Mavzu: Kirish. Istiqlol darsi



Download 326,17 Kb.
bet28/36
Sana23.01.2022
Hajmi326,17 Kb.
#402645
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
Bog'liq
8 sinf adabiyot fanidan konspekt

II.Tragediya adabiyotning dramatik tur janrlaridan biri bo`lib, uning lug`aviy ma`nosi yunoncha tragos –echki , ode –qo`shiq; tragediya –echki qo`shig`i ma`nosini anglatadi. Qadim yunonlarda hosil xudosi Dionis shrafiga xalq bayramlari o`tkazilgan. Bu bayramlarda echkilar so`yilib dasturxonga qo`yilgan.Qiziqchilar esa echki terilarini yopinib yurishib , turli sahna tomoshalarini ko`rsatishgan.Bunday jaydari qiziqchilarni tragoslar deyishgan.Keyinchalik bu so`z oqibati fojia bilan tugaydigan sahna asarlariga nisbatan qo`llana boshlagan.

Tragik asar ,ya`ni tragediyaning boshqa sahna asarlari(komediya, drama, monodrama , intermediya)dan farqi shundaki,u qahramonlar o`rtasidagi kuchli ziddiyatlar asosiga quriladi,qahramonlar taqdiri fojia bilan yakun topadi, ular o`rtasidagi konflikt (ziddiyat) shiddatli va keskin tus oladi.Fojeiy asar qahramonlar xarakterining yorqinligi , ichki kolliziya (qarama-qarshilik,to`qnashuv) kuchliligi, personajlar o`rtasidagi konfliktning o`ta kuchli

Ekanligi bilan farqlanadi.Tragediya murosasiz kurash ,g`oyatda keskin ziddiyat zaminiga quriladi.Bunday asar asnosida kishilar qismati shiddatli , suronli siyosiy voqealar , turli ijtimoiy , shaxsiy qarashlar kurashi fonida ko`rsatiladi.

Tragediya doimo hayotdagi eng muhim, dolzarb hayot-mamot masalalarini ko`tarib chiqadi.Ijobiy qahramon istagi ,qarashlari bilan u yashagan muhit o`rtasidagi ziddiyat tragediyaning asosiy kolliziyasi (qarama-qarshiligi)ni keltirib chiqaradi va albatta ezgulikni e`zozlagan , haqiqat fidoyisi, yaxshi inson fojiasi uning o`limi bilan tugaydi.Biroq bu qayg`uli , faqat ko`zyosh oqizib tomosha qiladigan holat emas, balki dramaturg ko`zda tutgan ezgu g`oyalarning tantanasi , kelajakka katta ishonch bilan yo`g`rilgan ijtimoiy ruhning g`olib kelishidir.Ijobiy qahramonni mahv etgan qora kuchlar asar davomida o`zlarining kaltabinliklari , ma`naviy tubanliklari , taraqqiyot dushmanlari kabi “xislat”larini fosh etadilar.fojeiy sahna tomoshasi so`ngida qahramon halokati yovuz kuchlarning ham o`limi bilan tugaydi.

Tragediyaning paydo bo`lishi antic davr marosimlariga to`g`ri keladi.Yunonlarning hosil xudosi Dionis sharafiga echki so`yib bayram qilishlari , “echki qo`shig`i” degan iboraning paydo bo`lishiga sabab bo`lgan omildir.Haqiqiy tragik asarlarni yaratish esa miloddan avvalgi beshinchi asrga kelib o`zining kamolot bosqichiga ko`tarildi.Esxilning “Zanjirband Prometey”, “Oresteya”, Sofokl “Shoh Edip”, “Antigona”, Evripidning “Elektra”, “Medeya”, “Gerakl” kabi tragediyalarni optimistic ruh ,adolat va haqiqatning qaror topishi , yuksak insoniy tuyg`ularning maromiga yetkazib tarannum etishi bilan ajralib turadi. Bu asarlar yunon sahna san`ati , xususan, tragediyasining dovrug`i jahonga yoyilishiga sabab bo`ldi.

Yevropada tragediya uyg`onish va unan keyingi davrarda ham keng rivojlandi.Ispan dramaturglari Lope de Vega ,Kalderon , ingliz yozuvchisi V.Shekspir,nemis dramaturglari Gyote, Shiller, rus shoiri A.S. Pushkin kabilar bu sohada samarali qalam tebratadilar.Ular yaratgan “Otello”, “Gamlet”, “Romeo va Julyetta” , “Boris Godunov” kabi tragediyalar bugungi kunda jahon teatrlarining sahnasida takror-takror o`ynalmoqda.

O`zbek adabiyotida tragediyaning go`zal namunalarini Mahmudxo`ja Behbudiy – “Padarkush” (1911) , Abdurauf Fitrat – “Abulfayzxon” (1926), “Mirzo Ulug`bek” (1961) tomonidan yaratildi.

Takrorlash

Savollar bilan ishlash

1.Adabiy turlarni sanab bering

2.Tragediya so`zining kelib chiqishi haqida gapiring .

3.Tragediyaning otasi kim?

4.Tragediyaning g`ozal namunalarini sanab bering

5.O`zbek adabiyotida yaratilgan qanday tragediyalarni bilasiz?

III.Tragediya haqida darslikda berilgan nazariy ma’lumotlarni o’zlashtirish.

IV.Test sinovi:

1.Mirzo Ulug’bekning qotili kim ?

A.Abbos B.Ota Murod C.Berdiyor D.Yigitali

2.”Yetim qolgan el dardiga kuyib yig’layman,

Bosh qo’yaman tuprog’iga ulug’ insonning”.Bu fikrlar kimga tegishli?

A.Ali Qushchi B.Berdiyor C.Sakkokiy D.Piri Zindoniy

3.Ulug’bek Ali Qushchini kim deb atagan?

A.Aziz shogirdim B.Farzandi arjumand

CYaqin insonim D.Suyukli o’g’lim

4.”Tragediya”so’zi qanday ma’noni anglatadi?

A.Mungli qo’shiq B.Fojeali asar

C.Echki qo’shig’I D.Ziddiyatlar olami

5.Koinotning chamanida ochgan yo’limz,

Yo’lchilarsiz qolmas,biling,aziz muallim!

Orta borar yulduz soni jadvalingizda,

Qoningizda o’sib chiqar shodlik gullari.

Asar oxirida berilgan bu umidli so’zlar kimga tegishli?

A.Ali Qushchi B.Berdiyor C.Ota Murod D.Sakkokiy


Download 326,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish