3.2. KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK RIVOJLANTIRISHNING ISTIQBOLI YO’NALISHLARI
Istiqlol tufayli bozor munosabatlariga yo’l tutgan mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy bo’g’inlaridan biri bu xususiy tadbirkorlikdir. Prezidentimiz Islom Karimov, mustaqillikka chiqqan dastlabki kunlaridanoq kichik biznes va xususiy tadbirkorlikga katta e’tibor berib, O’zbekistonning kelajagi ularning qo’lida ekanligi haqida juda ko’p marta qayd etdilar. Mamlakatimiz hududlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi o’rtasidagi tafovutlarga barham berishning eng samarali usullaridan biri joylarda, ayniqsa qishloqlarda kichik va xususiy tadbirkorlik korxonalarini rivojlantirish hisoblanadi. Qishloq joylarida kichik va xususiy tadbirkorlikning taraqqiy topishi qishloq aholisini yangi ish o’rinlari bilan ta’minlash, qishloq xo’jaligidagi ortiqcha ishchi kuchini ishlab chiqarishning boshqa sohalariga jalb etish, mahalliy xom-ashyo resurslaridan samarali foydalanishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Qishloq joylarida kichik va xususiy tadbirkorlik korxonalarini rivojlantirishning obyektiv zarurati quyidagilarda o’z aksini topadi:
qishloq xo’jaligida ishlab chiqariladigan mahsulotlar sanoat uchun almashtirib bo’lmaydigan xom-ashyo hisoblanadi; qishloqda murakkab bo’lmagan texnologiya bilan ishlash imkoniyatiga ega bo’lgan mehnat resurslari mavjudligi hisobiga;
qishloq xo’jaligidagi ortiqcha ishchi kuchini boshqa sohalarga jalb etish bugungi kunning asosiy muammolaridan bo’lib, kichik va o’rta sanoat korxonalari bu muammoni hal etishga yordam beradi;
qishloq xo’jaligiga nisbatan sanoat ishlab chiqarishida samaradorlik ko’rsatkichi yuqori. Shu sababli kichik va o’rta sanoat korxonalari umumiy mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi;
kichik va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi qishloq aholisining ilmiy-texnikaviy saviyasi, kasb mahorati va malakasini oshirishga xizmat qiladi va bir vaqtning o’zida muayyan texnik bilim - malaka darajasini ham talab qiladi;
qishloqda sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kichik va o’rta korxonalarning qurilishi tegishli infratuzilmaning rivojlanishini taqozo etib, telefon, telegraf, yo’llar, elektrlashtirish, moddiy-texnika ta’minoti shahobchalari, gaz, ichimlik suvi quvurlari, isitish tizimi kabi obyektlar rivoj topadi;
kichik va xususiy tadbirkorlik qishloqdagi mavsumiy ishsizlikning oldini olishga imkon beradi. Bandlik darajasining yuqoriligi ijtimoiy barqarorlik va aholi daromadlari oshishining shartlaridan hisoblanadi;
kichik va xususiy tadbirkorlikning taraqqiy topishi natijasida sanoat va qishloq xo’jaligi o’rtasidagi integratsiya jarayonlari chuqurlashadi. Integratsiyaning makro darajadagi samaradorligining oshishi iqtisodiy faoliyat doirasini kengaytiradi. Sanoat investorlari o’ziga doimo jalb qilib kelgan tarmoq bo’lganligi sababli mahalliy va xorijiy investorlarning qishloqqa e’tibori ham tabiiy ravishda ortadi.
Mamlakatimiz hududlarida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish asosan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to’g’ri kelayotgan bir paytda ularning har taraflama ─ ham moddiy, ham texnik, ham intelektual jihatdan qo’llab-quvvatlanishi, agrar sektorning yanada taraqqiy etishi va hozirgidanda yuqoriroq pog’onaga ko’tarilishi uchun mustahkam zamin yaratadi.
“Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda,-dedilar yurtboshimiz Islom Karimov, - bizning asosiy ustuvor yo’nalishimiz bundan buyon ham biznes, jumladan, xususiy biznes uchun zarur bo’lgan barcha qulay sharoitlarni yaratishdan, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini izchil kamaytirib berishdan iborat bo’lib qolaveradi”25.
O’zbekistonda har yili yaratilayotgan yangi ish o’rinlarining yarmidan ko’pi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka to’g’ri keladi. Respublika bo’yicha 2014–yilda ish bilan band bo’lgan aholining 76,6 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida mehnat qiladi, ulardan 56,0 foizi yakka tadbirkorlar hisoblanadi. Buxoro viloyatida bu ko’rsatkichlar mos ravishda 75,0 va 59,0 foizni tashkil etdi.
2015–yilda kichik biznesni yanada qo’llab – quvvatlash vazifasi har qachongidan ko’ra muhim ahamiyat kasb etdi. Chunki kichik biznes yangi - yangi ish o’rinlarini yaratib, ish bilan band aholi daromadining 77 foizdan ortig’ini tashkil etdi.
Fikrimizcha :
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini yanada samarali boshqarish va shu bilan shug’ullanuvchi har qanday shaxsning erkin faoliyat yuritish uchun zarur shart – sharoitlarni yanada mustahkamlanishi;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug’ullanuvchi subyektlar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar va xizmatlarning minimal xarajatlari tizimini ishlab chiqilishi;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan shaxslar uchun raqobatchilik muhitini yaratish, davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlar va rag’batlardan unumli foydalanish yo’llarini ishlab chiqilishi;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada takomillashtirish orqali qo’shimcha ish o’rinlarini yaratish va mavjud muammolarni hal qilinishi ayni muddaodir.
O’zbekiston Respublikasida bozor qonuniyati tamoyillarining shakllanib, qaror topib borishi borasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini ta’minlovchi huquqiy asos mustahkamkamlanishi va shu bilan shug’ullanuvchi har qanday shaxsning erkin faoliyat yuritishi uchun zarur shart – sharoit va imkoniyat yaratilgan. Ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi ishlab chiqarish korxonalari rivojlanishining uzluksizligini ta’minlash va uni iqtisodiy samaradorligini oshirib borish bir qator omillarga bog’liq ekanligini chuqur tahlil qilinib, bu borada alohida ahamiyatli ekanligi ta’kidlangan. Bularga quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarining zarur bo’lgan resurslar bilan ta’minlanishi;
moliyaviy resurslarning hosil qilinganligi;
bank kredit va byudjetdan tashqari mablag’larga bo’lgan ehtiyojning qondirilishi;
ikki va ko’p tomonlama tuzilgan shartnomalarga amal qilinishi uning o’z vaqtida bajarilishi;
shartnoma shartlari bajarilgandan keyin sotilayotgan mahsulotlarga ustama narxlarning oshib borishi;
ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish joylarida qayta ishlanishining tashkil etilganligi;
iste’molchilarni ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko’rsatuvchilar bilan o’zaro aloqalarini yanada mustahkamlash.
Ushbu chora–tadbirlar soliq va kredit imtiyozlari bilan bir qatorda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay biznes muhitini yaratish maqsadida institutsional islohotlarni yanada chuqurlashtirishni ham o’z ichiga oladi. Jumladan, yangi tashkil etilayotgan kichik va xususiy korxonalarni qo’llab – quvvatlash maqsadida imtiyozli kredit jamg’armasining resurs bazasini ikki barobar oshirish ko’zda tutilgan, berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati uzaytirildi, aylanma mablag’larni to’ldirish uchun beriladigan kreditlarning eng uzoq muddati 12 oydan 18 oyga oshirildi. 2005–yil 1–yanvardan boshlab sanoat sohasida faoliyat ko’rsatayotgan kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lov stavkasi 13 foizdan 5 foizga tushirildi, moliyaviy, maishiy va boshqa xizmatlar ko’rsatayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq to’lovidan 3 yil muddatga, ularning oladigan dividendlarining investitsiyalarga va avval olingan kreditlar foizlarini qaytarishga yo’naltiriladigan qismi 5 yil muddatga soliqdan ozod etildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013–yil 15–mayda qabul qilgan “Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab–quvvatlash va rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida” gi qarori kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab – quvvatlashni yanada kengaytirish va kuchaytirishga mo’ljallangan. Bu qarorda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni rag’batlantirishni kuchaytirish, mamlakat iqtisodiyotining barqaror faoliyat yuritishida uning rolini oshirish, yangi ish joylarini shakllantirish va aholi bandligini ta’minlash, shuningdek, xususiy tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish hamda yuritish uchun yanada qulay shart – sharoitlar yaratish, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish chora – tadbirlari belgilangan. Ular quyidagilardan iborat :
tadbirkorlik subyektlarining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo’yicha xizmatlar ko’rsatish tariflarini pasaytirish;
tadbirkorlik obyektlarining arxitektura–rejalashtirish topshiriqlarini ishlab chiqish va ularning loyiha hujjatlarini ekspertizadan o’tkazish qiymatini kamaytirish;
tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun boj to’lovini eng ka m ish haqining 2 barobarigacha tushurish (5 barobar edi);
tadbirkorlik subyektlarining banklarda hisob raqam ochish uchun to’lovlarini eng kam ish haqining 0,5 barobarigacha, qishloq joylarida esa 0,1 barobarigacha kamaytirish (1 barobar edi);
kichik korxona o’z uylarida ishlaydigan (kasanachi) xodimlarga ega bo’lganda, xodimlari umumiy soni belgilangan me’yoridan 30 foizidan oshganda ham, kichik korxonalar uchun ko’zda tutilgan imtiyozlardan foydalanishi;
joylarda davlat boshqaruvi va davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquqlariga rioya etilishi monitoringini olib borish va natijalarni har chorakda “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish bo’yicha Respublika muvofiqlashtirish kengashi” ga taqdim etish;
joylardagi davlat boshqaruvi va davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlar huquqlarini poymol qiladigan yoki cheklaydigan qarorlarini bekor qilish, bunday qarorlar qabul qilgan mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish.
Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining boshqaruv faoliyatidagi quyidagi kamchiliklar ularning rivojlanishiga va respublikamiz iqtisodiyotiga ham o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatmoqda. Ular:
xodimlarni tanlash va ishga qabul qilishdagi e’tiborsizlik;
aksariyat korxonalarda xodimlarni attestatsiyadan o’tkazilmasligi;
korxonada nou–xau yaratishga intilishning sustligi va boshqalar.
Yuqorida keltirilgan muammolarni bartaraf etishning eng samarali yo’li bu, korxona boshqaruvida zamonaviy menejment konsepsiyasini qo’llash hisoblanadi. Zamonaviy menejment konsepsiyasi tavakkalchilik va raqobatga asoslangan bo’lib, korxonada tavakkalchilik asosida bozorni chuqur tahlil qilib, tovar va xizmatlar yaratish hamda ularni bozorga chiqarish birinchi galda raqobatni kuchayishiga olib keladi. Lekin, aksariyat tadbirkorlar tavakkal qilishni istashmaydi. Ta’kidlash joizki, tavakkalchilik darajasini kamaytirish esa sug’urta muhim o’rin tutadi. Hozirgi kunda tadbirkorlarimiz sug’urta xizmatlaridan to’la qonli foydalansalargina tavakkal darajasini imkon qadar kamaytirishga erishishlari mumkin. Tadbirkorlarni tavakkaldan qo’rqmay, faoliyat olib borishi bozorda ularning o’z o’rnini topishga asos bo’ladi. Bundan tashqari, kuchli raqobat muhiti sharoitida esa ishlab chiqarish yanada rivojlanadi. Aynan bozordagi ana shunday muhit korxona boshqaruvidagi yuqorida keltirilgan kamchilik va muammolarni hal etishga zarurat tug’diradi. Hozirda ko’pchilik korxonalarda yangi texnika – texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga harakat qilinadi. Ammo, shu texnologiyalarni boshqaruvchi xodimlarni ishga jalb qilish, ularni o’qitish va malakasini oshirish kabi masalalar e’tibordan chetda qolmoqda. Eng avvalo, ko’pchilik korxonalarda xodimlarni hech qanday sinovlarsiz ishga qabul qilish korxona menejerlarining yo’l qo’yayotgan birinchi xatosidir. Umuman olganda, bozor iqtisodiyoti sharoitida bilimli va malakali tashabbuskor xodimlar, yangi texnika–texnologiyalar, zamonaviy boshqaruv, sug’urta xizmatlaridan foydalanish, lizingdan foydalanish bilan korxonani yuqori cho’qqilarga olib chiqish mumkin.
Fikrimizcha, yuqoridagi muammolarni yechish uchun avvalo rivojlangan mamlakatlar singari respublikamizda menejerlarni tayyorlashga katta e’tibor berish va ularni tayyorlash markazlarini ko’paytirish lozim. Barcha korxonalarda xodimlarni tanlov asosida qabul qilishni ta’minlash, ma’lum muddatlarda ularni attestatsiyadan o’tkazish, hamda malakasini oshirish maqsadida o’qitishni yo’lga qo’yish maqsadga muvofiq. Qolaversa, korxonada yangi loyihalar ishlab chiqishga xodimlarni qiziqtirish maqsadida tanlovlar e’lon qilish, g’oliblarni taqdirlash, shuningdek, loyihalarni joriy etishni yo’lga qo’yish zarur. Chunki, korxonada yangi innovatsiyalarni qo’llash yangi tovar va xizmatlarning yaratilishiga, ishlab chiqarish samaradorligining oshirishga, bu o’z – o’zidan korxona foydasining oshishi kelajakda ushbu korxonaning yiriklashuviga olib keladi. Ayniqsa, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash sohasida bunday ishlarni amalga oshirish kelajakda iqtisodiyotimizning rivojlanishini ta’minlaydi. Ayni paytda jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga, o’z ta’sirini o’tkazayotgan bir paytda, uni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Izlanishlar natijasida shunga amin bo’ldimki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun endilikda raqobat asosida yangi texnikani joriy etish va korxonalarni yiriklashuviga erishish, sho’ba korxonalarini tashkil etish lozim. Bunday korxonalarning boshqaruvi nafaqat bugungi kunga, balki kelajakni ta’minlashga qaratilishi ahamiyatga molikdir.
Davlat tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatlarini qo’llab quvvatlashning turli usul va vositalari mavjud bo’lib, davlat soliq siyosatini takomillashtrish ya’ni iqtisodiyotda faoliyatda bo’lgan korxonalarga solinadigan turli ko’rinishdagi soliq to’lovlari stavkalarini o’zgartirish; mamlakatning moliya-bank tizimini takomillashtirish bunda tijorat banklarining hamda mikrokreditlash tizmining kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatlari bilan shug’ullanuvchi subektlarga beriladigan kredit portfellarini oshirish va bu orqali aholiga, xo’jalik yurituvchi subektlarga beriladigan imtiyozli kreditlar hajmini ko’paytirish; sohaga taaluqli bo’lgan huquqiy – normativ qarorlar qabul qilib qulay iqtisodiy hamda investitsion sharoit yaratish orqali va boshqa yo’llar bilan amalga oshiriladi. Bank tizimini takomillashtirish natijasida omontachilar va bank o’rtasidagi ishonchli aloqalar mustahkamlandi. Ya’ni, qulay shart va yuqori foizlarda taqdim etilayotgan omonatlar aholi mablag’larini bankka jalb etish natijasida banklarning kredit reurslarining hajmini ko’payishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentimizning 2013–yil 20- fevraldagi “Tijorat bankalarida aholi omonatlari shartlarini liberallashtirish hamda kafolatlarini ta’minlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoni shu maqsadlarni uyg’unligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
5 – rasm. 2000 – yildagi banklarning 6 –rasm 2015–yildagi banklarning
kredit portfeli tarkib26i. kredit portfeli tarkibi27.
2015-yilda aholining banklardagi omonatalari hajmi 1,7 barobarga oshdi. So’ngi o’n yil ichida iqtisodiyotning real sektorlari kreditlashga yo’naltirilgan ichki manbalar 25 marta ko’paydi. Natijada, banklarning kredit portfeli tarkibi tubdan o’zgardi. 2000-yilda banklarning jami kredit resurslarining 54 foizi tashqi qarzlar evaziga shakllantirilgan bo’lsa 2015–yilga kelib tashqi qarzlar 14,9 foizga tushib , 85,1 foizini ichki manbalar hisobidan shakllantirilmoqda.
7 – rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab - quvvatlash uchun ajratilgan kreditlar miqdori, mlrd so’m28.
Bozor iqtisodiyotida bozor munosabatlarining chuqurlashuvida hamda moliyaviy–iqtisodiy inqirozning salbiy taraflarini barataraf qilish maqsadida iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirish real sektori korxonlarini qayta jihozlash, modernizatsiya qilishga va shu orqali mamalakatda tovarlarni narxlarini barqaror ushlab turish, aholini doimiy yangi ish o’rinlari bilan ta’minlash, barqaror iqtisodiy samaradorlikka erish imkonini bermoqda.
Ushbu maqsadlarda iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlashda quyidagi maqsadlarni amalga oshirish rejalarga kiritildi:
Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni rag’batlantirish. 2011-yilning 1–yanvar holatiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlariga 744 mlrd so’m miqdoridagi kreditlar ajratilgan bo’lsa , 2012–yil 1–yanvargacha esa 1,251 trln so’m hajmdagi kreditlar ajratildi. 2013–yil 1–yanvar holatiga ushbu soha subektlariga qariyb 1,8 trln so’m imtiyozli kreditlar ajratildi. Bu esa o’z navbatida 2012–yilga nisbatan 2013–yilda kichik biznes sohasiga umumiy ajratilgan kreditlarning hajmini 43,8 foizga oshganini ko’rsatmoqda. 2014-yilga kelib esa bu miqdor 2 trln 700 mln so’mni tashkil etdi. Vaholanki, 2000–yilda sohaga 171,5 mlrd so’m hajmdagi kreditlar ajratilgan edi.
Oxirgi uch yil davomida tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlariga ajratilgan kreditlari miqdori 5,7 trillion so’mdan ortiq mablag’ni tashkil etdi. Kreditlar miqdorining oshishi aholi omonatlarining ko’payishi bilan bog’liqligini aytib o’tish kerak. Jumladan 2012–yilda aholining banklardagi omonat qoldiqlari 1,023 trln so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2013–yilga kelib 1,724 trln so’mga , 2014–yilda esa 2,914 trln so’mga yetdi bu 2014–yilda 2013–yilga nisbatan aholining omonat qoldiqlari hajmi qariyb 70 foizga oshganini anglatadi. Berilayotgan imtiyozli kreditlardan tashqari berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati uzaytirildi, aylanma mablag’larni to’ldirish uchun beriladigan kreditlarning eng uzoq muddati 12 oyda 18 oygacha oshirildi. O’tgan yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash borasida ijobiy o’zgarishlarga erishildi. Imtiyozli
Do'stlaringiz bilan baham: |