O’YINN O’TKAZISH UCHUN JOYNI TAYYORLASH.
Ochiq xavoda o’yinni o’tkazish uchun chimlarni qirqish kerak (agarda tennis maydoncha va aniq belgilar talab qilinadi) yoki tennis ko’mko’k maydoncha tanlanadi (ayniqsa kichik maktab yoshdagi bolalar uchun). Eng yaxshisi maydonchani to’g’ri burchak shaklida, eng kamida 8 m, uzunligi kamida 12 m bo’lishi kerak. Maydondan 2 m masofada birnecha skameykani qo’yish tavsiya qilinadi. Iloji boricha, yozgi maydonchani atrofida daraxtlar bo’lgani yaxshi.
Bino ichida o’yinni o’tkazishdgi uni nazarda tutish kerakki, chunki bino ichida, o’ynovchilarni Harakat qilishiga, iloji boricha asbob-anjomlarni (brusya, turnik, kon, kozel) yordamchi xonalarga oldirib qo’yish kerak. Agarda asbob-anjomlarni zaldan olish imkoniyat bo’lmasa, unda ularni zalni qisqa devori tomoniga qo’yiladi va skameyka, to’r yoki boshqa buyumlar bilan o’rab qo’yiladi. Deraza oynalari va lampalar sim to’rlar bilan bekitiladi. Bundan o’yinni o’tkazishda oldin shomollatilishi va nam latta bilan artilishi kerak.
Rahbar joylarda o’yinni o’tkazishdan oldin dastlab joy bilan yaxshi tanishib chiqish kerak va o’yin uchun shartli chegaralarni belgilab chiqish shart.
O’YINGA ASBOB-ANJOMLARNI TAYYORLASH.
Harakatli o’yinlarni o’tkazish uchun bayroqchalar, rangli bog’ichlar, har xil kattalikdagi koptoklar, harakatli o’yinlar tayoqcha, bulavalar yoki keglilar, chambarak, arg’amchilar kerak. O’yinda asbob-anjom chiroyli, yashil rangda va o’yinda ajralib taradigan bo’lish kerak (bu kichik maktab yoshidagi bolalar uchun eng avvalo muximdir). Asbob-anjomni katta kichikligi va og’irligi bo’yicha o’ynovchilarni bo’ylariga mos bo’lish lozim. (umumiy ta’lim maktablari uchun tuzilgan jismoniy tarbiya dasturiga qaralsin). Asbob-anjom sonini oldindan nazarda tutish lozim. Asbob-anjomni o’tkaziladigan joy bilan yonma-yon saqlash maqsadga muvofiqdir. Muximi uni sanitar xolatini va uni muntazam ravishda tortibga solib borish kerak. Bolalarni tarbiyalash maqsadida bolalarni asbob-anjomlarni ta’mirlashga va saqlashga jalb qilish foydali bo’ladi.
O’yin qatnashchilariga asbob-anjomni tarqatish va qo’yib chiqish faqatgina o’yinni tushuntirib bo’lgandan keyin bajariladi. Buni bolalarni o’zlari bajaradilar, chunki ular topshiriqni tez, aniq tashkiliy ravishda bajaradilar.
Maydonni belgilash.
Agarda maydoni belgilash uchun ko’p vaqt talab qilinadigan bo’lsa unda
buni o’yinni boshlanishiga qadar bajarilishi kerak. Belgilash murakkab bo’lmasa unda o’yinni mazmunini gapirib berish bilan bir vaqtda yoki uni boshlanishdan oldin bajarish mumkin, gapirib berish vaqtida faqatgina belgilangan chegarasini ko’rsatish mumkin. Tez-tez takrorlanadigan o’yin uchun maydonchani doimo bo’lib turadigan belgi chizish mumkin.
O’yin uchun ajratilgan belgilar ravshan chizilgan bo’lishi shart, o’yinga berilib ketgan, bolalar uchun, ular orqasidan o’ng’aygina kuzatish imkoniyatiga ega bo’linadi. O’yin uchun chizilgan chiziq to’siqdan, devordan yoki boshqa buyumlardan 3 m dan yaqin bo’lmasligi kerak, bo’lmasa bolalar shikastlanishlari mumkin. Bu eng avvalo yugurib o’tish bilan o’ynaladigan o’yinlarda juda muximdir, chunki bunda juda-juda katta gurux o’yin qatnashchilari birvaqtni o’zida “uylar” chegarasidan yugurib o’tadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |