Mavzu. Keynsning tovarlar va xizmatlar bozorida makroiktisodiy muvozanat modeli



Download 388,26 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana31.12.2021
Hajmi388,26 Kb.
#226524
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7-mavzu. Maruza matni



 



7-MAVZU. KEYNSNING TOVARLAR VA XIZMATLAR BOZORIDA 



MAKROIKTISODIY MUVOZANAT MODELI 

 

Reja: 

7.1. Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari. 

7.2. Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar.  

7.3. «Keyns xochi». Ishlab chiqarish hajmining muvozanat  darajasiga erishish 

mexanizmi. 

7.4. Avtonom xarajatlar multiplikatori. 

7.5. Retsession va inflatsion uzilish 

 

7.1. Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari. 

Klassik  maktab  namoyondalari    bozorlar  va  baholarning  umumiy  muvozanati 

nazariyasini  yaratdilar.  Ularning    umumiy  muvozanat  konsepsiyasiga  ko„ra 

iqtisodiyotda  faqatgina  to„liq  bandlilik  sharoitidagi  muvozanat    mavjud  bo„lishi  

mumkin. Bunday xulosa J.B.Seyning bozorlar qonuniga tayanadi. Bu qonunga ko„ra 

mehnat taqsimotiga asoslangan iqtisodiyotda  har bir sub‟ektning ishlab chiqarishi bir 

vaqtning o„zida boshqa sub‟ektlarning ishlab chiqarish natijalariga talab hisoblanadi. 

Oxir-oqibat yalpi talab yalpi taklifga teng bo„ladi.  Klassik iqtisodchilar fikriga ko„ra 

AD ≠ AS holati ro„y bermaydi,   umumiy xarajatlar miqdori etishmay qolgan, ya‟ni 

AD<  AS    holati  ro„y  bergan  sharoitda  ham  baho,  ish  haqi  va  foiz  stavkasi  kabi 

dastaklar  ishga  tushadi  va  natijada  xarajatlar  miqdorining  kamayishi  ishlab 

chiqarishning  real  hajmi,  bandlik  va  real  daromadlar  miqdorining  kamayishiga  olib 

kelmaydi. 

Makroiqtisodiy  muvozanatning  klassik  modeli  ishlab  chiqarish  hajmi 

resurslarning  bandliligi  va  ishlab  chiqarish  texnologiyalarining  funksiyasi 

hisoblanadi,  va  egiluvchan  baholar  mexanizmi  tomonidan  potensial  darajada  tutib  

turiladi    degan  shartlarga  tayanadi.  Egiluvchan  baholar  mexanizmi  hisobiga  bozor 

iqtisodiyoti barcha mavjud resurslarning to„liq bandlilgini ta‟minlab turadi. 

Klassik    makroiqtisodiy  muvozanat  modelining  o„ziga  xos  xususiyati  pulning 

neytralligi prinsipini ko„zda tutishidir. Bu model  pul massasi real ishlab chiqarishga 

hech  qanday  ta‟sir  ko„rsatmaydi  degan  prinsipga  asoslanib  tuziladi.  Klassiklar 

modelida  pul  bozor  agentlariga  faqatgina  bitimlarga  xizmat  qilishi,  ya‟ni  oldi-sotti 

jarayonida  sof  texnik  vazifalarni  bajarishi  uchungina  kerak.    Bu  asosga  ko„ra 

klassiklar  tomonidan  klassik  dixotomiya  konsepsiyasi  shakllantirilgan.    Klassik  



dixotomiya  konsepsiyasida  –  ikki  parallel  bozor,  real  va  pul  bozori  alohida-alohida 

amal  qiladi,  ular  o„rtasidagi  muvozanat  avtomatik  barqarorlashtirgichlar  orqali 

ta‟minlab turadi deb hisoblanadi.  

Pul  bozori  investitsiya  va  jamg„armalar  tengligini  hamda  to„liq  bandlik 

sharoitini ta‟minlaydi. Faqatgina, ishsizlikning tabiiy darajasida «ixtiyoriy» ishsizlik 

bo„lishi mumkin, deb hisoblashadi. Bu shuni bildiradiki, AD va AS ning muvozanat 

nuqtasida  ishlab  chiqarish  hajmi  (Y)  uning  potensial  hajmiga  esa    (Y*)  teng. 

Iqtisodiyotda yaratilgan daromadlaning bir qismi jamg„arilishi yalpi  talabning yalpi 

taklifni  qoplashi  uchun    etishmasligiga  olib  kelmaydi,  chunki  har  bir  jamg„arilgan 

so„m tadbirkorlar tomonidan investitsiyalanadi, deb ta‟kidlashadi. 




 

Agarda,  tadbirkorlar  uy  xo„jaliklarining  jamg„armalari  miqdorida  investitsiya 



qilishsa, ishlab chiqarish hamda bandlik darajalari doimiy bo„lib qoladi.  

Klassik  iqtisodchilar  ta‟kidlashlaricha,  kapitalizmning  o„ziga  xos  pul  bozori 

mavjud va bu bozor jamg„arma va investitsiyalarning tengligini ta‟minlaydi. Bunda 

tenglashtiruvchi omil rolini foiz stavkasi o„taydi (7.1-rasm). 

 

                                     




Download 388,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish