Mavzu: Kirish. Istiqlol darsi



Download 326,17 Kb.
bet24/36
Sana23.01.2022
Hajmi326,17 Kb.
#402645
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
Bog'liq
8 sinf adabiyot fanidan konspekt

Javoblar:1. B 2. C 3. A 4. A 5.A

Uyga vazifa:”Vaqt ”she’rini yod olish



O’quvchilar bilimini baholash

Sana:

Sinf: 8 “B”-sinf

Fan: Adabiyot

Mavzu: G`afur G`ulom. “Sog`inish”she`ri.Nazariy ma`lumot: qofiya (2/2)

Darsning maqsadi:

a) ta`limiy: G’afur G’ulomning “Sog’inish”she’rini g’oyaviy-badiiy tahlil qilish,qofiya haqida bkmlar hosil qilish;

b) tarbiyaviy: o`quvchilar qalbida tinchlikni qadrlash,ota-onaga mehr-muhabbat tuyg’ularini tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi: o’quvchilarning ifodali o’qish,she’r tahlil qilish malakasini oshirish,fikrlash salohiyatini takomillashtirish;

Dars turi:mustahkamlash;

Dars uslubi:ifodali o’qish,she’r tahlili,bahs;

Dars jihozi :G’.G’ulom siymosi,badiiy asarlari,II jahon urushi yuzasidan tasvirlar;

Darsning borishi :

Tashkiliy ishlar:

Darsning chaqiriq bosqichida:

a)salomlashish,navbatchi axboroti;

b)kitob-daftarlar nazorati;

d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.

O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:

1.Tarqatmalar asosida G’afur G’ulom hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob;

2.”Vaqt ”she’ri asosida bahs va she’rni ifodali so’rash;

Darsning mohiyatini anglash bosqichida:

I.Aqliy hujum.

1.G`.G`ulom asarlari asosida yaratilgan filmlardan qaysilarni bilasiz?

2.G`.G`ulom qalamiga mansub she`rlarni ayting

3. “Shum bola” filmida bosh rolni kim ijro etgan?

4. “Vaqt” she`rining bosh mavzusi nima haqida?

5.G`.G`ulomning ilk to`plami qanday nomlanadi?

6.Qaysi to`plami uchun adib Davlat mukofotiga sazovor bo`ldi?

7.Nechanchi yilda kimlar qatori G`.G`ulomga akademik unvoni berildi?

8.G`.G`ulomning 100-yilligi yurtimizda qachon keng nishonlandi?

9. “Vaqt” she`rida o`zini unutmasliklari uchun ibodatxonaga o`t qo`ygan

shaxsning nomi tilga olinadi.Siz bu holatni qanday izohlaysiz?

10.Vaqt va uning qadri haqida gapiring.Sizningcha vaqt nima?

II.“Sog`inish” she`rida G`.G`ulom “o`zbek otasi”ning bo`rtma ,umumiy , hamma uchun tanish, yaxlit siymosini yaratadi.Bu she`rda otalarimizga xos bo`lgan jamiki fazilatlar o`z aksini topgan.Ularning samimiyligi , jonsarakligi, har doim ham oshkor qilinavermaydigan farzandga mehr-u muhabbati, kuzatuvchanligi , tantiligi,andishasi…barcha-barchasi shu she`rda namoyon bo`lgan.

Sizlarni keldi deb eshitgan kuni,

O`zing to`qib ketgan katta savatda

To`latib shaftoli olib chiqaman,

G`alaba kunlari yaqin ,albatta.

Shoir bu samimiy satrlarni 1942-yilda bitgan edi.Haqiqatda esa urush 1945-yilning may oylarida tugadi.Urushda omon qolgan jangchilar ayni shaftoli pishig`ida ortga qaytadilar.Shoirning chin dildan aytgan so`zlari ayni haqiqat bo`lib chiqdi.

II.”Sog’inish”she’rini ifodali o’qish va savol-tipshiriqlar ustida ishlash.

Darsning mustahkamlash bosqichida:

I.She`riy asarlar muayyan bir o`lchov –vazn asosidagi ritm(bir xil takrorlanuvchi ohang)ga ega bo`ladi.Ular o`zining musiqiyligi, his-tuyg`ular bo`rtma shaklda ifodalanishi bilan o`quvchiga tez va samarali ta`sir ko`rsatadi.Lirik satrlarda muayyan bir kayfiyatga alohida urg`u beriladi,ritmik ohang mazmun bilan uyg`unlashib ketadi.

She`r tuzilishida , uning musiqiyligini kuchaytirishda ohang hosil qiluvchi va uni kuchaytiruvchi qofiyaning katta ahamiyati bor. Misra yakunida so`z, qo`shimcha, ba`zan esa so`z birikmalarining ohangdosh bo`lib kelishi she`riy qofiya deyiladi.Qofiya lirik asarning musiqiyligi, ohangdorligi vat a`sirchanligini kuchaytiradi, asarning yod olinishini osonlashtiradi.She`r o`qiganimizda, uni yoddan aytganimizda yoki tinglaganimizda qofiya misraning tugaganligidan darak berayotganini yaqqol his etamiz:

Boshing egib, ta`zim ayla, shukrona ayt

Seni guldek erkalagan chaman uchun,

Osmonlarda yurgan bo`lsang , tuproqqa qayt,

Aytgil ,do`stim, nima qildik Vatan uchun?

She`riyatda qofiyaning bir necha turlari mavjud:to`liq(to`q) va to`liqsiz (och) qofiya, unlilar yoki undoshlar ohangdoshligiga asoslangan qofiyalar.

To`liq (to`q) qofiyada qofiyadosh so`zlarning tovush tarkibi to`la mos keladi:

“bahorim”- “dildorim”- “so`ralar”- “mo`ralar” kabi

To`liqsiz(och) qofiyalarda so`zlarning tovush tarkibi qisman mos keladi:

“dahriy”-“qahridan” , “tutun”- “Alovuddin” kabi

Qofiyalarning tartibi degan tushuncha ham bor.U she`r bandidagi misralarning o`zaro qofiyalanish tartibini anglatadi.

II.”Sog’inish ”she’ridagi qofiyadosh so’zlar ustida ishlash.

III.Shoirning boshqa badiiy adabiyotlardagi she’rlaridan o’qib,g’oyaviy-badiiy Mustahkamlash

1.G`.G`ulom asarlari asosida yaratilgan filmlardan qaysilarni bilasiz?

2.G`.G`ulom qalamiga mansub she`rlarni ayting

3. “Shum bola” filmida bosh rolni kim ijro etgan?

4. “Vaqt” she`rining bosh mavzusi nima haqida?

5.G`.G`ulomning ilk to`plami qanday nomlanadi?

6.Qaysi to`plami uchun adib Davlat mukofotiga sazovor bo`ldi?

7.Nechanchi yilda kimlar qatori G`.G`ulomga akademik unvoni berildi?

8.G`.G`ulomning 100-yilligi yurtimizda qachon keng nishonlandi?

9. “Vaqt” she`rida o`zini unutmasliklari uchun ibodatxonaga o`t qo`ygan

shaxsning nomi tilga olinadi.Siz bu holatni qanday izohlaysiz?

Uyga vazifa:

“Sog`inish” she`rini yodlash.

IV.Test sinovi:

1.”Sog’inish”she’rida asosiy timsol

A.O’zbek onasi B.O’zbek otasi C.O’g’il D.Vatan himoyachisi

2.She’rda qaysi meva badiiy tasvir vositasi sifatida olingan?

A. Shaftoli B.O’rik C.Olma D.Gilos

3.Ajratilgan so’zlarni izohlang.

Uzilgan bir kiprik abad yo’qolmas,

Shunchlar mustahkam xonayi xurshid.

Bugun sabza bo’ldi qishdagi nafas ,

Hozir qonda kezar ertagi umid.

A.Radif B.Qofiya C.Turoq D.Bayt

4.G’afur G’ulom qaysi to’plami uchun Davlat mukofotiga sazovor bo’lgan?

A.”Turksib yo’llarida” B.”Yalavbardorlikka”

C.”Ko’kan” D.”Sharqdan kelayotirman”

5.Adib 2003 yilda qaysi Davlat mukofoti bilan mukofotlangan?

A.”Buyuk xizmatlari uchun” B.”Shuhrat”

C.”O’zbekiston qahramoni” D.”Mustaqillik”




Download 326,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish