Dars turlari - darsning maqsadi, mazmuni va o’quvchilarning yosh xususiyatiga qarab, darsning tuzilishi har xil bo’ladi. Endi biz darsning nimaligini yanada ravshanroq ko’rsatib berish maqsadida darslarni turlarga ajratamiz, saralaymiz va ularning tuzilishi bilan tanishamiz.
Ular quyidagilarga asosan turlarga ajratiladi:
1. Darslarni asosiy maqsadi va mazmuniga qarab turlarga bo’lish;
2. Darslarni o’qitish protsessining analiziga qarab turlarga bo’lish;
3. Darslarni tuzilishiga qarab turlarga bo’lish.
Darslarni turlarga ajratishda birinchi qoida eng ob’ektiv va ma’quldir. Darsning mazmuni dasturda ko’rsatilgan bo’ladi. Darsning maqsadi esa, ana shu mazmunni bildirishdan va bildirilgan narsamizga asoslanib, o’quvchilarda bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilishdan iborat. Bir darsning maqsadi dastur materiallaridan o’tish bo’lsa, boshqa bir darsning maqsadi xuddi shu o’tilgan materiallarni qaytarishdan? yana birining maqsadi esa, o’quvchilarning uni qanday o’zlashtirganliklarini aniqlashdan iborat bo’lishi mumkin.
Tajribadan bizga ma’lumki, darsning maqsadi bilan mazmuni o’rtasida ma’lum bog’lanish bo’lib, asosan ular darsning usulini va tuzilishini belgilaydi. Shuning uchun darsni turlarga ajratganda, saralaganda darsning maqsadi va mazmunini asos qilib olish eng to’g’ri yo’ldir. Har bir dars turiga qarab o’ziga xos tuzilishga ega bo’ladi.
Darslarni saralash, dars tuzilishini bilishimizga, o’rganishimizga yordam beradi. Shunday ekan, darsning tuzilishini o’rganish uchun darslarni asosiy 3 turga ajratsak bo’ladi:
1. YAngi mavzuni o’tish darsi;
2. O’tilgan mavzuni qaytarish, mashq o’tkazish darsi;
3. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish va ularga baho berish darsi.
1. Bu dars turlarining birinchisida, ya’ni yangi mavzuni o’tish darsida faqatgina yangi mavzu o’tilar ekan, bunday darsda ilgari o’tilgan mavzuni qaytarish, mashq qildirish yoki o’quvchilar bilimini tekshirish kabi ishlarni qilish mumkin emas, deb o’ylash noto’g’ri.
YAngi mavzuni o’tish darsida yangi mavzuni o’rganishdan boshqa ishlarni ham qilish mumkin. Lekin bu ishlar o’sha darsning asosiy o’rnini egallamasligi, bu darsning bosh maqsadi bo’lgan yangi mavzuni o’rganishni qulaylashtiradigan yordamchi vosita bo’lib xizmat qilishi lozim.
Bunda faqato’tiladigan mavzuni emas, balki amaliy suratda (laboratoriya ishlari, tajriba uchastkalari va boshqa amaliy joylarda) o’rgatiladigan, bildiriladigan bilimlar majmuasini o’tishni ko’zda tutadi. Mavzu maqsadiga ko’ra olingan nazariy bilim, amaliyot jarayonida ko’nikma, malakaga aylantiriladi. o’quvchilarning bu bilish kategoriyalarini aniqlash va takomillashtirish uchun tajriba uchastkalarida, ishlab chiqarish korxonalarida, bilim maskanlarida, laboratoriya xonalarida amalga oshiriladi.
O’quvchilarga biron nazariy mavzuning amaliyotga tadbiqini o’rgatganimizda, shu ishni qanday bajarilishini ko’rsatamiz. So’ng bu ishni qanday bajarishni o’quvchilarning o’zlariga taklif etamiz. Bu ishlarni bir necha bor o’zlari sekin-asta shu ishni bajarishga ko’nikma hosil qiladilar. Shunday qilib, oxirgi tegishli natijaga erishamiz.
2. O’tilgan mavzuni qaytarish, mashq qildirish darsi.
Bu dars o’tilgan mavzuni qaytarish va mashq qildirish darslari o’qitilgan bilimlarnigina takrorlashdan, ular ustida mashq o’tkazishdangina iborat bo’lmay, o’rgatilgan ishni qaytarish, mehnat malakalarini beradigan mashqlar o’tkazishdan ham iborat bo’lmog’i lozim.
3. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish va ularga baho berish darsi.
Bunday dars turida o’quvchilarning nazariy bilimlarini qanchalik o’zlashtirganligi va uni qay darajada amaliyotda qo’llay olish malakasi tekshiriladi va baholanadi, o’quvchilarni olgan bilimlarini amalda qo’llay olish darajasinigina emas. Balki biz ularni inson sifatida qanday tarbiyalanayotganligi, ularda inson fazilatlari qay darajada shakllanib borayotganligini ham e’tibordan xoli qoldirmasligimiz kerak. O’quvchi aqliy va axloqiy bilimlarni puxta egallab, uni hayotga tadbiq eta bilmasa, bu egallagan bilimlari ularni amaliy jihatdan ma’naviy boyitsa, o’sha holatdagina biz “Barkamol avlodni tarbiyalash” dek bosh maqsadimizga erishib boramiz.
YUqoridagi uch asosiy turdan boshqacha bo’lgan yana bir xil qo’shma darslar turi ham mavjud. Bu dars turida yuqoridagi saralash nuqtai nazaridan olganda, o’quvchilarning o’zlashtirishini tekshirish, yangi mavzuni o’tish va uni pishiqtirish uchun qaytarish kabi turli ishlar qo’shilsa ham lekin qo’shma darslarning asosini bu ishlarning bittasi, qo’shma darslarning maqsadiga to’laroq javob bera oladigan tashkil etadi, qo’shma darsdagi boshqa ishlar esa, shu asosiy ishga yordamchilik vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |