratilayotgan muayyan kompozitsion yaxlitlikka ega bo`lgan xalq dostonlaridir.Ular yozma adabiyotdagi “Suhayl va Guldursun”, “farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” kabi dostonlardan fantaziya ko`lami , ko`z ko`rib quloq eshitmagan voqealar, aql bovar qilmaydigan qahramonliklar tasviri bilan farq qiladi.

Dostonlarimizda baxtli kunlar ro`shnoliklar haqidagi orzu –umidlari , faqat yaxshilikka , yorug` kunlarga erishish istagi yotadi.E`tibor bersak,dostonlar muvaffaqiyatli yakun bilan tugaydi.Asar qahramonlari juda katta fojialarni qiyinchiliklarni boshdan kechiradilar, og`ir sinovlarga bardosh beradilar ,oxir-oqibat murod-maqsadlariga erishadilar.

Xalq dostonlarining ko`pchiligiga xos xususiyat - ularda ishq –muhabbat mavzuning ustunligidir. Dostonlardagi voqealar qahramonlarning ishqiy sarguzashtlari fonida kechadi. Masalan, dunyoga mashhur “Alpomish”ni olasizmi, “Ravshan” ,yoki “Kuntug`mish” dostonlarini olasizmi , bari-barisida muhabbat mavzusi yetakchilik qiladi.Darhaqiqat , muhabbat –muqaddas tuyg`u.Bekorga xalqimiz “Ishqsiz eshak-dardsiz kesak” , demaydi. Sevimli shoiramiz nodirabegimta`biri bilan aytganda esa:

“Muhabbatsiz kishi odam emasdir,

Gar odamsan, muhabbat ixtiyor et”

Muhabbat insonni ezgulikka yetaklaydi, sevgan kishi har qanday qahramonlikka qodir bo`ladi. “Kuntug`mish” dostoni sevishganlar haqidagi chiroyli asar, uning janrini ishqiy-qahramonlik dostoni, deb belgilash mumkin.Chunki Kuntug`mish dostonda katta qahramonliklar ko`rsatadi:yurtga qiron keltirgan ajdarni yengadi,

Tosh bostirib qo`yilgan kigiz ostidan chiqib ketadi. Bu qahramonliklar shunchaki o`zini ko`rsatish emas , avvalo xalqni ajdar ofatidan qutqazgan bo`lsa, sevikli yori , bolalari deb g`oyat tang bir holatda yovlari o`rab –chirmab, ustidan tosh bostirib ketgan kigiz orasidan xalos bo`lib chiqadi.

Xulosa


Baxshi bobolarimiz sevib kuylagan “Kuntug`mish” kabi ishqiy-qahramonlik dostonlari bizni muhabbatdek ezgu tuyg`ularni qadrlashga undaydi, fidoyilik, qahramonlikka chorlaydi, chunki ishq-muhabbat , qahramonlik , jo`mardlik doimo egizak tushunchalardir.

Uyga vazifa :

“Kuntug`mish” dostoni bo`yicha 50 ta savol tuzish

1-Nazorat ishi-doston taassurotiga bag`ishlangan inshoga tayyorlanish

Sana:_____________________

Mavzu:1-nazorat ishi(2 soat ;1-soat)

Darsning maqsadi:

a)ta`limiy: “Kuntug`mish” dostoni bo`yicha olingan bkmlarni nazorat

qilish;

b)tarbiyaviy:o`quvchilar qalbida ona-Vatanga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash:

d)rivojlantiruvchi:og`zaki va yozma nutqni o`stirish

Dars tipi : Nazorat

Nazorat turi: Insho

Insho turi: Tavsifiy

Insho mavzusi : Kuntug`mish va Xolbeka timsollariga tavsif

Ajratilgan soat: 120 daqiqa (1-soat)

Insho manbasi: Darslik. “Kuntug`mish” dostoni

Darsning borishi

1.Tashkiliy qism

2.Asosiy qism

Inshoga tayyorgarlik ko`rish

1. Ma`lumot to`plash

2. Reja tuzish

3. Inshoni yozish


Kuntug`mish va Xolbeka timsollariga tavsif

Reja:


1. “Kuntug`mish” –ishqiy qahramonlik dostyoni

2. Xolbeka –mard , oqila , jasur va mushtipar ayol

3.Kuntug`mish-matonat, sabr toqat, kuch va jasorat egasi

4.Dostonda ulug`langan millay qadriyatlar

Dostonda foydalanish mumkin bo`lgan ma`lumotlar :

Joy nomlari:

1.Zangar yurti 4.No’g’ay yurti

2.Mug’ol tog`i 5.Zarchman cho`li

3.Olatog` 6.Tajan daryosi
Uyga vazifa :Takrorlash

Sana:_____________________

Mavzu:1-nazorat ishi(2 soat ;2-soat)

Darsning maqsadi:

a)ta`limiy: “Kuntug`mish” dostoni bo`yicha olingan bkmlarni nazorat qilish;

b)tarbiyaviy:o`quvchilar qalbida ona-Vatanga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash:

d)rivojlantiruvchi:og`zaki va yozma nutqni o`stirish

Dars tipi : Nazorat

Nazorat turi: Insho

Insho turi: Tavsifiy

Insho mavzusi : Kuntug`mish va Xolbeka timsollariga tavsif

Ajratilgan soat: 120 daqiqa (1-soat)

Insho manbasi: Darslik. “Kuntug`mish” dostoni

Darsning borishi

1.Tashkiliy qism

2.Asosiy qism

Inshoga tayyorgarlik ko`rish

1. Ma`lumot to`plash

2. Reja tuzish

3. Inshoni yozish


Kuntug`mish va Xolbeka timsollariga tavsif

Reja:


1. “Kuntug`mish” –ishqiy qahramonlik dostyoni

2. Xolbeka –mard , oqila , jasur va mushtipar ayol

3.Kuntug`mish-matonat, sabr toqat, kuch va jasorat egasi

4.Dostonda ulug`langan millay qadriyatlar

Dostonda foydalanish mumkin bo`lgan ma`lumotlar :

Joy nomlari:

1.Zangar yurti 4.No’g’ay yurti

2.Mug’ol tog`i 5.Zarchman cho`li

3.Olatog` 6.Tajan daryosi
Uyga vazifa :Takrorlash

Sana:__________________________________(3 soat/1)

Mavzu: Yusuf hos Hojib hayoti va ijodi “Qutadg`u bilig”asari.

Darsning maqsadi:

a)ta`limiy:Yusuf hos Hojib hayoti va ijoda haqida bkmlar hosil qilish;

b)tarbiyaviy: o`quvchilar qalbida ona –Vatanga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash;

d)rivojlantiruvchi:og`zaki va yozma nutqni o`stirish;

Dars tipi :Yangi bilim beruvchi

Dars turi: Odatdagi

Dars usuli: Induktiv

Dars metodi: Savol-javob

Dars jihozi : Mavjud ko`rgazmalar

Darsning borishi

1.Tashkiliy qism

2.Asosiy qism

Yusuf Xos Hojib 21-asrda yashab ijod etgan buyuk o`zbek turkiy xalqlar shoiri hisoblanadi.Yusuf-asl ismi.Aynan ; qutadg`u bilig’ dostoni zamon hukmdori tahsiniga sazovor bo`lgani uchun muallifga ‘hos hojib’, ya`ni eshik og`asi rasmiy lavozimi berilgan

Shoir uni taxallusiga qo`shib olgan. Yusuf hozirgi Qirg`izistonning Talas vodiysi hududidagi qadimiy Bolosog`un shahrida tug`ilgan.

Bolosog`un deyilishi shundan.Ba`zi manbalarda bu shahar Quzo`rda deb ham tilga olinadi.

Bizga Hojibdan birgina ‘Qutadg`u bilig’asari yetib kelgan.Shoir hayotiga oid ma`lumotlarni ham faqat shu dostondangina topamiz.

Asar hijriy 462,ya`ni milodiy 1069-1070-yili Koshg`arda yozib tugallangan.Hajmi 6 ming 409 baytdan iborat.Muallifning o`zi uni bir yarim yil mobanida bitganini aytadi:

Tegurdi menga algi ellik yoshim

Qug`u qildi quzg`un tusitek boshim

Oqir ellik emdi mengar kel teyu

Pusug` bo`lmasa, bordim emdi naru.

Shu misralarga tayanib, olimlar Yusuf Hos Hojib bu kitobni ellik yoshida yaratgan deb hisoblaydi.

Yusuf Xos Hojib dostonini tugallagach , uni zamon hukmdori (elig) Tavg`achxon Ulug Bug`ra Qoraxonga taqdim etadi.

Bizgacha “Qutadg`u bilig”ning uch nusxasi saqlanib qolgan:

1. Vena nusxasi

U milodiy 1439-yili hirotda uyg`ur yozuvi bilan ko`chirilgan.(Uyg`ur yozuvi arab alifbosi bilan shakllantirilgan of turkey yozuv edi )Kitob Turkiyaning Tugot shahriga ,1474-yili esa Istanbulga keltirilgan . Uni Istanbulda mashhur sharqshunos Hammer Purgshtall sotib olib, Venadagi Saroy kutubxonasiga keltiradi. 1823-yili faransuz sharqshunosi Jaubert Amedee bu buyuk asar haqida ma`lumot chop etib, uni ilm ahliga tanishtiradi.

2.Qohira nusxasi

1896-yili asarning arab yozuvi asosidagiturkiy alifboda ko`chirilgan nusxasi Qohirada topildi.

3. Namangan nusxasi

Sharqshunos Valizoda 1914-yilning 20-aprelida Qozon universiteti qoshidagi Arxeologiya , tarix va etnografiya jamiyatiga Farg`ona ekspeditsiyasi haqida yozgan hisobotida namanganlik Muhammad hoji Eshon Lolaresh degan kishining qo`lida “Qutadg`u bilig”ning yana bir nusxasi mavjudligini xabar beradi.Buyuk o`zbek olimi Abdurauf Fitrat 924-yili Muhammad hoji Eshon Lolareshdan shu qo`lyozmani olishga muyassar bo`ladi.

Doston masnaviy ,ya`ni o`zaro qofiyalangan ikki misradan iborat baytlar yo`li bilan yozilgan. Vazni-mutaqoribi musammani mahzuf, ya`ni “faulun-faulun-faulun-faul” (V - - V - - V - - V - ) yoki maqsur (bunda “faul” o`rniga “faol” bo`ladi, bu oxirgi hijo o`ta cho`ziq –“sabr”, “qand”, “tog`”kabi so`zlardan tashkil topgan degani). Turkiy va forsiy mumtoz adabiyotda shohlar haqidagi asarlar shu vaznda bitilgan .Masalan,Firdavsiyning “Shohnoma”si , “Xamsa” turkumining Iskandar Maqduniy (Makedonskiy ) hayoti asosida yaratilgan oxirgi dostonlari ,jumladan A. Jomiyning “Iskandar xiradnomasi”, Alishr Navoiyning “Saddi Iskandariy ” asarlari ham aynan shu vaznda bitilgan.

Darslikda berilgan parchani o`qish

Uyga vazifa:

O`qib-o`zlashtirish ___betlar

Sana:_______________________________(3 soat/2)

Mavzu: Yusuf Hos Hojib. “Qutadg`u bilig” asari

Darsning maqsadi:

a) ta`limiy: Yusuf Hos Hijibning “Qutadg`u bilig” asari haqida bkmlar hosil qilish;

b) tarbiyaviy: O`quvchilar qalbida ona-Vatanga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi: Og`zaki va yozma nutqni o`stirish

Dars tipi : Yangi bilim beruvchi

Dars turi: Odatdagi

Dars usuli: Induktiv

Dars metodi: Savol-javob

Dars jihozi : Mavjud ko`rgazmalar

Darsning borishi

1.Tashkiliy qism

2.Asosiy qism

Takrorlash

1. Yusuf Hos Hojib qachon qayerda tug`ilgan?

2.Adibning asl ismi nima?

3. “Xos Hojib” atamasining ma`nosi nima?

4.Adib bu asarni nechanchi yilda yozgan?

5.Adib bu asarni yozganda necha yoshda bo`lgan?

6. “Qutadg`u bilig” asari necha yilda yozib tugallangan?


7. Yusuf Xos Hojib qaysi sulola davrida yashab ijod etgan?

8. Asarning nechta qo`lyozma nusxasi mavjud?

9.Vena nusxasi qaysi yozuv asosida ko`chirilgan va qayerda saqlanadi?

10.Qohira nusxasi qanday yozuv asosida ko`chirilgan?

11.Namangan nusxasini fanga kim tortiq etgan?

12. “Qutadg`u bilig ” qaysi vaznda yaratilgan?

13. Qanday asarlar mutaqoribi musammani mahzuf vaznida yaratiladi?

“Qutadg`u bilig” o`z vaqtida eng mashhur asarlardan biri edi. Uni Chinliklar “Adab ul muluk”- (“Podsholar odobi”)

Mochinliklar “ Amin ul-mamlakat”-(“Mamlakat omonliklari”)

Sharqda “ Ziynat ul-umaro”- (“Amirlar ziynati”)

Eronliklar “Shohnomayi turkiy”- ( “Turkiy Shohnoma”)

Turonliklar “Qutadg`u bilig ”-(“Saodatga yo`lovchi bilim”)

Deb , ba`zilar esa “Pandnomayi muluk” (“Podsholar pandnomasi”) deb atashgan.

“Qut”-baxt, saodat, “bilig” esa-bilim degani. Shunga ko`ra , asarning nomini “Baxtga eltuvchi bilim”yoki “Saodatga yo`llovchi bilim” deb tarjima qilish mumkin.Abdurauf Fitrat uni “Baxtliklanish bilimi” deb atagan. “Qutadg`u bilig ” bizgacha yetib kelgan ilk turkiy doston hisoblanadi.

Dostonda to`rt asosiy qahramon bor. Ularning har biriga ramzan muayyan bir ezgu tushuncha-ma`naviy qadriyatning timsoli yanglig` qaralib, alohida-alohida ma`no yuklatilgan.

Kuntug`di(chiqqan quyosh)-elig, ya`ni, hukmdor-adolat ramzi

Oyto`ldi(to`lgan oy)-vazir, baxt va davlat ramzi

O`gdulmish(aqlga to`lgan)-vazirning o`g`li, aql va zakovat ramzi

O`zg`urmish (uyg`ongan)-vazirning qarindoshi,qanoat, ofiyat, sog`lomlik ramzi.Shoir men shu to`rt tushuncha ustida fikr yuritdim deydi:

Bu to`rt nang uza so`zladim men so`zug

O`qisa, ochilg`ay yetig qil ko`zug

(So`zni shu to`rt narsa ustida yuritdim, Uni o`qib tushunilsa, ro`shnolik bo`ladi,ko`zingni och)

Asar, nasriy ham she`riy muqaddimadan tashqari ,71maxsus bobdan tashkil topgan. Boblarda ko`proq savol-javob , munozara olib boriladi. Shu tariqa shoir oldiga qo`ygan masalalarga o`z hissiy munosabatini bildirib boradi.

Darslikda berilgan parchani o`qish

Uyga vazifa:

O`qib o`zlashtirish ____betlar

Sana:____________________________(3/3soat)

Mavzu :Y.Hojib“Qutadg`u bilig”.Nazariy ma`lumot:

Didaktik adabiyot

Darsning maqsadi:

a) ta`limiy: didaktik adabiyot haqida bkmlar hosil qilish;

b) tarbiyaviy: o`quvchilar qalbida ona_vatanga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi:og`zaki va yozma nutqni o`stirish

Dars tipi : Yangi bilim beruvchi

Dars turi: Odatdagi

Dars usuli: Induktiv

Dars metodi: Savol-javob

Dars jihozi : mavjud ko`rgazmalar

Darsning borishi

1.Tashkiliy qism

2.Asosiy qism

“Didaktika”-yunoncha “didaktikos”, ya`ni “ibratli” degan so`zdan olingan. “Didaktik adabiyot” deganda esa pandu hikmat, nasihat, o`git, ibrat ruhidagi asarlar tushuniladi. Bu Sharq adabiyotida ham, G`arb adabiyotida hambo`lgan.Sharq so`z san`atida pand-nasihat ruhi ustunroq, u shunisi bilan G`arb adabiyotidan farq qiladi.X asrdayoq buyuk Abu Ali ibn Sino Sharq ko`proq nasihat yo`li bilan, G`arb esa hayotni real ko`rsatish orqali kishini tarbiyalashga moyilligini maxsus qayd qilib o`tgan edi.

Og`zaki va yozma adabiyoti , axloqiy –diniy merosi pand-hikmatga o`ta boyligi uchun ham Sharqni jahonda donishmand deb bilishadi.Bizda she`riyatning bu darajada ravnaq topib , xalq orasida katta mavqe egallashiga sabab bo`lgan omillardan biri ham-shu. O`zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov “Sharqqa she`riyatni o`rgatib bo`lmaydi” , deganida ham aynan shu jihatlarni ko`zda tutgan.

Shunga qaramay, Sharq,jumladan, o`zbek mumtoz adabiyotini tamoman pand-nasihat ruhida deb tushunish –xato.Sharqda maxsus didaktik adabiyot yuzaga kelgan. Uni quyidagicha tasnif qilish mumkin.

1.Nasriy didaktik asarlar.

Milodiy IV asrda Hindistonda Sanskrit tilida mashhur “Pantachantra”, ya`ni keyinchalik “Kalila va Dimna” nomi bilan mashhur bo`lib ketgan buyuk didaktik asar dunyoga keladi. “Ming bir kecha”arab ertaklari asosida shakllangan.Keyinchalik Kaykovusning “Qobusnoma” asari yaratildi.Bundan tashqari Xoja (Podshoxoja binni Abdulvahobxoj`a)ning “Gulzor” hamda “Miftoh ul-adl” (“Adolat kaliti”) asarlari ham Sa`diy She`roziyning “Guliston”i ta`sirida dunyoga kelgan bo`lsa-da , ular sof nasriy yo`lda bitilgan

2.Nasriy-she`riy didaktik asarlar

Bu guruhga Sa`diy She`roziyning “Guliston” asari aynan misol bo`ladi.Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub”, Gulxaniyning “Zarbulmasal” asarlari kiradi.

3.She`riy didaktik asarlar

Yusuf Xos Hojibning “Qutadg`u bilig”, Haydar Xorazmiyning “Gulshan ul-asror”, Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” asarlari she`riy didaktik asarlarning eng yorqin namunasi hisoblanadi.

Zamonaviy o`zbek adabiyotida ham didaktik ruhdagi asarlar yaratilib turadi. Masalan , O`zbekiston xalq shoiri Shukrullo qalamiga mansub “Javohirlar sandig`i” aynan shunday asarlar sirasiga kiradi. U nasriy yo`l bilan bitilgan.

Mustahkamlash

Savol va topshiriqlar ustida ishlash

1. Didaktik adabiyot nima, u qanday o`ziga xosliklarga ega?

2.Didaktik xususiyatlariga ko`ra ,Sharq va G`arb adabiyotlari o`rtasidagi o`xshashlik va farqli tomonlar nimada ko`rinadi?

3.Sharq , jumladan, o`zbek mumtoz adabiyotida didaktik asarlarning qanday turlari bor?

4. O`zbek didaktik adabiyotida qaysi asarlar mashhur?

5.Zamonaviy o`zbek adabiyotidagi qaysi didaktik asarlarni bilasiz?

Uyga vazifa

O`qib-o`zlashtirish

Sana:____________________________________

Mavzu: Lutfiy hayoti va ijodi .G`azallar. (3soat/1)

Darsning maqsadi:

a) ta`limiy: Lutfiy hayoti va ijodi haqida bkmlar hosil qilish;

b) tarbiyaviy: O`quvchilar qalbida ona –Vatanga muhabbat tuyg`usida tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi: Og`zaki va yozma nutqni o`stirish.

Dars tipi :Yangi bilim beruvchi

Dars turi:Odatdagi

Dars usuli: Induktiv

Dars metodi: Savol-javob

Dars jihozi : Mavjud ko`rgazmalar

Darsning borishi

1.Tashkiliy qism

2.Asosiy qism

Savol

Orazin yopqoch ko`zimdin sochilur har lahza yosh



Bo`ylakim paydo bo`lur yulduz nihon bo`lg`och quyosh

1.Ushbu misralar muallifi kim ?

2. Ushbu baytga xaridor bo`lib ,shu ikki misraga o`zining butun boshli asarlarini almashtirmoqchi bo`lgan shoir kim?

Lutfiy –XV asr ikkinchi yarmigacha bo`lgan o`zbek adabiyotining eng mashhur lirik shoiri. Shuning uchun ham zamonasining ahli adabi va ahli fuzalosi uni “malik ul-kalom” , ya`ni “so`z podshosi” deb e`zozlagan. Manbalarda taxallusi oldidan “ulug` ustod” ma`nosidagi “Mavlono” sifatining qo`shib tilga olinishi ham shundan. Lutfiyning obro`yi va shuhrati shu darajaga yetgan ediki , Alisher Navoiy shoirni o`zining ustozlaridan biri deb biladi.

Alisher Navoiy “Majolis un-nafois” tazkirasida Lutfiy haqida quyidagicha iliq fikrlarni bildiradi:

“Mavlono Lutfiy o`z zamonasining malik ul- kalomi erdi, forsiy va turkiyda naziri yo`q erdi va turkcha devoni mashhurdir”

Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat” degan avliyolar to`g`risidagi tazkirasida esa Lutfiyning uzoq umr ko`rgani va qabri haqida qimmatli ma`lumot beriladi:

“… To`qson to`qqiz yoshida olamdin o`tdi. Qabri Dehikanordadur, o`z maskani erdi.”

Bundan shoir Hirotda tug`lilib -o`sgani , o`zi yashagan Dehikanor degan degan qishlog`ida esa dafn etilgani ma`lum bo`ladi.Aniq bo`ladiki, u milodiy 1366- yili tug`ilib ,1465 –yili vafot etgan.Lutfiy dunyodan o`tganda Alisher Navoiy 24 yoshda edi.

“Nasoyim ul-muhabbat…”dan keltirilgan parcha shunchalar qimmatli ma`lumot hisoblanadiki,zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi xalqaro jamg`arma uyushtirgan ilmiy- ijodiy ekspeditsiya a`zolari aynan shu ko`rsatma asosida Dehikanor qishlog`ini , u yerdagi qabristondan Lutfiyning qabrini izladi va topdi. Qabr toshidagi yozuv orqali bu aynan Lutfiyning mozori ekani isbotlandi.Jamg`arma 2006-yilning may oyida bu muqaddas qadamjoga o`zbek milliy an`analari asosida maqbara o`rnatib qaytdi.

Darslikdagi “Xoh inon, xoh inonma” g`azalini o`qib tahlil qilish;

Matla`:


Sensen sevarim ,xoh inon, xoh inonma,

Qondur jigarim , xoh inon, xoh inonma.

Maqta`:

Ishq o`tida Lutfiy yuzi oltunni yoshurdi

Ey siymbarim, xoh inon, xoh inonma.

Begona bayt:

Oy yuzig`a ko`z solg`ali o`zga kishi birla

Yo`qtur nazarim , xoh inon, xoh inonma.

Qofiyadosh so`zlar:

Sevarim, jigarim,saharim,guzarim,xabarim,basarim,nazarim, siymbarim

Radif:

Xoh inon, xoh inonma



Radifning asar qurilishida alohida o`rni bor.Xususan,radifning to`rt so`zdan tashkil topgani ,amalda sakkiz misrada ularning qaytarilishi ohang ustivorligini kuchaytirgan .Radifning o`zida tazod bor: “xoh inon” bilan “xoh inonma” o`rtasidagi zidlik alohida badiiy joziba kasb etgan.

Lutfiynig bu g`azali asosida Boborahim Mashrab (1640-1711) bir g`azal yaratgan

Uyga vazifa: G`azalni yodlash. “Bu ko`nguldir, bu ko`ngul” g`azalini tahlil

qilish va yodlash

Sana:_____________________________(3/2)

Mavzu: Lutfiy. “Ayoqingga tushar har lahza gisu”, “Haq ul kunkim, jamoling bor etibdur”g`azallari tahlili

Darsning maqsadi:

a) ta`limiy: irsoli masal, iyhom san`ati haqida bkmlar hosil qilish;

b) tarbiyaviy: o`quvchilar qalbida go`zallikka muhabbat uyg`otish;

d) rivojlantiruvchi: og`zaki va yozma nutqni o`stirish

Dars tipi : Yangi bilim beruvchi

Dars turi: Odatdagi

Dars usuli: Induktiv

Dars metodi: Savol-javob

Dars jihozi : Mavjud ko`rgazma

Darsning borishi:

1.Tashkiliy qism

2.Asosiy qism

Takrorlash

1.Lutfiy qachon qayerda tug`ilgan?

2.Lutfiy haqidagi qimmatli ma`lumotlar kimning qaysi asarlari orqali yetib kelgan?

3.2006-yilda Lutfiy bilqan bog`liq qanday ish amalga oshirildi?

4. Lutfiy haqida Alisher Navoiy qanday fikrlar bildirgan?

5.Radif nima?

“Ayoqingga tushar har lahza gisu”g`azali tahlili

Matla`


Ayoqingg`a tushar har lahza gisu,

Masaldurkim: “Charog` tubi qorong`u”

Maqta`

Tilar vaslingni Lutfiy , qil ijobat,-



Ki ayturlar: “Tiloganni-tilogu”

Begona bayt:

Ko`zing qonimdin iymanmas, ajabtur,-

Ki : “Qo`rqar , qaydakim qon korsa hindu”

Qofiyadosh so`zlar:

Qorong`u, su(v),tarozu, hindu,tilogu

5 bayt 10 misra

G`azal hazaji musaddasi mahzuf (yoki maqsur ) , ya`ni “mafoiylun,mafoiylun,faulun (yoki mafoiyl) ” vaznida yozilgan

Taqte`si: V _ _ _ V _ _ _ V _ _

G`azalda boshdan- oxir irsoli masal san`atidan mahorat bialn foydalangan.

Irsoli masal-She`rda maqol, metal, hikmatli so`zlarni muayyan maqsad bilan ishlatish usuliga irsoli masal (ar. “masal keltirmoq”, “maqol kiritish”)deyiladi

“Haq ul kunkim, jamoling bor etibdur” g`azali tahlili

Matla`:

Haq ulkim, jamoling bor etibdur,

Jahon husnin borin sizga beribdur

Maqta`


Necha bu Lutfiy qulg`a javr etarsen,

Vafo qilkim, jafo haddin olibdur!

Begona bayt:

Qilur da`voyi nur ul sham`i majlis

Vafo qilkim, jafo haddin oshibdur!

Qofiyadosh so`zlar:

Etibdur, beribdur, enibdur, chiqibdur, ketibdur, kelibdur, olibdur, oshibdur.

7 bayt 14 misra

Vazni: Hazaji musaddassi mahzuf (yoki maqsur ), ya`ni “mafoiylun-mafoiylun-faulun (yoki mafoiyl)”

Taqte`si: V _ _ _ V _ _ _ V _ _

Maqta`da lirik qahramon yorga murojaat etib, jafo haddan oshganini , endi Lutfiy quliga bir vafo qilishini so`raydi.

Mustaqil tahlil qilish

“Ne bo`lursan” radifli g`azalini tahlil qilish

Iyhom(ar. “shubhaga solish”, “adashtirish”)-baytda biri aniq biri yashirin bo`lgan ikki ma`noli so`zni qo`llash usulidir.Lutfiy

Chin so`yla, Xito xo`blarig`a ne bo`lursan?

Degan misrada aynan iyhom san`atidan foydalanadi.

Uyga vazifa:

G`azalni yodlash

Sana: ________________________________(3/3)

Mavzu: Lutfiy.Tuyuqlar.Nazariy ma`lumot:tuyuq

Darsning maqsadi:

a) ta`limiy: tuyuq haqida bkmlar hosil qilish;

b) tarbiyaviy:o`quvchilar qalbida ona-Vatanga muhabbat tuyg`usini

tarbiyalash;

d rivojlantiruvchi: og`zaki va yozma nutqni o`stirish

Dars tipi :Yangi bilim beruvchi

Dars turi: Odatdagi

Dars usuli: Induktiv

Dars metodi: Savol-javob

Dars jihozi : mavjud ko`rgazmalar

Darsning borishi

1.Tashkiliy qism

2.Asosiy qism

Takrorlash

1.Lutfiy qachon qayerda tug`ilgan?

2.Lutfiy haqidagi qimmatli ma`lumotlar kimning qaysi asarlari orqali yetib kelgan?

3.2006-yilda Lutfiy bilqan bog`liq qanday ish amalga oshirildi?

4. Lutfiy haqida Alisher Navoiy qanday fikrlar bildirgan?

5.Radif nima?

6. “Bu ko`nguldir, bu ko`ngul” g`azalini tahlil qiling

7.Mashrab Lutfiyning qaysi g`azaliga o`xshatma g`azal yozgan?

8.Irsoli masal qanday she`riy san`at hisoblanadi?

9.Iyhom san`ati haqida gapiring

10. G`azal tahlilida nimalarga e`tabor beriladi.

Ko`ngluma har yonki boqsam ,dog`i bor,

Har necha dardimni desam, dog`i bor

Qilcha tanga bori ishqing yor edi

Bir sori bo`ldi firoqing , dog`i bor

Ushbu to`rtlik oxirida takrorlanib kelayotgan “dog`i bor” so`zlarining ma`nosini tushuntiring.

Musulmon sharqi mumtoz she`riyatining aksar lirik janrlari o`xshash.Masalan, g`azal, qit`a, ruboiy, fard, ta`rix, musammatning turlari arabiy , forsiy va turkiy adabiyot uchun birday xos.Lekin so`z san`ati milliy bo`ladi.Uning milliyligi ba`zan , hatto lirik janrlarda ham aks etadi.

Tuyuq –shunday lirik janr.U arabiy va forsiy adabiyotda yo`q.bu janr namunalarini faqat turkiy she`riyatdagina uchratamiz.

Tuyuqlar aslan turkiy xalqlar og`zaki adabiyoti ta`sirida shakllangan,takomil topgan.Keyinchalik yozma adabiyotga o`tib, muayyan qoidalarga bo`ysungan, talablari qat`iylashgan.

Bir necha adabiy-badiiy talab tuyuq janrlarining asosiy qoidasiga aylangan:

1.Tuyuq ,albatta, to`rt misradan iborat bo`lishi kerak

2.Tuyuq misralari xuddi ruboiydagi kabi , a-a-a-a yoki a-a-b-a tarzida qofiyalanishi zarur.

3.Tuyuq ,albatta, ramali musaddasi mahzuf (yoki maqsur) vaznida , ya`ni “foilotun-foilotun-foilun(yoki foilon)” tarzida bo`lishi shart

4. Tuyuqda qofiyaga olingan so`zlar ,albatta, tajnisli bo`lishi ,ya`ni omonim so`zlardan tashkil topishi darkor.

Ilgari tuyuqlar janrning dastlabki uch talabiga javob bergan, xolos.Lekin keyinchalik janrning to`rtinchi sharti yuzaga kelgan.Shu tariqa tuyuqlarni tajnissiz tasavvur qilib bo`lmay qolgan.Lutfiy,Navoiy, Bobur,Munis va boshqa shoirlar ,asosan, tajnisli tuyuqlar namunalarini yaratishgan.

Mustaqil tahlil qilish uchun

Qoshlaring xush lojuvard-u toq erur,

Xush ichinda benazir-u toq erur

Torta olmasman firoqing, netayin,

Qilcha tanga bori ishqing toq erur.

Qofiyalanish tartibi:

a-a-b-a

to`rt misradan iborat

vazni: ramali musaddasi mahzuf

omonim so`zlar : toq-ravoq,yagona,-?

Uyga vazifa :

3 ta tuyuq yodlab tahlil qilish

Sana:___________________________

Mavzu: Alisher Navoiy hayoti va ijodi

Darsning maqsadi:

a) ta`limiy: Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida bkmlar hosil qilish;

b) tarbiyaviy: o`quvchilar qalbida ona-Vatanga muhabbat tuyg`usini tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi: og`zaki va yozma nutqni o`stirish;

Dars tipi : Yangi bilim beruvchi

Dars turi: Odatdagi

Dars usuli: Induktiv

Dars metodi: Savol-javob

Dars jihozi : Mavjud ko`rgazmalar

Darsning borishi

1.Tashkiliy qism

2.Asosiy qism

1.12 yoshida ikki misra bayti bilan 90 yoshli Lutfiyni lol qoldirgan shoir kim?

2. Alisher Navoiyning qaysi she`rlarini yoddan bilasiz?

3. Alisher Navoiy haqida “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”

asarida qanday fikr bildiriladi?

4.Alisher Navoiy yaratgan buyuk “Xamsa” asari haqida nimalarni

bilasiz?


Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda temuriylar hukmronligida bo`lgan Xuroson davlatining poytaxti Hirot shahrida saroy amaldorlardan bo`lmish G`iyosiddin Kichkina xonadonida tavallud topdi.Kichik yoshidan ta`limo lib, maktabda o`qib yurgan kezlari forsiy tildagi tasavvufiy adabiyotning asoschilaridan biri hisoblanmish Farididdin Attorning mashhur “Mantiq ut-tayr”(“Qush tili”) dostonini sevib, berilib o`qidi. Ota-onasi mazkur asarga yoshlayin bu qadar bo`lib ketganidan qo`rqib, kitobni undan olib, yashirdi. “Biroq,-deydi oltmish yoshlarida shu dostonga javob tariqasida yozgan “Lison ut-tayr” (“Qush tili”) asarida shoir, -men “Mantiq ut-tayr” matnini to`liq yodlab olgan edim…”

Siyosiy vaziyatlar taqozosi bilan Navoiylar oilasi Mashhad shahsriga ko`chib, bir necha yil o`sha yerda yashaydi.

1466-1469 –yillari yosh shoir Samarqand shashridagi madrasalarda ta`lim oldi. Davlat ishlarida xizmatda ham bo`ldi, faol ijod ham qildi. 1469-yilning bahorida do`sti temuriyzoda Husayn Boyqaro Hirot taxtini egallaganidan so`ng shoirni yoniga chqirdi.

Ulug` qalam sohibi bir necha yil Husayn Boyqaro saroyida oliy martabali lavozimlarda xizmatda bo`ldi.U buyuk amallardan iste`foga chiqib, erkin ijodiy ishlar bilan mashg`ul bo`lgan kezlarida ham ijtimoiy-siyosiy faoliyatdan chetlashgan emas. Unga Husayn Boyqaro “Muqarrabi shohiy” , ya`ni shohning eng yaqin kishisi martabasini bergan edi.Bu sharafli martabaning hukmdor oldidagi imtiyozi shu ediki, u podshohga bir masala yuzasidan ketma-ket yetti martagacha murojaat qilish huquqiga ega edi.

1483-1485-yillari shoirning eng buyuk asari –besh dostondan iborat “Xamsa” yaratildi.

Umrining so`nggi o`n yili mobaynida ham Navoiy juda ko`p badiiy, ilmiy, tarixiy asarlar bunyod etdi.

Bu ulug`zot 1501-yilning 3-yanvari kuni Hirotda vafot etdi.O`sha kuni butun mamlakat motam tutdi. Qabri Hirotda . O`zbekiston hukumati bobokalon shoirimiz qabrini obod qilish rejasini tuzyapti.Mamlakatimiz poytaxtidagi “O`zbekiston Milliy bog`i”da Alisher Navoiyning ulug`vor haykali qad rostlab turibdi. Xalqimiz vakillari, dunyoning turli mamlakatlaridam kelgan mehmonlar shoir haykali poyiga gulchambar qo`yadi. Haykal ustida bino qilingan baland toq girdiga uning bir g`azalidan olingan:

Olam ahli , bilingizkim, ish emas dushmanlig`,

Yor o`lung bir-biringizgaki, erur yorlig` ish.

Degan misralari yozib qo`yilgan . U butun bashariyatga qarata aytilgan shior yanglig` jaranglaydi.

Zahiriddin Muhammad Bobur to`g`ri ta`kidlaganidek , tarixda hech kim turkey tilda Navoiychalik “ko`p va xo`b” (“yaxshi”) yozgan emas.

Shoir butun turkiy adabiyotda eng katta lirik merosga ega shoir hisoblanadi.

Darslikda berilgan “Kelmadi” radifli g`azalini o`qish

Uyga vazifa:

G`azalni yodlash.

Sana:______________________________

Mavzu: A.Navoiy. “Kelmadi”, “Qaro ko`zim” g`azallari tahlili

Darsning maqsadi:

a) ta`limiy: “Kelmadi”, “Qaro ko`zim ” g`azallari badiiyati haqida

bkmlar hosil qilish;

b) tarbiyaviy: o`quvchilar qalbida ona-Vatanga muhabbat

tuyg`usini tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi: og`zaki va yozma nutqni o`stirish.

Dars tipi :Yangi bilim beruvchi

Dars turi: Odatdagi

Dars usuli: Induktiv

Dars metodi: Savol-javob

Dars jihozi : Darslik

Darsning borishi

1.Tashkiliy qism

2.Asosiy qism

Takrorlash

1.Alisher Navoiy qachon qayerda tug`ilgan?

2. Alisher Navoiyning hayoti qanday kechgan?

3. Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi Alisher navoiy hayotida

qanday rol o`ynadi?

4. “Muqarrabi shohiy” unvoning ma`nosi va vakolati qanday?

5. Alisher navoiyning “O`zbekiston Milliy bog`i” da o`rnatilgan

haykali peshtoqida qanday misralar bitilgan?

6.Kim Alisher Navoiyga nisbatan “ko`p va xo`b” atamalarini

qo`llaydi?

7. Alisher Navoiy qalamiga mansub asarlardan 13 tasini sanab

bering.

“Kelmadi” radifli g`azali tahlili:

Hajmi:7 bayt 14 misra

Qofiyalanish tartibi: a-a b-a d-a e-a f-a g-a h-a

Vazni: Ramali musammani mahzuf(yoki maqsur)

Foilotun –foilotun-foilotun-foilun(yoki foilon)

_V_ _ /_ V _ _ / _ V _ _/ _ V _
Matla`: Kecha kelgumdir debon ul sarvi gulro` kelmadi,

Ko`zlarimg`a kecha tong otquncha uyqu kelmadi.

Maqta`:Ey Navoiy, boda birla xurram et ko`ngling uyin,

Ne uchunkim boda kelgan uyga qayg`u kelmadi.

Begona bayt: Tolibi sodiq topilmas, yo`qsa kim qo`ydi qadam,

Yo`lg`akim , avvalqadam ma`shuqe o`tru kelmadi.

Qofiyadosh so`zlar:

Gulro` (tojikcha) Uyqu

Badxo`(tojikcha) Qorong`u

Kulgu Su(v)

O`tru Qayg`u

Radif : kelmadi

Rindona g`azal .G`azalning har bir baytida tazod san`ati qo`llangan

Alisher Navoiyning bu g`azaliga bastalangan kuy “Munojot” nomi bilan mashhur.Abdulla Oripov g`azal va unga bag`ishlangan kuyga atab “Munojotni tinglab” nomli she`r yozgan

“Qilg`il ” radifli g`azali tahlili

Hajmi: 8 bayt 16 misra

Qofiyalanish tartibi: a-a b-a d-a e-a f-a g-a h-a i-a

Matla`: Qaro ko`zum kelu mardumlig` emdi fan qilg`il,

Ko`zum qarosida mardum kibi vatan qilg`il

Maqta`: Navoiy, anjumane ichra shavqi jon aro tuzsang

Aning boshoqliq o`qin sham`i anjuman qilg`il

Begona bayt: Yuzida terni ko`rib o`lsam,ey rafiq, meni

Gulob birla yuv-u , gul bargidin kafan qilg`il

Qofiyadosh so`zlar:

Fan -arabiy so`z Vatan-arabiy so`z

Rasan - arabiy so`z Kafan –arabiy so`z

Ko`hkan-forsiy Shikan-forsiy so`z

Anjuman –forsiy so`z tikan –o`zbekcha so`z

G`azalning 4 baytida “Ko`hkan” so`zi orqali talmeh san`ati qo`llangan.

Mustaqil tahlil qilish uchun “Bo`ldum sanga radifli ” g`azali

Uyga vazifa:

G`azallarni yodlash

Sana:__________________________

Mavzu: 2-nazorat ishi

Darsning maqsadi:

a) ta`limiy: o`quvchilar egallagan bkmlarni nazorat qilish;

b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ezgulikka muhabbat uyg`otish;

d) rivojlantiruvchi: og`zaki va yozma nutqni o`stirish

Dars tipi : Nazorat

Nazorat turi: Test

Test miqdori : 20 ta

Tekshiriladigan bkmlar soni : 20 ta

Reglament : 45 daqiqa

Darsning borishi

1.Tashkiliy qism

2.Asosiy qism




Savollar


1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

Javoblar





























































O`qituv-

chining


bahosi




























































Takrorlash

1.Alisher Navoiy qachon qayerda tug`ilgan?

2. Alisher Navoiyning hayoti qanday kechgan?

3. Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi Alisher navoiy hayotida

qanday rol o`ynadi?

4. “Muqarrabi shohiy” unvoning ma`nosi va vakolati qanday?

5. Alisher navoiyning “O`zbekiston Milliy bog`i” da o`rnatilgan

haykali peshtoqida qanday misralar bitilgan?

6.Kim Alisher Navoiyga nisbatan “ko`p va xo`b” atamalarini

qo`llaydi?

7. Alisher Navoiy qalamiga mansub asarlardan 13 tasini sanab

bering.

Uyga vazifa: Takrorlash


Sana: ________________________

Mavzu: Insho tahlili

Darsning maqsadi:

a) ta`limiy: o`quvchilarni yozma nutq malakasini o`stirish;

b) tarbiyaviy: o`quvchilarda o`z harakatiga tanqidiy qarash

tuyg`usini tarbiyalash ;

d) rivojlantiruvchi: og`zaki va yozma savodxonlikni o`stirish;

Dars tipi : Takrorlash

Dars jihozi : Insho manbalari

Darsning rejasi:

1.Imloviy xatolar ustida ishlash.(5 daqiqa)

2.Uslubiy xatolar ustida ishlash.(5 daqiqa)

3.Ishoraviy xatolar ustida ishlash. (5 daqiqa)

Takrorlash

1. Lutfiy haqida Alisher Navoiy qanday fikrlar bildirgan?

2.Radif nima?

3. “Bu ko`nguldir, bu ko`ngul” g`azalini tahlil qiling

4.Mashrab Lutfiyning qaysi g`azaliga o`xshatma g`azal yozgan?

5.Irsoli masal qanday she`riy san`at hisoblanadi?

6.Iyhom san`ati haqida gapiring

7. Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi Alisher navoiy hayotida

qanday rol o`ynadi?

8. “Muqarrabi shohiy” unvoning ma`nosi va vakolati qanday?

9. Alisher navoiyning “O`zbekiston Milliy bog`i” da o`rnatilgan

haykali peshtoqida qanday misralar bitilgan?

10.Kim Alisher Navoiyga nisbatan “ko`p va xo`b” atamalarini

qo`llaydi?

11. “Xos Hojib” atamasining ma`nosi nima?

12. “Qutadg`u bilig” asari necha yilda yozib tugallangan?
13. Yusuf Xos Hojib qaysi sulola davrida yashab ijod etgan?

14.Namangan nusxasini fanga kim tortiq etgan?

15. “Qutadg`u bilig ” qaysi vaznda yaratilgan?

16. Qanday asarlar mutaqoribi musammani mahzuf vaznida yaratiladi

Uyga vazifa:

Takrorlash


Sana: 11.10.2014-8-“B”;12.10.2014-8-“A”

Mavzu: Takrorlash

Darsning maqsadi:

a)ta`limiy: chorak davomida o’tilgan mavzular yuzasidan takrorlash;

b)tarbiyaviy: o`quvchilar qalbida ona –vatanga muhabbat,ilm olishga intilish tuyg`usini tarbiyalash;

d)rivojlantiruvchi: og`zaki va yozma nutqni o`stirish

Dars turi : takrorlash

Dars uslubi: musobaqa,nazm gulshani,ijodiy ish.

Dars jihozi : adabiyot darsligi,”Kuntug’mish”dostoni,”Qutadg’u bilig”asari,Lutfiy va Navoiy she’riy to’plamalari.

Darsning borishi:

Tashkiliy ishlar:

Darsning chaqiriq bosqichida :

a)salomlashish,navbatchi axboroti;

b)kirob-daftarlar nazorati;

d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.


Ta’til topshiriqlari asosida suhbat:

a)darslikdan tashqari yod olingan she’rlar asosida “Nazm gulshani”daqiqasi;

b)mustaqil o’qilgan badiiy asarlar asosida suhbat.

Darsning mohiyatini anglash bosqichida:

I.Aqli hujum:

1. Lutfiy haqida Alisher Navoiy qanday fikrlar bildirgan?

dars

3. “Bu ko`nguldir, bu ko`ngul” g`azalini tahlil qiling



4.Mashrab Lutfiyning qaysi g`azaliga o`xshatma g`azal yozgan?

5.Irsoli masal qanday she`riy san`at hisoblanadi?

6.Iyhom san`ati haqida gapiring

7. Husayn Boyqaroning taxtga chiqishi Alisher navoiy hayotida

qanday rol o`ynadi?

8. “Muqarrabi shohiy” unvoning ma`nosi va vakolati qanday?

9. Alisher navoiyning “O`zbekiston Milliy bog`i” da o`rnatilgan

haykali peshtoqida qanday misralar bitilgan?

10.Kim Alisher Navoiyga nisbatan “ko`p va xo`b” atamalarini

qo`llaydi?

11. “Xos Hojib” atamasining ma`nosi nima?

12. “Qutadg`u bilig” asari necha yilda yozib tugallangan?


13. Yusuf Xos Hojib qaysi sulola davrida yashab ijod etgan?

14.Namangan nusxasini fanga kim tortiq etgan?

15. “Qutadg`u bilig ” qaysi vaznda yaratilgan?

16. Qanday asarlar mutaqoribi musammani mahzuf vaznida yaratiladi

II.Qatorlararo musobaqa: I chorakda yod olingan she’rlar asosida.:

bahr-u bayt.

Darsning mustahkamlash bosqichida:

I.Bahs:”Menga yoqqan adabiy qahramon”:Kuntug’mish,Xolbeka,Kuntug’di,Oyto’ldi,O’gdulmish…

II.Matn tuzing:”Mumtoz adabiyotning bugungi kundagi ahamiyati”(I chorakda o’tilgan mavzular asosida shoirlar asarlarining bugungi kundagi ahamoyati haqida matn tuzing)

Mumtoz adabiyot bugungi davr adabiyoti taraqqiyoti uchun poydevordir.Ular har biri ham ma’naviy,ham tarbiyaviy xazinamizdir.”Kuntug’mish”dostoni mardlik,qanoat…,”Qutadg’u bilig” dostoni adolat,haqiqat…,Lutfiy va Navoiy asarlari esa ezgulik sifatlarini tarbiyalash va anglash uchun muhim vositadir…

Uyga vazifa:O’tilgan mavzular asosida testlar,tarqatmalar tayyorlash.

O’quvchilar bilimini baholash.


Ko’rildi:

11.10.2014.y

Dir .o’rinb:

II chorak

Sana:


Sinf: 8”B”

Fan: Adabiyot

Mavzu: A.Navoiy g`azallari tahlili

Darsning maqsadi:

a) ta`limiy: Alisher Navoiy g`azallari badiiyati va g’oyasi haqida bilim va ko’nikmalar hosil qiish,g’azaalarni ifodali o’qib,tahlil qilish;

b) tarbiyaviy: o`quvchilar qalbida g’azallarda ilgari surilgan insoniy tuyg’ularni

tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi: o’quvchilarning fikrlash salohiyati,g’azal tahlil qilish va ifodali o’qishmalakasini oshirish;

Dars turi:mustahkamlash;

Dars usuli:ifodali o’qish,g’azallar tahlili,bahs;

Dars jihozi : darslik,tarqatmalar,Alisher Navoiy g’azallari.

Darsning borishi:

Tashkiliy ishlar:

Darsning chaqiriq bosqichida:

a)salomlashish,navbatchi axboroti;

b)kitob-daftarlar nazorati;

d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.

O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:



  1. Tarqatmalar asosida Alisher Navoiy hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob;

  2. Alisher navoiy ijodidan yod olingan she’rlar asosida ifodal o’qish.

Darsning mohiyatini anglash bosqichida:

I.“Kelmadi” radifli g`azali tahlili:

Hajmi:7 bayt 14 misra

Qofiyalanish tartibi: a-a b-a d-a e-a f-a g-a h-a

Vazni: Ramali musammani mahzuf(yoki maqsur)

Foilotun –foilotun-foilotun-foilun(yoki foilon)

_V_ _ /_ V _ _ / _ V _ _/ _ V _
Matla`: Kecha kelgumdir debon ul sarvi gulro` kelmadi,

Ko`zlarimg`a kecha tong otquncha uyqu kelmadi.

Maqta`:Ey Navoiy, boda birla xurram et ko`ngling uyin,

Ne uchunkim boda kelgan uyga qayg`u kelmadi.

Begona bayt: Tolibi sodiq topilmas, yo`qsa kim qo`ydi qadam,

Yo`lg`akim , avvalqadam ma`shuqe o`tru kelmadi.

Qofiyadosh so`zlar:

Gulro` (tojikcha) Uyqu

Badxo`(tojikcha) Qorong`u

Kulgu Su(v)

O`tru Qayg`u

Radif : kelmadi

Rindona g`azal .G`azalning har bir baytida tazod san`ati qo`llangan

Alisher Navoiyning bu g`azaliga bastalangan kuy “Munojot” nomi bilan mashhur.Abdulla Oripov g`azal va unga bag`ishlangan kuyga atab “Munojotni tinglab” nomli she`r yozgan

“Qilg`il ” radifli g`azali tahlili

Hajmi: 8 bayt 16 misra


Qofiyalanish tartibi: a-a b-a d-a e-a f-a g-a h-a i-a

Matla`: Qaro ko`zum kelu mardumlig` emdi fan qilg`il,

Ko`zum qarosida mardum kibi vatan qilg`il

Maqta`: Navoiy, anjumane ichra shavqi jon aro tuzsang

Aning boshoqliq o`qin sham`i anjuman qilg`il

Begona bayt: Yuzida terni ko`rib o`lsam,ey rafiq, meni

Gulob birla yuv-u , gul bargidin kafan qilg`il

Qofiyadosh so`zlar:

Fan -arabiy so`z Vatan-arabiy so`z

Rasan - arabiy so`z Kafan –arabiy so`z

Ko`hkan-forsiy Shikan-forsiy so`z

Anjuman –forsiy so`z tikan –o`zbekcha so`z

G`azalning 4 baytida “Ko`hkan” so`zi orqali talmeh san`ati qo`llangan.

Mustaqil tahlil qilish uchun “Bo`ldum sanga radifli ” g`azali

Darsning mustahkamlash bosqichida:

I.”Deyin ”radifli g`azali tahlili

Matla`:

Qoshi yosinmu deyin ,ko`zi qarosinmu deyin,

Ko`ngluma har birining dard-u balosinmu deyin?!

Begona bayt:

Charxi ranjinmu deyin,dahr shikanjinmu deyin,

Jonima har birining javru jafosinmu deyin?!

Maqta`:

Ey Navoiy,dema qosh-u ko`zining vasfini et,

Qoshi yosinmu deyin , ko`zi qarosinmu deyin?!

Hajm : 7 bayt 14 misra

Qofiyalanish tartibi: a-a b-a d-a e-a f-a g-a h-a

Radif : deyin

Qofiyadosh so`zlar: qarosinmu, balosinmu, safosinmu,davosinmu,

adosinmu, qabosinmu,jafosinmu,qarosinmu.


Ichki qofiya ham mavjud

She`rda rad ul matla` san`ati yana matla`ni takrorlash san`ati qo`llangan.

II.“Jong`a chun dermen” matla`li g`azali tahlili

Matla`


Jong`a chun dermen : “Ne erdi o`lmakim kayfiyati”

Derki : “Bois bo`ldi jism ichra marazning shiddati”

Begona bayt:

Yig`lab aytur ko`zki: “Yo`q manga ham ixtiyor,-

Ki ko`rundi nogahon ul sho`xi mahvash tal`ati”

Maqta`:


Ey Navoiy, barcha o`z uzrin dedi ,o`lguncha kuy,-

Kim sanga ishq o`ti –o`q ermish azal qismati

Hajm : 7 bayt 14 misra

Qofiyalanish tartibi: a-a b-a d-a e-a f-a g-a h-a

Qofiyadosh so`zlar: kayfiyati ,shiddati, hirqati ,ofati,tuhmati,

vahshati,tal`ati,qismati

G`azalda jon,jism,bag`ir,ko`ngul,ko`z so`roqqa tutiladi.

III.“O`n sakiz ming olam oshubi” matla`li g`azal tahlili

Matla`:

O`n sakiz ming olam oshubi agar boshindadur,

Ne ajab ,chun sarvinozim o`n sakkiz yoshindadur.

Begona bayt:

May ketur, ey mug`ki, yuz hayrat aro qolmish Masih

Bul`ajablarkim , bu eski dayr xuffoshindadur.

Maqta`:

To Navoiy to`kti ul Oy furqatidin bahri ashk,

Har qachon boqsang,Quyosh aning yoshindadur.

Hajm :7 bayt 14 misra

Qofiyalanish tartibi: a-a b-a d-a e-a f-a g-a h-a

Qofiyadosh so`zlar: boshindadur, yoshindadur, boshindadur, qoshindadur,

naqqoshindadur ,toshindadur, xuffoshindadur,

yoshindadur.

G`azalda talmeh san`ati qo`llangan.Masih so`zi orqali talmeh yuzaga keltirilgan.

IV.Mustaqil tahlil qilish u-n “Yordin ayru ko`ngil..”matla`li g`azali


1

Matla`










2

Begona bayt










3

Maqta`











4

Hajm




5

Qofiyalanish

tartibi





6

Qofiyadosh so`zlar




7

Radif




8

Vazn




9

She`riy san`at turi




V.Test sinovi:

1.”Kelmadi”radifli g’azaliga atab kim she’riy asar bitgan?

A.E.Vohidov B.A.Oripov C.Oybek D.H.Olimjon

2.“Kelmadi”radifli g’azali qanday san’at asosida yaratilgan?

A.Tazod B.Talmeh C.Irsoli masal D.Tajnis

3.May ketur, ey mug`ki, yuz hayrat aro qolmish Masih

Bul`ajablarkim , bu eski dayr xuffoshindadur.-qanday san’at qo’llanilgan?

A.Tazod B.Talmeh C.Irsoli masal D.Tajnis

4.”Jong’a chu dermen”g’azalining qofiylanish tartibi

A.a-a-b-b… B.a-b-a-b… C.a-a-b-a… D.a-a-a-a…

5.Ajratilgan so’zlarni izohlang:

Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro’ kelmadi,

Ko’zlarimg’a kecha tong otguncha uyqu kelmadi.

A.Qofiya B.Bayt C.Turoq D.Radif




Download 297,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish