Mavzu. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatining asosiy atama va tushunchalari


Jismoniy tarbiya darsini xronometrlash



Download 135,24 Kb.
bet87/87
Sana02.09.2021
Hajmi135,24 Kb.
#162585
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87
Bog'liq
sobir aka

Jismoniy tarbiya darsini xronometrlash

Protokoli

Dars o’tdi: Eshpulatov Pulat

Vaqt:

Dars o’rni o’quvchilar soni _________________

Shundan o’g’il bolalar __________qiz bolalar____________

Kuzatuvchilar:

Dars vazifalari a)

b)_


v)_

Dars qismlari

Darsdagi faoliyatlari

Faoliyatni tugallanish vaqti

Jismoniy mashqlarni bajarish

Dam olin va navbat kutish

Jixozlarni yig’ishtirish

Bo’sh vaqt

Eshttish va kuzatish

eslatma

1

2

3

4

5

6

7

8

9

Tayyorlov qism

 Saflanish , raport  qabul qilish, salomlashish, dars vazifasini e’lon qilish

1/10//

 

 

 

 

1/10//

 

Saf mashqlari

2/ 40//

1/30//

 

 

 

 

 

Yurish mashqlari

3/ 55//

1/15//

 

 

 

 

 

Yugurish mashqlari

6/ 00//

2/ 05//

 

 

 

 

 

Nafasni rostlovchi mashqlar

6/ 45//

45//

 

 

 

 

 

Bo’sh vaqt

6/ 55//

 

 

 

10//

 

 

URM bajartirish uchun turt qatorga saflash

7/ 10//

15//

 

 

 

 

 

1- mashqni eshitish.

7/ 20//

 

 

 

 

10//

 

1- mashqni bajarish.

7/ 40//

20//

 

 

 

 

 

2- mashqni eshitish.

7/ 50//

 

 

 

 

10//

 

2- mashqni bajarish.

8/ 10//

20//

 

 

 

 

 

3- mashqni eshitish.

8/ 20//

 

 

 

 

10//

 

3- mashqni bajarish.

8/ 40//

20//

 

 

 

 

 

4- mashqni eshitish.

8/ 55//

 

 

 

 

15//

 

4- mashqni bajarish.

9/ 15//

20//

 

 

 

 

 

5- mashqni eshitish.

9/ 25//

 

 

 

 

10//

 

5- mashqni bajarish.

9/ 45//

20//

 

 

 

 

 

6- mashqni eshitish.

9/ 55//

 

 

 

 

10//

 

6- mashqni bajarish.

10/ 15//

20//

 

 

 

 

 

7- mashqni eshitish.

10/ 25//

 

 

 

 

10//

 

7- mashqni bajarish.

10/ 45//

20//

 

 

 

 

 

8- mashqni eshitish.

11/

 

 

 

 

15//

 

8- mashqni bajarish.

11/ 20//

20//

 

 

 

 

 

Asosiy qism

Mashg’ulot o’rnini jihozlash

12/ 20//

 

 

1/

 

 

 

Qayta saflash

12/ 40//

20//

 

 

 

 

 

Guruh vazifasini tushuntirish

14/ 50//

 

 

 

 

2/ 10//

 

Mashg’ulot o’rniga borish

17/

2/ 10//

 

 

 

 

 

Akrobatika: umboloq oshish texnikasini o’rgatish

24/

7/

 

 

 

 

 

Navbat kutish

24/ 20//

 

20//

 

 

 

 

Kuprik holatda turish texnikasini takomillashtirish

29/ 30//

5/ 10//

 

 

 

 

 

Bo’sh vaqt

29/ 50//

 

 

 

20//

 

 

Gimnastika devorida tebranish mashqlarini mustahkamlash

38/

4/ 10//

 

 

2/

2/

 

Navbat kutish

38/ 10//

 

10//

 

 

 

 

 

 



 

Yakuniy qism

 

 

 



 

 

 



Ya

 

 



 

 

k



 

 

 



uniy qism

Yangil yugurish

40/

50//

 

 

 

 

 

Nafasni roslash

40/ 15//

15//

 

 

 

 

 

Saflash, o’yga vazifa berish, xayirlashish

45/

25//

 

2/

 

2/ 20//

 

 

jami

45/ 00//

28/ 50//

30//

3/

2/ 30//

10/ 10//

 


Kuzatish dars davomida bir o’quvchi ustida olib boriladi va uning familiyasi bayonnomaga yozish tavsiya etiladi. Ikkinchi ustunga pedagogik faoliyatning mazmuni va mashg’ulotning ketma-ketligi aniq yoziladi. Masalan: O’quvchilarni saflash raport, o’qituvchi tomonidan dars vazifalari tushuntirish, yurish, mashqlarni tushuntirish, umumrivojlantiruvchi mashqlar oddiy tarzda yoki qisqacha- egilish, sakrash deb yoziladi.

Uchunchi ustunga sekundometr bo’yicha har qaysi ish faoliyatining tugash vaqti yoziladi. Masalan:  o’quvchilarning saflanishi va roportiga 2 daqiqa 10 soniya vaqt ketsa, shu ish faoliyatining to’g’risiga yoziladi. O’qituvchining  mashqlarini tushuntirishga, ko’rsatishga, ko’rgazmali qurollarini tayyorlashga, mashg’ulot joyini tayyorlashga, o’quvchilarning  mashqni bajarishga sarflagan vaqtlarini aniq qilib tegishli ustunning to’g’risiga yoziladi. Dars tugagandan keyin xronometraj ma’lumotlarini ishlab chiqish kerak. Bunda har qaysi  faoliyatga ketgan aniq vaqtni topish uchun seundometr ko’rsatgan keyingi  vaqtdan oldingisini olib tashlanishi zarur.

 Tashkil qilish uchun bekor saflangan vaqt, ya’ni o’quv tarbiyaviy vazifalarni yechishga taalliqli bo’lmagan harakatlar yoki  vaqtdan oldin dars tugallash, intizomni buzilishi, anjomlarni sinishi, o’quvchilarning sababsiz ish faoliyatidan ketib qolishi natijasida mashg’ulot vaqtida hosil bo’ladigan tanaffuslar-bularning hammasi dars jarayoning oqlanmagan vaqtiga keradi. Darsning umumiy zinchligini hisoblaganda, dars uchun ajratilgan 45 daqiqa vaqt 100% deb olinadi. Masalan pedagogik oqlangan vaqt 42 daqiqani tashkil etsa, hisob qo’yidagicha bo’ladi:

maliy. 3-mavzu. jismoniy tarbiya darsi tahlili (pedagogik tahlil, pulsometriya, xronometraj)


1.Jismoniy tarbiya darsning mazmuni

2. Jismoniy tarbiya darsida xronometrajni o’tkazish uslubiyаti



1.Jismoniy tarbiya darsning mazmuni


1.3.Pulsometriya o’tkazish uslubiyati.

Jismoniy tarbiya darsida yuklama



Jismoniy yuklama – bu shug’ullanuvchi organizmiga jismoniy mashqni belgilangan hajmidir.

Yuklama me’yori – bu uni belgilangan miqdori bo’lib, hajmning va intensivlikning parametri bilan o’lchanadi.

Yuklamaning hajmi – bajarilgan mashqlarning soni, mashg’ulot uchun sarflangan vaqt, bosib o’tilgan masofani kilometraji va boshqa ko’rsatkichlari bilan belgilanadi.

Jismoniy mashqlarni bajarishdagi o’zaro munosabat teskari proporsionalikga ega: Yuklamani hajmi qancha katta bo’lsa uni intensivligi shunchalik past bo’ladi yoki uni teskarisi. Muskul ishi xarakteriga ko’ra yuklamastandart va o’zgaruvchan bo’lishi mumkin.

Yuklamani ta’siri organizmni bajarilgan ishga reaksiyasihisoblanadi. Uni ko’rsatgichlar – yurak qisqarishi chastotasi va o’quvchilarni tolishining tashqi alomatlaridir. Jismoniy yuklamada tolishni darajasining tashqi alomatlari gradasiyasi jadvalda ifodalangan.

Yuqorida qayd qilingan barcha alomatlar turli darajada va turliholatda jismoniy yukni shug’ullanuvchilar organizmiga ta’siri doirasini ifodalaydi. Bu bilan mashg’ulotlar jarayonida yuklamani me’yorini aniqlash va boshqarish mumkin bo’ladi.

Yuklamani optimal me’yorlashning nazariy-usuliy asosini organizmni jismoniy mashqlar ta’siriga moslashish qonuniyati, shug’ullanganlikning ortishidan bilish mumkin. Shulardan kelib chiqib quyidagi usuliyholatlar shakllangan va ilmiy asoslangan: yuklamani adekvatligi (organizmni indi-vidual funksional imqon iyatlariga muvofiqligi), yuklamani oshirishni asta-sekinligi (funksional imqon iyatlarini ortishini rivojlanishini ta’minlovchi), yuklamani tizimliligi (ularning birin-ketinligi va muntazamliligi).

Jismoniy yukhar qanday aniq birholatda o’zining parametri (hajmi, intensivligi, dam olish intervali)ga ko’ra optimal bo’lishi kerak, bu o’z navbatida shug’ullanish, mashg’ulot qilish effektini ta’minlaydi.




Tolishning tashqi alomatlari

Alomatlari

Tolish darajasi

yengil

Ahamiyatli

juda katta

Yuzining te-risini rangi va tanasi

Qizilligi unchalikham ko’p emas

Ahamiyatli dara-jada qizargan

Keskin qizarish, oqa-rish, labi rangini biroz ko’karishi

Terlovchanlik

Ko’p emas, ko’proq yuzi

Kuchli, boshi va tanasi

Juda kuchli, tuz chiqib ketadi

Nafasi

Biroz tezlashgan, maromli

Ahamiyatli dara-jada tezlashgan, ayrimhollarda og’zi bilan nafas oladi

Keskin tezlashishi, yuzaki, xansirab qoladi

Harakati

Buzilmagan

Ishonarli emas

Chayqalish, gandirak-lash,harakat koordinasiyasini buzilishi, oyoq-qo’llarida qaltirash

Diqqati

Xatosiz

Buyruqlarni ba-jarishda noaniqliklar

Buyruqlarni bajarishda sustlik, ko’pincha takroriy buyruqdan so’ng

O’zinihis qilish

Shikoyati yo’q

Charchaganihaqida noliydi,hansirash va boshqalar

Kuchli charchash, oyoqla-rida og’riq, bosh aylanishi, xansirash, quloqlari shang’illaydi, bo-shida og’riq, ko’ngil aynishi va boshqalar

Agarda yuklama oldingiholatidagicha qolaversa, o’zgartirilmasa uning ta’siriga organizm o’rganib qoladi va rivojlantiruvchi effektini yo’qotadi. Qayd qilingan sababga ko’ra jismoniy yukni asta-sekinlik bilan oshirib borish zaruriy talabhisoblanadi.

Nisbatan axboriy normaga aylangan, obyektiv va amaliyotda keng qo’llaniladigan organizmni jismoniy yukga reaksiyasining amaliy ko’rsatgichi yurak qisqarishining chastotasini (YuQCh) miqdori bilanhisoblanadi.

Yurak-tomir tizimining funksional imqon iyatlarini oshirish maqsadida yuklamani me’yorini oshirishda YuQChsining miqdori bir minutda 130 martadan past bo’lmasligi talabini qo’yadi. Bu raqam yurak urishining maksimalhajmi deb qabul qilingan. Shunga ko’ra yurak qisqarishining chastotasi miqdorini minutiga 130 ga teng bo’lishi mashg’ulot ostonasidagi lozim bo’lgan yuklama deb qaraladi.

Sog’lomlashtirish maqsadidagi mashg’ulotlarda, yuklamani optimal diopozoni YuQCh minutiga 130 dan 170 gacha deb qaralmoqda (A.A. Viru va bosh. 1988).

Yuqoridagilardan kelib chiqib, sog’lomlashtirishning umumiy samaradorligi o’smirlar va yoshlarning mashg’ulotlarida o’rta va katta intensivlikdagi aerob yo’nalishdagi mashqlar orqali (harakatli o’yinlar, estafetalar, sport o’yinlari, suzish, yugurish, velosipedda yurish) erishiladi.

O’rtacha intensivlikdagi yuklamani diapazoni YuQCh minutiga 130-160 va katta intensivlikdaginiki esa minutiga 160-171 gacha deb qaralmoqda.

Jismoniy yuklamani qatiyyan boshqarish va uni dam olish bilan almashib turishini yo’lga qo’yish maktab yoshidagi bolalar organizmining organari va ularning tuzilishining funksional faolligiga jismoniy mashqlar orqali yo’naltirilgan ta’sir etishini ta’minlaydi.

Jismoniy tarbiya darsida yuklamaning parametrini boshqarish turli xildagi usullar va usuliyatlar orqali erishiladi. Nisbatan samarador va qo’llashi oson usullar quyidagilardir:

- bajarilayotgan o’sha mashqni takrolashlar sonini o’zgartirish;

- mashqlarning umumiy sonini o’zgartirish;

- o’sha bajarilayotgan bir xil mashqni takrorlash bilan uni bajarish tezligini oshirish;

-harakat amplitudasini qo’shish yoki kamaytirish;

- tashqi qarshilikni miqdorini variantlash (o’zgartirish);

- mashqni bajarish sharoitini osonlashtirish yoki qiyinlashtirish (masalan, balandga qarab yoki pastga yugurish, qumli yo’lka yoki stadion yo’lkasida yugurish va boshqalar);

- dastlabkiholatni o’zgartirish (masalan, yarim yoki to’la o’tirishholatidan yuqoriga sakrashlar, qo’lni tirsakdan bukib to’g’irlashni polda, oyoqni stul ustiga qo’yib, gimnastika devori reykasiga tirab vah.k.);

- masofani yugurishda, suzishda va boshqalarda uzaytirish yoki kamaytirishlar;

- mashg’ulotlarni odatdagidek, kengaytirilgan, toraytirilgan maydonlarda o’tkazish;

- qo’llanilayotgan usuliyatlarni variantlash (bir maromda, o’yin, musobaqa tarzida vah.k.);

- mashqlarni bajarish vaqtini ko’paytirish va ozaytirish yoki mashqlar orasida dam olishning xarakterini o’zgartirish.

Har qandayholda o’qituvchi tomonidan dars vazifasinihal qilish uchun jismoniy yukni boshqarishni optimal usullari qo’llanadi. Yuklamaning organizmga qanday yo’sinda ta’sir etishini YuQChning fiziologik qiya chizig’ini chizish orqali ko’rish mumkin (V.V. Yanson, 1966).

Amaliy. 3-mavzu. jismoniy tarbiya darsi tahlili (pedagogik tahlil, pulsometriya, xronometraj)


1.Jismoniy tarbiya darsning mazmuni

2. Jismoniy tarbiya darsida xronometrajni o’tkazish uslubiyаti



2. Jismoniy tarbiya darsida xronometrajni o’tkazish uslubiyаti


Tomir urishini quyidagicha o’lchash tavsiya etiladi:

Tomir urishni quyidagicha o’lchash tavsiya qilinadi.

1.   Agar ish doimiy xususiyatga ega bo’lsa, saflanish, yugurish, umumrivojlantiruvchi mashqlar va h k  orasida 3 daqiqada, 3 daqiqadan kam oraliqda tomir urishini o’lchash maqsadga muvofiq emas, chunki o’quvchining tomir urishini o’lchash uchun tez-tez jalb etish darsdagi haqiqiy  yuklamani aniqlashga yordam bermaydi.

2.   Darsning har bir qismi tugaganidan so’ng.

3.   Katta kuchlanishni talab etadigan yugurish, gimnastika snaryadlarida bajariladigan mashqlar, yugurib kelib, estafeta bosqichini tugatish va h.k murakkab mashqlarni bajargandan so’ng.

Olingan  ma’lumotlarni hisoblashda 10 sekunddagi tomir urishning natijasini oltiga ko’paytirib, bayonnomaning beshinchi ustuniga, uning foizlaridagi% o’zgarishini oltinchi ustunga yoziladi. Bu qo’yidagicha amalga oshiriladi. Dastlabki tinch holatda o’lchangan tomir urishi 100% deb olinadi. Ikkinchi marta o’lchangan  tomir urishining dastlabkisiga nisbatan necha foiz olinganligini aniqlash uchun nisbat tuzilib, ishlanadi. Masalan: bayonnomadagi tinch holatda o’lchangan tomir urishi 1 daqiqada 90 marta, ikkinchisida 103 marta bo’lsin.




Yuqoridagi vazifalar bajarilgandan so’ng, olingan ma’lumotlar asosida tomir egri chizig’iqli chizmasi chiziladi. Yuqoridagi xujjatlarga asoslanib, oxirida darsdagi yuklamaning yozma tahlili bajariladi. Bunda quyidagilar yoritilishi kerak: darsning vazifalari, darsning turi, o’quvchilarning darsga bo’lgan faoliyati. Dars davomida  tomir urishining o’zgarishi va uning sabablari, darsning alohida bir qismida va butun dars davomidagi og’irlikning maqsadga muvofiqligi. Darsning oxiridagi tomir urishi soni va uning jismoniy tarbiya darsidan keyin 5 daqiqa davomida tiklanishi. Tahlil yakunida kuzatuvchi o’quvchilarning darsdagi yuklamasi bo’yicha o’zining  mulohazalarini, takliflarini yozish kerak. Tomir urishini ulchash bayonnomasi, tomir urishining egri chiziqli chizmasi va olingan ma’lumotlarning tahlili qo’shilgan holda bir butun hujjatni tashkil etadi. To’liq tugallangan hujjat kuzatuvchi tomonidan imzolanadi va darsning o’tgan o’qituvchiga tanishib chiqish uchun beriladi. U o’z navbatida, hujjat bilan tanishib, o’zining mulohazalarini bildiradi va hujjatga imza chekadi.

Namuna

YURAK-QON  TOMIR  URISHINI  O’LCHASH  PROTOKOLI

 

Kuzatuvchi _____________________kuzatiluvchi________________________



_______________sinf o’quvchisi “____” ________________________201_ yil

__________________________________________________________________



t/r

O’quvchi faoliyatining qisqacha mazmuni

Olingan vaqt

10//urishi

1/

urishi


Metod eslatma

1

Dars boshlangunga qadar

00

10

60

 

2

Dars vazifasini e’lon qilganda

1

11

66

 

3

Yurish mashqlaridan so’ng

3

12

72

 

4

Yugurgandan so’ng (400 m)

6

20

120

 

5

URM oldin

8

15

90

 

6

2-URM so’ng

10

14

84

 

7

5-URM oldin

13

14

84

 

8

9-URM so’ng

15

17

102

 

9

Qisqa masofaga yugurishdan oldin

17

13

78

 

10

Yugurishdan so’ng

21

22

132

 

11

Kichik to’pni uloqtirishdan oldin

25

13

78

 

 

Va hokazo

 

 

 

 


Jismoniy tarbiya darsining tuzilishi

Jismoniy tarbiya darslari bilan bog’liq masalalarning eng muhimi uni qanday tuzish masalasidir. Darsni tuzilish qonuniyatlari haqidagi gapirishdan avval uni qanday strukturaviy birliklardan tashkil topishini belgilab olish va aniqlash kerak bo’ladi. Avvaligi dars haqida fikr bildira yotib uni tarkibiga kiritilgan jismoniy mashqlar, ularni ketma-ketligi va davomiyligiga qarab «dars sxemasi» atamasi qo’llanila boshlandi. Keyinchalik darsga qo’yilgan vazifalar va ularni hal qilish uchun tanlangan jismoniy mashqlar ularning me’yori (dozasi)ga qarab «dars rejasi» degan atamalar qo’llanildi. «Darsni strukturasi» degan atama birinchi marotaba V.V. Belinovich tomonidan (1939) qo’llanildi va o’rinli ravishda darsni tuzilishi deb to’g’ri nomlandi. Belinovich tuzilishi darsning vazifalari va jismoniy tarbiyani mazmuniga qarab belgilanishini uqtiradi. N.N. Yefremov (1959) birinchi marotaba «darsning tuzilishi» degan tushunchaga ta’rif berishga urindi va dars strukturasi deganda mashg’ulotni tarkibiy (kirish, tayyorlov, asosiy va yakunlov) qismlarini o’zaro joylashishi va munosabatini nazarda tutdi xolos. K.A. Kuzminaning fikricha (1960) esa darsning tuzilishi – bu uni qismlarining soni, ularning ahamiyati va mazmuni, ketma-ketligi va darsni har bir qismini davomiyligi deb ta’rif berdi. Darsni tuzilishiga oid maxsus ilmiy-uslubiy adabiyotlarda turlicha fikrlar mavjud. Lekin hozirgi kunda bu baxslarga chek qo’yilgan va darsni tuzilishini uch qismli tarkibga ega deb qabul qilingan.

Dars tuzilishining loyihasi alohida, darslarni tuzishda foydalaniladigan dars qon spekti orqali ifodalanadi. Darsni tuzilishi o’qituvchini darslarga mashqlarni oqilona tanlashga, materiallarni to’g’ri joylashtirish va darsdagi yuklamani me’yorini aniq belgilashga yordam beradi.

Darsning tuzilishi dastur materiallarini belgilangan vazifa asosida izchil o’rganishni yo’lga qo’yadi. Dars uchun rejalashtirilgan vazifalarni hal qilishda qo’llaniladigan ta’limning usuliyatiga aniqlik kiritadi va uni qo’llash uchun darsning qismlari yoki ularning ayrim bo’laklaridan qanday foydalanish lozimligini belgilaydi.

Jismoniy tarbiya darsida har qanday pedagogik vazifalarni hal etish ko’pincha shug’ullanuvchilar organizmidan ma’lum darajadagi zo’riqishini vujudga keltiradi, shuning uchun bu ishga organizm tegishli darajada tayyor bo’lishi kerak.

Buyuk rus olimi I.P. Pavlov organizmni qiyin vazifalarni hal etishga tayyor bo’lishi zarurligini uqtirib, mashqni asta-sekinlik bilan takrorlash ma’lum fiziologik qoidalarga asoslanishni taqazo etadi deb uqtirdi. Bu ko’rsatma o’qituvchi zimmasiga shug’ullanuvchilardan katta kuch talab qiladigan pedagogik vazifalarni hal qilish darsning boshida emas ma’lum tayyorgarlikdan so’ng, mashg’ulotlarni, darslarni oxirida hal qilinishi lozimligini, shu mashg’ulotdagi asosiy vazifalarga shug’ullanuvchilarning organizmini uyushtirish, zarur kayfiyatni vujudga keltirish va belgilangan vazifalarni bajarishga, mashqni o’rganishga bo’lgan ishtiyoqni shakllanishini mashg’ulotlar davomida talab darajasiga ko’tarish lozimligiga to’xtaldi.

O’quvchilar tomonidan asosiy vazifalarni hal qilish ko’pincha shug’ullanuvchi zo’r berayotgan ya’ni uni faolligini oshgan davriga to’g’ri kelishligini amaliy ahamiyati katta. Ularning organizmi nisbatan katta zo’riqish va kuchli emosional holatdan vazmin holatga birdan o’ta olmaydi. Shunga ko’ra darsni tuzishda xotirjam holatga o’tish va mashg’ulotlarni uyushtirilgan ravishda tugallash maqsadga muvofiq bo’ladi.

Har bir dars uch qismli tarkibga ega ekanligi haqida yuqorida fikr bildirdik va ular tayyorlov, asosiy va yakunlov qismi deb nomlanadi.



1. Jismoniy tarbiya darsining tayyorlov qismi uchun 8-12 min vaqt sarflanadi. Boshlang’ich sinflarda esa 20 minutgacha bilish mumkin. iqlim sharoiti sovuq, issiq vah.klarga qarab sarflanayotgan vaqt biroz ko’paytirilishi mumkin. Tayyorlov qismi asosan darsning asosiy qismida beriladigan jismoniy yukka o’quvchi yoki shug’ullanuvchi organizmini funksionalholatini tayyorlaydi. Organizmning funksionalholatini darsning asosiy qismiga tayyorligi o’quvchiniharakat koordinasiyasining yaxshilanganligi, peshonada yengil terlash yuzida qizillikni paydo bo’lishi o’quvchiningharakat faolligini ortishi, nafas olish ritmining biroz tezlashuvi, emosionalholatini ko’tarinkiligini kuzatilishi orqali aniqlanadi. Uni tuzilishi darsda yechiladigan pedagogik vazifalariga ko’ra «tashkiliy daqiqa» deb boshlanadigan qism bilan boshlanib, o’quvchilarni saflash, ularni sonini aniqlash, navbatchidan (5-sinfdan boshlab) raport qabul qilish salomlashishni o’z ichiga oladi va unga 1-1,5 minut vaqt sarflanadi. Tashkiliy daqiqadan so’ng lozim bo’lsa diqqat uchun mashqlar, darsni vazifasi yoki mavzusini e’lon qilish, qaddi-qomat uchun mashqlar, nafas olish ritmi, yurak urish chastotasi, qon aylanishini tezlashtirish, tana bo’g’inlari, muskullari uchunharakatda, o’quvchilarni to’xtatib, turli xil mashqlar bajartiriladi. Darsning tayyorlov qismi asosiy qismida bajarilishi lozim bo’lganharakat faoliyati uchun «tayyorlov» va «yo’llanma beruvchi» mashqlar bilan tugallanadi.

2. Jismoniy tarbiya darsining asosiy qismi uchun 25-30 minutgacha (45 minutli darslarda) vaqt sarflanadi va o’qituvchi tomonidan tuzilgan dars reja-qon spektiga kiritilgan jismoniy tarbiyadan Davlat standarti dasturidagi shu sinf uchun rejalashtirilgan yangi mashqlar uqtiriladi, yoki avvalgi sinflarda o’zlashtirilgan jismoniy mashqlar,harakat faoliyatlari tanishtiriladi, o’zlashtiriladi, mustahkamlanib takomillashtiriladi. Darsning asosiy qismini tuzilishi uchun yagona «standart sxema» mavjud emas. darsning bu qismi uning mazmuniga kiritilgan asosiy jismoniy mashqlar, ularni bajarish uchun tanlangan usul va usuliyatlar, ulardan foydalanishni tashkillash shakllarini tanlash va tuzishdek tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi. Bundan tashqari jismoniy tarbiyadan Davlat ta’lim standarti dasturining bo’limlari (gimnastika, yengil atletika, suzish, kurash, sport o’yinlari,harakatli o’yinlar)ni o’quv materialini o’qitish o’zining uslubiy xususiyatlari bilan darsning asosiy qismini turlicha tashkillash talabini qo’yadi. Darsning asosiy qismining talablarnihal qilish o’quvchilar faoliyatini guruhli, individual, frontal, uzluksiz-ulab, aylanib yurib bajarishusuliyatlari orqali maktab yoshidagi o’quvchilarning jismoniy tarbiya jismoniy rivojlanganligi, tayyorlanganligi va organizmining anatomik-fiziologik xususiyatlarini e’tiborga olishni taqazo etadi.

3. Jismoniy tarbiya darsining yakunlov qismi dars uchun ajratilgan umumiy vaqtining 3-5 minuti sarflanadi. Unda jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun turli xilharakatli o’yinlar va estafetalar va jismoniy mashqlardan foydalaniladi. Darsning asosiy qismida ko’tarilgan emosionalholatni pasaytiruvchi va saf mashqlar bajartiriladi, dars yakunlanadi (o’quvchilar rag’batlantiriladi, lozim bo’lganlariga tanbehlar beriladi, 5-6 nafarigajoriy baho qo’yiladi), uyga vazifa uchun mashqlar tushuntiriladi va dars o’tkazilgan joy (sport maydoni, sport zali va boshqa)dan uyushganholda kiyinish xonasiga kuzatish tashkillanadi. Boshlang’ich sinflarda o’tkazilgan mashg’ulotlardan so’ng o’quvchilarini, o’qituvchining o’zi kiyinish xonasiga kuzatib qo’yadi.

Turli xil yoshdagi o’quvchilar bilan o’tkazilgan jismoniy tarbiya darslarining tayyorlov, asosiy va yakunlov qismlarini taqqoslash natijalari tahlili birinchidan, qonuniy ravishda ularni bir-biridan farqlanishini ko’rsatdi. Ikkinchidan, jismoniy tarbiya darslarining bir xil yoshdagilar chegarasida o’tkazilgan asosiy qismlari darsning turiga bog’liq. Uchinchidan, darsning tayyorlov, asosiy, yakunlov qismlarini davomiyligini o’zgarishi o’quvchilarni yoshiga bog’liq. Boshlang’ich sinflarda darsning asosiy qismlari nisbatan bir xilda, ya’ni tayyorlov va yakunlov qismlarining davomiyligi asosiy qismning davomiyligidan ozgina farqlanadi xolos. Yuqori sinflarda esa tayyorlov, yakunlov qismlarining davomiyligi asosiy qismning davomiyligidan keskin farq qiladi. Boshlang’ich sinflarda bolalar psixologiyasi va ularning fiziologik xususiyatlari, jismoniy kuchining ozligi darsning asosiy qismida ularni organizmini va diqqatini oldinda turgan qiyinharakat faoliyatlarini bajarishga tayyorlash uchun ko’p vaqt sarflashni talab qiladi. Bundan tashqari tayyorlov mashqlarini tushuntirish va ko’rsatish katta yoshdagilarga nisbatan sekin olib borilishi darsni qismlarida o’qituvchi tomonidan ko’p vaqt sarflashni taqazo etadi. Kichik yoshdagilarda yakunlov qismini asosiy qismhisobidan uzunroq bo’lishining, sababi navbatdagi darsga o’tishga oldindan tayyorlanish lozimligidan kelib chiqadi va shu bilan asoslanadi. O’rta va yuqori sinfga o’tgan sari darsning tayyorlov va yakunlov qismlari uchun sarflangan vaqt qonuniy ravishda kamayib boradi. Chunki o’quvchilarda turli xildagi saf va tayyorlov mashqlarini aniq bajarish malakasi yuqori bo’ladi. Tushuntirish va ko’rsatish uchun kam vaqt sarflanadi, asosiy qismida o’quvchilar tomonidan katahajmdagi yuklama bilan jismoniy mashqlarni bajarish uchun talab vujudga keladi, shunga ko’ra tayyorlov asosiy yakunlov qismlarining turli xil yoshdagi o’quvchilar bilan o’tkazilishi turlicha va o’zlarining xususiyatlari bilan farqlanadi.



JISMONIY TARBIYA DARSINING  BAYONNOMASI

 

Sana:                  Sinf:



Mavzu: Nazariy:

Amaliy:

Darsning maqsadi:

 

1.Ta’limiy maqsad:

 2.Tarbiyaviy maqsad:

 3.Rivojlantiruvchi maqsad:

 Dars o’tish usuli:

 Kerakli jihozlar:

 O’tkazishjoyi:

Dars qismlari

Dars mazmuni

Vaqt me’yor

 Tashkiliy, uslubiy tavsiyalar

Tayyorlov qism

 

 

 

Asosiy qism

 

 

 

Yakuniy qism

 

 

 

metodik tomondan asoslangan holda ifoda qilishdir.

Dars oldiga qo’yiladigan vazifalarni o’qituvchi o’ziga buyruq sifatida belgilaydi. Shuning uchun vazifalar buyruq ma’nosida ifoda qilinadi. Masalan: tanishtirish, o’rgatish, mustahkamlash, ko’rsatish va h.k. Jismoniy tarbiya darslarida tarbiya, sog’lomlashtirish va o’rgatish vazifalari bir-biriga bog’langan holda hal qilinadi. Bular o’quv materiali, har darsning ish rejasiga asoslanib belgilanadi va o’rgatish tamoyillari hamda o’tkazilgan dars natijalariga qarab aniqlashtirilib, shu  darsda bajariladigan qilib ifodalanadi.

Jismoniy tarbiya o’qituvchilari dars oldiga aniq vazifalarni qo’yishda quyidagilarni hisobga olishlari muhim ahamiyatga egadir:

1. O’quvchilarning oldingi darslarni qanday o’zlashtirganligi

2. Har bir darsning ish rejasi, davlat dasturi va shu dars uchun kerakli qo’shimcha adabiyotlar.

3. Sinfdagi o’quvchilar soni, dars o’tkazish joyi sharoiti va mavjud sport anjomlari.



4. Dars jadvalining xususiyati, dars turi.

5. O’quvchilarning sog’lik holati, ularning jismoniy tayyorgarliklari va h.k
Download 135,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish