2.5. Pedagogik texnologiyalarga talablar
Har qanday pedagogik texnologiya ba’zi bir metodologik talablarga yoki texnologiklik mezonlariga javob bera olishi kerak. Pedagogik texnologiyalarning asosiy sifatlari quyidagilarda ifoda etiladi:
Kontseptuallik. Har bir pedagogik texnologiyaga ta’lim maqsadlariga erishish falsafiy, psixologik, didaktik va ijtimoiy-pedagogik asoslarini ichiga oluvchi ma’lum ilmiy kontseptsiyaga tayanish xos bo’lishi kerak.
Sistemalilik. Pedagogik texnologiya sistemalilik belgilariga ega bo’lishi kerak: jarayonning mantiqi, uning hamma qismlari bog’liqligi, yaxlitligi.
Boshqariluvchanlik. O’qitish jarayoni diagnostik maqsadni ko’zlash, rejalashtirish, loyihalashtirish, bosqichma-bosqich diagnostika qilish, natijalarni tuzatish maqsadida vosita va metodlarni o’zlashtirish mumkinligini ko’zda tutadi.
Samaralilik. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar aniq sharoitlarda mavjud va natijalar bo’yicha samarali, harajatlar bo’yicha optimal bo’lishi, o’qitishning ma’lum standartiga erishishni kafolatlashi kerak (ya’ni, 70% foizdan ortiq o’quvchilar “yaxshi” bahoga va “a’lo” bahoga o’qishlari kerak).
Qayta yangilanish. Pedagogik texnologiyani boshqa bir turdagi ta’lim muassasalarida, boshqa sub’ektlar bilan qo’llanilishini (takrorlanishini, qayta tiklanishini) nazarda tutadi.
Falsafiy nuqtai nazarlar ta’lim mazmunida, o’quv fanlari mazmunida ancha aniq kuzatiladi. Ammo ko’pincha ularning g’oyaviylik yo’nalishlarida birlik bo’lmaydi, yagona umumiy falsafiy asoslar yo’q. O’zbekiston Respublikasida zamonaviy ta’lim mazmuni ana shunday ziddiyatlar bilan farq qiladi.
Ta’limning metodlari va vositalarida falsafiy asoslarni aniqlash qiyinroq. Bir xil metodlar g’oyalari bo’yicha umuman qarama-qarshi texnologiyalarda qo’llanilishi mumkin. SHuning uchun bir texnologiya u yoki bu falsafiy asosga moslanishi mumkin (misol uchun: o’yin).
Zamonaviy jamiyatshunoslikda u yoki bu darajada ta’lim jarayonida mavjud bo’lgan falsafiy yo’nalishlar, maktab, oqimlar ko’p turlari mavjud.
Umumpedagogik texnologiyalarda asosiy falsafiy muammolari
Pedagogik texnologiyalar kontseptsiyalarida eng aniq ko’rinadigan bir necha bir-biriga mos falsafiy asoslarni ajratib ko’rsatamiz: materializm va idealizm, dialektika va metafizika stseptizm va tabiiy muvofiqlik, insonparvarlik va antiinsonparvarlik, antroposofiya va teosofiya, pragmatizm va ekzistentsializm.
Materializm. Ta’lim ma’lumotlari milliy zahiralarida – O’zbekistonning - o’quv metodik adabiyotlarda eng avval dialektik-materializm falsafiy yo’nalishlar aks ettirilgan: maktab ta’lim muammolarini boshqacha tushunish sobiq sovet davrida bema’ni hisoblangan. An’anaviy ta’lim tizimi aynan ana shu falsafaga asoslangan. SHu bilan birga jahon pedagogika fani va amaliyotida har tomonlama rivojlanish (ma’naviy, g’oyaviy, intellektual, estetik, jismoniy) masalasini samarali hal etuvchi dunyoqarash muammolariga bir qator alьternativ yondoshishlar mavjud.
Insonparvarlik – insonni shaxs sifatida qadrlovchi, uning erkinligi, baxti, rivojlanishi va hamma qobiliyatlarini namoyon etish huquqini tan oluvchi dunyoqarash sistemasi. Bu sistema inson farovonligini ijtimoiy hodisani baholash mezoni, tenglik printsipini – haqiqat, insoniylikni esa – jamiyatdagi munosabatlar istalgan qoidalari deb hisoblaydi.
Insonparvarlik falsafasiga antroposofiya, pedotsentrizm, erkin tarbiyalash, tabiati muvofiqligi, neopizitivizm, pozitiv ekzistentsilizm kabi yo’nalishlar qo’shiladi.
Teosofiya diniy yo’nalish maktablari mazmun asosi hisoblanadi. Teosofiya insonparvarlik paradigmasi xalq pedagogikasida ancha chuqur ildizlarga ega, yoshlarda yomonlik va yaxshilik, shavqatlilik xulqi haqida tasavvurlarini ancha to’g’ri shakllantiradi.
Antroposofiya muataassiblik tuzilishlar, sektantliklar bilan hech qanday bog’liqligi yo’q, u moddiy emas, ma’naviy qadriyatlarni o’rganishga qaratilgan dunyoqarashga qat’iy mo’ljallangan maqsadni ko’zlaydi, u hayot maqsadi haqidagi, mazmuni haqidagi safollarga javob beradi. Pedotsentrizm falsafasi antroposofiyasiga yaqin.
Pedotsentrizm – falsafiy tarbiyaning bir yo’nalishi bo’lib, u bolaning qiziqishlari va talablarini birinchi o’ringa qo’yishdan kelib chiqadi. Pedagogikaning asosiy vazifasi bolalar rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish deb biladi.
Ekzistentsializmning falsafiy kontseptsiyasi “inson o’zidan nima qilsa ana shudir” tezisidan kelib chiqadi. Klassik ekzistentsializm vakillari ekzistentsiya ma’nosini, uning ma’naviy mohiyatini negativ xususiyatli xissiyot va kayfiyatlardan (qo’rquv, gunohkorlik, noumidlik) iborat deb bilganlar, neaekzistentsialistlar esa ko’tarinkilik, sovuqqonlik, ishonch, kelajakka ishonish va umid xissi kabi fazilatlar bilan ekzistentsiyani boyitib, ba’zi gumanistik g’oyalarni asos qilib oladilar. Ana shu xislatlar hisobiga deb hisoblaydilar ular, insonning ma’naviy tanlovi ongli va aniq bo’ladi, uning dunyoga faol munosabati muhim sharti bo’lib ishtirok etadi.
Muvaffaqiyatga erishish inson hayotining asosiy maqsadi deb hisoblab, tarbiyaning pragmatik kontseptsiya tarafdorlari insonni oldiga yuksak maqsadlar qo’yish, ijtimoiy g’oyalarga intilishlardan ozod etib muvaffaqiyatni inson hayoti faqatgina individual doirasi bilan chegaralaydilar.
Zamonaviy neopragmatik falsafa shaxsning individuallistik nuqtai nazari va uni insonparvarlik yo’nalishi qarama-qarshiliklarini murosaga keltiradi.Insonparvarlik yo’nalishiga alьternativ deb stsientistik – texnokratik kontseptsiyasi hisoblanadi. Ratsionalizm, ochiq-oydin insonparvarlikka qarshi nazariya (Irqiy, millatchilik va boshqalar).
Stsientizm dunyoqarash yo’nalishi sifatida insoniy jamiyat madaniyati tizimida fan va texnikaning rolini absolyutizatsiyalashda o’zini namoyon etadi. Paradigma sifatida qaraladigan umuman ilmiy bilim namunalari tabiiy va aniq fanlarga xos bo’lgan bilimlar qurish uslubi va umumiy metodlari absolyutlashtiriladi. Stsientik ko’rsatmalar aniq va texnik fanlarga tashqi taqlid qilishda ifoda etiladi: matematik belgilarni sun’iy qo’llashda, sxemalashtirishda, nazariylashtirishda, texnologiyalashtirish va texnikalashtirishda.
Do'stlaringiz bilan baham: |