Kasb psixologiyasining tadqiqot metodlari umumiy tarzda quyidagi jadvalda aks ettirilgan.
|
|
|
Tadqiqot
|
Tadqiqot usular
|
Tadqiqotmetodlari
|
|
Vazifasi
|
guruhi
|
|
|
|
|
|
|
Shaxs
|
kasbiy
|
Genetik usullar
|
Longityud
|
|
metod, biografik
|
|
shakllanishining
|
|
metod,
|
|
|
kavzometriya,
|
|
tasviri
|
|
|
psixobiografiya,
|
tahlil
|
qilish
|
|
Kasblar tavsifi
|
|
metodi
|
|
|
|
|
|
|
Topshiriqlarni
|
tahlil
|
Qilish,
|
|
|
|
Praksimmetirik
|
hujjatlarni
|
o‘rganish,
|
mehnat
|
|
|
|
usullari
|
metodlari,
|
|
ko‘zatilayotganlarni
|
|
Muhim
|
kasbiy
|
Psixometrik
|
savol javob orqali o‘rganish
|
|
Maxsus
|
qobiliyatlar
|
testi,
|
|
belgilarni ulchash
|
usullar
|
muvaffaqiyatlarni o‘rganish testi,
|
|
|
|
|
qiziqishlari
|
|
|
buyicha
|
savol-
|
|
Shaxsning
|
kasbiy
|
Eksperimental
|
javoblar, ta’lim diagnostikasi
|
|
Tabiiy,
|
|
|
laboratoriya,
|
|
shakllanishini
|
usullar
|
shakllantiruvchi usullar
|
|
|
tushuntirish
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Tadqiqot
|
|
Matematik ishlov
|
Despersion,
|
|
korrelyasion,
|
|
usullariga
|
ishlov
|
berish usulari
|
faktorli (omilli) tahlil
|
|
|
berish
|
|
|
|
|
|
|
|
|
GENETIK USULLAR
Genetik metodlar uzok vaqt davomida shaxs kasbiy rivojlanishining o‘zgarishlarini tadqiq etish uchun mo‘ljallangan. Kasb psixologiyada longityud metod, psixobiografiya, individning kasbiy shaklanishini monografik tasvirlash usullaridan keng foydalaniladi. Longityud metod - bir xil yoshdagi sinaluvchilarning ularni rivojlanishi jarayonini ko‘p marotabali tizimli ravishda o‘rganishdan iborat. Longityud metodi insonlardagi turli xususiyat va sifatlarni o‘rganish maqsadida yillar davomida o‘tkaziladi. Longityud metodi psixologiyada XX ayerning 20-yillarida shakllana boshladi va asosan psixik genezisi va bolalar, yoshlar psixik prognozini ilmiy jihatdan asoslab berish uchun qo‘llanilgan. Keyingi yillarda (20-30 yil davomida o‘tkazilgan) davomli longityud tadqiqotlari jarayonida deyarli qo‘llanilmagan.
Longityud metod bir payetning o‘zida boshqa metodlarni qullanilishini xam nazarda tutadi. Jumladan, kuzatish, savol-javoblar, test, psixografiya, praksimmetriya va hokazo.
Longityud metodi yordamida olingan natijalar shaxsning yoshiga, ish stajiga, tadqiqot o‘tkazilgandagi ijtimoiy iqtisodiy sharoitlariga hamda kasbiy fa'oliyat turiga bog‘liq bo‘ladi. Longityud metodini kasb psixologiyasida qo‘llash orqali shaxs kasbiy shakllanishining individual o‘zgarishlarini o‘rganish imkonini beradi. Shuningdek, kasbiy faoliyatda rivojlanish, obro'-e’tibor qozonishning yo‘l-yo'riq va vositalarini aniqlash imkonini beradi.
Longityudni qo‘llashdagi qiyinchiliklardan biri sinovda ishtirok etayotganlarni tanlash hamda ularning sonining ko‘pligi va kamligida bilinadi. Keyingi muammo o‘lchovlar o‘rtasidagi oraliq masofalar hisoblanadi. Bu metod orqali insonlarda tadqiqotlar gohida bir yil, ayrim vaqtlarda esa undan ham uzoq vaqtlar oralig'ida o‘tkazilgan.
Shaxsning kasbiy shakllanishini o‘rganishda tadqiqot intervali sifatida kasbiy rivojlanish fazalari va bosqichlarini ajratib olish mumkin. Longityud metodidagi muammolardan biri uning davriyligini belgilash bo‘lib, bunda u 5-yildan 50 yilgacha davom etishi mumkin. Klassik longityud sifatida 1928 yildan bugungi kungacha davom etib kelayotgan Kaliforniya longityudini misol sifatida keltirish mumkin.
Longityud metodning kamchiligi uning davriyligidadir. Shaxsiy va kasbiy o‘zgarishlar tasodifiy yoki drammatik voqealarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Yillar davomida tekshiriluvchilar sonining qisqarishi, o‘rganilayotgan jarayonlarning mazmun mohiyati kengayib boradi. Longityud metodining qo‘llanilishini chegaralovchi omillardan biri shaxsni o‘rganish uchun ko‘p vaqtni ketishidir. Longityud metodining kamchiliklarini boshqa psixobiografik usullarni qo‘llash yordamida bartaraf etish mumkin.
Biografik usul - shaxs hayot yo‘lini o‘rganish va loyixalashtirish usullari, hayotiy dasturlar, kasbiy rejalar, kasbiy shaxsiy shakllanishining ssenariylarini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan. Biografik usullarga tarjimai hol, ma’lumotlarni o‘rganish, kasbiy mehnatdan qoniqish va boshqalarni kiritish mumkin.
Kavzometriya - Ye.I.Golovaxa va A.A.Kromiklar tomonidan taklif etilgan usul bo‘lib, u shaxsning psixologik vaqti va hayotiy sub’yektiv holatlarini tahlilini tadqiq etish metodi hisoblanadi. Bu intervyu quyidagi jihatlarni o‘z ichiga oladi: biografik savol-javob, muhim voqealar ro'yxatini tuzish, voqealarni keltirib chiqargan sabablarini aniqlash va boshqalardir. Intervyu natijalari kavzometriya shaklida tasvirlanadi.
Kavzometriya kasbiy muammo va inkirozlarni yechish uchun qo‘llaniladi. Psixobiografiya - shaxslarning hayot yo‘lini psixologik o‘rganish metodi hisoblanadi.Avval psixobiografiya siyosatchilarining obro'-etiborini, kishilarning individual kasbiy biografiyalarini o‘rganish maqsadida qo‘llanilgan. Kasb psixologiyada psixobiografiyani qo‘llash orqali shaxsning kasbiy maqsadlarining paydo bo‘lishi, kasbiy shakllanishdagi inqirozlar haqida qimmatli ma’lumotlarni olish imkonini beradi.
Anamnez metod - bu insoning mehnat sub’yekti sifatida rivojlanish tarixi haqidagi ma’lumotlarni yig‘adi. Bu usul Ye.A.Klimov tomonidan batafsil ko‘rib chiqilgan. Kasbiy anamnez mehnat motivlarini o‘rganish, tanqidiy voqealarni aniqlash, kasbiy faoliyatda obro'-etibor qozonishni oldindan tashxis qilishda qo‘llaniladi. Anamneztik tadqiqot o‘z ichiga suhbat tizimini olgani uchun, suhbat metodiga qo'yeladigan talablar bu usulga ham tadbiq etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |