Mavzu: Kasbiy-pedagogik ta’limning tarixi: muammolar va rivojlanish istiqbollari
Ta’lim jarayoni pedagogik jarayonning ajralmas, muhim qismlaridan biri boTib u о‘qitish, bilim, ko‘nikma va malaka hosil qilish masalalari bilan shug‘ullanadi. Ta’lim nazariyasi “didaktika” tushunchasi bilan ham ifodalanadi. “Didaktika” so‘zi grekcha “didasko” so‘zidan olingan bo‘lib, “o‘qitish, o‘rgatish” degan m a’noni bildiradi. Didaktikaning o‘rganish obyekti o‘quv jarayoni, o‘quv jarayonining rivojlanish qonuniyatlari, о‘qitish tamoyillari, metodlari va shakllaridir. Ta’lim jarayonining asosiy mohiyati tarixan to‘plangan ijtimoiy bilim va tajribani yosh avlodga yetkazish, avlodlar o‘rtasidagi o‘zaro bog’iqlikni m a’lum tizim orqali amalga oshirish bo’ib hisoblanadi.
Pedagogik jarayon - bu o‘qituvchi va talaba bilimlarini, ko‘nikma va malakalarini amaliyotda qo‘llasbni o‘z ichiga qamrab oladi. Kasb ta’limi jarayonida mazmun, o‘qish, o‘qitish, tarbiyalash asosiy bog‘lovchi komponentdir. Ta’lim bilish faoliyatining turi sifatida pedagogika fanida bir necha asosiy m a’noni anglatadi. Y a’ni bu: talabalarda bilim, 14 malaka va ko‘nikmalami hosil qilish: ularda dunyoqarash, fikr va e’tiqodlarni shakllantirish; o‘quvchilaming muayyan darajada o‘qimishli, madaniyatli, tarbiyali chin inson bo‘lishiga erishish; ulaming qobiliyatlarini o‘stirishdan iboratdir. Ta’lim - insoniyat tajribasining ma’lum tomonlarini, ya’ni talabalar ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi talabiariga muvofiq darajada bilim va tarbiyaga ega boMishlarini ta’minlaydigan faoliyatdir.
Demak, pedagogik ta’lim jarayonining mazmunini bilim, ko‘nikma va malakalar tashkil qiladi. Talabalar o‘qish orqali bilim bilan qurollanadilar. Bunda bilimning o‘zi kifoya qilmaydi. Uni hayotda ko‘p unum beradigan qilib qo‘llay olish lozim. Buning uchun esa talabada ko‘nikma va malaka hosil qilish zarur.
O‘quv jarayonida eng asosiy, eng muhim bilimlar - fanlarning asoslari o‘rganiladi. Ammo shunga qaramay hozirda o‘rganish zarur bo'lgan yangi-yangi fanlarning tarmoqlari (ekologiya, EHM, oila psixologiyasi, iqtisodiyot asoslari, m a’naviyat asoslari) vujudga kelmoqdaki ular ta’lim hajmini benihoya kengayishiga sabab bo‘hnoqda. Bunday muammolar hozirda deyarli barcha davlatlarda mavjud va har bir davlat bu muammolami o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda hal etishga harakat qilmoqda. Biz bu muammolami ta’lim tarnoyillarini (prinsiplarini) buzmagan holda, yosh avlodning sogiigiga ziyon yetkazmagan holda yechimini topishga harakat qilmoqdamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |