Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:
a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;
b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars uslubi: an’anaviy.
Dars jihozlari: darslik, tarixshunoslik atamalari lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.
DARS REJASI
|
№
|
Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish. Yangi mavzu bayoni: Rus yerlarining birlashishi. Oltin O‘rdaga qaramlikdan ozod bo‘lgan Rus yerlarining Moskva atrofida birlashish jarayoni XVI asr
boshlarida nihoyasiga yetdi. Markazlashgan davlat tashkil topdi va u endi «Rus», «Rossiya» deb ataldi. 1547-yili taxtga o ‘tirgan Ivan IV Rossiya tarixida birinchi bor podsholik tojini kiydi va «sar» deb ataldi. Rusda hukmdorlar ilgari «Buyuk knyaz» deb atalar edi. Ivan IV ga podsholik unvonining berilishi uni G ‘arbiy Yevropa qirollari bilan tenglashtirdi. Ivan IV ichki siyosatining asosiy maqsadi dvoryanlar tabaqasini kuchaytirish orqali boyarlar mavqeyini zaiflashtirishga qaratildi. Shu maqsadda
1549-yili u birinchi bor erkin aholi turli toifalari vakillarining yig‘ilishini — Zemstvo soborini chaqirdi.
Ivan IV Zemstvo soborida boyarlar hokimiyatini keskin qoraladi. Sobor yangi qonunlar to‘plami — Sudebnik tuzish haqida qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, bundan buyon dvoryanlarni jinoyat va nojo‘ya qilmishlari uchun boyarlar sudiga berish taqiqlandi. Dvoryanlardan ming nafariga Moskva uyezdidan yer-mulk ajratib berildi. Davlat lavozimlarini faqat zodagon naslidan bo‘lgan kishilar egallashi tartibiga ham chek qo‘yildi.
Boyarlar uchun aholidan yig‘iladigan soliqlar bekor qilindi. Joylarda mahalliy o ‘zini o’zi boshqarish organlari — zemstvolar tuzildi.
Sudebnik krepostnoy dehqonlarning bir yer egasidan boshqasiga o ‘tishini yiliga bir kun — 26-noyabr bilan cheklab qo‘ydi. Oprichnina. Boyarlar hok imiy a tig a zarba berish maqsadida 1565-yilda Ivan IV mamlakat yerlaridan katta qismini ajratib oldi. Bu yerlar oprichnina (ajratib olingan) deb ataldi. Oprichnina o‘z qo‘shiniga ega bo‘ldi. U podshoning o ‘z raqiblarini jazolash quroliga aylantirildi. Mamlakatda shafqatsiz terror, qatl va surgun davri boshlandi. Shuning uchun Ivan IV «Grozniy» (shafqatsiz, dahshatli) laqabi bilan ataldi.
«G‘alayonlar davri». Ivan IV Grozniy vafot etgandan so‘ng taxtga uning o‘g‘li Fyodor Ivanovich keldi. 1598-yili Fyodor ham vafot etdi. U farzandsiz edi va taxtga voris qoldirmadi. Shu tariqa Rossiyani 700 yil boshqargan ryuriklar sulolasi hukmronligi barham topdi. Shunday sharoitda Zemstvo sobori Boris Godunovni podsho etib sayladi. Boris Godunov vafot etgach, Rossiya tarixida notinch, g ‘alayonlar davri boshlandi. Qisqa vaqt ichida bir nechta podsho almashdi, boyarlar ta’siri yana kuchaydi. Shuningdek, chet davlatlar — Polsha va Shvetsiya Rossiya ichki ishlariga zo‘r berib aralasha boshladilar. Polsha, hatto Moskvani egallab oldi. Shunday og‘ir sharoitda Rossiya vatanparvar kuchlari qishloq oqsoqoli Kuzma Minin va sarkarda Dmitriy Pojarskiy yetakchiligida xalq lashkarini to‘pladi. Ular 1612-yili Moskva uchun bo‘lgan janglarda Polsha qo‘shinini mag‘lubiyatga uchratdi va Moskvani chet el bosqinchilaridan ozod qildi
Iqtisodiy rivojlanish. XVII asrdan Rossiya iqtisodiyotida yangi alomatlar paydo bo‘ldi. Bu, avvalo, tovar, ya’ni bozorda sotish uchun mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqarishning rivojlanishida va manufakturalar vujudga kelishida namoyon bo‘ldi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Rusni markazlashgan davlatga aylantirish qachon tugallandi va uning tarixiy
ahamiyati nimalardan iborat b o ‘ldi?
2. Rossiyada qanday boshqaruv tizimi qaror topdi?
Do'stlaringiz bilan baham: |