Pedagogik amaliyot kundaligi
2
TALABA UCHUN PEDAGOGIK AMALIYOT TO'G'RISIDA
1.Pedagogik amaliyot davlat standartidagi mutaxassisni - yuqori malakali
psixologni tayyorlashda o'quv jarayonining eng muhim shartlaridan biri
hisoblanadi. Amaliyot davrida talaba o'z mutaxassisligi bo'yicha ilmiy va nazariy
bilimlarini tajribada sinovdan o'tkazadi, bolalarni
kuzatishning ilmiy-metodik
tomonlarini o'zlashtirish bilan bog'liq bo'lgan sir-asrorlarini egallaydi, eng muhimi,
predmet bo'yicha bayon etilgan mavzu yuzasidan o'quvchilarga bilim berish,
iqtidor hosil qilish, ularda fanga, ilmga nisbatan qiziqish uyg'otish va ijobiy fikrni
tarbiyalash, Vatanga muhabbat tuyg'usini yuzaga keltirishning amaliy usullarini
tatbiq etishning yo'l-yo'riqlarini o'zlashtirib oladilar.
Pedagogik amaliyot jarayonida ta’lim-tarbiyaning qonuniyatlarini to’liq
tadqiq etish, kasbiy ko’nikma va malakalarni, amaliy faoliyat tajribasini egallash,
o’qituvchilik ishining ilmiy-nazariy asoslarini
tushunib olish jarayonida,
talabalarda o’sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashdek ulug’ ishda faol
qatnashayotganligidan faxrlanish tuyg’usini sezish mumkin.
Talabada pedagogik amaliyotning yaxlitligi, g’oyaviy-siyosiy, aqliy, manaviy,
me’hnat, iqtisodiy, ekologik, estetik, jismoniy va boshqa tarbiya yo’nalishlarini,
mehnat va pedagogik hamkorlikni tarkib toptirish, ularga ta’lim muassasalari, oila
va jamoatchilikning bola tarbiyasidagi harakatlari birligini, o’qituvchi
va yoshlar
tashkilotlarining o’zaro hamkorligi haqidagi tushunchalarni tartib bilan
tanishtirishda pedagogik amaliyotning ahamiyati kattadir.
Pedagogik amaliyotda faol ishtirok etishni ta'minlash talabalarning ta'lim
muassasasini boshqarishning ilmiy asosini o'rganishga, o'quv jarayonining
samarali usullarini joriy qila bilishga imkon beradi.
Pedagogik amaliyotni o'tash uchun nazariy va amaliy ta'limning o'quv
rejalarini to'la bajargan talabalarga raxsat beriladi.
2.Talaba pedagogik amaliyotdan oldin fakultet metodistlaridan amaliyot
kundaligi va dasturini olishi hamda bajarishi lozim bo'lgan ishlarning mohiyati
bilan tanishib tavsiya etilgan adabiyotlar ro'yxatini olishi kerak.
3.Amaliyot davrida talaba quyidagilarni bajarishi shart:
-maktab o’quvchilari bilish faoliyatining ayrim
xususiyatlarini psixologik-
pedagogik o’rganish dasturi bilan tanishish;
-Pedagogik va psixologik tadqiqot kompleks usullarini o’rganish;
-Amaliyotchilar o’quvchilar shaxslararo munosabatlarni o’rganish;
-Maktab
o’quvchi
va
o’qituvchilariga
psixologik
xizmat
ko’rsatish
(psixokonsultasiya, psixokorreksiya, psixologik maslahat, psixoprofilaktika);
-O’quvchilar bilan sinfiy treninglar va individual tarzdagi bilish jarayonlarini
aniqlaydigan testlar o’tkazish;
Pedagogik amaliyot kundaligi
3
-Maktabda mavjud bo’lgan “Maxsus ro’yxat”da turuvchi o’quvchilar bilan
individual suhbatlar olib borish;
-Maktabda psixolog shtat birligida ishlayotgan xodim bilan hamkorlikda
ishlash;
-Sinf rahbarlariga sog’lom psixologik muhitni yaratish bo’yicha tavsiyalar
berish va
ishlab chiqish;
-Maktab jamoasi tomonidan tashkil etilgan tadbirlarga faol qatnashish;
-Amaliyot jarayonida o’z sohasiga oid tadqiqotlarini olib borish;
-Kasbiy mahorat bo’yicha o’tkazilgan tadqiqotlar natijalari to’g’risida
hujjatlarni rasmiylashtirish;
-O’quvchilar psixologik muammolar bo’yicha topshiriqlarni bajarish;
-Pedagogik va o’quv faoliyatining tadqiqot metodlari bilan ishlashni o’rganish;
-O’quvchilar bilan o’tiladigan fanlarning o’qitilishi va metodikalari bilan
tanishish, o’quv fanlaridan darslarini kuzatish;
-Maktabda psixologik-pedagogik va ijtimoiy fikrni o’rganish;
-Bo’lg’usi
psixolog-o’qituvchi sifatida shaxsiy-pedagogik faoliyatning
xususiyatlarini o’rganish;
-Maktab ilg’or, ijodkor o’qituvchi-pedagoglarining ish tajribalarini o’z
faoliyatlarida qo’llash maqsadida o’rganish;
-O’quvchilar jamoasiga pedagogik-psixologik
tavsifnoma yozish maqsadida
materiallar yig’ish va uni tahlil qilish;
-Maktab sinflarida pedagogik va psixologik muammolar bo’yicha mustaqil
topshiriqlar bajarish;
-Amaliyot tugagandan so'ng talaba uch kun ichida ta'lim muassasasi
o'qituvchilarining tavsifnomasi bilan pedagogik amaliyot bo'yicha ushbu kundalik
hisobotni va quyidagilarni fakultet metodistiga topshirishi kerak:
-bir o'quvchi va butun sinfga batafsil psixologik tavsiyanomasi,
sinf bilan
ishlasli rejasi;
-oitita sinov darsining konspekti, kuzatilgan darslarning tahlili, kundalik
yuzasidan hisobot;
Amaliyot darslari va bajarilgan ishlar haqida salbiy tavsifnoma olgan yoki
amaliyotdan qoniqarsiz baho olgan talabalar ta'til
davrida qayta amaliyotga
yuboriladi yoki universitet talabalar safidan chiqariladi.
Ta'lim muassasasining ichki tartibini buzgan talabalarga jazo berilishi mumkin,
bu haqida universitet rektoriga xabar beriladi.