Kichik guruh a’zolarining majburiyatlari:
Kichik guruhning xar bir a’zosi:
- o’rtoqlarining fikrini diqqat bilan eshitishi;
- guruh ishida faol qatnashishi va hamkorlikda ishlashdan bo’yin tortmasligi kerak;
- zarurat bo’lganda yordam so’rashi;
- undan yordam so’rashganda, boshqalarga o’z yordamini berishi;
- guruh ishining natijalarini baholashda ishtirok etishi;
- o’zining rolini yaxshi tushunishi va bajarishi;
- topshiriqni bajarishda, aniq vazifalarini bilishi kerak.
|
Har bir kichik guruhning etakchisi tayinlangani ma’qul.
Ularni passiv, o’z fikrini aytmaydigan yoki yaxshi o’zlashtiradigan, faol talabalardan tanlash mumkin. Etakchi turli funktsiyarni bajarishi mumkin, kichik guruh a’zolarining topshiriqni bajarishini nazorat qilishi lozim.
Etakchilar guruhning har bir a’zosini individual hissasini, rolini ko’rsatib berishlari kerak. Iloji borichi barcha o’quvchi – talabalarni etakchi rolida sinab ko’rgan ma’qul.
Kichik guruhlarga bo’linib dars o’tish uslubining bir necha modellari – variantlari mavjud. Ular komandalarning o’quv materialini o’zlashtirish natijasini yaxshilashga qaratiladi. Bunda o’qituvchi biron-bir material yoki o’tilgan darsni qisqacha tushuntirib, talabalarga topshiriq beradi. Topshiriq masala, mashq, savolga javob va boshqa shakllardagi nazorat ishi bo’lishi mumkin. Topshiriq komandalar ichida muhokama qilinadi. Keyin o’rganilgan mavzu bo’yicha har bir komanda a’zosi individual tarzda nazorat ishi yozadi. Har bir talabaning ballari jamlanib, umumiy komandaning bali chiqariladi. U shaxsiy va koman-da to’plagan ball bilan taqqoslanadi. Komandalarning olgan o’rinlari aniqlanib, to’plangan balga ko’ra rag’-batlantiriladi.
Ikkinchi modelda musobaqa (tanlov) o’tkaziladi. Bunda komanda a’zolar boshqa komanda a’zolari bilan muso-baqalashib ochkolar to’plashadi.
Uchinchi model, mozaika modeli deb ham ataladi. Bu model ko’proq katta guruh, aytaylik, 25-30 tadan talaba bor guruhlarda qo’llangani ma’qul. Guruhdagi talabalar soni bo’yicha o’qituvchi har bir komandaga 5 yoki 6 tadan talabani jalb qiladi. Har bir komanda tarkibidagi talaba soniga qarab, 5-6 savol yoki qismdan iborat materialni o’rganish uchun topshiriq beriladi.Har bir komandadan bir kishi bitta qismni yoki savolni o’rganadi.
Turli komandalardan shu qism yoki savolni olgan talabalar birga yig’ilib, o’quv topshirig’ini muhokama qiladilar. Bu guruhlarni ekspert guruhlari deb ataladi. Asosiy guruhlarni alfavitdagi harflar bilan talabalarni raqamlar bilan belgilaymiz.
Aytaylik, guruh 30 ta talabadan iborat. O’qituvchi ularni 6 tadan 5 ta guruhga ( A, B, V, G, D ) bo’ladi. Birin-chi guruh A, undagi talabalar A1, A2, A3, A4, A5, A6, ikkinchi guruh B, undagi talabalar B1, B2, B3, B4, B5, B6 va hokazo tarzida bo’linidi. Har bir talaba o’zining raqami bo’yicha asosiy komandasidan, ya’ni harf bo’yicha o’quv materialining ma’lum qismini yoki savolni o’rganish bo’yicha topshiriq oladi. So’ngra mutaxassislar guruhida
( raqamlar bo’yicha ) barcha 1 yoki 2 va hokazo raqamlar asosi-da yangi guruh tashkil bo’ladi. YA’ni mutaxassislar koman-dasi A1, B1, V1, G1, D1, ikkinchi komanda A2, B2, V2, G2, D2 va hokazo tarzida yangi komanda xosil bo’ladi. Har bir asosiy komandadan bir hil raqamdagi, lekin har hil ko-manda a’zolari to’planib, o’zlariga berilgan savol, top-shiriqni muhokama qiladalar. So’ngra har kim ekspertlar guruhidan o’zining asosiy guruhiga qaytadi.
Guruhning har bir qatnashchisi ekspertlar guruhida o’zi o’rgangan masalani gapirib beradi. Guruhning har bir qatnashchisi diqqat bilan o’rtoqlarining fikrini eshi-tishga xarakat qiladi. CHunki berilgan topshiriqni baja-rishning yagona yo’li o’rtoqlarining fikrini diqqat bilan tinglab, tahlil qilib, so’ngra gapirib berishdir. Undan tashqari, har bir talabada o’z topshirig’ini mufassal ba-jarish uchun stimul mavjud. Sababi, u berilgan savol, topshiriqni o’rtoqlari qay darajada o’zlashtirishlariga mas’ul.
Kichik guruhlarga bo’lib dars o’tishdagi to’rtinchi model avvalgi modellardan birmuncha farqlanadi. Bu modelda
kichik guruhdagi har bir talaba berilgan topshiriqni avval alohida o’zi bajarib, fikrini seminar daftariga yozadi. So’ngra guruh birgalikda hammaning fikrini o’rganib chi-qadi. Kichik guruh nomidan yagona javob tayyorlanadi, dars-da barcha guruhlarning javoblari eshitiladi va guruhni erishgan natijasi baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |