DARSNING BORISHI: Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish. Yangi mavzu bayoni: Qirol hokimiyatining kuchayishi. Absolutizm. Savdo va sanoatning rivojlanishi Angliyada soliqlar tushumini keskin oshirdi. Endi davlatdan maosh oladigan amaldorlar va muntazam armiya qirolning har qanday buyrug‘ini bajarishga tayyor edi. Bu qirolni boy zodagonlar ta’siridan xalos qildi. Natijada, qirolning cheklanmagan hokimiyati to‘g‘risidagi g‘oya shakllandi. Shu g‘oya asosida G‘arbiy
Yevropa mamlakatlarida shakllangan hokimiyat mutlaq monarxiya yoki absolutizm deb ataldi. 1558-yili hokimiyatga kelgan Yelizaveta I o‘zining 45 yillik hukmronligi davrida Angliyaning jadal rivojlanishi, dunyoning yetakchi davlatiga aylanishiga katta hissa qo‘shdi. Mamlakatda Reformatsiya o ‘z nihoyasiga yetdi.
Davlat qudratli bo‘ldi, xo‘jalikni rivojlantirishda va dengiz savdosida muvaffaqiyatlarga erishildi.
Angliya asta-sekin kuchli dengiz davlati —«dengizlar malikasi»ga aylandi. Angliya burjua inqilobi arafasida. Yangi, kapitalistik munosabatlarga asoslangan tartiblarning o‘rnatilishida ingliz burjua inqilobi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu inqilob faqat Angliyada emas, butun Yevropada kapitalistik munosabatlarning hukmron tartibga aylanishini boshlab berdi. Bu davrda faol tashqi siyosat natijasida bo‘lg‘usi
Britaniya mustamlakachilik imperiyasining asoslari yaratildi. Amerikadagi birinchi mustamlaka — Virjiniyaga asos solindi. Fanda Frensis Bekon, adabiyotda Uilyam Shekspir singari arboblarning nomlari butun dunyoga mashhur bo‘ldi.
Inqilobning sabablari. Kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi va Reformatsiya natijasida ingliz jamiyatida bo‘linish yuz berdi. Yangi zodagonlar kapitalizm rivojlanishidan manfaatdor bo‘lsa, qirol va amaldorlar eski tartiblarning saqlanib qolishini istardi. Shunday sharoitda styuartlarning yangi qirollik sulolasi ingliz parlamenti va puritanlik (kalvinistlar Angliyada shunday atalgan) cherkoviga qarshi kurashga kirishib ketdi. Vujudga kelgan qarama-qarshiliklar inqilobning asosiy sababiga aylandi
Inqilobning boshlanishi. 1640-yilning boshiga kelib, xazina bo‘shab qoldi. Mamlakatda ko‘plab ochlar qo‘zg‘oloni, Londonda esa ko‘cha tartibsizliklari bo‘lib o‘tdi. Shotlandiya Angliyaga qarshi harbiy harakatlarni boshlab yubordi. Shunday sharoitda 1640-yili yangi parlament yig‘ildi. Bu parlament uzoq vaqt tarqatilmaganligi uchun «Uzoq muddatli parlament» nomi bilan tarixga kirdi. Bu inqilobning boshlanishi edi.
Angliya parlament bilan qirol tarafdorlari bo‘lgan bir-biriga dushman ikki lagerga bo‘lindi. Parlamentni savdogarlar, tadbirkorlar va yangi dvoryanlar qo‘llab-quvvatladi. Eski tartiblardan manfaatdor b o ‘lganlarning barchasi— yirik yer egalari b o ‘lgan asilzodalar va ularga qaram bo‘lgan dehqonlar, saroy amaldorlari, ingliz cherkovi qirol bayrog‘i ostida birlashdilar.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Angliya tarixida tyudorlar sulolasi vakillari qanday ishlarni amalga oshirdilar?
2. Angliya burjua inqilobi boshlanishining asosiy sabablari nimalardan iborat?