7.1-rasm. Jamg‘arish-investitsiya grafigi.
Shuning uchun ham to„liq bandlik mavjud bo„ladi. Bu iqtisodchilar davlatning
iqtisodiyotga aralashuvi qisqa muddatli samara bersada, uzoq muddatga, oxir-oqibat
bozor iqtisodiyotining tabiiy harakat mexanizmiga notabiiy aralashilganligi uchun,
salbiy oqibatlarga olib keladi deb hisoblashadi.
1936-yili ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns kapitalizm iqtisodiyotiga yangi,
ish bilan bandlik nazariyasini kiritadi. U o„zining «Pul, foiz va ish bilan bandlikning
umumiy nazariyasi» asarida yangicha iqtisodiy muvozanat nazariyasini izohlab berdi.
Keyns makroiqtisodiy muvozanatga to„liq bo„lmagan bandlik sharoitida ham
erishish mumkinligini, to„la ish bilan bandlik qonuniy holat emasligini, balki tartibga
solinmagan iqtisodiyotda tasodifiy ro„y berishigina mumkinligini isbotlab berdi.
Shuningdek, bu nazariyada iqtisodiyotdagi tebranishlar faqat urush, tabiiy ofat va shu
kabi vaziyatlargagina bog„liq emasligini, balki u tinchlik yillarida ham ichki
omillarning salbiy oqibatlaridan kelib chiqishi mumkinligi asoslagan. Ishsizlik va
inflatsiyaning kelib chiqishi investitsiya va jamg„armalarga bevosita bog„liq.
Narxlarning oshishi va ish haqining pasayishi boshqa salbiy omillar bilan birga
iqtisodiyotning beqarorligiga olib keladi.
Bunday nomutonosibliklar rejalashtirilgan investitsiyalar va jamg„armalarning
bir-biriga mos kelmasligi tufayli ro„y beradi.(7.2-rasm).
Bunga sabab birinchidan, jamg„arish va investitsiyalash to„g„risidagi qarorlarni
har xil guruhlardagi odamlar turli maqsadlarda qabul qilishi bo„lsa. ikkinchidan,
jamg„aruvchilar va investorlarni jamg„arish va investitsiyalashga turlicha sabablar
undaydi. Keynschilar fikricha, jamg„arma va investitsiyalar bitta omilga bog„liq
bo„lmagan holda turli sabablar asosida amalga oshiriladi. Masalan, kishilar qiymati
o„zining ish haqi miqdoridan ortiq bo„lgan mahsulotlarni sotib olish uchun, masalan
avtomobil yoki televizor xarid qilish uchun jamg„arishadi. Jamg„armalar biror shaxs
3
yoki oilaning kelajakdagi iste‟molini qondirish maqsadida, ya‟ni, uy xo„jaliklari oila
boshlig„ining nafaqaga chiqqandan keyingi hayotini yoki bolalari kelajagini
ta‟minlash maqsadida amalga oshiriladi. Bundan tashqari jamg„armalar tasodifiy
vaziyatlarda foydalanish maqsadida ham amalga oshiriladi.
Investorlarni investitsiya qilishga undovchi sabablar esa foiz stavkasi bilan birga
kutilayotgan sof foyda normasi hamdir.
Klassiklar nazariyasi bo„yicha jamg„arma va investitsiyalar miqdorini
aniqlaydigan asosiy omil foiz stavkasi hisoblanadi. Agarda, u oshsa, uy xo„jaliklari
kamroq iste‟mol qilib, ko„proq jamg„arishga harakat qilishadi. Uy xo„jaliklarida
jamg„armalarning ko„payishi kredit narxlarining kamayishiga olib keladi. Bu esa o„z
vaqtida investitsiyaning o„sishini ta‟minlaydi.
Keynschilar fikricha esa, foiz stavkasi emas, balki aholining ixtiyoridagi
daromadi iste‟mol va jamg„arish dinamikasini belgilab beradi. Keltirilgan nazariy
asoslarga tayangan holda Keyns o„zining makroiqtisodiy muvozant modelini ishlab
chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |