partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi, deb
yozilgan. Konstitutsiyaning 26-moddasida esa jinoyat sodir etganlikda
ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko`rib
chiqilib, uning aybi aniklanmaguncha u aybdor hisobanmaydi, deb ta`kidlanadi.
Shundan kelib chiqib, shaxs fakat sudning ayblov hukmi bilan, aybdor deb
topilishi mumkin; mazkur hukmning oqibati sifatida unga jazo qo`llanishi kerak.
Jazo tayinlashning umumiy asoslari, eng avvalo, jinoyat sodir etishda
qonunning prinsiplari bilan bog`liqdir. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat
kodeksining 10-moddasida «Qilmishda jinoyat tarkibining mavjudligi aniqlangan
har bir shaxs javobgarlikka tortilishi shart» , -deyiladi.
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 4-10-moddalarida jinoyat
qonunining yettita prinsipi va ularning tushunchalari berilgan bo`lib, jazo tayinlash
ana shu prinsiplarning har biri va barchasi bilan bevosita bog`liqdir. Masalan,
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 8-moddasida odillik prinsipining
tushunchasi berilgan bo`lib, jinoyat sodir etishda aybdor bo`lgan shaxsga nisbatan
qo`llaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta`sir chorasi odilona bo`lishi, ya`ni
jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo`lishi kerak, - deyiladi. Jinoyat
sodir etgan shaxsga nisbatan uning axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir
etishining oldindani olish uchun zarur hamda yetarli bo`ladigan jazo tayinlanishi
yoki boshqa huquqiy ta`sir chorasi qo`llanishi O`zbekiston Respublikasi Jinoyat
kodeksining 42-moddasida nazarda tutilgan jazoning maqsadlariga erishishni
nazarda tutadi.
Jazo tayinlashning umumiy asoslari sudning Jinoyat kodeksi Maxsus
qismining jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan moddasida
belgilangan doirada Umumiy qismning qoidalariga muvofiq jazo tayinlashning bir
qator masalalarni e`tiborga olishni taqozo qiladi.
Jinoyat kodeksining Maxsus qismi moddasining sanksiyasi doirasida
jazo tayinlanadi, deganda nimani tushunish kerak?
Ma`lumki, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining moddalaridagi
sanksiyalar alternativ sanksiya tariqasida berilgan bo`lib, sud jazo tayinlashda faqat
ana shu sanksiyada ko`rsatilgan jazolardan birini asosiy jazo sifatida tayinlaydi.
Bunda sud tayinlash uchun tanlagan jazo turining miqdori va muddati shu
sanksiyada ko`rsatilgan doiradan tashqariga chiqmasligi kerak. Masalan,
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173-moddasining 2-qismida mulkni
qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish, millatlararo yoki irqiy adovat
yoxud diniy taassublar zamirida, atrofdagilar uchun xavfli usulda; ko`p miqdorda
zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo`lsa, eng kam oylik ish xaqining ellik
baravaridan yetmish besh baravarigacha mikdorda jarima yoki ikki yildan uch
yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki besh yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi, deyiladi. Demak, bu sanksiyada uchta asosiy jazo
ko`rsatilgan bo`lib, sud ishdagi holatlar va aybdorning shaxsini e`tiborga olib, shu
jazolardan birini tanlab tayinlaydi. Agar jarimani tayinlasa, eng kam oylik ish
xaqining ellik baravaridan kam va yetmish besh baravardan ko`p bo`lmagan
miqdorda tayinlaydi. Axloq tuzatish ishlari tayinlansa, bu jazoning muddatini ikki
yildan kam, uch yildan ko`p tayinlay oladi. Ozodlikdan mahrum qilishni esa besh
yildan ko`p bo`lmagan muddatga tayinlay olmaydi. Ammo sud jazo tayinlashda
sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, qilmishning
sababini, yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini, aybdorning shaxsini
hamda jazoni yengillashtiruvchi va og`irlashtiruvchi holatlarni hisobga olib,
sanksiyadagi jazolardan birini asosiy jazo sifatida tayinlaydi. Shu holatlarga qarab,
agar aybdor yetkazilgan moddiy zararni uch karra miqdorda o`z ixtiyori bilan
qoplasa, sud sanksiyada ko`rsatilgan ozodlikdan mahrum qilishni tayinlamay,
sanksiyadagi yengilrok jazoni tayinlashi mumkin.
Jazo tayinlash masalasiga O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi ham
aloxida ahamiyat bermoqda. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining 1996 yil 19
iyuldagi 16 sonli «Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to`g`risida»gi Plenum
qarorining 1,2 bandida «Sudlar og`ir jinoyat sodir etgan shaxslarga, uyushgan
guruh tashkilotchilari va faol ishtirokchilariga muqaddam sudlanganlarga nisbatan
qattiq jazo choralarini qo`llashi lozim. Bunda fukarolarning xayoti va sog`lig`iga
tajovuz qilish, poraxo`rlik, giyoxvandlik vositalari yoxud psixotrop moddalar va
qurollar tarqatish kabi, shuningdek, respublika iqtisodiyotiga zarar yetkazuvchi
jinoyatlarni aloxida xavf tugdirishini nazarda tutishlari kerak. Shuning bilan birga
og`ir jazo choralari Jinoyat kodeksi 7-moddasining 3-qismiga asosan, boshqa
choralar orqali erishib bo`lmaydigan hollardagina tayinlashi mumkinligi ham
e`tiborga olinishi kerak», -deyiladi.
“Jazoning samaradorligini oshirishni ta`minlovchi obyektiv sharoitlar
buzilar ekan, har qanday jazo tizimidan ko`zlangan natijalarga erishilmaydi”
1[127]
,-
deb M.D.Shargarodskiy juda to`g`ri takidlaydi. Demak sud jinoyat uchun jazo
tayinlaganda, eng avvalo, shu jazoning subyekt aybining darajasiga mosligi va
uning aybdorni tarbiyalashdagi samarasini o`ylashi kerak. Ammo shuni ham esdan
chiqarmaslik kerakki, jinoiy jazo qanchalik insonparvar bo`lmasin, aybdorga
jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini
ko`zlamaganligiga (O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 7-moddasi)
qaramay, qo`rqitish xususiyati bo`lishi va, sodir qilgan jinoyatiga yarasha
shaxsning moddiy, ma`naviy, huquqiy holatida muayyan keltirib chiqarishi kerak.
Aks holda jinoiy jazoning ijtimoiy kasb etmagan bo`lar edi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining 1999 yil 14 mayda bo`lib o`tgan
navbatdan tashqari Plenumida Oliy sud raisi U. K.Mingboyev sudlar ko`p hollarda
asossiz ravishda, ayniqsa, voyaga yetmaganlarga va ayollarga og`ir jazo choralarini
1[127]
М.Д.Шаргородский “Наказание и его цели эффективности” // Изд. Ленинского
Университета,1973 г.
qo`llayotganliklarini ta`kidlab; «Jazo turini tanlashda sudyaga o`z nuqtai nazarini
chuqur va har tomonlama asoslab berish majburiyatini yuklovchi qonun talablari
ham ko`pincha buzilmoqda. Aksariyat shu sababga ko`ra, asosiy jazo turi sifatida
jarima, axloq tuzatish ishlari, qamoq kabi jazolar deyarli qo`llanilmaydi. Masalan
o`tgan yilda (1998 yil nazarda tutilmoqda) umumiy sudlanganlardan faqat 8,3 foiz
shaxsga nisbatan qamoq jazosi tayinlangan holos»
2[128]
, degan edi.
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 54-moddasida Jinoyat kodeksi
Umumiy qismining qoidalariga muvofiq jazo tayinlanishi xaqida yoziladi. JK
Umumiy qismi qoidalariga muvofik jazo tayinlash deganda nimalar tushunilishi
kerak?
Ma`lumki, Jinoyat qonuni Maxsus qismining moddalarini amalga tatbiq
qilishining barcha qoidalari uning Umumiy qismida ko`rsatilgan. Maxsus qism
normalarini ko`llashda Umumiy qism normalari yo`naltiruvchi va tartibga soluvchi
normalar bo`lib hisoblanadi. Demak, Umumiy qismining normalari Maxsus
qismning kaliti hisobanadi.
Jinoyat kodeksida Maxsus qism moddalariga tegishli bo`lmagan birorta
modda yo`q. Masalan, Jinoyat kodeksining Maxsus qismida jinoyatlar uchun
javobgarlik belgilangan bo`lsa, Umumiy qismida jinoyat tushunchasi (14-moddasi)
berilgan; Maxsus qismida jinoyatlar uchun faqat jismoniy shaxslar tomonidan
sodir etilgan javobgarlik nazarda tutilgan bo`lib, umumiy qismining 17-moddasida
jismoniy shaxs, 18-moddasida aqli rasolik tushunchalari berilgan. Jinoyat kodeksi
Maxsus qismining ko`pchilik moddalarida jinoyat bir guruh shaxslar tomonidan
qilinsa, deyilgan, ishtirokchilik tushunchalari esa, 27-30-moddalarida berilgan.
Maxsus qism moddlarida jinoyat takroran, xavfli retsidivist, o`ta xavfli retsidivist
tomonidan sodir etilsa, deyiladi, ularning tushunchalari esa Umumiy qismining 32-
34-moddalarida berilgan. Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddalari sanksiyalarida
muayyan doirada tayinlandigan jazo turlari nazarda tutilgan, jazo tayinlash
qoidalari esa Umumiy qismining 57-63-moddalarida ko`rsatilgan va xokazolar.
O’zR Oliy Sudining 1998 yil 28 dekabr, 1999 yil 30 aprel va 1999 yil 4 may oyidagi Plenumi Qarorlari. //
Т:.1999 y., 33-bet.
Bundan tashqari, Maxsus qismi moddalarida nazarda tutilmagan, ammo jazo
tayinlashda e`tiborga olinishi shart bo`lgan bir kancha jinoyat qonuni institutlari
borki, bu institutlarda shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi jinoyat deb topilib, Jinoyat
kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasi bilan javobgarlikka tortiladigan bo`lsa,
Umumiy qismida nazarda tutilgan qoidalarning qo`llanilishining o`zi yetarlidir.
Masalan, javobgarlik va jazodan ozod qilish ko`zda tutilgan moddalar, tibbiy
yo`sindagi majburlov choralarini ko`llash, sudlanganlik va uni hisoblash qoidalari
fakat Umumiy qismda ko`rsatilgan. To`g`ri, Jinoyat kodeksi Maxsus qismining
moddalarida ham javobgarlik va jazodan ozod qilish (masalan, 211-moddaning 4-
qismi, 212-moddaning 4-qismi, 248-moddaning 4-qismi va xokazolar) ko`zda
tutilgan. Ammo javobgarlik va jazodan ozod qilishning bu turlari faqat o`sha
moddaning o`zi uchun tegishli, holos.
Umumiy qismdagi javobgarlik va jazodan ozod qilishni nazarda tutuvchi
moddalar umuman, Jinoyat kodeksi Maxsus qismi moddalariga ham tegishlidir,
Ma`lumki, sud jinoyat uchun jazo tayinlashda aybdorning qilmishi
kvalifikatsiya qilingan moddaning sanksiyasida ko`rsatilgan jazo turlari va muddati
doirasidan chetga chiqa olmaydi. Ammo ish holatlariga ko`ra, aybdorning qilmishi
kvalifikatsiya qilingan modda sanksiyasi doirasida jazo tayinlansa, jazo adolatsiz
bo`lib qoladi. Sud, Jinoyat kodeksi Umumiy qismining 57-moddasida ko`zda
tutilgan yengilrok jazo tayinlash qoidalarini qo`llab, yengilrok jazo tayinlashi ham
mumkin.
Voyaga yetmaganlarning javobgarligi masalasiga qonunda aloxida ahamiyat
berilgan, ya`ni Jinoyat kodeksining Umumiy qismida aloxida bobda ajratib
ko`rsatilgan. JK Maxsus qismi moddalarida ko`rsatilgan jinoyatlarni voyaga
yetmaganlar tomonidan sodir etganlik uchun aloxida javobgarlik belgilanmagan.
Xatto, Maxsus qismi moddasining sanksiyasida ham voyaga yetmaganlarga
nisbatan tayinlanadigan jazo turi va muddati aloxida ajratilib ko`rsatilmagan.
Shunga muvofik voyaga yetmaganlarning jinoyati ham Jinoyat kodeksi Maxsus
qismining tegishli moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Ammo jazo tayinlashda
voyaga yetmaganlarning qilmishi kvalifikatsiya qilingan moddaning, sanksiyaning
miqdori va muddatiga kelganda esa o`sha sanksiyada ko`rsatilgan miqdor va
muddat doirasida jazo tayinlanmay, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
82-85-moddalarida ko`rsatilgan jazo turining miqdori va muddati doirasida
tayinlanadi. Bunda Jinoyat kodeksining 57-moddasi (yengilrok jazo tayinlash)
qoidalariga murojaat qilinmaydi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining 1996 yil 19 iyuldagi 16-sonli
«Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to`g`risida»gi Plenumi qarorining 1,7
bandida «Voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda jarima, axloq tuzatish ishlari,
qamoq kabi jazolarning samadorligiga e`tibor berish lozim. Shu bilan birga og`ir
jinoyat sodir etishda ayblangan, muqaddam sudlangan, huquqni buzganligi uchun
ichki ishlar organlari hisobida turgan voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashda
kat`iyatsizlikka yo`l qo`yib bo`lmaydi»
3[129]
, -deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |