14
Uchinchi bosqich (14-15 yosh) tezkorlik, o‗zini-o‗zi baholashga moyillik bilan farqlanadi.
Bolalarda «Men jamiyat bilan» nuqtai nazari ilk bolaliq kichik maktab yoshi, katta maktab yoshi
davrlarida faol va keng tus oladi, faoliyatning amaliy-predmetli jihatlari jadal o‗sish jarayonida
bo‗ladi. Ularda «Men va jamiyat» nuqtai nazari vujudga kelishi maktabgacha va o‗smirlik
davrlariga to‗g‗ri kelib, ularning ijtimoiy xatti-harakat normalarini, qoidalarini o‗zlashtirishlari va
boshqa shaxslar bilan munosabat o‗rnatishlari, o‗zaro muloqotga kirishishlari bilan ifodalanadi. Ana
shu murakkab jtimoiy-psixologik harakatlarga asoslangan. D.I.Feldshtsin bolaning ijtimoiy o‗sishdagi
jamiyatga munosabatini asosiy (bosh) va oraliq munosabatlarga ajratadi. Bolada jamiyatga
munosabatning shakllanishi ijtimoiylashuv, individuallashuvning tarkibiy qismlarini egallash va bir
davrdan ikkinchi davrga o‗tish orqali amalga oshadi. Asosiy (bosh) munosabat - insonning kamol
topishida keskin iljish nuqtalari paydo bo‗lishi, ichki sifat o‗zgarishlari vujudga kelishi va yangi
xislatlar tarkib topishining mahsulidir.
Shuni alohida tahkidlash kerak-ki, D.I.Feldshtsinning yosh davrlariga ajratish nazariyasi
ontogenezdagi barcha psixologik holat va fazilatlarni ifodalash imkoniyatiga ega emas, ammo u
ta‘lim-tarbiyaning sifatini oshirishga ijobiy ta‘sir ko‗rsatishi bilgn amaliy ahamiyat kasb etadi.
Umuman psixologlar tomonidan yosh davrlarini tabaqalashtirishning puxta ilmiy-metohologik
negizga ega bo‗lgan qator nazariyalari ishlab chiqilgan. Ular ontogenetik qonuniyatlarni yoritishga
katta hissa bo‗lib qo‗shildi, amaliy va nazariy muammolarni hal qilishda keng qo‗llanmoqda. Ammo
hozir ontogenezni to‗la yoritishga xizmat qila oladigan nazariyani yaratish zarurati tug‗ildi.
Rus psixologiyasidagi yosh davrlarini tabaqalash muammosi dastlab L.S.Vigotskiy,
P.P.Blonskiy, B.G.Ananev singari yirik psixologlarning asarlarida o‗z aksini topa boshlagan.
Keyinchalik bu muammo bilan shug‗ullanuvchilar safi kengayib bordi.
L.I.Bojovich har bir bosqichni psixologik tavsiyalashda unda namoyon bo‗ladigan
o‗zgarishlarni, bu o‗zgarishlarning sabablari, omillari, manbalari, turtkilari, mexanizmlarini ham
bayon qiladi.
D.B.Elkonnnning tasnifi yetakchi faoliyat(A.N.Leontev) nazariyasiga, har qaysi rivojlanish
pallasida faoliyatning biror ustunlik qilishi mumkinligiga asoslanadi. Yetakchi faoliyatning inson
shaxs sifatida kamol topishidagi roli nazariyaning negizini tashkil qiladi.
D.B.Elkonin yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratishni lozim topadi:
go‗daklik davri - tug‗ilgandan 1 yoshgacha asosiy faoliyat - bevosita emotsional muloqot;
ilk bolalik davri- 1 yoshdan 3 yoshgacha; asosiy faoliyat-predmet bilan nozik harakatlar
qilish;
maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha; asosiy faoliyat - rolli o‗yinlar;
kichik maktab yoshi davri - 7 yoshdan 10 yoshgacha; asosiy faoliyat - o‗qish;
kichik o‗smirlik davri - 10 yoshdan 15 yoshgacha: asosiy faoliyat - shaxsning intim muloqoti;
15
katta o‗smirlik yoki ilk o‗spirinlik davri 16 yoshdan 17 yoshgacha; asosiy faoliyat -
o‗qish, kasb tanlash;
D.B.Elkonin tasnifini, ko‗pchilik psixologlar mahqullashiga qaramay, unda ayrim munozarali
jihatlar ham bor. Umuman esa D.B.Elkoninning mazkur nazariyasi psixologiya fanida, ayniqsa
yosh davrlari psixologiyasida muhim o‗rin tutadi.