Metodning maqsadi: mazkur metod talabalar yoki qatnashchilarni mavzu bo’yicha tayanch tushunchalarni o’zlashtirish darajasini aniqlash, o’z bilimlarini mustaqil ravishda tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu bo’yicha dastlabki bilimlar darajasini tashhis qilish maqsadida qo’llaniladi.
Metodni amalga oshirish tartibi:
ishtirokchilar mashg’ulot qoidalari bilan tanishtiriladi;
o’quvchilarga mavzuga yoki bobga tegishli bo’lgan so’zlar, tushunchalar nomi tushirilgan tarqatmalar beriladi ( individual yoki guruhli tartibda);
o’quvchilar mazkur tushunchalar qanday ma’no anglatishi, qachon, qanday holatlarda qo’llanilishi haqida yozma ma’lumot beradilar;
belgilangan vaqt yakuniga yetgach o’qituvchi berilgan tushunchalarning to’g’ri va to’liq izohini o’qib eshittiradi yoki slayd orqali namoyish etadi;
har bir ishtirokchi berilgan to’g’ri javoblar bilan o’zining shaxsiy munosabatini taqqoslaydi, farqlarini aniqlaydi va o’z bilim darajasini tekshirib, baholaydi.
Kriptografiyaning asosiy tushunchalari va tarixi
Kriptografiyaning paydo bo‘lishi.
Axborotni qayta akslantirish yordamida himoyalash muammosi inson ongini uzoq vaqtlardan buyon bezovta qilib kelgan.
Kriptografiya tarixi – inson tili tarixi bilan tengdosh. Hatto dastlabki xat yozish ham o‘z-o‘zicha kriptografiktizimhisoblangan, chunki qadimgi jamiyatda faqat alohida shaxslargina xat yozishni bilganlar. Qadimgi Yegipet va Qadimgi Hindistonning ilohiy kitoblari bunga misol bo‘la oladi.
Xat yozishning keng tarqalishi natijasida kriptografiya alohida fan sifatida vujudda keldi. Dastlabki kriptotizimlardan eramizning boshlaridayoq foydalanilgan. Sezar o‘z xatlarida tizimli shifrlardan foydalangan.
Kriptografik tizimlar birinchi va ikkinchi jahon urushlarida jadal rivojlandi. Urush yillaridan so‘ng va hozirga qadar hisoblash vositalarining jadal rivojlanishi kriptografik usullar yaratishni tezlashtirdi va ularning mukammalligini oshirdi.
Ba’zi manbalarda hisoblash qurilmalari yaratilgunga qadar foydalanilgan shifrlar – klassik shifrlar davriga tegishli deb olingan. Undan keyingi davr esa zamonaviy shifrlar davri deb yuritiladi
Kriptografiya nima?
Kriptografiya (yunoncha κρυπτός (kryptós) - "mahfiy," γράφω (gráfo) - "yozish" so‘zlaridan tashkil topgan) ochiq ma’lumotlarni shifrlashni, mahfiylashtirish usullarini o‘rganadi.
Maxfiy matnni begona, bexabar kishilar tushunmasligi uchun yozuvni o‘zgartirish tizimi, bunda oldindan kelishilgan vositalardan — belgilardan foydalaniladi.
Kriptografiya diplomatik, harbiy, savdo-sotiq va moliyaga oid hamda diniy va boshqa matnlarni shifrlash uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |