Mavzu: Kirish. Istiqlol darsi


Javoblar:1.B 2. A 3. B 4.D 5.B Uyga vazifa



Download 326,17 Kb.
bet22/36
Sana23.01.2022
Hajmi326,17 Kb.
#402645
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
Bog'liq
8 sinf adabiyot fanidan konspekt

Javoblar:1.B 2. A 3. B 4.D 5.B

Uyga vazifa:Shoir hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlarni o’zlashtirish va “Mirrix yilduzi”ga she’rini yod olish

Oquvchilar bilimini baholash

Sana:

Sinf: 8 “B”-sinf

Fan: Adabiyot

Mavzu: Fitrat. “O`git”, “Go`zalim, bevafo gulistonim” she`rlari

Darsning maqsadi:

a) ta`limiy:Fitrat she`rlarining badiiy qimmati haqida bkmlar hosil qilish;

b) tarbiyaviy:o`quvchilar qalbida ona-Vatanga muhabbat,Vatanga xizmat,mehr-muhabbat,vafo,sadoqat tuyg’ularini tarbiyalash;

d) rivojlantiruvchi:o’quvchilarning fikrlash salohiyati va dunyoqarashini takomillashtirish;

Dars turi:noan’anaviy;

Dars uslubi:bahs,ifodali o’qish,she’rlar tahlili;

Dars jihozi :Abdurauf Fitrat siymosi,tarqatmalar,qo’shimcha badiiy adabiyotlar,darslik;

Darsning borishi

Tashkiliy ishlar:

Darsning chaqiriq bosqichida:

a)salomlashish,navbatchi axboroti;

b)kitob-daftarlar nazorati;

d)o’quvchilar diqqatini darsga jalb qilish.

O’tgan mavzu va uyga vazifani so’rash:

1.Tarqatmalar asosida Abdurauf Fitrat hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob;

2.”Mirrix yulduziga”she’rini yod ifodali aytish,she’r g’oyasi,badiiyati yuzasidan savol-javob;

Savollar

1.Fitrat qachon qayerda tug`ilgan?

2.Fitratning tahsil yo`nalishini aytib bering

3.Fitratning oilasi haqida gapiring.

4.Fitratning ilk asari qanday nomlanadi?

5.Fitratning ilmiy asarlarini sanab bering

6.Fitratning dramatik asarlarini sanab bering

7.Fitratning yangi maktablar u-n yozgan asarlari qaysi?

8.Fitratning o`zbek tili va adabiyotiga bag`ishlab yozgan asarlarini ayting

9.Fitratning “Mirrix yulduziga” she`rining bosh mavzusi nima haqida?

Darsning mohiyatini anglash bosqichida:

I.Abdurauf Fitratning “ O`gut” she’rini ofodali o’qish va she’rni tahlil qilish:

O’gut


Og`ir yigit,sening go`zal mungli ko`zingda

Bu millatning saodatin , baxtin o`qidim.

O`ylashingda , turishingda hamda o`zingda

Bu yurt uchun qutulishning borlig`in ko`rdim

Turma –yugur, tinma-tirish,bukilma-yuksal,

Hurkma-kirish,qo`rqma-yopish,yorilma-qozg`al!

Yel yo`lini tusib turgan eski bulutlarni

Yondirib qo`y,yirtib tashla, barchasin yo`q et.

Qilolmasang shu ishlarni,

Sening uchun xo`rlikdir bu…

Yiqil, yo`qol ,ket!

“O`gut” she`ri “Mirrix yulduziga” she`rining mantiqiy davomi sanaladi.Shoir “O`gut”da o`zi va millati dardlariga najotni topganday bo`ladi.Bu –najot xalqning og`ir-vazmin, mulohazakor, biroq yoniq ko`zlari yoniq farzandlari-yigitlaridir!

“O`gut” she`rining sarlavhasi zamirida “pand”, “nasihat”, “maslahat”, ma`nolari emas, balki ko`proq “chaqiruv”, “da`vat”, “uyg`otish” ma`nolari yotibdi.

II.She’r tahlili yuzasidan darslikda berilgan ma’lumotlarni o’zlashtirish.

Darsning mustahkamlash bosqichida:

I. “Go`zalim, bevafo gulistonim”she’rini ifodali o’qish va g’oyaviy-badiiy tahlil qilish.

Go`zalim,bevafo gulistonim,

Bog`i umrimda toza rayhonim,

G`am-u qayg`ularim hujumindan

Sen eding mehribon,nigahbonim.


Meni behuda tashlading-ketding,

Nega o`ldirmading-da tark etding.

“Go`zalim, bevafo gulistonim” she`ri Fitratning eng go`zal lirik she`rlaridan biri.Shoirning bu she`ri do`sti Cho`lponning ishqiy mavzudagi she`rlariga hamohangdir.She`r barmoq vaznida yozilgan.She`r lirik qahramoni uchun suyukli yor faqat ko`ngil quvonchi ,dildorlik ramzi emas.Uning ruhiyatini tinimsiz qaqshatadigan g`am-u qayg`ulardan panoh, qalbini yupatib taskin beruvchi mehribon ham u.She`rda tasvirlangan oshiq iztiroblari ,ruhiy holatlari go`zal tashbihlar bilan ifoda etilgan.

II.Sher yuzasidan darslikda berilgan matn ustida ishlash.

III.Test sinovi.

1.”O’gut ”she’rining zamirida qanday ma’no ustunlik qiladi?

A.Pand,nasihat B.Maslahat,burchni anglash

C.Chaqiruv,da’vat, uyg’otish D.Murojaat,da’vat

2.”Yigit omon bo’lsa,xavf-u xatar yo’q…” “O’gut ”misralariga ohangdosh bu misralar muallifi kim?

A.G’afur G’ulom B.Abdulla Oripov

C.Abdulla Qodiriy D.Cho’lpon

3.”Go’zalim,bevafo gulistonim”she’ri nima haqda

A.Chin muhabbat qissasi B.Shoirning iztirobli sevgi tarixi

C.Vafodor yor sadoqati D.Go’zal yor tasviri

4.”Go’zalim,bevfo gulistonim

Bog’i umrimda toza rayhonim” ,-misralarida qanday san’at qo’llanilgan?

A.Jonlantirish B.Qarshilantirish C.Tashbih D.Tazod

5.Fitrat Millatni uyg’otish va ongini yuksaltirishning muhim yo’nalishi deb biladi?

A.Matbuot,adabiyot va san’at B.Ma’rifat va m’naviyat

C.Tarix va kelajak D.O’zlikni anglash




Download 326,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish