4. NAVOIY TUYUQLARI TAHLILI
Turkiy xalqlar adabiyotining eng ajoyib she'riy shakllaridan biri tuyuq bo'lib, o'zbek adabiyoti tarixida uning yuzlab namunalari yaratilgan. Alisher Navoiy tuyuq yozishning qonun - qoidalarini nazariy jihatdan asoslab bergan hamda amaliyotchi shoir sifatida uning mumtoz namunalarini yaratib qoldirgan.
Navoiy lirik merosidan o'n uchta tuyuq o'rin olgan. Ulug' shoir boshqa janrlarga nisbatan kam tuyuq yozganligining sababi tuyuq yaratishning murakkabligida emas, balki mutafakkir shoir jiddiy va yirik turlarda ko'proq qalam tebratganidadir. Navoiy oz tuyuq yaratganiga qaramay, uning tuyuqlari yuksak badiiy mahorat mahsuii sifatida turkiy tuyuqnavislikning eng sara namunalari hisoblanadi.
Alisher Navoiy adabiyotimiz tarixida tuyuqning birinchi nazariyotchisi sifatida ushbu she'riy shaklning asosiy xususiyatlarini “Mezon ul-avzon”da quyidagicha ko'rsatadi: “Yana turk ulusi, bataxsis chig'atoy xalqi aro shoye' avzondurkim, alar sunidlarin ul vazn bilan yasab, majolisda ayturlar. Birisi tuyug'dirkim, ikki baytqa tnuqarrardur va sa'y qilurlarkim, tajnis aytilg'ay va ul vazn ramali musaddasi maqsurdur, mundoqkim:
Do'stlaringiz bilan baham: |