Mavzu: Jazo tayinlashda og’irlashtiruvchi holatlar tushunchasi,ahamiyati Reja: 1



Download 333,81 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana23.07.2022
Hajmi333,81 Kb.
#844800
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jazo tayinlashda og’irlashtiruvchi holatlar tushunchasi,ahamiyati

Yengilroq jazo tayinlash 



Odatda aybdorga sodir etgan jinoyati uchun qonunda nazarda tutilgan jazo 
qo`llanishi kerak. Yengilroq jazo qo`llashga asosi bo`lib qilmish va aybdor shaxs 
uning aybi darajasi va shakli shaxsning jinoyat sodir etgungacha va undan keyingi 
xulq-atvori jinoyatni sodir etish sabablari va shart sharoitlarining jami asos bo`ladi 
va sudning hukmiga ko`ra mazkur holatlarda aybdorni tuzatish, jinoyatning 
umumiy oldindani olish vazifalarga erishish uchun mazkur jinoyat uchun qonunda 
ko`rsatilganidan ham yengilroq jazo tayinlanadi. 
Bu qoida Jinoyat kodeksining 57-moddasida ko`rsatilgan bo`lib, unda 
shunday bayon qilinadi:
NOTA BENE! 
«Sud sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi 
holatlarni e`tiborga olib, aloxida holatlarda Jinoyat kodeks Maxsus qismining 
moddasida nazarda tutilgan mazkur jinoyat uchun belgilangan jazoning eng kam 
qismidan ham qamroq yoki shu moddada nazarda tutilmagan boshqa yengilroq 
turdagi jazoni tayinlashi mumkin». 
Qonun chiqaruvchi organ Jinoyat kodeksi Maxsus qismining dispozitsiya va 
sanksiyalarini tuzib chiqar ekan, har bir jinoyat uchun undagi holatlar, vaziyatlar, 
yengillashtiruvchi va og`irlashtiruvchi holatlarni to`la e`tiborga ololmaydi. Ayrim 
hollarda sud sanksiyada ko`rsatilgan jazoning eng oz qismini tayinlaganda ham 
jazo qattiq bo`lib qolishi va Jinoyat kodeksi ning 42-moddasida nazarda tutilgan 
jazoning maqsadiga javob bermasligi ham mumkin. Shuning uchun sud buni jazo 
tayinlashda e`tiborga oladi. 
Sodir etilgan jinoyatda ana shunday vaziyatlarning bo`lib qolishi 
mumkinligini e`tiborga olib, qonun chiqaruvchi organ Jinoyat kodeksining 54-
moddasida nazarda tutilgan qoidalardan istisno tariqasida, ya`ni sanksiya doirasida 
jazo tayinlash qoidasidan chetga chiqib, Jinoyat kodeksining 57-moddasida 
qursatilganidan ham yengilroq jazo tayinlash qoidasini kiritildi. Ammo qonunda 
faqat favqulodda holatlarda sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini 
jiddiy kamaytiruvchi, yengillashtiruvchi holatlarda mavjud bo`lsa, jazo 
tayinlashning umumiy qoidalaridan bunday chetga chiqishga yo`l qo`yiladi. 


Ammo qonunda aynan qanday holatlarda yengilroq jazo tayinlanishi 
mumkinligi ko`rsatilmay, faqat Jinoyat kodeksining 57-modda 3-qismida: «Sodir 
etilgan qilmish xususiyatlarini ifodalovchi holatlar, ya`ni aybdorning shaxsi, 
aybining shakli va darajasi, jinoyat qilish sharoiti va sabablari, shaxsning jinoyatni 
sodir qilguncha va undan keyingi xulq-atvori jinoyatning ijtimoiy xavflilik 
darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar deb topilishi mumkin»ligi ko`rsatilgan. 
Bunday holatlarga jinoyat sodir etish motivi va maqsadini, yetkazilgan zararning 
xususiyati va miqdorini kiritish mumkin. 
Jinoyat kodeksining 57-moddasida ko`rsatilgan asoslar bo`yicha yengilroq 
jazo tayinlash uchun Jinoyat kodeksining 55-moddasida belgilangan holatlardan 
farq qiluvchi, qandaydir aloxida yengillashtiruvchi holatlarda jinoyatning sodir 
etilishi talab qilinmaydi, sud amaliyotiga ko`ra sudlar Jinoyat kodeksining 55-
moddasida belgilangan va belgilanmagan yengillashtiruvchi bir nechta holatlarning 
mavjudligini e`tiborga olib, agar qilmishda og`irlashtiruvchi holatlar bo`lmasa 
yengilroq jazo tayinlashni qo`llamoqdalar. Bunda sudlar yengillashtiruvchi holatlar 
sifatida aybdorning jamiyat va davlat oldidagi xizmatlarini, keksaligi, yoshligi, 
sog`lig`ining yomonlashganligini, qaramog`ida yosh bolalari, mehnatga yaroqsiz 
ota-onasi borligi va boshqalarni hisobga oladilar. 
O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996 yil 19 iyuldagi 
«Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti tug`risi»dagi qarorida «Jinoyat 
kodeksining 57-moddasiga muvofiq qonunda nazarda tutilgan jazoning eng kam 
qismidan ham qamroq jazo tayinlash yoki boshqa yengilroq jazo turiga o`tish faqat 
sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavfliligi darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar 
mavjud bo`lgandagina mumkin bo`ladi, masalan, ma`naviy zararning yo`qligi yoki 
yetkazilgan mulkiy zararning qoplanganligi, ota-onasining jiddiy kasalligi, 
ularning mehnatga yaroqsizligi, aybdorning oilada yagona boquvchi ekanligi, 
sudlanuvchining keksaligi, jabrlanuvchining g`ayriqonuniy harakatlari jinoyat 
sodir etilishining sababi bo`lganligi va shunga o`xshash holatlar bo`lishi mumkin. 
Qonun yengilroq jazo tayinlashning ikkita usulini nazarda tutadi va 
sud ulardan bittasini ish holatlariga qarab qo`llashi mumkin. Bular: 


a) sanksiyada ko`rsatilgan jazoning eng kam qismidan ham qamroq 
jazo tayinlash; 
b) yengilroq jazo turini tayinlashdir. 
Eng kamidan ham qamroq jazo tayinlashda sud aybdorni qilmishi 
kvalifikatsiya qilingan normaning sanksiyasida belgilangan jazo turlarini bittasini, 
lekin berilgan jazo turi uchun sanksiyada belgilangan jazoning eng kam miqdordan 
xaq qamrog`ini tayinlaydi. Masalan, Jinoyat kodeksining 137-modda 1-qismi 
bo`yicha odam o`g`irlaganlik uchun 3-yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish 
jazosi belgilangan, sud esa Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo`llagan holda 
aybdorga bir yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash mumkin. 
Jinoyat kodeksining 57-moddasida sud tayinlanayotgan jazo turining 
muddati yoki miqdorini qancha miqdorga kamaytirishi mumkinligi ko`rsatilmagan, 
sud tomonidan tayinlangach jazo muddatining eng kam qismi ushbu jazo Jinoyat 
kodeksining Umumiy qismida ko`rsatilgan muddatining eng kam qismigacha 
bo`lishi mumkin (masalan, Jinoyat kodeksining 44-46-moddalar va xokazo). 18 
yoshga to`lmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga jazo tayinlashda sud Jinoyat 
kodeksining 82-84-moddalarida ayrim turdagi jazolar uchun belgilangan 
jazolarning eng kam qismini qo`llashi lozim. Jinoyat qonuni, ya`ni Jinoyat 
kodeksining 57-moddasida, boshqa yengilroq turdagi jazo tayinlash shuningdek,, 
sanksiyada belgilangan eng kam doiradan ham qamroq jazo tayinlash uchun sudga 
katta imkoniyat bergan. Ammo, ba`zan ushbu holatga xojat qolmaydi, chunonchi, 
agar sud qo`llayotgan huquqiy normaning sanksiyasida berilgan jazo turining fakat 
eng ko`p muddati belgilangan bo`lsa, sud yengilroq jazo tayinlash usulini qo`llay 
olmaydi. Masalan, jinoyat uchun 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 5 yilgacha 
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanish nazarda tutilgan bo`lsa, Jinoyat 
kodeksining 57-moddasiga murojaat qilinmaydi. Agar, Maxsus qismi moddasining 
sanksiyasida jazoning eng ko`p qismi ko`rsatilib eng kam qismi ko`rsatilmagan 
bo`lsa, Jinoyat kodeksi Umumiy qismining tegishli moddasidagi jazo turining eng 
kam qismi bu jazoning minimal muddati hisoblanadi. 


Yengilroq jazo tayinlashning ikkinchi usuli sud qo`llayotgan huquqiy 
normaning sanksiyasida belgilangan jazo turi o`rniga aybdorga boshqa, Jinoyat 
kodeksining 43-moddasida yoki jinoyat voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir 
etilgan bo`lsa, Jinoyat kodeksining 81-moddasida belgilangan jazo turlaridan 
yengilrog`ini tayinlashi mumkin. Bunda sud tanlagan yengilroq jazo turining 
miqdori Jinoyat kodeksi Umumiy qismi moddasida belgilangan doirada 
tayinlanadi. Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo`llab jazo tayinlashda qonun 
Jinoyat kodeksining 43-moddasida belgilangan yengilroq jazo turini tanlashni 
cheklamaydi. Agar bunday jazo turi aybdorning qilmishi kvalifikatsiya qilingan 
huquqiy normaning sanksiyasida belgilangan bo`lsa, Jinoyat kodeksining 57-
moddasini qo`llamasdan tayinlanishi ham mumkin. Jinoyat kodeksining bir qator 
moddalarining sanksiyalarida muayyan huquqdan mahrum qilish aybdorga 
majburiy qo`shimcha jazo sifatida tayinlanish belgilangan. Lekin, bunday talabga 
qaramasdan sud Jinoyat kodeksining 57-moddasida ko`rsatilgan asoslar mavjud 
bo`lsa, uni qo`llamasligi ham mumkin. Shunday qilib, Jinoyat kodeksining 57-
moddasida ko`rsatilgan asoslar mavjud bo`lsa sud aybdorga yengilroq asosiy 
jazoni sanksiya doirasida tayinlashi, majburiy qo`shimcha jazoni esa qo`llamasligi 
mumkin yoki aybdorga yengilroq asosiy jazo tayinlashi mumkin yoki aybdorga 
yengilroq asosiy jazo tayinlash va majburiy qo`shimcha jazoni qo`llamasligi ham 
mumkin. Amaliyotda ba`zi sudlar Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo`llab jazo 
tayinlashda oldindan aybdor sodir etgan jinoyat uchun javobgarlik tug`risdagi 
huquqiy normalar sanksiyasi doirasida jazo tayinlaydilar, keyin hukmning qaror 
qismida yengillashtiruvchi holatlarni ko`rsatadilar, so`ngra esa Jinoyat kodeksining 
57-moddasi asosida tayinlangan jazoni kamaytiradi, yoki yengilrog`i bilan 
almashtiradi. Masalan, viloyat sudining «A»ni ayblash bo`yicha chiqargan 
hukmining qaror qismida «hukm qildi so`zidan keyin: «A. Jinoyat kodeksining 
196-modda 1 qismi bilan aybli deb topilsin va unga eng kam oylik ish xaqining 
yuz baravari miqdorida jarima tayinlansin»-deb ko`rsatiladi. Ammo «A» 
muqaddam sudlanmaganligi moddiy zararni qoplaganligi, davlat mukofotlariga 


sazovorligi, voyaga yetmagan farzandlari borligini e`tiborga olib sud belgilangan 
jarimani eng kam oylik ish xaqining 20 baravarigacha kamaytirgan”.
6[132]
Ba`zi holatlarda sud Jinoyat kodeksining 57-moddasida ko`rsatilgan 
asoslar bo`lmagan taqdirda ham Jinoyat kodeksining ushbu moddasiga murojaat 
qilmasdan aybdorga nisbatan qo`llanayotgan huquqiy normaning sanksiyasida 
belgilangan jazoning eng kam qismidan ham qamroq jazo tayinlaydi. Bu ayrim 
turkumdagi jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo`llanilishi mumkin. 
Jinoyat kodeksi 81-moddasiga ko`ra 18 yoshga to`lmasdan jinoyat sodir etgan 
shaxslarga nisbatan, xatto agar sud qo`llanayotgan huquqiy normaning 
sanksiyasida ko`shimcha jazo tayinlash majburiy bo`lganda ham qo`shimcha jazo 
tayinlash mumkin emas. Pensiya yoshiga tulgan shaxslarga, mehnatga layoqatsiz 
ayollarga yoki bolasiga qarash bo`yicha ta`tilda bo`lgan ayollarga va harbiy 
xizmatchilarga ahlok tuzatish ishlari qo`llanishi mumkin emas. Yuqorida 
ko`rsatilgan shaxslarga sanksiya belgilangan ahlok tuzatish ishlari o`rniga sud 
boshqa yengilroq jazo turlarini tayinlash kerak. 
Yengilroq jazo tayinlash borasida JKning 57-moddasi talablariga oid 
quyidagi holatlarga ham to`xtalib o`tsak. 
Chunonchi, agar shaxs JKning turli moddalarida ko`zda tutilgan bir necha 
jinoyat uchun sudlanayotgan bo`lsa, yengilroq jazo tayinlash JK 57-moddasi 
jinoyatlar jami bo`yicha tayinlanadigan jazodan keyin emas balki aloxida jinoyatlar 
uchun jazo tayinlash vaqtida qo`llaniladi. Masalan, fuqaro «S»ning jinoyat ishini 
olaylik u Jinoyat kodeksining 25-97-moddasi 2-qismi «A» bandi hamda Jinoyat 
kodeksi 248 moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda 
ayblanib sud tomonidan jazo tayinlash vaqtida har ikki modda bo`yicha umumiy 
tarzda 57-modda qo`llanilib, jazo tayinlangan. Ushbu ish bo`yicha yuqoridagi 
qoidaga zid ravishda jazo tayinlash amalga oshirilganini ko`ramiz. S ning jinoyat 
ishi bo`yicha chiqarilgan hukm Oliy sud Plenumining 1996 yil 19 iyuldagi 
«Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to`g`rsida»gi 16 sonli qarorining 8,1 
bandida ko`rsatilgan talablar bajarilmaganligini ko`rsatib,, Oliy sud o`z qarori bilan 
6[132]
Тoshkent viloyati Sudining arxiv materiallaridan. Т:.2003 y. 


hukmni bekor qilgan
7[133]
. «S» ning jinoyat ishi bo`yicha jazo tayinlash quyidagi 
tartibda amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo`lar edi, ya`ni «S» ning Jinoyat 
kodeksining 25, 97-moddasi 2 qismi «A»bandida ko`zda tutilgan jinoyati hamda 
Jinoyat kodeksining 248 moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyati uchun jazo 
tayinlashda har bir jinoyat uchun aloxida-aloxida og`irlashtiruvchi va 
yengillashtiruvchi holatlarni e`tiborga olib, 57-modda qo`llanishi uchun asoslar 
mavjud bo`lsa, ushbu modda ham har bir jinoyati uchun aloxida tatbiq etilib so`ng 
59-moddada ko`zda tutilgan qoidaga ko`ra har bir jinoyati uchun tayinlangan 
jazolarni tula yoki qisman qo`shish yo`li bilan jinoyatlar jami bo`yicha jazo 
tayinlanishi kerak.

XULOSA 
Tarixan yangi ijtimoiy sifat holatiga o’tish jarayoni, afsuski, ijtimoiy salbiy 
hodisa hisoblangan jinoyatchilik kabi shaxs, jamiyat va davlat hayotidagi ijtimoiy 
xavfli hodisa bilan birga yuz bergan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
I.A.Karimovning ta’biri bilan aytganda, “jinoyatchilikning o’sishi nafaqat 
islohotlar yo’liga jiddiy to’siq, balki o’tish davrida belgilangan maqsadlarga 
erishishga ham bevosita tahdid qiladi”. Shunday ekan, har bir mamlakatda qabul 
qilingan qonunlarga xilof ravishda sodir etiladigan huquqbuzarliklarni oldini olish, 
jinoyatchilik sur’atini keskin kamaytirish va ularga qarshi kurashish dolzarb 
ahamiyat kasb etadi. Shuni aytish lozimki, ma’lum sohada jinoyatchilikka qarshi 
kurash va uni oldini olishda samarali natijalarga erishish, miqdor jihatdan jinoyat 
sodir etilishini eng past darajagacha tushirish, salbiy oqibatlarni kamaytirish uchun, 
avvalo, jinoyatchilikning jamiyatda bo’lishini, rivojlanishini taqozo qiluvchi va 
unga ta’sir etuvchi, sabablari sifatida harakat qiluvchi hodisalar, voqyealar va 
jarayonlarni, ular o’rtasidagi sababiy bog’lanishni o’rganish kerak. 
Jinoyatchilik iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, demografik, geografik, tashkiliy, 
huquqiy, ijtimoiy-psixologik, individual-psixologik, biologik va hatto genetik 
hodisalar, jarayonlar va xususiyatlar bilan sababiy bog’langan bo’ladi.
7[133]
O’zR Oliy Sudi Plenumi Qarorlarining to’plami. 1991-1997 yillar. // “SHarq”, Т:.1997 y. 


O’tgan asrning so’nggi o’n yilligida jamiyatimiz hayotida yuz bergan tub 
o’zgarishlar (mamlakat iqtisodiyotida inqirozli hodisalar, siyosiy tuzumning 
o’zgarishi) ijtimoiy-huquqiy nazorat sezilarli darajada susayishiga va buning 
oqibati o’laroq, jinoyatchilikning sezilarli darajada o’sishiga olib keldi. O’z-
o’zidan ravshanki, jinoyatchilik jamiyatning muayyan holatini tavsiflaydi va 
bunday jamiyat xususiyatlarini o’zgartirish birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. 
Ammo jinoyatchilik, ayniqsa uning uyushqoqligi yuksak darajada bo’lgan holda, 
jamiyatning rivojlanish yo’nalishlarini belgilashga qodir ekanligi ham kriminolog 
olimlar tomonidan isbotlangan.
Shu tufayli ham ishtirokchilikdagi jinoyatchilik, uning doirasida esa eng 
xavfli – uyushgan jinoyatchilik tadqiqot uchun alohida qiziqish uyg’otadi. 
Ishtirokchilikdagi jinoyatchilik – bu ancha keng tarqalgan hodisa.
, degan xulosaga keladi. Darhaqiqat, jinoyatchilikni oldini olish doimo 
davlat va jamiyat hayotining eng dolzarb masalalaridan biri sifatida qarab kelingan. 
Shu sababdan ham O’zbekiston Respublikasining amaldagi JK 2-moddasida 
“jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni respulika Konstitusiyasi va qonunlariga 
rioya qilish ruhida tarbiyalash” JKning vazifalaridan biri sifatida keltirilishi, 7-
modda (insonparvarlik prinsipi)da esa, “jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u 
axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishini oldini olish uchun zarur ham 
yetarli bo’ladigan jazo tayinlashi yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo’llanalishi 
kerak”ligi, 241-moddasida esa, tayyorgarlik ko’rilayotgan og’ir yoki o’ta og’ir 
jinoyat haqida xabar bermaslik uchun javobgarlik belgilab qo’yilganligi ham 
alohida ahamiyatga ega bo’lgan masala hisoblanadi. 
Ishtirokchilikda sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish va ularni bartaraf 
qilish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilmog’i lozim: 
- huquqni muhofaza qiluvchi organlar o’zaro hamkorligining shakli va 
usullarini yaratish orqali, ularning faoliyat yo’nalishlarini tarmoqlararo tuziladigan 
muvofiqlashtiruvchi organ olib boradigan hamda ma’lum bir vaqt oralig’iga 
mo’ljallangan dastur asosida zarur vazifalarning bajarilishini belgilash; 


- uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashga faqat maxsus tayyorgarlikdan 
o’tgan shaxslarni jalb etish; 
- uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi maxsus guruhlarni zarur 
moddiy-texnikaviy jihozlar bilan ta’minlash; 
- mamlakatda fuqarolarning oladigan daromadlarini nazorat qilishning aniq 
mexanizmini yaratish va shu orqali bozor iqtisodiyoti sharoitida g’ayriqonuniy 
daromad olishga yo’l qo’ymaslik, ularning xufiyona iqtisodiyot korchalonlari va 
uyushgan jinoyatchilik yo’lboshchilari ta’siriga tushib qolmasligi hamda 
korrupsiya ta’siriga tushib qolgan “xalq g’amini o’ylovchi” kimsalarga zarba 
berish. 
Shu holat bilan bog’liq holda mazkur nazoratni amalga oshirishga nima 
xalaqit beradi, degan savol tug’iladi. Bunda asosiy salobiy omil korrupsiyadir. 
Ijtimoiy-huquqiy nazoratdan himoyalanishning boshqacha usuli bo’lmasa kerak. 
Korrupsiyaga qarshi kurash uchun jinoyat-huquqiy baza yo’qligi haqidagi vaj-
korsonlar quruq gapdan bo’lak narsa emas. Jinoyat qonunida korrupsiya jinoyati 
tushunchasining yo’qligi so’zning o’z ma’nosidagi korrupsiya jinoyatlari 
yo’qligini anglatmaydi.
Bizningcha, uyushgan jinoyatchilikka uyushgan guruhlar faoliyatini ham 
kiritish o’rinli bo’ladi. Adabiyotlarda uyushgan jinoyatchilik g’ayriqonuniy 
faoliyatni ta’minlovchi uyushgan jinoiy guruhlar, jinoiy tashkilotlar va jinoiy 
uyushmalarning kriminal daromadlarni ko’paytirishga va hokimiyat tuzilmalariga 
ta’sirni kuchaytirishga qaratilgan keng birikuvi va jipslashuvidan tashkil topishi 
ta’kidlanadi
Ayni shu sababli uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashni faqat yoki 
asosan jinoyat-huquqiy yo’llar va usullar bilan olib borish mumkin emasligini 
tushungan professionallar soni tobora ko’payib bormoqda. 

Download 333,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish