Mavzu: Jismlarning elektrlanishi Elektrning turi


Dars turi: nazariy va amaliy Dars jihozi



Download 103,03 Kb.
bet2/2
Sana30.12.2021
Hajmi103,03 Kb.
#192559
1   2
Bog'liq
Mavzu- Jismlarning elektrlanishi Elektrning turi

Dars turi: nazariy va amaliy

Dars jihozi: Darslik, doska ,bo’r, shisha va ebonit tayoqcha ,shoyi va mo’yna




Dars bosqichlari

Vaqti

1.

Darsni tashkil etish

2 minut

2.

O'tilganlarni takrorlash.

10 minut

3.

Yangi mavzu bayoni. Tajriba ko'rsatish

15 minut

4.

Yangi mavzu mustahkamlash

15 minut

5.

Uyga vazifa

3 minut

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism.

a) salomlashish.

b) davomatni aniqlash.

c) sinf jurnaliga sana, davomat, yangi mavzuni qayd etish



II.Uyga vazifani so’rash.

7-sinfda o’tilgan mavzularni takrorlashbo’yicha savollar

1.Kinematika va uning asosiy tushunchalari

2.Dinamika bo’limida nimalarni o’rgandik?

3.Nyutonning birinchi qonuni ta’rifini ayting .

4.Nyutonning ikkinchi qonini ta’rifini ayting

5.Butun olam tortishish qonuni ta’rifini ayting

III. Yangi mavzuning bayoni:

   1. Elektr hodisalar qachon va kim tomonidan kashf etilgan? Ba'zi elektr hodisalar qadim zamonlardanoq ma'lum edi. Qadimgi yunon faylasufi Fales Miletskiy (eramizdan avvalgi 625-547-yillar) elektr hodisalarni o'rgangani haqida ma'lumotlar bor. U mo'ynaga ishqalangan qahrabo o'ziga yengil buyumlarni tortishini aniqladi.

    Buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy ayrim jismlar bir-biriga ishqalnaganda yengil jismlarni o'ziga tortish xossasiga ega bo'lib qolishini bayon qilib, elektrni qahrabo, ya'ni somon tortuvchi, yunoncha “elektron”deb izohlanadi.

    2. Jismlarning elektlanishi.  Ipga osilgan yengil buyumlarga plastmassa tayoqcha va quruq mo'ynani navbatma-navbat yaqinlashtiramiz. Bunda buyum qanday osig'lik turgan bo'lsa, shundayligicha harakatsiz turaveradi. Tayoqchani mo'ynaga ishqalab, uni yana buyumga yaqinlashtiramiz. Bunda buyumning tayoqchaga tortilganini sezamiz (1-a rasm).

 


a


b


1- rasm

        Tajribani takrorlaymiz, lekin endi buyumga plastmassa tayoqchaga ishqalangan mo'ynani yaqinlashtiramiz. Buyum mo'ynaga ham tortiladi (1-b rasm).

    Tajriba shuni ko'rsatadiki, plastmassa tayoqcha mo'ynaga ishqalanganidan so'ng, tayoqcha ham, mo'yna ham yengil buyumlarni o'ziga tortish xossasiga ega bo'lib qoladi. Bu hodisa  elektrlanish  deb ataladi. Demak, ikki jism bir-biriga tekkanda (ishqalanganda), ularning ikkalasi ham elektrlanadi.

    3. Elektrlangan jismlarning xossalari. Elektrlangan jismlar  faqat yengil buyumlarnigina emas, balki barcha buyumlarni ham o'ziga tortadi. Bunga ishonch hosil qilish uchun o'tkir uchli tayanchga uzunligi taxminan 2 m bo'lgan metall nay o'rnatamiz. (Nay o'rtasining past tomonida tayanch uchun teshik ochilgan.) Nayga elektrlangan tayoqcha yaqinlashtirib, uning asta-sekin tayoqcha tomon burilganini sezamiz (2-rasm).

 








2-rasm

3-rasm

4-rasm

   

    Elektrlangan jismlarga faqat qattiq jismlargina emas, balki suyuqliklar ham tortiladi. Bunga ishonch hosil qilish uchun idishdan oqib chiqayotgan ingichka suv tizimiga elektrlangan tayoqchani yaqinlashtiramiz. Suv tizimi elektrlangan tayoqcha tomonga og'ganini sezamiz (3-rasm.)

    Elektrlangan jismlar gazlarni ham o'ziga tortadi: sham yoki gaz alangasiga elektrlangan tayoqchani yaqinlashtirsak, alanganing ham tayoqcha tomon tortilishini sezamiz (4-rasm).

    Elektrlangan xossalari ularga boshqa jismlarning tortilishi bilangina cheklanmaydi. Agar biror jism kuchli elektrlansa va u boshqa jismga yaqinlashtirilsa, ular orasida uchqun chaqnaydi va chirsillagan ovoz chiqadi. Jism  qanchalik kuchli elektrlansa, uchqun shunchalik yorqin, chirsillagan ovoz esa shunchalik kuchli bo'ladi.

    4. Elektrning ikki turi.  Ikkita bir xil plastmassa tayoqcha olamiz. Tayoqchalardan birining o'rtasini chuqur parmalaymiz va uni mo'ynaga ishqalab, o'tkir uchli asosga o'rnatamiz. Ikkinchi tayoqchani ham mo'ynaga ishqalaymiz va birinchi tayoqchaga yaqinlashtiramiz. Bunda uchli asosga o'rnatilgan tayoqcha qo'limizdagi tayoqchadan itarilganini sezamiz (5-a rasm). Endi uchli asosga o'rnatilgan tayoqchaga ikkinchi tayoqchaga ishqalaganda mo'ynani yaqinlashtiramiz. Tayoqcha mo'ynaga tortiladi (5-b rasm).


 



a

b

5-rasm

 

     Bir bo'lak elektrlangan mo'ynani uzun ipga osamiz va unga ikkinchi bir elektrlangan mo'yna bo'lagini yaqinlashtiramiz. Birinchi mo'yna bo'lagi ikkinchisidan itariladi (6-a rasm.)

    Tajribani o'zgartiramiz: mo'yna bo'lagiga mo'ynaga ishqalab elektrlangan tayoqchani yaqinlashtiramiz. Mo'yna tayoqchaga tortiladi (6-b rasm.)


 



a

b

6-rasm

     Tajribada ko'rganlarimiz haqida o'ylab ko'raylik. Tayoqcha bilan mo'yna bir-biriga tegishi natijasida elektrlanadi. Elektrlangan tayoqchalar bir-biridan itariladi, biroq elektrlangan mo'ynaga tortiladi. Elektrlangan mo'yna bilan o'tkazilgan tajribada ham shunday bo'ladi: elektrlangan mo'ynalarning bir bo'lagi ikkinchisidan itariladi, lekin elektrlangan tayoqchaga tortiladi.

    O'tkazilgan tajribalarning ko'rsatishicha, elektrlash jarayonida mo'yna va tayoqchada turlicha elektr hosil bo'ladi. Qahrabo tayoqchada hosil bo'lgan elektrni manfiy (-) deb, mo'ynadagi elektrni esa musbat (+) deb hisoblashga kelishilgan.



IV. Mavzuni mustahkamlash Elektr so’zining ma’nosi?

Beruniyning elektr haqidagi fikrlari

Jismlarnig elektrlanishi

Elektrning necha turi bor ?

Qahrabo qanday zaryadga ega ?

Ebonit tayoqcha qanday zaryadga ega ?



V. Uyga vazifa berish.

O’tilgan mavzuni o’qib kelish



Savollarga javob yozish
Download 103,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish