Jazoni og`irlashtiruchi holatlar
Jazoni
individuallashtirish
eng
avvalo
hukm
chiqarish
vaqtida
yengillashtiruvchi va og`irlashtiruvchi holatlarni e`tiborga olish orqali amalga
oshiriladi va bu holatlarning qonunda mustahkamlab quyilganligi uning qanchalik
muhimligini ko`rsatadi. Jazoni og`irlashtiruvchi holatlar O`zbekiston Respublikasi
Jinoyat kodeksining 56-moddasida ko`rsatib o`tilgan bo`lib ular quyidagilardan
iborat:
a) homiladorligi aybdorga ayon bo`lgan ayolga nisbatan;
b) yosh bola, qariya yoki ojiz ahvoldagi shaxsga nisbatan;
v) xizmat vazifasi yoki fukarolik burchini bajarganligi munosabati bilan
shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan;
g) aybdorga moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa jihatdan qaram
shaxsga nisbatan;
d) o`ta shafqatsizlik bilan;
ye) ko`pchilik uchun xavfli bo`lgan usulda;
j) yosh bola yoki ruhiy kasalligi aybdorga ayon bo`lgan shaxsdan
foydalangan holda;
z) jinoyat natijasida og`ir oqibatlarning kelib chiqqanligi;
i) umumiy ofat sharoitidan foydalangan holda yoki favqulodda holat vaqtida
yoxud ommaviy tartibsizliklar jarayonida;
k) g`arazli yoki boshqacha past niyatlarda;
l) irqiy yoki milliy dushmanlik yoxud adovat zamirida;
m) bir guruh shaxslar tomonidan oldindandan til biriktirgan holda yoki
uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma tomonidan;
n) ilgari ham qasddan jinoyat sodir etgan shaxsning takroran yoki qasddan
yangi jinoyat sodir etishi;
o) mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari; psixotrop yoxud kishining
akl-idrokiga ta`sir qiluvchi boshqa moddalar ta`siri ostida jinoyat sodir etish.
Yuqorida berilgan og`irlashtiruvchi holatlar ro`yxati qat`iy bo`lib boshqa
holatlarni og`irlashtiruvchi holat deb hisoblanishi mumkin emas. Jazoni
og`irlashtiruvchi holatlar mazmunini qisqacha yoritib o`tsak.
Aybdorga homiladorligi ilgaridan ayon bo`lgan ayolga nisbatan sodir etilgan
jinoyat Jinoyat kodeksi 56-moddasidagi keltirilgan holatlar ro`yxatiga kiritilgan.
Homilador ayolga tajovuz qilgan shaxs ayni vaqtda homilaning normal
rivojlanishiga ham tajovuz qilgan bo`ladi. Homilador ayolga tashqi salbiy ta`sir
bilan muvozanat holatidan chiqarish faqat ayolga emas, homilaga ham zarar
yetkazadi. Bu esa tajovuzning ijtimoiy xavflilik darajasini ikki marotaba oshiradi,
binobarin, aybdorning javobgarligini og`irlashtiradi.
Yosh bola, keksa, qariya yoki ojiz ahvoldagi shaxsga nisbatan sodir etilgan
jinoyat uchun og`irlashtiruvchi holatlarda jazo tayinlash qo`llanilishi kerak.
Yosh bolalar deb, o`n turt yoshgacha bo`lgan bolalar va o`smirlarni hisobash
lozim. Qariyalar deganda esa pensiya yoshiga yetganlar tushuniladi. Ojiz ahvoldagi
shaxslar deganda yoshi kattaligi, kasalligi, jismoniy kamchiligi va boshqa omillar
tufayli jinoyatchiga qarshilik ko`rsata olmaydigan kishilarni tushunish kerak.
Xizmat vazifasi yoki fuqarolik burchlarini bajarishlari munosabati bilan
shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan sodir etilgan jinoyat Jinoyat
kodeksi 56-moddasi 1-qismining «v» bandida jazoni og`irlashtiruvchi holat sifatida
nazarda tutilgan.
O`z xizmat burchini bajarish deganda, har qanday shaxsning o`z xizmat
burchi doirasidagi vazifasini huquqqa muvofiq ravishda amalga oshirishi,
jamoatchilik burchi deganda esa fuqaroning o`ziga yuklangan ijtimoiy burchlarini,
shuningdek, uning jamiyat yoki ayrim shaxslar manfaatlari, ya`ni mazkur shaxsni
huquqbuzarlikning oldindani olish, sodir etilgan yoki sodir etilayotgan jinoyatlar
tug`risida xokimiyat idoralariga xabar berish kabi ijtimoiy burchni bajarishi
tushuniladi.
Shaxsning yaqin qarindoshlari deganda ota-onalar, opa-singillar, er-xotinlar,
bolalar, jumladan farzandlikka olinganlar, nabiralar, shuningdek, er-xotinlarning
ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillarini tushunish lozim.
Jinoyat kodeksi 56-moddasi 1-qismining «g» bandida ko`rsatilgan jinoyatlar,
ya`ni aybdorga moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa jihatdan qaram
shaxsga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar ham jazoni og`irlashtiruvchi holat ekanligi
nazarda tutilgan.
Basharti jabrlanuvchi xaqiqatan ham aybdorning qaramog`ida bo`lganda
yoki uning ko`rsatadigan moddiy yordami jabrlanuvchi uchun birdan-bir tirikchilik
manbai bo`lgan holatlarda moddiy qaramlik mavjuddir. Nikoh munosabatlari ham
bunday bog`liqlikni vujudga keltiradi. Jabrlanuvchining moddiy qaramligi
shaxsning majburiyatlari (masalan, ugay qizga to`lanadigan aliment) yoki er va
xotin o`rtasida yuzaga kelgan murakkab munosabatlar (masalan, boshqa shahar
yoki qishloqdan shaharga o`qish uchun kelgan qarindoshni uy-joy va oziq–ovqat
bilan ta`minlash) bilan bog`liq bo`lishi mumkin.
Xizmat bo`yicha aybdorga qaramlik shaxsning xizmatga ko`ra bo`ysunishi
bilan bog`liq bo`ladi, shuningdek, bevosita kelib chiqmaydigan, lekin uning
mehnati yoki o`quvi ustidan nazorat qilish vazifalari bilan bog`liq bo`lishi mumkin
(masalan, ilmiy rahbar va aspirant, trener va sportchi o`rtasida).
Boshqa turdagi qaramlik deganda, jabrlanuvchi aybdorning uy-joyida
yashashini, o`quvchilarning yoki tarbiyalanuvchilarning vasiylar, tarbiyachilar va
xokazolarga bog`liqligini tushunish kerak.
Bir guruh shaxslar tomonidan oldindandan til biriktirgan holda, uyushgan
guruh yoki jinoiy uyushma tomonidan jinoyat sodir etish ham jazoni
og`irlashtiruvchi holatdir. Birgalikda sodir etilgan jinoyat o`ta xavfli bo`lib, unda
jinoyat sodir etishni, jinoyat izlari va jinoyatchining yashirish yengilroq amalga
oshadi.
Ayniqsa, jinoiy faoliyat uyushganlik xususiyatiga ega bo`lganida uning
ijtimoiy xavfliligi yanada ortadi. Bu o`rinda gap guruh xususida emas, uyushgan
guruh tug`risida boradi. Uyushgan guruh faqat miqdoriy belgi bilan tavsiflanmaydi
(ikki va undan ortiq shaxslarning mavjudligi), ayni vaqtda sifat belgilari bilan,
ya`ni oldindandan kelishib olish, jinoyatni sodir etish rejasini to`zish, uni amalga
oshirishga tayyorgarlik ko`rish, guruh ishtirokchilari o`rtasida mustahkam aloqa
mavjudligi bilan ham izoxlanadi.
O`z navbatida, jinoiy uyushmaning xavfliligi ikki va undan ko`proq jinoiy
guruhning jinoiy faoliyat bilan shug`ullanish uchun birlashishidan iboratdir.
Bunday birlashish natijasida uyushgan tuzilmaning o`ta faolligiga erishiladi, bu esa
ularni kuchaytiribgina kolmay, balki ta`sir doirasini kengaytiradi.
Og`ir oqibatlarga olib kelgan jinoyatni sodir etish jazoni og`irlashtiruvchi
holat deb topiladi, zero oqibatning xaddan tashqari og`irligi tajovuz tarkibi
doirasidan chetga chiqadi. Masalan, oilaning yagona boquvchining o`ldirilishi
uning moddiy ahvolini o`ta qiyinlashtirib yuborishi va xokazolar.
Sud qonuniga muvofiq jinoyatning moxiyatiga ko`ra mastlikni jazoni
og`irlashtiruvchi holat deb topmasligi mumkin, zero u mazkur masalani yechishda
qilmish o`z tabiatiga ko`ra mastlik yoki aybdorning aqliy-irodaviy faoliyatiga ta`sir
etadigan gixyovandlik vositalari, psixotrop yoki boshqa moddalar bilan
bog`langanligini, shuningdek, shaxsning mazkur holatga tushish sharoitlarini
batafsil o`rganishi va ularni inobatga olishi lozim.
Umumiy ofat sharoitidan foydalangan holda jinoyat sodir etish deganda,
aksariyat kishilarning hayot yoki sog`lig`iga xavf tug`diradigan yoki davlat, jamoat
yoxud xususiy mulkka yirik miqdorda zarar keltiruvchi ofatlar, masalan, yong`in,
transport halokati, suv toshqini va boshqa holatlar tushuniladi. Ushbu vaziyatlarni
og`irlashtiruvchi holat sifatida e`tirof etish uchun aybdor tomonidan shu
vaziyatlardan ongli ravishda foydalanish maqsadi mavjud bo`lishi kerak.
Ko`pchilik uchun xavfli usulda jinoyat sodir etish deganda, bir shaxsga yoki
muayyan mol-mulkka qarshi qaratilgan bo`lib boshqa kishilarga yoki mol-mulkka
muayyan xavf tug`diradigan usullar tushuniladi. Masalan, suvni zaharlash,
yong`in, portlatish, suv bostirish, odamlar gavjum joyda uq otish, bu holatlarda
sodir etilgan qilmish nafaqat jabrlanuvchiga balki boshqa shaxslarga ham real xavf
tug`diradi.
O`ta shafqatsizlik bilan jinoyat sodir etish bu jinoyatning subyektini
ifodalovchi og`irlashtiruvchi holatlardan biri bo`lib bu jabrlanuvchiga nisbatan
jinoiy harakatni amalga oshirishdan oldindan yoki amalga oshirish jarayonida unga
nisbatan azoblash, qiynash yoki taxqirlash, xo`rlangan yoxud subyektning
jabrlanuvchini juda azoblab, masalan, jabrlanuvchining badaniga ko`plab jaroxatlar
yetkazish yoki juda og`riq beradigan zahardan foydalanish, tiriklayin kuydirish,
uzoq vaqt ovqatsiz qoldirish va boshqa shunga o`xshash harakatlar sodir etishda
namoyon bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |