Pedagogik texnologiya-ta’lim shakli, usuli, uslublari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig’ilishini aniqlovchi psixologik-pedagogik ko’rsatmalarning majmuidir.
Pedagogik texnologiya-bu o’quv jarayonini amalga oshirilishining sermazmun texnikasidir. (G. Bespal’ko)
Pedagogik texnologiya-o’qitishning rejalashtirilgan natijalariga erishish jarayonining tavsiflaridir.
Texnologiya- bu san’at, mahorat va qobiliyat, ishlov uslublarining majmuidir. (Shepel’)
Pedagogik texnologiya-bu o’quv jarayonining loyihalashtirilishi, tashkil etilishi, o’tkazilish bo’yicha barcha tavsilotlari bilan o’ylab chiqilgan jamoa pedagogik faoliyatining modeli hisoblanadi. U talaba va pedagoglarga qulay sharoitlar yaratishi shart. (Monaxov)
Pedagogik texnologiya-bu ta’lim shakllarini optimizatsiyasini o’ziga maqsad qilib olgan inson va texnik resurslari va ularning o’zaro ta’sirini hisobga olgan holda o’qitish jarayonini tashkil etish, qo’llash va aniqlashning hamda bilimlarni o’zlashtirishning uslublaridir4. (YUNESKO)
Do'stlaringiz bilan baham: |