Mavzu: Kasbiy ta’lim o’qituvchisining individual metodik faoliyati


Shaxs rivojlanishida yosh va individual hususiyatlar



Download 0,5 Mb.
bet116/131
Sana30.07.2021
Hajmi0,5 Mb.
#132848
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   131
Bog'liq
Tolipova Dilorom 4-kurs AG

2.3. Shaxs rivojlanishida yosh va individual hususiyatlar

Tarbiyalanuvchilar kattalarga ko’ra o’zgacharoq fikr yuritishlari, his qilishlari va yurish-turishlari hammaga ma’lum. Tarbiyalanuvchidagi o’sish va rivojlanishning yosh bosqichlari masalasi yuzaki qarashda oddiy masala bo’lib ko’rinadi. Ma’lum bo’lishicha, bu jarayon bir tekisda bormay, sakrashlar bilan notekis holda borar ekan, har qaysi yosh davrining o’ziga xos rivojlanish hususiyatlari bor. Anatomiya, fiziologiya va psixologiya fanlari sohasida tananing ayrim organlarining rivojlanish qonuniyatlarini ham bu organlar butun sistemasining faoliyatini ham ochib beruvchi g’oyat ko’p faktik material to’playdi. Tadqiqotchilar tananing ayrim organlari va qismlari ko’pincha bir-biridan o’zib ketib, o’zaro kelisha olmay o’sishi va rivojlanishini ko’rsatdi. Bu hol shaxsning yoshini davrlarga bo’lishda alohida qiyinchiliklar tug’diradi.

Tarbiyachi albatta tarbiyalanuvchini aqlli va odobli qilib tarbiyalashi uchun bor kuch va imkoniyatni ishga soladi.Tarbiya jarayoni haqidagi tasavvurda tarbiyaning inson shaxsini shakllantirishda katta imkoniyatlar va buyuk roli borligini tasdiqlovchi to’g’ri fikr bayon etilgan. Ammo bu tasavvur aniq emas. U tarbiyaviy ta’sir ko’rsatiladigan ob’ektning o’ziga xos hususiyatini, ya’ni uning rivojlanayotgan, jonli mavjudod ekanligi e’tiborga olinmaydi. Shaxs doimo tarbiya jarayonning faol ishtirokchisidir. U pedagogik ta’sirlarni yaxshi qabul qilishi mumkin, biroq ularga qarshilik ko’rsatishi, ularni qabul qilmasligi ham mumkin. Shaxs tarbiyachining maslahati, iltimosi va topshirig’ini bajarishni xohlaydi. Tarbiyalanuvchi pedagogning uyga bergan darsini tayyorlashga moyil bo’lishi kerak. Ularning faoliyati asosan beixtiyor faoliyatdir yoki tabiiy yoki ijtimoiy muhit ta’siriga berilgan javobdir.

O’smirlik davrida insonning faoliyatiga ko’p darajada ichki sabablar tufayli sodir bo’ladi.

Shunday qilib shaxs rivojlanishidagi uning intellektual qobiliyatlari va ijtimoiy ongi o’sishidagi muayyan bosqichda shaxs o’zi uchun tashqi bo’lgan maqsadlarnigina emas, balki o’z shaxsiy tarbiyasining maqsadini ham anglay boshlaydi. U o’ziga ob’ekt deb qarashga o’tadi. Shaxsning ichki sabablari shaxsning o’z nuqsonlarini yo’qotish va eng yaxshi insoniy fazilatlarni hosil qilish vazifasini o’z oldiga qo’yishining asosidir. Shaxsning o’z bilim va malakasini oshirishi, o’zini-o’zi tarbiyalashi uning ob’ektiv maqsadni o’z faoliyatining sub’ektiv zarur motivi deb anglashi va qabul qilishdan boshlanadi. Shaxs o’z xulq-atvori yoki faoliyatini sub’ektiv ravishda muayyan maqsadga qaratishi ifodasini ongli suratda ishga soladi, ertangi kunning rejasini tuzish masalasini qo’yadi. Bu maqsadning amalga oshirilishida ob’ektiv va sub’ektiv qiyinchiliklar yuz berishi muqarardir.

Tarbiya san’ati shaxsda o’zini-o’zi takomillashtirishga intilishini mumkin qadar ertaroq uyg’otish va unga o’z oldiga qo’ygan maqsadlarni amalga oshirish yo’lini ko’rsatib, yordam berishdan iboratdir. Bu ishda pedagoglar, ota-onalar hamma vaqt va hamma joyda kuchli va yaxshi bo’lishni istaydigan shaxsning o’ziga tayanishlari kerak.

Tarbiyalanuvchilarning o’sish bosqichlari asosan uch bosqichda rivojlanib boradi.

Uquv muassasasida tizimli ravishda o’qishga borganidan keyin hayot tarzi butunlay o’zgarib boradi. Endilikda u qiziqarli bo’lmagan ammo kerakli narsalarni bilib oladi. O’qish O’quv muassasasigacha davrda egallashgan hali ilmiy bo’lmagan hayotiy tushunchalarga qator o’zgartirishlar kiritadi.

O’spirinlik yoshining eng xarakterli belgisi-tarbiyalanuvchining katta odamga aylanishi ya’ni balog’atga etishidir. O’spirin xuddi shaxsga o’xshab barcha taassurotlarni jon jahdi bilan o’zlashtiradi, jismoniy va ma’naviy jihatdan voyaga etadi, bo’ysinishini idrok qiladi, undan o’zi uchun kuch va jasorat oladi, lekin o’z kuch qudratining chegarasini o’zi hali bilmaydi. Ûspirin nisbatan ko’proq darajada kattalar hayotining ishtirokchisi hisoblanadi, oiladagi ancha ma’suliyatli vazifalar uning zimmasida bo’ladi. Tevarak-atrofidagilar ham o’spiringa nisbatan boshqacha munosabatda bo’la boshlaydilar. Lekin uning ma’naviy va jismoniy kuchlarini kattalarga tenglashish uchun, o’zining porloq rejalarini amalga oshirish uchun xali etarli darajada aniq emas. O’spirinlik yoshining ichki ziddiyatlari ana shulardan iborat. O’zining jismoniy taraqqiyotini anglash o’spirinda xususiy qadr-qimmatini ta’qid etish istagini, mustaqillik sari intilishni keltirib chiqaradi. O’spirin biron bir darajada o’zini ko’rsatishini xohlaydi. Bularning hammasi uning faolligini kuchaytiradi, ijodiy tashabbuskorligini rivojlantiradi, uni ijtimoiy hayotga olib kiradi, ma’suliyat va burch tuyg’usini oshiradi. Aytib o’tilgan hususiyatlar O’quv muassasasi talabasining ijtimoiy pozitsiyasini shakllantirish uchun o’spirinlik yoshini ayniqsa maqbul qilib qo’yadi. Ushbu davrda ayrim yomon illatlar ham shaxsda borligi yaqqol ko’zga tashlanishi mumkin.

YOshlik davri-bu shaxs balog’atga etishi va shakllanishining yakunlovchi bosqichdir. Bu eng avvalo mustaqillikning rivojlanishida namoyon bo’ladi. Hali o’spirinlik yoshidayoq shaxsda o’zini qaror toptirishga munosabati bilan o’zining va uning hususiyatlariga katta qiziqish uyg’onadi. YOsh yigit va qiz xuddi o’spirin kabi o’zining nimaga qodirligi bilishini istaydi. Lekin endilikda u erishgan natijada hayotiy timsol haqidagi umumlashgan tasavvur bilan taqqoslangan holda o’z faoliyatini boshlaydi. Yigit va qizlar tafakkurining falsafiy yo’nalishi ularni o’zicha tahlil qilishga, o’zicha kuzatishga va o’zicha belgilashga olib keladi.




Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish