Doskaning afzalliklariga quyidagilarni kiritish mumkin:
-ishlitishning osonligi, tayyorligi;
-o’zgartirishlar kiritishning osonligi;
-darsni o’tishga qarab mos holda ishlatish mumkinligi;
-qo’shimcha misollar berilgan savollarga qarab, misollarini moslashtirish;
-murakkab nisbatlarni ko’rgazmali ifodalash mumkin;
-chizmalar, formulalar va boshqalarni yozib ko’rsatish, qabul qilish va tushunishni osonlashtiradi;
-yaxshi yodda qoladi;
-doskadan kanspektga ko’chirilgan misol va rasm, chizma, grafiklar kelgusi darslarga yaxshi tayyorlanishga yordam beradi.
Kamchiliklari:
-Doskaga yozayotganda talabalarga orqa o’girib turiladi.
-Auditoriya bilan ko’z qarash kontaktini yo’qotiladi;
-bir marta yozilgan narsa o’chiriladi;
-yozish, chizishga vaqt ketadi.
Doska-stend mashg’ulotlarda o’quv munozaralari boshqa turli muhokamalarning guruh, ishlari natijalarini xujjatlashtirishda foydalaniladigan o’qitish vositasi.
Stendga o’sha kattalikdagi qog’oz qo’yiladi, turli rangdagi va shakldagi kartochkalar yopishtiriladi. Stenddagi kartochkalar yordamida sxemalar, tuzilmalar, sharhlar va shu kabilarni tuzish mumkin.
Doska-stendning afzalligi shundaki, unda kartochkalar, sxema, grafik, izoh-sharhlar va hokazo kartochkada aks ettirilgan ma’lumotlar, joylashuvini xohlagan vaqtda o’zgartirish imkoniyati mavjud. Qisqa vaqt ichida barcha tinglovchilarning fikr mulohazalarini qamrab olish, qayd etish imkoniga ega bo’ladi.
Doska-bloknot bu varaqlanadigan qog’ozli doska bo’lib, unga marker bilan yoziladi. U turli muhokama yakunlari va natijalarni yaqqol namoyish etishda, eng muhim axborotlarni qayd etishda qo’llaniladi. Uning afzalligi, xohlagan vaqtda oldingi materiallarga qaytish o’quv xonasiga osib qo’yish mumkin.
Ko’rgazmali qurollar darsni qiziqarli va turlicha bo’lishiga ta’sir ko’rsatadi. Ana shu ko’rgazmalilikni ta’minlashda kodoskop, proektor va boshqa texnik vositalardan keng foydalanish mumkin.
Oddiy doska yoki varaqlanadigan ( bir tomondan ikkinchi tomonga o’tkazib qo’yiladigan varaqlardan iborat) doska bilan birgalikda qo’llaniladigan texnik vositalardan kodoskop, proektordir. Ular yozish uchun vaqtni tejashda eng qulay vositalardan biri bo’lib, darsda ko’rgazmalilikni ta’minlashda muhim rol’ o’ynaydi.
Dars o’tishda keng qo’llaniladigan nisbatan oddiy, bir auditoriyadan ikkinchisiga olib o’tish oson texnik vosita kodoskop va proektor hisoblanadi. Hozirgi paytda kodoskopga nisbatan proektor ko’proq ishlatiladi. Boshqa vositalar kabi proektorning ham o’ziga hos afzalliklari va kamchiliklari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |