1.3. Suvning oksidlanishini aniqlash.
Kerakli jihoz va reaktivlar: Kaliy permanganatning 0,002 mol/l eritmasi, 0,005 mol/l oksalat kislota eritmasi, 250 ml li konussimon kolba, o’lchov silindri, byuretka 50 ml, bir uchi berkitilgan shishsa naylar, stakanlar 20 ml li, 100 ml li pipetka.
Ishning bajarilishi: Suvning oksidlanishini permanganametriya usuli bilan aniqlanadi. Konussimon kolbaga 100 ml tekshiriladigan suvdan solinadi, ustiga 25 % li sulfat kislotadan 5 ml va byuretkadan 20 ml 0,002 mol/l kaliy permanganatdan quyiladi. Kolba shisha qadah bilan berkitilib 10 minut qaynatiladi. Qattiq qaynab ketmasligi uchun kolbaga 3 – 4 dona shisha bo’lagi ham tashlanadi. Issiq rangli suyuqlikka byuretkadan 20 ml oksalat kislotasining 0,005 mol/l li eritmasidan quyiladi va aralashtiriladi. Issiq rangsizlangan eritmadagi oksalat kislotasini ortiqchasini yo’qotish uchun 0,002 m li permanganat eritmasi bilan och qizil rangga kirguncha titrlanadi. Rang 2 – 3 minut mobaynida yo’qolmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |