Darsning umumiy zichligi – bu darsni umumiy davomiyligi uchun pedagogika nuqtai nazaridan rasional sarflangan vaqtning nisbati deb qarash qabul qilingan. Boshqachasiga aytganda darsda foydali ish uchun sarflangan vaqt tushuniladi. Pedagogika nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq debhisoblangan quyidagi tadbirlar darsning umumiy zichligining komponentlarhisoblanadi (V.F. Novoselpskiy, 1989).
1) o’quvchilarni uyushtirish, uyga vazifani tekshirish, darsga vazifa qo’yish;
2) nazariy ma’lumotni berish va mustahkamlash;
3) umumiy rivojlantiruvchi mashqlarni o’tkazish;
4) instruktani o’tkazish, boshqarish, korreksiyalash (xatolarni tuzatish), yordam,havfsizlikni oldini olish;
5) jihozlarni tayyorlash va yig’ishtirish, o’quvchilarni darsda lozim bo’lgan darajada o’rin almashtirish;
6) jismoniy mashqlarni texnikasini o’zlashtirish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish;
7) o’quvchilarni usuliyatlar nuqtai nazarida tayyorlash, mustaqil shug’ullanishni uddalashga o’rgatish, tashkilotchilik malakalarini berish;
8) o’quvchilarni dalil keltirib quvvatlamoq;
9) mashqlarni ko’rsatishda ko’rgazmali qurollar, texnik vositalar, mashqlarni ko’rsatib berish;
10) pedagogik nazorat;
11) darsda tarbiyaviy ish;
12) yakun yasash, muskullarni bo’shashtiradigan mashqlarni bajarish, uyga vazifa tayinlash.
Darsning umumiy zichligini (UZ) yoki uning qismlarini zichligini aniqlash uchun o’quvchilarning aktiv «faol»harakatlariga (FX)ga sarflangan vaqti umumlashtiriladi. Bunga tfx jismoniy mashqlarni bajarish uchun sarflangan vaqt, eshitish, kuzatish va darsni tashkillash, o’zini oqlamaydigan kutishlar va o’quvchilarni bekor qolishi uchun sarflangan vaqtdan boshqahammasi kiradi. Bu vaqt 100%ga ko’paytirilib va darsning «umumiy» «vaqtiga» tu bo’linadi.
To’laqonli jismoniy darsining umumiy zichligi 100% ga yaqin bo’lishi lozim. Umumiy zichlikni kamayishiga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin:
- o’zini oqlamaydigan darsdagi besamar vaqt (darsni kech boshlanishi, mashg’ulot joyini, jihozlarni tayyor emasligidan o’quvchilarni navbat kutishi va boshqalar orqali sodir bo’ladigan o’quvchilarni bo’sh qolishidan;
- o’qituvchini darsga tayyor emasligi, darsni tashkillanishi va mazmunini o’ylamaslik orqasidan sodir bo’ladigan daqiqalar;
- darsda o’quvchilar uchun ortiqcha va samarasi oz bo’lgan so’zlar orqali beriladigan axborot;
- shug’ullanuvchilar intizomini qoniqarsizligi, buyruq va ko’rsatmalarni ko’p marotabalab takrorlashlar, o’quvchilarga beriladigan ogohlantirishlar, takroriy tushuntirishlar vaqtdan norasional foydalanishga sabab bo’ladi vah.k.lar.
Masalan, agar o’qituvchi aybi bilan darsda bo’sh qolish 1 min.ni tashkil etsa, unda darsning umumiy zichligi quyidagichahisoblanadi.
Motor zichlik dars jarayonida doimo o’zgaradi. Bunday o’zgarishlarning shartligini darsda qo’llanilayotgan jismoniy mashqlarning mazmunini turli-tumanligi, ulardan foydalanish joyi va qo’llanilayotgan usuliyatlar bilan izohlash mumkin. Darsning M3 ning ko’rsatgichlarini o’zgarishi darsning tipigaham bog’liq. Harakat texnikasini takomillashtirish va jismoniy sifatlarni rivojlantirish darslarida M3 70-80% gacha ko’tarilishi mumkin. Aqliy faoliyat ko’proq aralashgan,harakat faoliyatini o’zlashtirish darslarida esa 50% gacha pasayib ketishi mumkin.
M3 ni ahamiyati muhimligini e’tirof etishimizga qaramay uhyech qachon 100% bo’lishi mumkin emas, aks’holda darsni materialini tushintirish, sodir bo’ladigan xatolar, ular ustida fikr yuritishga vaqt qolmagan bo’lar edi. Bu o’z navbatida o’quv ishlarining sifati, samaradorligiga salbiy ta’sir ko’rsatgan bo’lar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |