Mavzu: Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlari Reja: Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlari klassifikatsiyasi



Download 63,79 Kb.
bet1/9
Sana08.11.2022
Hajmi63,79 Kb.
#862445
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Маъруза 2


Mavzu:Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlari
Reja:
1.Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlari klassifikatsiyasi.
2. Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlaridan foydalanishni shakllantirish, genetik metodlar, praksimetrik metodlar, psixosamatik metodlar. Eksperimental metodlar haqida tushuncha.
3. Professiografik tadqiqotlarni o`tkazish.


1.Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlari klassifikatsiyasi.
Kasb psixologiyasini metodlarini tushuntirishdan avval metod nima va undan qanday foydalaniladi degan savolga javob berib ko‘ramiz. Metod yunoncha so‘z bo‘lib, tekshirish, izlanishning yo‘li, usuli kabi ma’nolami anglatadi. Metod - bu bilimga erishish usuli, olimning ma’lum tarzda tartibga solgan, ongli va izchil faoliyatidir. Har bir fan o‘z predmetini o‘rganish uchun ma’lum bir usullardan foydalanadi. Bu usullar o‘ziga xos yo‘lni tashkil etadi.
Kasb psixologiyasiga xos bo‘lgan o‘rganish bu shaxs va kasb o‘rtasidagi munosabatlarda aks etib, uning o‘rganish usullari o‘ziga xos holda boshqa fanlardan ajralib turadi. Kasb psixologiyasi bir butun fan sifatida juda keng masalalami qamrab oladi. Bularga yosh­lami kasb tanlashlari, ulami mehnat sharoitlariga moslashishlari, kasbni egallay olishlari, o‘z tanlagan kasbini ustasi va yuqori darajadagi mahoratni ko‘rsata olishlari va shu jumladan kasb egalarini shu kasbdan ketishlari kabi ko‘plab masalalami qamrab oladi. Bu esa kasb psixologiyasida metodni har bir ko‘rsatilgan davrda o‘ziga xos holda tanlab olishni talab qiladi. Buni tushunish uchun shuni ko‘z oldimizga keltirishimiz kerakki, kasb tanlash va undan o‘z hayoti davomida foydalanish insonni butun umrini qamrab oladi. Insonni hayot faoliyati davomidagi kasb bilan bog‘liq jarayonlarni ko‘pgina olimlar o‘rganib har biri o‘ziga xos holda ulami tasniflashgan.
Kasbni o‘rgangan ko‘pgina psixologlar ichida Klimov E.A. in­sonni kasbiy hayotini o‘ziga xos holda aniqroq shaklda tushuntirib beradi va ma’lum bir fazalarga bo‘ladi. Bular quyidagilar:

  • Optatsiya - kasbiy - o‘quv maskanlarida kasb tanlash davri;

  • Adaptatsiya - kasbga kirish va unga moslashish;

  • Internal fazasi - kasbiy malakani egallash davri;

  • Ustalik - mehnat faoliyatini mahorat bilan bajarish;

  • O‘rnak bo’la olish fazasi - kasb egasini yuksak darajada faoliyat ko‘rsata olishi;

  • Ustozlik - kasb egasini o‘z malakalarini boshqalarga bera olishi. [23,425.]

Bu yuqorida ko‘rsatilgan fazalaming o‘zi ham kasb psixologiya­sini usullari har bir davrda o‘ziga xos holda foydalanishni talab qilishini ko‘rsatadi. Deylik, o‘quv kasbiy maskanlarda endigina kasb tanlashga shaylanayotgan yoshlami kasbga bo’lgan munosabatlari o’ziga xos holda aniqlanib olingan usullarda kuzatiladi.
Kasb psixologiyasining metodlari asosan umumpsixologik metodlardan kelib chiqadi. Har qanday usul o‘rganilayotgan predmetning spetsifikasini aks ettiradi. Kasb psixologiyasi o‘zi o‘rganayotgan obyektni o‘rganish uchun umumiy, yosh davrlar, pedagogik psix­ologiya va shuningdek mehnat psixologiyasining metodlaridan foydalanadi. Kasb psixologiyasining maxsus izlanish metodlari bolib kasbiy psixobiografiyani tuzish, ziddiyatlami o‘rganish metodi, kas­bga yo‘nalgan grofalogiya, kasbiy mahoratni ekspert baholash meto­di, kasbiy deformatsiyani refleksiyasi va sh.k. lami tashkil etadi deb yozadi Rossiyalik psixolog E. F. Zeer. Bu kabi metodlar kasb psi­xologiya fanining maxsus metodlari hisoblanib endigina fan hayotiga kirib kelayotgan metodlardir.
Umuman olganda psixologiyani izlanish metodlari - bu faoliyatni o‘ziga xos ravishda tashkil etish natijasida psixik jarayonlarni mexanizmlarini, qonunlarini o‘rganish asosida yangi ob’yektiv bilimlami olishga qaratilgan usullardir. Kasbiy psixologiyaning usullari asosan ikki metodologik tamoillarga asoslanadi:
*subyektiv – o’zini o’zgartirishga qaratilgan kasbiy shakllanishga erishishni ta’minlovchi tamoyilga asosan olib bori­shi;
*obyektiv - kasbni egallashni tashqi belgilarini o‘rganish asosida psixik hodisalami bilish maqsad qilinadi.
Izlanish usullarining ikki shakli mavjuddir:

  • Longityud yoki uzoq davom etadigan izlanish;

  • Ko‘ndalang kesim asosidagi izlanish.

Longityud izlanish shaxsni yoki guruhni aynan bir xil parametrlar asosida uzoq va har doim kuzatishga asoslanadi. Longityud kasbiy shakllanishni individual yolini o‘rganib, undagi o‘ziga xos alohida tomonlami, kasbiy biografiyaning o‘ziga xos rivojlanish tomonlarini, kasbiy obro’ga ega bolish jarayonlarini ochib beradi. Longityud usulida o’z – o’zini kuzatish, psixobiografiya, panelli izlanishlar ishlatiladi. Panel - bu bitta ijtimoiy obyektni ma’lum vaqt ichida qayta - qayta o‘rganish usuli hisoblanadi.
Ko‘ndalang kesim asosidagi izlanishga esa har xil o’rganilayotgan guruhlarni taqqoslash nazarda tutiladi. Bu metod asosida o‘rganilayotgan ob’yektni ko‘proq qismini qamrab olish mumkin. Ko‘ndalang kesim asosidagi izlanishlarda so‘rov usullari, testlar, eksperimentlar tadbiq etiladi.
2. Kasbiy psixologiyaning tadqiqot metodlaridan foydalanishni shakllantirish, genetik metodlar, praksimetrik metodlar, psixosamatik metodlar. Eksperimental metodlar haqida tushuncha.

Rossiyalik psixolog E. F. Zeer kasbiy psixologiyaning izlanish metodlari sifatida beshta guruh usullarini ko‘rsatadi.


Birinchi - shaxsni kasbni egallash bilan bog‘liq psixologik xususiyatlami ta’riflab berish. Buning uchun longityud, so‘rov usullari (anketa, intervyu), psixo-biografiya ma’qul deb hisoblanadi. Zeer E. F. bulami genetik usulga tegishli deb belgilaydi.
Ikkinchi - kasbni psixologik xarakteristikasi. Kasbni psixologik mazmunini o‘rganish, faoliyat mahsulotlarini o‘rganish, mehnat usul­larini o‘rganish, hujjatlami tahlil qilish, so‘rovli kuzatish, professografiya kabilar orqali bilish mumkin. Bu guruh usullari proksimetrik usullar deyiladi. Ulami kasb psixologiyasi uchun guruhlashni katta ahamiyati bo‘lib, ko’p qirrali metodlami tizimlashtirishga yordam beradi. Jadval: [21, 17. ]



Download 63,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish