Ta’limning ilmiy bo’lishi;
Ta’lim va tarbiyaning birligi;
Ta’limning tizimli va izchil bo’lishi;
Ta’limda nazariyaning amaliyot bilan bog’liq bo’lishini ta’minlash;
Ta’limda onglilik, faollik va mustaqillikka erishish;
Ta’lim jarayonining ko’rsatmali va ko’rgazmali bo’lishi;
Bilimlarni puxta va tizimli o’zlashtirib olish;
Ta’lim jarayonida shaxsiy hususiyatlarni hisobga olish;
Ta’limda talabalarning yosh hususiyatlarini hisobga olish.
Ta’lim tamoyillarini guruhlarga ajratish va ularga tavsif berish ishi butunlay yakunlangan deya olmaymiz. CHunki yuqorida aytib o’tganimizdek bu tamoyillar davr talablari va ehtiyojlaridan kelib chiquvchi ta’lim hususiyatlariga qarab o’zgarishi mumkin. Bundan tashqari Kasbiy pedagogika va xususan didaktikaning fan sifatida mukammallashib borishi yangi bilimlarning xosil bo’lishi ham ushbu tamoyillarni guruhlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Shuning uchun ba’zi adabiyotlarda 7 ta, ba’zi adabiyotlarda 9 ta, ba’zi adabiyotlarda esa 10ta tamoyilni sanab o’tilgan. Õozircha biz 9 ta tamoyil guruhini ajratishni lozim topdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |