Mavzu: Karrupsiyaga qarshi kurshish sohasidagi xalqaro huquqiy hujjatlar tasnifi bmt ning transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bmt ning davlat mansabdor shaxslarning harakatlarining xalqaro kodeksi Reja Kirish


Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari



Download 256,27 Kb.
bet3/3
Sana29.04.2022
Hajmi256,27 Kb.
#594977
1   2   3
Bog'liq
Azamjon Akramov

Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari
Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;
ochiqlik va shaffoflik;
tizimlilik;
davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi;
korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi;
javobgarlikning muqarrarligi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta'minlash.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi.
3. Xalqaro konvensiya va BMTning rezolyutsiyalariga binoan, BMTning Narkotik va jinoyatchilikka qarshi kurash tashkilotining asosiy maqsadlari bu – a’zo davlatlarda narkotik moddalarni nazorat qilish, transmilliy jinoyatlar va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi konvensiyalarning bajarilishiga ko‘maklashish, shuningdek jinoiy sud jarayonlarini isloh qilish, terrorizm va odam savdosi kabi illatlarni oldini olishdan iborat.
BMTning Narkotik va jinoyatchilikka qarshi kurash tashkilotining mintaqaviy vakolatxonasi Markaziy Osiyo davlatlariga noqonuniy giyohvand moddalarining savdosi va iste’molini kamaytirish, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, shuningdek terrorizmga aloqador jinoyatlarga jazo berish va terrorizm haqida ogohlikka chaqirish sohasida ko‘maklashib kelmoqda. Ushbu tashkilotning mintaqaviy vakolatxonasi Toshkent shahrida joylashgan bo‘lib, uning mintaqaviy ofislari Bishkek (Qirg’iziston), Dushanbe (Tojikiston), Ashxobod (Turkmaniston), Ostona va Olma-Ota (Qozog’iston), shuningdek Boku (Ozarbayjon) shaharlarida ham mavjuddir.

O‘zbekiston o‘zining 30 millionlik aholisi bilan Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynab kelmoqda. BMTning Narkotik va jinoyatchilikka qarshi kurash tashkilotining mintaqaviy vakolatxonasi noqonuniy giyohvand moddalar aylanishi, jinoyatchilik, giyohvand moddalar savdosi, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashga yo’naltirilgan loyihalarni amalga oshirish yo’li bilan aholi, ayniqsa yoshlar salomatligini saqlash va xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha masalalarni hal etishda O‘zbekistonda 1993-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.


Hozirgi kunda ushbu tashkilot bilan hamkorlikda quyidagi qo‘shma loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda:
1.“Giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarining qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishiga qarshi kurashish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazi (CARICC)ni tashkil etish” Mintaqaviy loyihasi (loyihaning umumiy qiymati – 15,4 mln. AQSh doll.). Loyiha doirasida CARICC ni tashkil etish bo’yicha shartnomaning ishtirokchi-davlatlari milliy koordinatorlari Kengashining bir qancha yig’ilishlari o’tkazilib, faoliyatning dolzarb masalalari ko’rib chiqildi, yaqin 2 yildagi faoliyatning eng asosiy yo’nalishlari belgilab olindi.
2. “Treatment II – narkotik moddalarga qaramlikni oldini olish va uning sog‘liq uchun salbiy oqibatlari” Mintaqaviy loyihasi (loyihaning umumiy qiymati – 1 mln. 490 ming AQSh doll.). Sog‘likni saqlash, Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirliklarining 7 ta mutahassislari loyiha doirasida 2009-yil 24-avgustdan 17-sentabrgacha Toshkent shahrida o’tkazilgan mintaqaviy treninglarda o‘qitildi. 2010-2011 yillarda loyihani amalga oshirish dasturiga muvofiq o‘qitish treninglari tashkillashtirildi.
3. “Oilaviy hayot ko‘nikmalarini shakllantirish dasturi vositasida yoshlar o‘rtasida psixoaktiv moddalarning noqonuniy iste’mol qilinishi, OIV/OITS va jinoyatchilikni oldini olish” Mintaqaviy loyihasi. O‘zbekiston ushbu loyihada 2017-yilga qadar ishtirok etadi. Hozirgi kunda ushbu loyiha doirasida Toshkent shahri va respublikaning uch viloyatida maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar uchun “Oila va maktab birgalikda” dasturi amalga oshirilmoqda.
4. “Chegara punktlarini mustahkamlash orqali Afg‘onistonning shimoliy marshrutlari orqali o‘tuvchi noqonuniy opiatlarning aylanishiga qarshi kurashish” Mintaqaviy loyihasi (loyihaning umumiy qiymati – 1,3 mln. AQSh doll.).
O’zbekiston Respublikasiga kiruvchi va tranzit orqali MDH mamlakatlari o’tuvchi shaxslar va transport vositalarining asosiy oqimi o’zbek-tojik chegarasidagi «Oybek-avtoyo’l» o’tkazuv punkti orqali amalga oshirilishi hisobga olingan holda, asosiy tehnik hamkorlik oqimi ushbu nazorat-o’tkazuv punktiga yo’naltirilgan.
4. O‘zbekistonda barcha darajalarda korrupsiyaga qarshi kurash ketmoqda, shuning jumlasiga mamlakatning korrupsiyaga qarshi BMT konvensiyasiga qo‘shilganligini aytib o‘tish mumkin. O‘zbekiston bu Konvensiyani 2008 yilda ratifikatsiya qilgan. Hozirgi paytda dunyoning 177 mamlakati ushbu Konvensiya ishtirokchilaridir. Konvensiyaning maqsadlari sifatida korrupsiyaning oldini olishda samaraliroq va natijaga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni qabul qilish va mustahkamlashga ko‘maklashish, jumladan, aktivlarni qaytarish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilish, halollik va pora olmaslik, mas’uliyatni, shuningdek, davlat ishlari va davlat mulkini tegishli tartibda boshqarishni rag‘batlantirish kabilarni keltirish mumkin.

O‘zbekistonda BMTTD milliy hamkorlar bilan davlat organlarining ochiqligi va hisobdorligini oshirish yo‘li bilan korrupsiyaning oldini olish sohasida o‘zaro faoliyat ko‘rsatadi. BMTTDning takliflari 2015 yil uchun korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha majmuaviy rejaning ishlab chiqilishida aks etgan.



Korrupsiyaning oldini olish sohasidagi hamkorlik samarali boshqaruv sohasidagi loyihalar portfelida yaqqol namoyon bo‘ladi va davlat organlarining ochiqligi va oshkoraligi, davlatning ochiq ma’lumotlari, qonunchilik hujjatlarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi, qonunchilik hujjatlarini tartibga solish ta’sirni baholash tizimi (QHTSTBT), davlat xizmatiga konkurs asosida qabul qilish va mansabdor shaxslarning kasbiy ahloq kodeksi kabi masalalarni qamrab oladi. Bundan tashqari qator davlat xizmatlari bo‘yicha ma’muriy tartiblarni soddalashtirish, masofadan elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish, milliy darajada va tajriba viloyatlarida ochiq ma’lumotlar portali, Oliy sud rasmiy veb-saytini, shuningdek, xo‘jalik sudlarida audio-video yozib olish tizimini modernizatsiya qilish kabilarni ta’kidlash mumkin. Korrupsiyaning oldini olishda xalqaro hamkorlikni qo‘llab quvvatlash uchun 2015 yilning iyun-iyul oylarida O‘zbekistondagi BMTTD BMTning korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi bo‘yicha mamlakat majburiyatlarining  va  korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Istanbul harakat rejasini bajarilishini o’rganuvchi missiyaning tashrifini tashkil qilishga texnik ko‘mak ko‘rsatdi.


Shunisi diqqatga sazovorki, BMTTD O‘zbekistondagi BMTning Narkotik va jinoyatchilikka qarshi kurash tashkiloti (UNODC) bilan hamkorlikda Bosh prokuraturada mamlakatda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni tushuntirish, tadbirkorlikni mansabni suiiste’mol qilish va buyruqbozlik to‘siqlaridan himoyalash, prokuratura organlari faoliyatining ochiqligi va oshkoraligiga bag‘ishlangan ochiq eshiklar kunlarini o‘tkazishni tashkil qilmoqda. Bu chora-tadbirlar korrupsiya muammolari va korrupsiyaning oldini olish va u bilan kurashishda Konvensiyaning rolini tushunishni chuqurlashtirish uchun BMT Bosh Assambleyasi tomonidan e’lon qilingan va har yili 9 dekabrda nishonlanadigan Korrupsiyaga qarshi kurash xalqaro kuni doirasida amalga oshirilmoqda. 2003 yilning ayni shu kuni Korrupsiyaga qarshi BMT Konvensiyasi imzolash uchun ochilgan edi.
Jahon bo‘ylab barcha hukumatlar, biznes tuzilmalar, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolar bu jinoyatga qarshi kurashda o‘z harakatlarini birlashtirmoqdalar. Hamkorlikdagi xalqaro kampaniya 2015 (#breakthechain – bu yovuzlik iskanjasini parchalashga yordam ber) korrupsiyaning demokratiya va qonun ustuvorligini qanday buzayotganligi, inson huquqlarining buzilishiga olib kelayotgani, bozorlarga talofat yetkazayotgani, hayot sifatini pasaytirishi va uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va inson xavfsizligining boshqa tahdidlari rivojlanishiga imkon yaratishini ko‘rsatib berishga bag‘ishlangan. Mazkur kampaniya dunyoning ijtimoiy tarmoqlarida ham keng yoritilmoqda.
#breakthechain kampaniyasi tashkilotchilari kompleks jinoyat sanalgan korrupsiya ko‘plab iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda mavjud ekaniga e’tibor qaratmoqdalar. Korrupsiyaga qarshi kurash barqaror rivojlantirish, xususan, qashshoqlikka barham berish, sayyoramizni himoya qilish va ijtimoiy tenglikni ta’minlash sohalarida maqsadga erishishning muhim tomoni hisoblanadi.
O‘zbekistonda BMTTD davlat sektorida korrupsiyaning oldini olish sohasida milliy hamkorlar bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyor. Bu ustuvor jihatlar BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan 2016-2020 yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyotga ko‘mak dasturi (UNDAF)da O‘zbekiston Hukumati bilan birgalikda belgilanib, kelishib olingan.


Xulosa
Korrupsiya – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat.Korrupsiya faoliyati xufyona iqtisodiyotning asosiy turlaridan biri hisoblanadi.Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat amaldorlari tomonidan shaxsiy maffatlarni ko‘zlab, boylik orttirish maqsadida fuqarolardan pora olish, qonunga xilof pul daromadlarini qo‘lga kiritish tushuniladi. Ammo, umuman olganda, davlat amaldorlarigina emas, balki, masalan, firmalarning menejerlari ham korrupsiyaga doir munosabatlarning ishtirokchilari bo‘lishi; pora pul bilan emas, balki boshqa shaklda berilishi mumkin; korrupsiyaga doir munosabatlarning tashabbuschilari ba’zan davlat amaldorlari emas, balki tadbirkorlar hisoblanadi.
Etimologik jihatdan “korrupsiya” atamasi “buzish, pora evaziga og‘dirish” degan ma’noni anglatadigan lotincha “corruptio” so‘zidan kelib chiqqan. YUridik ensiklopediyamualliflarining ta’kidlashicha, “korrupsiya – mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat”.
“YUridik atamalar qomusiy lug‘ati”da korrupsiya tushunchasiga “davlat funksiyalarini bajarish vakolatiga ega bo‘lgan (yoki ularga tenglashtirilgan) shaxslarning noqonuniy tarzda moddiy va boshqa boyliklar, imtiyozlarni olishda o‘z maqomi va u bilan bog‘liq imkoniyatlardan foydalanishi, shuningdek, bu boylik va imtiyozlarni jismoniy yoki yuridik shaxslar qonunga xilof ravishda egallashiga imkon berishi”, deb ta’rif berilgan. YAna boshqa adabiyotlarda e’tirof etilishicha, korrupsiya atamasi “siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat bo‘lib, mansabdor shaxslar o‘zlariga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boyish maqsadida foydalanishidan iborat”, deb tavsiflangan.
1979 yil 17 dekabrda qabul qilingan Huquqiy tartibotni saqlash bo‘yicha mansabdorshaxslarning xulq-atvor kodeksida: “Korrupsiya tushunchasi milliy huquqda belgilanishilozim”, deb qayd etilgan, lekin mazkur hodisaning namunaviy ta’rifi keltirilgan:“...mansabdor shaxs o‘z mansab vakolatlari sohasida har qanday shakldagi haq evaziga mazkurhaqni beruvchining manfaatlarida, lavozim yo‘riqnomasi qoidalarini buzgan holda yokibuzmasdan muayyan harakatlarni bajarishi yoki harakatsizligi”.
BMTning xalqaro miqyosda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Ma’lumotida shunday deyilgan: “Korrupsiya – bu shaxsiy maqsadlarda naf ko‘rish uchun davlat hokimiyatini suiiste’mol qilish”.
Korrupsiya tushunchasiga berilgan shunga o‘xshash ta’rifga Jahon bankining hozirgi dunyoda davlatning roliga bag‘ishlangan hisobotida ham duch kelish mumkin: korrupsiya – bu “shaxsiy naf ko‘rish yo‘lida davlat hokimiyatini suiiste’mol qilish”.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR

[1]. I.A.Karimov. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: O‘zbekiston. 1997-yil.


[2]. 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. Toshkent, 2017-yil, 82-bet
[3].https://uz.m.wikipediya.org.
[4].BMT ning Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ma`lumotnomasidan.
[5]. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimda qilingan ma`ruzadan. // “Xalq so`zi” 2018-yil 7-dekabr.



Download 256,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish