Yo’riqnoma va xavfli ishlarga maxsus ruxsatnoma berish
Korxona ma’muriyati hamma ish joylarini kerakli texnik uskunalar bilan ta’minlashga va mehnat muhofazasiga mos sharoitni yaratishga majburdir.
Mehnat qonunchiligida korxonada mehnatni tashkil qilish direktor va bosh muhandisga yuklatilgan. Alohida bo’limlar bo’yicha javobgarlik esa sex va bo’lim boshliqlariga yuklatilgan. Korxonada mehnat muhofazasini tashkil qilishni boshqarish bosh muhandis zimmasidadir.
Mehnat haqidagi qonunlar majmuasida mehnatni muhofaza qilish ishlariga ma’lum tartib bo’yicha jihozlar va mablag’lar ajratiladi. Bu mablag’larni boshqa maqsadlarga ishlatish ta’qiqlangan.
Korxonalarda ishchi va hizmatchilarni xavfsiz ishlash usullariga o’rgatish ishlarini to’g’ri tashkil qilish, jarohatlarning kamayishiga olib keladi.
To’qimachilik korxonalarida quyidagi yo’riqnoma turlari qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |