Aruz vaznidagi she'r shakllari
Aruz she'r tizimida ritmik birliklar. Barmoq vaznidagi misraning aruzda asosiy ritmik birlik bo‘la olmaslik sabablari. Bayt (arabcha-uy) haqida tushuncha. Bayt aruziy ritmik birlik sifatida. Aruzda misra va bayt munosabatlari.
Bayt asosiga quriladigan she'r shakllari.
Tuyuq (turkcha-tuymoq, his qilmoq) — turkiy she'riyatga xos janr ekanligi. Tuyuqning qofiyalanish tartibi. Tuyuqda tajnis (jinsdosh-omonim so'zlar)ning qo‘llanishi. Tuyuq vaznlari. Turk-o‘zbek tiliga xos bo‘lgan vaznlardan ramal vazni bahrlarida tuyuqning ko‘proq yozilishi. Lutfiy va Navoiy tuyuqlaridan namunalar.
G‘azal (arabcha-ayollarga xushomad) — shaklan uch baytdan 19 baytgacha bo‘lgan, o‘ziga xos qofiya tizimiga asoslangan (a — a; b — a; v — a;...) she'r shakli ekanligi. G‘azalning birinchi bayti matla' (arab-awal), so‘nggi bayti maqta' (arabcha-so‘nggi parcha) deb yuritilishi. Maqta'da she'r shoir taxallusining keltirilishi. azalni mazmuniga ko‘ra yakpora (voqeaband) va parokanda kabi turlarga ajratish mumkinligi.
G‘azal V—VII asrlarda arab she'riyatida shakllangan janr bo‘lib, X asrgacha qasidaning boshlanish (nasib) qismi sifatida ishlatilganligi. Fors va turk she'riyatida g‘azal taraqqiyoti. azalning fikriy-hissiy yo‘nalishiga ko‘ra orifona, rindona, oshiqona va boshqa turlarga ajratilishi. azalning mumtoz namunalaridan misollar keltirish.
Qit'a (arabcha-bo‘lak) — hajman 2 baytdan 18 baytgacha bo‘lgan she'r shakli ekanligi. Shakl va qofiya tizimiga ko‘ra matla'siz va maqta'siz g‘azal ekanligi. Qifaning mazmuniga ko‘ra turlari: orifona, rindona, oshiqona. Navoiy va Ogahiy qit'alaridan namunalar.
Mustazod (arabcha-orttirilgan)— g‘azalning bir raisrasiga ayni o‘sha vaznda yarim misra (ikki rukn) orttirilgan she'r shakli ekanligi. Mustazodning ko‘pincha hazaj bahrida yaratilishi. Mustazodning g‘azal usulida qofiyalanishi. Mashrab, Chokar mustazodlaridan namunalar.
Qasida (arabcha-elchi) — Muayyan tarixiy voqea va shaxsni ulug‘-lashga qaratilgan voqeaband she'r shakli ekanligi. Qasidaning ham g‘azal tartibida qofiyalanishi. Uning 13 baytdan kam bo‘lmasligi. Qasida turlari, qasidayi holiya, qasidayi faxriya, qasidayi bahoriya, qasidayi xazoniya, qasidayi hajviya.
Soqiynoma (may quyuvchi) — odatda, soqiyga xitoban aytiladigan she'r shakli ekanligi. Bunda may, rand va soqiy obrazlarining ramziy ma'no tashishi. Soqiynomaning har baytda masnaviy usulida o‘zaro qofiyalanishi.
Masnaviy (arabcha-ikkilik) — har baytning ikki misrasi o‘zaro qofiyalanib keluvchi she'r shakli ekanligi. Masnaviyning ma'no va shakl imkoniyatlari kengligi. She'riy yo'l bilan yaratilgan epik va liro-epik asarlar (doston, noma, masal va b.)ning masnaviy usulida yozilishi. Masnaviy vazni mutaqorib ekanligi.
Musammat — aruz vaznida misralardan tarkib topgan band asosiga quriladigan she'r shakli. Har bir she'r bir necha banddan tashkil topgani holda har banddagi misralar soniga qarab nomlanishi ham joriy etilganligi.
Murabba' (arabcha-to‘rt) — har bandi to‘rt misradan iborat she'r shakli ekanligi. Murabba'larning qofiyalanishi. Murabba' shaklining barmoq vaznida yoziladigan she'r shakllariga yaqinligi. Amiriy va Muqimiy murabba'laridan namunalar.
Muxammas (arab-besh) — har bandi besh misradan iborat bo‘lgan she'r shakli ekanligi. Muxammasda ham barcha musammatlar kabi birinchi bandning o‘zaro qofiyadosh bo‘lib, qolgan bandlarning so‘nggi misralari esabirinchi band bilan qofiyadosh bo‘lib kelishi. Muxammasning ikki turi: sof muxammas va taxmis. Taxmis g‘azallarga bog‘lanadigan muxammas ekanligi.
Musaddas (arabcha-olti) — har bandi olti misradan iborat bo‘lgan she'r shakli ekanligi. Musaddasning qofiyalanish tartibi. Muddasning ikki turi sof musaddas va tasdis. Tasdisning o‘zaro g‘azallarga bog‘lanadigan musaddas ekanligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |