O’YINNI DASTLABKI TAXLILI.
Rahbar o’yinni bolalar yoshiga mo’ljallab o’yinni barcha jaryonini dastlab o’ylab va ko’ra bilishi shart, chunki uni qanday mamentlarda ortiq qiziqib ketishi, o’ynovchilarning nojo’ya bilan qilgan xulqlari, ularni qizikishlarini pasayib ketishlarini kelib chiqarishi mumkin, bunday yoqmaydigan xolatlarni oldini olish uchun, avvaldan o’ylab ko’rish kerak.
Bolalarni yaxshi ko’radigan raxbar o’ynovchilar o’rtasidan kimni kapitan, birinchi o’yinboshini, qamroq uyushgan bolalarga qanday rolni berishni, bo’sh va passiv o’yinchilarni qanday qilib o’yinga jalb qilishni oldindan o’ylab ko’rishi shart.
Ayrim o’yinchilarni o’tkazish uchun u oldindan o’yin qatnashchilaridan yordamchilarni belgilab qo’yadi, ularni vazifasini aniqlaydi va agarda kerak bo’lsa ularga tayyorlanish uchun imkoniyat beradi (masalan, joylarda o’tkaziladigan o’yinlarda). Yordamchilar oldindan o’yin qoidalari va uni o’tkazish joylari bilan tanishadilar.
Eng muximi, jamoada jamoaga qiziqish uyug’otish, o’zlarini shaxsiy qobiliyatlarini namoyon qilishga, o’yinda o’rtoqlarini yuriщ-turish qoidalarini yaxshi o’zlashtirib olishi tashkilotchilik qobiliyatlarining singdirish, bolalar ijodini rivojlantirishga, o’yin jarayonidagi vaziyatni to’g’ri bo’lishiga va baxolashga yordam beradi.
O’YINCHILARNI JOYLASHTIRISH VA O’YINNI TUSHUNTIRISHDA RAHBARNI JOYI
O’yinni tushuntirishdan oldin, o’yin qatnashchilarini shunday qo’yish kerakki, chunki ular raxbarni yaxshi ko’rishlari va uni so’zlab berishini eshtishlari kerak. Eng yaxshisi o’ynovchilarni dastlabki xolatga turg’izishlari kerakki, chunki shu xolatdan o’lar o’yinni boshlaydilar.
Agarda o’yini boshlash uchun o’yin qatnashchilari doirada tursalar, raxbar o’yinni tushintirish uchun o’ynovchilar orasida turadi. Kup sonli o’ynovchilar
qatnashadigan ommaviy o’yinlarda u 1-2 qadam tashlab doira o’rtasida turadi. Doira markazida turish mumkin emas, chunki yarim o’ynovchilar raxbar orqasida turib qoladilar. Agarda o’ynovchilar ikki komandaga bo’lingan bo’linib va biri ikkinchisiga katta masofada qarama-qarshi saftortib turgan bo’lsa (“Oq terakmi, ko’k terak”, “Nomerlarni chaqirish”, “Ikki qulda to’p uzatish”), bularga tushintirish uchun komandalarni yaqinlashtirish kerak, so’ngra ularni “uylar” chegarasigachan olib boriladi. Raxbar bunday xolatda, o’yinni tushintirish paytida, o’ynovchilarni orasida maydonchani o’rtasida yon tomondagi chegarasida turadi u gox u komandaga, gox bu komandaga murojat qiladi. Agar o’yin sochilib harakat bilan bajarilsa (“Quvlashmachoq”), unda o’ynovchilarni safga turg’izadai, ular kam bo’lsa yoki o’zlari oldida guruxlarga bo’ladi, chunki ularni barchasi raxbarni yaxshi ko’rishlari va eshitishlari kerak.
O’yinni tushintirish vaqtida bolalarni yuzini quyoshga qaratib yoki oynaga qaratib qo’ymaslik kerak (ular raxbarni yomon ko’rishlari mumkin). Rahbar eng ko’rinarli joyda barcha o’yin qatnashchilarini ko’rish va ularni xulq-atvorini nazorat qilish uchun ko’rinarli joyda yon tomonida yoki yorug’likka yuzi bilan turishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |