.“Domino” o`yini
Uni quyidagicha o`tkazish mumkin. Bir o`quvchi so`z aytadi, shu so`z qaysi harf bilan tugasa, shu harf bilan boshlangan so`zini boshga o`quvchi aytishi kerak. Bu o`yin shu tarzda davom ettiriladi. Yo’zma tarzda ham qo’llash mumkin. Namuna: ishla – adolatli – insofli – ilmli - inson – nargiz – zafar – rostgoy- yilnoma – anor – rubob.
“Nazoratchi harf” o`yini.
O`qituvchi belgilangan harf asosida o`quvchilarga so`z yozishni taklif etadi. Masalan, o`qituvchi biror harfni tanlab uni nazoratchi harf qilib belgilaydi va shu harf so`z boshida kelishiga namunalar yozing deb aytadi. Ishni bajarish uchun aniq 2-3 minut vaqt belgilanadi. O`quvchilar yozadilar: shodlik, shahar, shovqin, shalola, sharshara, sharafli, shar, sher, v.h. Belgilangan vaqtda ko`p so`z yozgan o`quvchi birinchilikni oladi.
.“Keyingi bo`g`inni top” o`yini.
Berilgan bo`g`inlar ishtirokida so`z tuzish tushuntiriladi. Qaysi o`quvchi ko`p so`z tuza olsa, “besh” baho bilan mukofatlanadi. Masalan, bo bo’gini
Bola, bobo, bozor, bodom, ...
bo` Bo`gin, bori, bo`liq, bo`zchi ...
sa Savob, sarob, sadaqa, salom ...
Dam olish daqiqasi.
O’tiramiz o’g’il- qiz,
Barchamiz ahil-inoq.
O’rnimizdan turamiz,
Asta joyda yuramiz,
Qo’llarni ko’taramiz,
So’ngra chapak chalamiz.
Qo’llarni tushiramiz,
Boshni chapga va o’ngga
Aylantirib olamiz.
Birozgina dam olib
Keyin yana yozamiz.
II. Yangi mavzu tushuntirish:
Qanday so‘zlar k imlar? so‘rog‘iga javob bo‘ladi?
150-mashq. Rasmlarga qarang. So‘roqlarga javob bering.
— Kim? Kim? Kimlar? Kimlar?
Avval k i m ? so‘rog‘iga, so‘ngra kimlar ? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarni yozing.
Kim? so'rog'iga javob bo'lgan so'z bitta shaxsning nomini bildiradi.
Kimlar? so'rog'iga javob bo'lgan so'z ikki va undan ko'p shaxsning nomini bildiradi.
Kim? ... .
Kimlar? ... .
Qaysi so‘zlar nimalar? so‘rog‘iga javob bo‘ladi?
O'qituvchi avval bitta, keyin ikkita va uchta qalamni ko'rsatib so'raydi.
— Bu nima? (Qalam.) Nechta qalam? (Bitta qalam.) Qalamning boshqacha nomi nima? (Narsa — buyum.) Bular nimalar? (Qalamlar.) Nechta qalam? (Ikkita, uchta.) Bitta qalam ko'pmi yoki ikkita (uchta) qalam ko'pmi? (Ikkita, uchta qalam ko'p.) Ko'p narsa — buyum haqida qanday so'raymiz? (Nimalar?)
Nima? Qalam, ruchka.
Nimalar? Qalamlar, ruchkalar.
O'qituvchi suhbatni umumlashtiradi.
Nima? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlar bitta narsaning nomini bildiradi. Nimalar? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlar bittadan ortiq (ikki va undan ko'p) narsalar nomini bildiradi.
151-mashq. Rasmlarni ko‘rib chiqing. So‘roqlarga javob bering.
Nima? Nima? Nimalar? Nimalar?
Avval nima? so‘rog‘iga, keyin nimalar? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarni yozing.
Nima? ... .
Nimalar? ... .
Birdan ortiq shaxsni bildirgan so‘zlar k i m l a r ? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.
Birdan ortiq narsani bildirgan so‘zlar n i m a l a r ? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |