4. Kasbiy buzilish tushunchasi va ularning oldini olishyo’llari.
Хodimlarning kasbiy buzilishlariga qanday omillar sabab bo‘lmoqda? Masalan, Rossiyada bu muammoni bir qator ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish natijasida psixolog olim A.V.Budanov 3 ta asosiy omillar guruhiga bo‘lib o‘rgandi, ya’ni:
– xizmat sohasining o‘ziga xosligi (spetsifikasi);
– shaxsiy fazilatlar omili;
– ijtimoiy-psixologik omillar1.
Bu tadqiqotni o‘tkazgan Rossiya psixologlari xodimlarning kasbiy buzilishlarini ularning ish tajribasi bilan solishtirganlarida quyidagi natijalarni taqdim qilganlar:
5-yilgacha ishlagan xodimlarda kasbiy tanazzul arzimas bo‘lib, bu toifa xodimlar xizmat sirini endi tushunib borayotganligi bois kasbiy buzilish past darajada;
6–10 yil ishlayotganlarda o‘rtacha darajada;
11–15 yil ishlayotganlarda kasbiy buzilish darajasi juda yuqori;
4) 15-yildan ortiq ishlayotganlarda esa axloqiy-kasbiy buzilishlar
bo‘lishi aniq.
Biroq, har qanday statistik ma’lumotlarning nisbiyligini inobatga olish lozim. Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmatidagi ko‘p yillik kuzatishlardan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, ko‘p ishlagan xodimlarda xizmat vazifalarini bajarishga nisbatan beparvolik, loqaydlik, sansalorlik (masalan fuqarolarning arizalarini ko‘rishda) kabi illatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanish holatlari ko‘plab uchraydi. Bularning sababi esa xodimning asosan surunkali ruhiy va jismoniy jihatdan zo‘riqishdir. Axloqiy-kasbiy buzilishning xavfli tomoni shundaki, uning eng past darajasi ham ichki ishlar idoralari xodimlarining shaxsiy va xizmat qobiliyatlariga jiddiy zarar yetkazadi.
Psixologik nuqtai nazardan bu muammoga xodimning shaxsiy xususiyatidan kelib chiqib yondashish qabul qilingan.
Xodimlarning kasbiy buzilishida ularning shaxsiy xususiyatlari ta’sirini rus psixologi A. V. Budanov quyidagicha tahlil qiladi1:
xodimning intellekti ta’siri (ya’ni, mustaqil fikrlash va mustaqil qaror qabul qilishi tormozlanadi, mustaqil tarzda o‘z ustida ishlashi va kasb mahoratini oshirishda layoqatsiz bo‘lib qoladi, ekstremal yoki kutilmagan vaziyatda qaror qabul qila olmaydi);
shaxsiy salbiy sifatlar ta’siri (ochko‘zlik, qo‘pollik, tajovuzkorlik, faqat o‘z manfaatlarini ko‘zlash, bilimsizlik, to‘porilik, o‘z shaxsiga yuqori baho berish) kabi.
Bu xususiyatlar xizmat ta’sirida (vakolat doirasining kengligi, xizmat kiyimidan havolanish, hammaning diqqat-markazida bo‘lish) xodimga yanada o‘ziga yuqori baho berishiga sababchi bo‘lib qolishi mumkin.
Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatining samarasini belgilovchi shaxsiy xususiyatlarini aniqlash uchun, avvalo, ushbu faoliyatning psixologik jihatlarini tahlil qilish, o‘ziga xos tomonlarini aniqlash, shu orqali bu faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari tizimini ishlab chiqish va yo‘lga qo‘yish talab qilinadi.
Xodimlardan yuksak madaniyatli, o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lish, murakkab sharoitlarda davlat manfaatlari, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qila olish, aholining har xil toifalari bilan ishlay olish, jinoyatchilikka qarshi kurashda zarur bo‘lgan ko‘nikmalarga ega bo‘lish talab etiladi.
Oxirgi paytlarda ichki ishlar idoralari xizmatiga tanlanayotgan nomzod ko‘pincha xizmat talablariga javob bermayapti. Shuningdek, tanlangan nomzodning shaxsiy salbiy sifatlari ifodalanishi forma kiyganidan keyin xizmat kiyimi va vakolati ta’sirida yanada zo‘rayadi.
Bundan tashqari, nomzodda xizmatda uchraydigan tashqi omillar ta’siriga ruhiy immunitetning rivojlanmaganligi, qaltis vaziyatda tez va aniq qaror qabul qila olish reaksiyasining pastligi, o‘ziga yuqori baho berishi, iroda qobiliyatlarining yaxshi rivojlanmaganligi, dunyoqarashiva madaniyat darajasining pastligi tufayli xizmat boshlagandan keyin qisqa muddat ichida uning axloqiy jihatdan yemirilishiga sabab bo‘ladi.
Kasbiy tanazzul avvalo, shaxsning o‘zida, keyinchalik esa uning harakatlari orqali kasb faoliyati va atrof – muhitidagi munosabatlardai fodabo‘lishni boshlaydi. Bu holat ichki ishlar idoralari jamoalarida ham yuz berishi mumkin. Masalan, spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish holati shu bo‘lim yoki bo‘linmada xizmat intizomining sustligiga dalil bo‘la oladi.
Kasbiy tanazzulning xavfli tomoni shundaki, u «latent», ya’ni yashirin tarzda kechadi. Tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘pgina holatlarda xodimning mast tarzda xizmatga chiqishini, avvalo, rahbarlarning o‘zlari (o‘zlariga gap tegmasligi uchun) yashiradilar. Intizomiy jazoga tortilmagan xodim esa mas’uliyat hissini sezmay, osongina qutulib ketadi. Bu hol atrofdagilarga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi.
Bu o‘rinda xodimlar bilan olib borilishi kerak bo‘lgan psixologik faoliyat haqida to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Zero, yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, aksariyat huquqbuzarliklar xodim psixologiyasidagi o‘zgarishlar, og‘ishlar natijasi deb oladigan bo‘lsak, ularga moyillikni aniqlash va psixologik profilaktika qilishni ichki ishlar idoralaridagi psixologik faoliyat orqali amalga oshirish mumkin.
Ajablanarlisi shundaki, inson psixikasi bilan ishlaydigan mutaxassislardan ko‘pchilik xodimlar negadir cho‘chishadi. Xodimlar psixologik, psixoterapevtlik yordamini psixiatriya xizmati bilan adashtiradilar va bu o‘z o‘rnida psixodiagnostika ishlarini qiyinlashtiradi.
Yuqorida aytib o‘tilgan holatlar bugungi kunning muhim muammosiga aylanganligini inobatga olgan holda respublika ichki ishlar idoralari tizimlarida muhim bir yangilik, ya’ni 2010 yilning 7 sentabr kuni IIVning 44-sonli buyrug‘i bilan joylardagi ichki ishlar bo‘limlarga «axloqiy psixologik ta’minlash guruhlari inspektori (katta inspektor)» shtat birliklari kiritildi.
Ularning xizmat vazifalariga quyidagilar kiritildi:
– shaxsiy tarkibni bir yilda bir marotaba majburiy psixologik diagnostikadan o‘tkazish hamda jamoadagi ruhiy muhitni o‘rganish, xodimlarning individual xususiyatlari, psixologik holatlari, asab turg‘unligi darajalari, qobiliyati, xizmatga yaroqliligi, shaxsiy tarkibning xizmatdan qoniqganligi va xodimlar o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlash va hokazo;
– xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni buzish, o‘z joniga qasd qilish (suitsid) holatlari, xizmat faoliyati davomida yuzagakeladigan turli qiyinchiliklar va yo‘l quyiladigan intizom buzilish sabablarini o‘rganib, ularning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish yuzasidan rahbariyatga takliflar kiritish;
– uzoq xizmat safaridan qaytgan xodimlarni xizmatga ko‘nikma hosil qilishlariga ko‘maklashish;
– ishga yangi qabul qilingan xodimlar bilan psixologik usullarni qo‘llab suhbat o‘tkazish va boshqalar.
Bu yangilik ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy buzilishi, uning kelib chiqish sabablarini tugatish yo‘llaridagi muhim qadamdir. Chunki ichki ishlar idoralari xodimlari davlat hokimiyatining vakili sifatida ish ko‘rar ekanlar, ularning har bir xatti-harakati odamlarning diqqat-e’tiborida turadi. Bir xodimning qilgan xatosi, qo‘polligi yoki pora olishi butun tizimni xalq oldida abgor qilishi, boshqa halol ishlayotgan xodimlarning obro‘siga putur yetkazishi mumkin. Shuning uchun kasbiy buzilishning oldini olish, unga yo‘l qo‘ymaslik bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari kasbiy buzilishlarining oldini olishda asosan qo‘yidagi yo‘nalishlardagi chora-tadbirlarni qo‘llash tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |