Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:
a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;
b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars uslubi: an’anaviy.
Dars jihozlari: darslik, tarixshunoslik atamalari lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.
DARS REJASI
|
№
|
Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish. Yangi mavzu bayoni: Safaviylar sulolasi hukmronligining o‘ rnatilishi. XV asr oxirida Eron markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaydigan bir qancha mustaqil hududlarga bo‘linib ketgan edi. Buning oqibatida o ‘zaro ichki urushlar tobora avj oldi. Bu esa mamlakat taraqqiyotiga katta salbiy ta’sir ko‘rsata boshladi. Oqibatda, mamlakat zaiflashdi. Eronning zaiflashuvi
Turkiya bosqini xavfini tobora kuchaytira bordi. Natijada, Eronni yagona davlatga birlashtirish hayotiy zaruratga aylanib qoldi. Bu tarixiy vazifa sarkarda, Eronda katta siyosiy nufuzga ega bo‘lgan Ardabil shahri hokimi Ismoil Safaviy tomonidan amalga oshirildi.
Ismoil I Safaviy olib borgan urushlari natijasida katta-katta hududlarni egalladi, 1502-yili esa Tabriz shahrini ishg‘ol etgach, u o‘zini shahanshoh deb e’ lon qildi. Shu tariqa tarixga «Safaviylar davlati» nomi bilan kirgan davlat vujudga keldi. Davlat tarkibi Erondan tashqari hududlar hisobiga kengaygan. Poytaxt etib Tabriz shahri belgilandi.
Ismoil I Safaviy markazlashgan davlat tuzibgina qolmay, uni o‘z davrining qudratli davlatlaridan biriga ham aylantira oldi. Ismoil I Safaviy markaziy hokimiyatni mustahkamlash maqsadida yer egaligining suyurg‘ol shaklini deyarli butunlay bekor qildi. Uning o‘rniga tiyulni joriy etdi.
Biroq bu tadbir yirik yer-mulk egalarining markazga b o ‘ysunmaslikka intilishlarini to‘xtata olmadi. Safaviy hukmdorlar tinimsiz bosqinchilik urushlari olib bordilar.
Safaviylar davlati tarkibiga kirgan qaram o‘lkalar xalqlarining ozodlik kurashi shafqatsizlik bilan bostirildi. Iqtisodiy tanazzulning boshlanishi. XVIII asrdan boshlab Safaviylar davlatida iqtisodiy inqiroz boshlandi. Bunga yer egaligining tiyul shakli miqdorining ko‘payib borganligi oqibatida davlatga qarashli yer hajmining va davlat xazinasiga tushadigan daromadning kamayishi sabab bo‘ldi.
Buning oldini olish uchun keyingi hukmdorlar dehqonlar to‘laydigan soliq miqdorini oshirdilar. Natijada, dehqon xo‘jaliklari xonavayron bo‘ldi, savdogar va hunarmandlarning ahvoli yomonlashdi, jon solig‘ i (jizya) miqdori ham oshirildi.
Pirovardida, dehqonlar uchun yerni ijaraga olib tirikchilik qilishdan manfaat qolmadi. Dehqonlarning tirikchilik ilinjida boshqa joylarga ketishdan o ‘zga ilojlari yo‘q edi. Biroq shoh Sulton Husayn bunga yo‘ l qo‘ymaslik uchun 1710-yili dehqonlarning yerni tashlab
ketishlarini taqiqlovchi farmon chiqardi.
Afg‘onlar istilosi. Iqtisodiy inqiroz, o‘z navbatida, aholining turli tabaqalari orasida noroziliklarni keltirib chiqardi. Ayni paytda yirik yer-mulk egalarining markaziy hokimiyatga bo‘ysunmasligi va bosib olingan o‘lka xalqlarining ozodlik uchun kurashi avj oldi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Eronda safaviylar sulolasi qay tariqa o ‘rnatildi?
2. Safaviylar markaziy hokimiyatni mustahkamlash maqsadida qanday tadbirlarni
amalga oshirganlar?
Do'stlaringiz bilan baham: |